Авторы

  • Gullola Xadjimetova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yoitj.53854

Аннотация

 Bugungi kunda maktab ta’limida pedagogik jarayonning deyarli barcha jabhalarini qamrab oluvchi muhim o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Oʻquvchilarning shaxsiy qiziqishi ta'lim jarayonida hal qiluvchi omil hisoblanadi. Men o‘qituvchi sifatida ona tilini bilish bola shaxsining qaysi jihatlariga ta’sir qilishi mumkinligini, rejalashtirilgan natijalarga erishish uchun ta’lim jarayonida qaysi zamonaviy usullarni qoʻlladim. Mazkur maqolada umumta'lim maktablarida ona tili fanini oʻqitishda zamonaviy usullar ahamiyati va uni tadbiq qilish haqida boʻladi.


background image

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 7-SON (YOʻITJ)

147

ONA TILI FANINI OʻQITISHNING ZAMONAVIY USULLARI

Xadjimetova Gullola Ikramovna

Xorazm viloyati Urganch davlat pedagogika

institutining akademik litseyi

Ona tili va adabiyoti fani o'qituvchisi

https://doi.org/

10.5281/zenodo.12562334

KIRISH

Yangi O'zbekistonning kelajagi yosh avlod qo'lida ekanligi hech kimga sir emas albatta.

O'zbekiston Respublikasida umumiy o'rta va maktabdan tashqari ta'lim tizimini isloh

qilishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash , o'sib kelayotgan yosh avlodni ma'naviy-axloqiy va

intellektual rivojlantirishni sifat jihatdan yangi darajaga ko'tarish, o'quv-tarbiya jarayoniga

ta'limning innovatsion shakllari va usullarini joriy etish maqsadida 2019-yil 29-aprelda

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5712-sonli "Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha

rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlash toʻgʻrisida"gi farmoni qabul qilindi.

Maktablarda ona tili darslari o'z mohiyati, maqsad va vazifalariga ko'ra ta'lim tizimida alohida

o'rin tutadi. Negaki ularning zaminida savodxonlik va axloqiy-ta'limiy tarbiya asoslari turadi.

Shuning uchun ham boshlang'ich ta'lim darslariga o'quvchilar qiziqishini oshirishga alohida

e'tibor berish lozim. Chunki bolalar boshlang'ich sinflardanoq «dars» degan muqaddas

so'zdan bezib qolmasliklari lozim. Bugungi kunda o'quvchilarni darsga bo'lgan qiziqishlarini

oshirish uchun tajribali o'qituvchilar turli zamonaviy usullardan foydalanishmoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

O'qitish metodlari ta'lim jarayonida o'qituvchi va o'quvchi faoliyatining qanday bo'lishi,

o'qitish jarayonini qanday tashkil etish va olib borish kerakligini hamda shu jarayonda

o'quvchilar qanday ish-harakatlarni bajarishlari kerakligini belgilab beradi.

Ta'lim metodlarini tasniflashni ko'plab olimlar turlicha bayon etib, o'z tasniflarini bayon

etishgan. Quyida bu tasniflarni ko'rib chiqamiz.

• I.Y.Lerner va M.N.Skatkin o'qitish metodlarini quyidagilarga ajratadilar:

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi:21-iyun 2024 yil

Ma’qullandi: 24-iyun 2024 yil

Nashr qilindi: 27-iyun 2024 yil

Bugungi kunda maktab ta’limida

pedagogik jarayonning deyarli barcha

jabhalarini

qamrab

oluvchi

muhim

o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Oʻquvchilarning

shaxsiy qiziqishi ta'lim jarayonida hal

qiluvchi omil hisoblanadi. Men o‘qituvchi

sifatida ona tilini bilish bola shaxsining

qaysi jihatlariga ta’sir qilishi mumkinligini,

rejalashtirilgan natijalarga erishish uchun

ta’lim jarayonida qaysi zamonaviy usullarni

qoʻlladim. Mazkur maqolada umumta'lim

maktablarida ona tili fanini oʻqitishda

zamonaviy usullar ahamiyati va uni tadbiq

qilish haqida boʻladi.

KEY WORDS

Pedagogik jarayon, zamonaviy

usullar, intelektual rivojlanish, taʼlim

metodlari, ijodiy imkoniyatlar, tanqidiy

fikrlash, pedagogik mahorat.


background image

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 7-SON (YOʻITJ)

148

- tushuntirish;

- reproduktiv metod;

- muammoli bayon qilish metodi;

- qisman izlanish metodi;

- tadqiqot metodi.

• S.I.Perovskiy vaY.Y.Golant tasnifi:

- faol;

- passiv.

• Y.K.Babanskiyning tasnifi:

- o'quv-tarbiya ishlarini tashkil etish va amalga oshirish;

- nazorat va o'zini-o'zi nazorat qilish metodlari;

- bilishga doir o'yinlar, o'quv munozaralari, qiziq vaziyatlarni vujudga keltirish,

rag'batlantirish, tanbeh berish va nazorat metodlari.

• M.A.Danilov va B.P.Yesipning tasnifi malum turdagi darslarda qo'yiladigan vazifalarga

bog'liqdir:

1. Bilimlarni bayon qilishda: hikoya tushuntirish, maruza, suhbatlar, ko'rsatmali

qoʻllanmalarni namoyish etish.

2. Oʻquvchilarda koʻnikma va malakalarni shakllantirish: mashqlarni shakllantirish va amaliy

ishlar.

3. Bilim, koʻnikma va malakalarni tekshirish - joriy kuzatishlar, og'zaki so'rash, yozma va

amaliy nazorat ishlari.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Maktabda «Ona tili»ni o'quv fani sifatida o'qitishning ijtimoiy ahamiyati shundaki, jamiyatimiz,

xalqimiz, millatimiz ravnaqining kelajagi,uning gullab-yashnashi bugun maktab partasida

o'tirgan yoshlarning mustaqil turmushga, nutqiy faoliyatga, yuksak madaniyat bilan so'zlasha

olishga qay darajada tayyorlashaniga bog'liq. Chunki so'z qudrati insoniyat tarixida hamma

vaqt yuksak qudratga ega bo'lgan.

Jamiyat rivojlangan sari xalqning madaniyat darajasi ortib boradi. Madaniy hayotning rivoji

avvalo jamiyat a'zolarining madaniy so'zlashuvga bo'lgan ehtiyojining ortib borishi bilan

belgilanadi. Yoshlarda yuksak nutq odobini tarbiyalash maktab ona tili kursi zimmasiga

tushadi.

Ona tili mashg'ulotlari o'quvchilarda mustaqil va ijodiy fikrlash, fikr mahsulini og'zaki va

yozma shakllarda to'g'ri va ravon ifodalash ko'nikmalarini shakllantirishning bosh omiliga

aylantirildi. O'rta umumiy ta'lim maktablarida ona tili o'qitishning mavjud ahvoli ta'lim

mazmunini yangilashni hayotiy zaruriyat qilib qo'ydi.

Biz quyidagi holatlarda ona tili fanining o'qitish usullari va metodlari bilan tanishib chiqamiz.

Binar ma'ruza.

Binar so'zi lotinchadan olingan bo'lib, qo'sh, ikki degan ma'noda qo'llaniladi.

Bunday mashg'ulotning olib borilishi ikki vakil: oqituvchi va metodist; o'qituvchi va o'quvchi;

taklif etilgan mutaxassis va o'qituvchi; o'qituvchi va tyutor (maslahatchi) o'rtasidagi interfaol

suhbat, bahs-munozara va axborotlar almashinuvini namoyon qiladi. Jarayonni bunday

tashkillashtirishdan ko'zlangan asosiy maqsad yangi o'quv malumotlari va axborotlarini ikki

mutaxassis yoki ishtirokchi nuqtayi nazarlarini taqqoslash orqali yoritib berishdan iborat.

Trening.

Trening zamonaviy ta'lim shakllaridan biri hisoblanib, u interfaol mashg'ulotlarni

amalga oshirishning oziga xos ko'rinishidir. Treninglar o'rganilishi lozim bo'lgan nazariy g'oya

va fikrlarni amaliy ish hamda mashqlar davomida o'zlashtirish imkoniyatini beradi va ta'lim

oluvchilarda shaxslararo o'zaro hamkorlikning samarali ko'nikmasini shakllantirishga,

shuningdek, mutaxassis kasbiy kompetentligining umumiy darajasini oshirishga yo'naltiriladi

Tushuntirish namoyish etish usuli.

O'qituvchi tomonidan bilimlar tayyor holda beriladi.

Ona tilining qonun-qoidalari o'qituvchi tomonidan tushuntiriladi va uni mustahkamlash

maqsadida misollar keltiriladi. O'quvchilar bayon qilinayotgan bilimlarni tinglaydilar va

xotirada saqlashga harakat qiladilar.


background image

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 7-SON (YOʻITJ)

149

Muammoli bayon qilish usuli.

O'qituvchi o'quvchilar oldiga ma'lum bir muammo qo'yadi va

ularning mustaqil aqliy faoliyat ko'rsatishlarini ta'minlash orqali bu muammoni hal qilishga

kirishadi. Ta'limning metodi o'quvchilar tomonidan o'quv materialining o'qituvchi

rahbarligida mustaqil tahlil etilishi, kuzatilishi, guruhlanishi, umumlashtirilishi bilan ajralib

turadi.

Qayta xotiralash usuli.

Bu usulning o'ziga xos xususiyati shundaki, o'quvchi o'quv

topshirig'ini egallangan bilimlarga asoslangan holda yoki berilgan namunaga qarab bajaradi.

O'quvchi muayyan andaza asosida harakat qiladi.

Zamonaviy metodlar o'quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan. Ular

o'quvchi shaxsidagi ijodiy imkoniyatlarni ro'yobga chiqarish va rivojlantirishning amaliy

yechimlarini aniqlash va amalga oshirishda katta ahamiyatga ega. Bu metodlar o'quvchini

ichki imkoniyatlarini ishga tushishiga, o'ylashga, erkin fikr yuritishga, muloqotga, ijodkorlikka

yetaklaydi. Ayniqsa, unda atrof-muhit, hayotni bilishga qiziqish ortadi, uchragan qiyinchilik,

to'siqlarni, qanday yengish va tanqidiy fikrlash ko'nikmalarini shakllantiradi.

XULOSA

Xulosa qilib aytish mumkinki yuqoridagi usullarning tasnifining ustunligi shundaki,

o'quvchilarning bilish faoliyatini bosqichma-bosqich faollashtirish nazarda tutilgan hamda

unda o'quvchilarning qobiliyatlarini rivojlantirishga va o'quv faoliyati tarkibida tadqiqotchilik

unsurlari bo'lishi zarurligiga e'tibor berilgan. Shunday qilib, men ona tili fanini o'qitishda

yangi usullardan foydalangan holda, kasbiy faoliyatda o'zim uchun yangi qiziqarli

imkoniyatlar ochaman deb o'ylayman, men zamonaviy usullarni qoʻllash orqali

o'quvchilarning o'quv faoliyatini tashkil etishga va yo'naltirishga harakat qilaman.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi "Xalq ta' limi tizimini 2030-

yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5712-sonli farmoni

2. Ona tili-davlat tili (Tuzuvchilar: N. Jumaxo'ja, R. Jomonov). Toshkent, «<Adolat», 2004, 79.b

3. A.Musurmanova va boshqalar. Umumiy pedagogika - Toshkent. Innovatsiya -Ziyo.2020.-

194-bet

4. O'. Q. Tolipov va M. Usmonboyeva .Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari -

Toshkent.Fan. 2006.-260bet

5 Qosimova N. Ona tili ta'limi va yangi pedagogik texnologiyalar. Buxoro, 2009, 103.b

6. G'ulomov A, Ne'matov H. Ona tili ta'limining mazmuni. Toshkent, «O'qituvchi», 1995, 124.b

7. Kodirova, M. M., & Muxammadova, G. Q. (2024). PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR

TIZIMINING TIBBIYOT FANLARINI O ‘QITISHDAGI O ‘RNI (Kommunal va Mehnat gigiyenasi

dars mashgulotarini organayzerlar asosida). PEDAGOGS, 53(1), 37-41.

8. Mukhammadova, G. Q., Kodirova, M. M., & Boqijonov, F. A. (2024). THE EFFECT OF

INDUSTRIAL ENTERPRISES ON ATMOSPHERIC AIR. British Journal of Global Ecology and

Sustainable Development, 28, 5-9.

Библиографические ссылки

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi "Xalq ta' limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5712-sonli farmoni

Ona tili-davlat tili (Tuzuvchilar: N. Jumaxo'ja, R. Jomonov). Toshkent, «

A.Musurmanova va boshqalar. Umumiy pedagogika - Toshkent. Innovatsiya -Ziyo.2020.-194-bet

O'. Q. Tolipov va M. Usmonboyeva .Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari -Toshkent.Fan. 2006.-260bet

Qosimova N. Ona tili ta'limi va yangi pedagogik texnologiyalar. Buxoro, 2009, 103.b

G'ulomov A, Ne'matov H. Ona tili ta'limining mazmuni. Toshkent, «O'qituvchi», 1995, 124.b

Kodirova, M. M., & Muxammadova, G. Q. (2024). PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR TIZIMINING TIBBIYOT FANLARINI O ‘QITISHDAGI O ‘RNI (Kommunal va Mehnat gigiyenasi dars mashgulotarini organayzerlar asosida). PEDAGOGS, 53(1), 37-41.

Mukhammadova, G. Q., Kodirova, M. M., & Boqijonov, F. A. (2024). THE EFFECT OF INDUSTRIAL ENTERPRISES ON ATMOSPHERIC AIR. British Journal of Global Ecology and Sustainable Development, 28, 5-9.