Авторы

  • Bobonazar Murtazoyev
    filologiya fanlari nomzodi, dotsent. TerDU, O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi.
  • Nilufar Abdullayeva
    o‘qituvchi, TerDU, O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yoitj.53855

Ключевые слова:

Tazkira tarix shoh vazir muallif olim talqin tarjima ma’no maqola kitobxon nashr ustoz til ilmiy izlanish atama asos izhor.

Аннотация

Maqolada Otsiz Xorazmshoh  va Rashiduddin Vatvot munosabatlariga doir voqealar qamrab olingan. Ular o’rtalaridagi ajoyib hodisalar Muhammad Avfiyning “Lubobu-l-albob” tazkirasida o’zining ma’lum miqdorda  ifodasini topgan. Vatvotga doir ba’zi ma’lumotlarni Davlatshoh “Tazkirat-ush-shuaro” asari vositasida to’ldirdik.


background image

78

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 7-SON (YOʻITJ)

XORAZMSHOH OTSIZ VA RASHIDIDDIN VATVOT

Bobonazar Murtazoyev

filologiya fanlari nomzodi, dotsent.

TerDU, O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi.

Abdullayeva Nilufar Ibragim qizi

o‘qituvchi, TerDU, O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.12547560

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 06-iyun 2024 yil
Ma’qullandi: 09-iyun 2024 yil

Nashr qilindi: 14-iyun 2024 yil

Maqolada Otsiz Xorazmshoh va Rashiduddin Vatvot
munosabatlariga doir voqealar qamrab olingan. Ular
o’rtalaridagi ajoyib hodisalar Muhammad Avfiyning
“Lubobu-l-albob” tazkirasida o’zining ma’lum miqdorda
ifodasini topgan. Vatvotga doir ba’zi ma’lumotlarni
Davlatshoh “Tazkirat-ush-shuaro” asari vositasida
to’ldirdik.

KEY WORDS

Tazkira, tarix, shoh, vazir, muallif,
olim, talqin, tarjima, ma’no, maqola,
kitobxon, nashr, ustoz, til, ilmiy,
izlanish, atama, asos, izhor.

Xorazmshoh Otsiz (1098–1156, hukmronligi 1127–1156) va Rashididdin Vatvot (1088–

1182) tarix sahifalarida ismlari oltin harflar ila raqam etilgan shaxslar safida turishadi. Sulton
Xorazmshoh Otsiz bilamizki, Anushteginiy Xorazmshoh lar (1077–1220) sulolasidan bo‘lib,
1127–1156 yillar hukmronlik qiladi. Uning butun harakati saljuqiy (1040–1190)lardan ajralib
chiqib, mustaqil davlat tuzishga qaratilgan, u bunga ma’lum darajada erishadi ham. Otsiz
Xorazmshoh bu bilan o‘zining bo‘lajak avlodlariga kelajak imtiyozlarini ta’minlashga imkoniyat
yaratgan edi. Bu borada Xorazmshoh Otsiz zikrida Muhammad Avfiy (1172–1241) “Lubob-ul-
albob” (1221) tazkirasining beshinchi shoh shoirlar bobida Xorazmshoh Otsiz zikrida yozadi:
“Uning davrida Xorazm podsholigi taxti ulug‘vorlashdi, faxru g‘ururli dovrug‘i turli atrof
iqlimlarga borib yetdi. U ilm ahlini himoyasiga oldi, san’atkorlarga, hunar ahliga e’tibor
kuchaydi, natijada ularning bahosi qimmatlashdi, xaridorlari ko‘paydi” (10–B.66).

Qizig‘i shundaki, Muhammad Avfiy aynan “Lubob-ul-albob”ning Xorazmshoh Otsizga doir

sahifalarida Rashididdin Vatvot xususida ham e’tiborli xabarlarni aytib o‘tadi. Bu esa bizning
Otsiz va Vatvot hayot yo‘liga taalluqli taassurotlarimizni ancha boyitadi: “Imom Rashididdin
Vatvot Xorazmshohlar xatlar devonining sohibi (boshlig‘i) edi, shohga sodiq xizmati tufayli
davlat marvarid shodasining gavhariga aylandi. Podshoh aksar vaqt u bilan suhbat qurishni,
bazmlarda birga bo‘lishni xush ko‘rar, uni chin do‘st sifatida o‘ziga yaqin tutar edi. Rashid
yozgan nomalar, maktublar, xatlar (arab va fors tillarida yozilgan) bitigi uning layoqatiga
kafolatdir, shundan shohning unga hurmati cheksiz va ishqi baland edi, ular o‘rtasida ajoyib
so‘hbatlar ko‘p bo‘lgan” (10–B.66).

“Lubob-ul-albob”ning Otsiz qismida Vatvotning Sulton Sanjar (1086 –1157; hukmronligi

1118–1157) ila munosabatlari ham qisman yoritiladi, zotan Vatvot o‘z faoliyatini ilk bor
Marvda – saljuqiylar saroyida boshlangan edi (10–B.67–68). Sulton Sanjarning saroy ahli
Vatvotni har xil bo‘htonlar ila yomon otliqqa chiqaradi, uning Marvdan Xorazm(Urganch)ga


background image

79

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 7-SON (YOʻITJ)

ketishiga zamin hozirlashadi. Sulton Sanjar bu orada ko‘p o‘tmay Vatvotga maktub yo‘llab, uni
Marvga qaytishga chorlaydi, “Shu munosabat ila Rashididdin ushbu qit’ani yozgan ekan, qit’a:
Agar badpoyast yakroni shoh,
Qumayti maro poi ham lang nest.
Chi o‘ oyad injo man onjo ravam,
Xudoyi jahonro jahon tang nest.
Mulki shahriyor astu shohi jahon,
Guriz az chunin podsho nang nest(10–B.66–67).
Mazmuni:
Gar shoh oti bo‘lsa ham behad zotdor,
Mening mingan otim ham emas cho‘loq.
U kelsa bu yon, men ketaman u yon,
Xudoning jahoni tor emas, biroq–
Mulk shahriyordir, bilsang, jahondor shoh,
Ayb emas bu xil shohdan qochsang yiroq.

Ko‘rinadiki, birgina Otsiz qismida Vatvotning hayot yo‘liga daxldor ayrim ta’sirli

voqealarga ishoralar mavjud ekan. Bu esa Vatvot hayot yo‘lini yoritishda asqotishi muqarrar
hodisalar sirasiga taalluqlilik kasb etadi. Anglashiladiki, Sulton Otsiz va Rashididdin Vatvotning
o‘zaro munosabatlari bog‘liq hodisalar ularning tarjimai hollarining kemtik o‘rinlarini
to‘ldirish(“Lubob-ul-albob” misoli)da asqotadi.

“Lubob-ul-albob”ning Sulton Otsiz qismida Vatvot bilan shoh o‘rtasida bo‘lib o‘tgan

latifalar ancha e’tiborli, uni Avfiy kimdan eshitganigacha aytib o‘tadi. Muhammad Avfiy
Xorazmda bo‘lgan kezlari Muhammad Xorazmshoh (vafoti 1221) hukmronligi (1200–1220)
davri dabirlaridan Imodiddin Dabir uyida izzatli mehmon bo‘ladi. O‘shanda Imom Dabirdan
Sulton Otsiz va Rashididdin Vatvot o‘rtasida ro‘y bergan ajoyib rivoyatlardan birini miriqib
eshitadi, Avfiy bu xil dilkash hikoyatlarni to‘plab borgani aniqdir, bular “Lubob-ul-albob”ning
ko‘pgina o‘rinlarida zikrini topgan. Hikoya qilinishicha, qish fasli izg‘irin tunda Sulton Otsiz
saroy ahlini jamlab katta bazm uyushtiribdi, qarasa yig‘inda Vatvot yo‘q emish, uni da’vat
etishibdi. Vatvot tashrif buyurgach, Sulton Otsiz so‘rabdi:

Suyuq ovqat ichasanmi yoki tovuq go‘shti yeysanmi? Ular fors tilida so‘zlashgan, Rashid

Vatvotga Sulton Otsiz murojaatida tagzaminli savol mavjud: Murg‘ mexo‘ri yo obiy? Bu o‘rinda
murg‘ – qush, tovuq, umuman, parranda, obiy – suv, suvli, muz, yax, shuningdek, xarob,
xarobalik, munosabatlarning darz ketishi, obro‘sizlik demakdir. Vatvot javoblarida ham so‘z
o‘yini bor, murg‘obiy – o‘rdak, lekin tag zamirida ancha ma’no-mazmun jamuljamdir. Vatvot
demoqchi bo‘lgan murg‘obiy – o‘rdak suvda suzuvchi, suv parrandasi, ya’ni ey shohim, sen
ichgan sharoblar ko‘lga aylanibdi. Men shu ko‘lda o‘rdakdek suzmoqchiman, bu hol meni ham
mast va ham shodmon aylaydi, xaroblik qutqaradi, ana sizga bor-yo‘q haqiqat. Bazmi oxirlab,
mehmonlar taraqala boshlaydi, shohning ko‘zini uyqu bosadi, Vatvot ham ketar mahal
bo‘lganini anglab, o‘rnidan sekin qo‘zg‘aladi, buni sezgan shoh:
Qayerga ketayapsan? – dedi.
Borib gul (sharob) va sog‘ar (qadah) olib kelmoqchiman.

Qo‘zg‘almay o‘tir! – dedi shoh. – Sen men uchun ham gul (may)san va ham sog‘ar

(qadah)san, ya’ni ham aybimsan va ham aybimni yashiruvchimsan. Boisi may o‘z hidi, isi, ifori
ila o‘zini o‘zi oshkor aylaydi, sog‘ar – qadah u – mayni yashiradi, aybini pinhon aylaydi. Ana


background image

80

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 7-SON (YOʻITJ)

sizga so‘z o‘yini – lutf – askiya, bu xil g‘aroyib gurunglar Xorazmshoh Otsiz va shohning devoni
sohibi Rashididdin Vatvot o‘rtasida ko‘p bo‘lgan, Avfiy yakun yasaydi: “Ular o‘rtasida bu xil
go‘zal suhbatlar va dilkusho bazmlar ko‘p bo‘lgan, yuqoridagi lutfona so‘z o‘yinlari o‘sha
gurunglardan bir shingil, xolos. Har kimning tab’i-zehni lutf (askiya)dan bahramand bo‘lsa, bu
so‘z o‘yinlarining ma’no-mag‘zini tez fahmlaydi” (10–B.67).

Aftidan Sulton Otsiz va Rashididdin Vatvotning o‘zaro suhbatlaridagi hazil-huzullari o‘z

zamonida ancha mashhur bo‘lgan ko‘rinadi, ushbu diltortar gurunglar, hangomalar maxsus
jamlanib kitob holiga keltirilgan ko‘rinadi. Chunonchi Dailatshoh Samarqandiy (1435–
1495)ning “Tazkirat-ush-shuaro” (1485) tazkirasining Rashididdin Vatvot bobida “Lubob-ul-
albob” sahifalaridagi singari Xorazmshoh Otsiz va Vatvot latifalariga ham e’tibor qaratiladi.
“Tazkirat ush-shuaro”dan matnni to‘kis keltiramiz: “Naql qiladilarki, bir kuni ulamo Xorazmda
Xorazmshoh Otsizning majlisida munozara qilar edilar. Rashid Vatvot ham o‘sha majlisda hozir
va munozara, bahs va tez zabonlik qilur edi. Xorazmshoh Otsiz ko‘rdiki, bu odam shunchalik
kichik jussa bo‘la turib behad va beandoza bahs qilayotir. Rashid Vatvotning oldida bir davot
(siyohdon) turgan edi, Xorazmshoh zarofat yuzasidan dediki, “davotni ko‘taringlarchi, uning
orqasida turib gapirayotgan kim ekan?” Rashid Vatvot davotni olib o‘rnidan dast turdi va
bunday dedi: “Kishi, ikki narsasi: qalbi va tili bilan inson hisoblanadi”. Rashid Vatvotning fazli
va balog‘ati Xorazmshoh Otsizga ma’lum bo‘ldi. Shundan boshlab uni izzatu ehtirom qilar, ko‘p
in’omlar bilan bahrlantirar edi. Uning (Rashidning) Xorazmshoh Otsiz madhida aytgan pokiza
qasidalari bor edi” (–3.–B. 18–21; 12–B. 46–50). Rashididdin Vatvot Xorazm zaminiga qadam
ranjida qilgach, umrining so‘nggi damigacha shu yurtda qoladi, uning qabri Jurjoniya
shahridadir(3–B.21).

Xorazmshoh Otsiz va Rashididdin Vatvot, ya’ni shoh va sohibi devon (to‘g‘rirog‘i vazir)

xususida lutfona va ibratomuz voqealar shu qadar ma’lumu mashhurki, ta’rifu tavsifi
beqiyosdir. Xorazmshoh Otsiz hatto Rashididdin Vatvotning Xorazm davlati oldidagi
xizmatlarini chinakamiga e’tirof etib, unga “Sa’d ul-mulk” – “Mamlakat baxti” unvonini beradi.
Bu yuksak nom, ulug‘ va qutlug‘ unvon Vatvotning Xorazm davlatiga qo‘shgan xizmati evaziga
berilgan ulkan e’tirof edi (1–S.67–70). Rashididdin Vatvot va Adib Sobir Termiziy (1078–
1147)ning o‘zaro yaqin munosabatlari ayni Xorazmda boshlangan, to‘g‘ri bu ikki allomai zamon
Marvda Sulton Sanjar saroyida uchrashganliklari ma’lum. Ularning she’rlar devonida
Xorazmshoh Otsizga bag‘ishlangan qasidalar mavjud bo‘lib, ularni alohida o‘rganish lozim, biz
goho qasidalarni faqat maqtovdan iborat deb bilamiz, vaholanki, qasidalarda tarixiy voqealar
ham o‘z aksini topishi br haqiqatdir. Hatto Muhammad Avfiy “Lubob-ul-albob” ikkinchi jildining
to‘qqizinchsi bobi Adib Sobir Termiziy qismida shoirning eng zo‘r deb e’tirofini topgan
Xorazmshoh Otsiz haqidagi qasidasini to‘kis keltiradi. Adib Sobir Termiziy “Devoni”ning
tarkibida Xorazmshoh Otsizga bag‘ishlangan yigirmata qasida o‘rin olgan, boisi shoir Xorazmda
Sulton Sanjarning elchisi sifatida faoliyat olib borgan. Shundan Xorazmshoh Otsiz saroyi bilan
yaqin aloqada bo‘lgan, saroy bazmlarida bevosita ishtirok etgan, to‘g‘ri shoh dargohi va uning
o‘zi haqida ham ma’lumotlar to‘plagan. Oxir-oqibat Adib Sobir Termiziyning taqdiri nima
bo‘lgani ma’lum, xulosa shuki, har ikki taraf – shoh ham, shoir ham o‘z vazifasini bajargan
deyishdan nariga o‘tolmaymiz!

Xorazmshoh Otsizning ham she’rlar devoni borligini bilamiz, lekin taassuf ushbu devon

bizning zamongacha yetib kelmagan. Muhammad Avfiy “Lubob-ul-albob”ning she’r yozgan
shohlar, tazkira beshinchi bobining Alouddin Gʻuriyga bag‘ishlangan sahifasida Xorazmshoh


background image

81

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 7-SON (YOʻITJ)

Otsiz devoni borasida ham ma’lumotlar berib o‘tadi. Muhammad Avfiy xabariga ko‘ra, “Uning
(Alouddin Gʻuriyning) podshohona va mulkona so‘lim she’rlari bor, she’rlari jamlangan devoni
mavjud. Devon Sulton Otsiz devoni ila bir jild (kitob)da muqovalangan va u devonni Samarqand
shahri Sarduobdor kutubxonasida o‘qib ko‘rgan edim” (10–B.70). Demak Xorazmshoh Otsiz
ham qalami o‘tkir shoirlar safida turadi, “Lubob-ul-albob”da uning ijod bisotidan berilgan
she’riy namunalar buning jonli isbotidir.

Ta’kidlangani kabi Xorazmshoh Otsiz va Rashididdin Vatvot bir-biriga shu darajada

uyqash, bu ularning tabiatiga ham xoslik kasb etadi, ular o‘zaro qattiq hazilkashdirlar.
Atrofdagilar Vatvotning past bo‘yligi tufayli uni oshqovoq (kadi, oshkadi)ga o‘xshatar ekan,
aslida Vatvot arab tilida ko‘rshapalak degani, boshida sochi ham yo‘q ekan. Xuddi shu haqda
Xorazmshoh Otsiz bir hazilomuz ruboiy bitgan ekan:

Az fasli sarat bar osmon mesoyad,
Z-on bar sari tu mo‘y hama barnaoyad.
Moro sari tu chu dida dar meboyad,
Bar dida agar mo‘y naboshad shoyad.
Mazmuni:
Ehson to‘la boshing osmon uzra soyabon,
Shundan boshingda bir tola sochdir gumon.
Sening kal boshingdan menga nima foyda,
Soch o‘smas, ko‘z yoshi bo‘lsa hamki ummon.

Shu tariqa yuqoridagi ruboiydan bo‘lak Xorazmshoh Otsiz qalamiga mansub tag‘in bir qit’a va
ikki dona ruboiy keltiriladi, ularning bari yukasak saviyadagi holati ila ajralib turadi (10–B.67).

Davlatshoh Samarqandiy “Tazkirat-ush-shuaro”ning Vatvot bobida Sulton Sanjar va

Xorazmshoh Otsiz bog‘liq Hazorasb muhoribasi haqida hikoya qiladi. O‘shanda Xazorasb
qamali muddati ancha cho‘ziladi, ikki o‘rtada bo‘lib o‘tgan bir voqea hikoya etiladi, Sulton Sanjar
tarafidan shoir Anvariy (1090–1169), Xorazmshoh Otsiz tomonidan shoir Vatvot voqeaga mos
ruboiy yozishadi. Har ikki taraf ham bu ruboiylarni dastlab Sulton Sanjar shoiri Anvariyning
ruboiysini yoy kamoni bilan Hazorasb qal’asi tomon yo‘naltirishadi:

Ey shohi jahon mulki jahon hasb turost,
V-az davlatu iqboli shahi kasb turost.
Imro‘z ba yak hamla Hazorasb bigir,
Fardo Xorazmu sad Hazorasb turost (5– S.664).
Mazmuni:
Shoho, jami mulki zamin zot seniki,
Iqbol, jahon davlati bot-bot seniki.
Bugun bir hamlada Hazorasp seniki,
Erta Xorazmu yuz minglab ot seniki.
(Tarjimalar erkin bo‘lib, ularni o‘zimiz bajardik).

Bu ruboiy keltirilgan boshqa manbalarda aynan matnda turlichaliklarni kuzatdik (1–S. 67–70),
(7–S.36), biz ruboiy matnini Anvariy devonining Tehron nashridan oldik va uning sahifasini
o‘sha o‘rinda ko‘rsatdik. Ruboiy mazmuni ila tanishgan Xorazmshoh Otsiz va uning atrofdagilari
qarshi javob bitishni Vatvotga topshirishadi:

Shoho, ki ba jomat mai sof ast, na durd,
A’doi turo zi g‘ussa g‘am boyad xurd.


background image

82

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 7-SON (YOʻITJ)

Gar xasmi tu, ey shoh, buvad Rustami gurd,
Yak xar zi Hazorasb natovanad burd (8–S.37).
Mazmuni:
Shohim, joming to‘la sof may, yo‘q bunga shak,
Gʻanimlar g‘am-g‘ussada go‘yo jonsiz hashak.
Ixtiyoringda tursa-da Rustami gurd beshak,
Hazorasbdan olib ketolmas bir eshak.
Ayni shu voqealar Alouddin Atomalik ibn Muhammad (1225–1283)ning “Ta’rixi

jahonkusho” ((Jahon fotihi tarixi)) asarida to‘liq va mukammal o‘z aksini topgan (6–B. 275–
284), “Turkman adabiyoti tarixi”da ham ma’lum ishoralar mavjud (13–S. S.106 – 107).
Aytilishicha, Vatvot ruboiysining mazmuni Sulton Sanjarni junbushga soladi, g‘azablangan shoh
Hazorasb egallangach, Vatvotni yetti pora qilishini aytadi. Zotan Vatvotning ilgari yoz gan
she’rlarida ham Sulton Sanjar qattiq tanqid ostiga olingan:
Otsiz g‘oziy ba taxti mulk baromad,
Davlati saljuqi oli o‘ ba saromad (2.–B.20).
Mazmuni:
Taxti mulkka keldi Otsiz – ul g‘azabkor nayzaboz,
Topdi Saljuq davlativu xonadoni inqiroz.
(S.Rahmon tarjimasi)
Qisqasi Hazorasb saljuqiylar tomonidan egallanadi, chunki Otsiz Xorazmshoh qamal payti
ancha qiynaladi va qal’ani tashlab ketishga majbur bo‘ladi. Vatvot asirga tushadi, u bir yo‘lini
topib, oldindan o‘ziga tanish Sulton Sanjarning devonbegisi Muntahabuddin Bade’ga murojaat
qilib, o‘lim jazosini bekor qilishga erishadi. Muntahabuddin aytilishicha, imkon topib Sulton
Sanjarga Vatvotning zaif va g‘oyat jussasi moʻjaz bir odam, uni yetti pora emas, balki ikki bo‘lak
qilsa ham bo‘lishini aytishga jazm etadi, ana shu hazil-huzullar sabab (bois) Rashiduddin
Vatvotning hayoti saqlab qolinadi. Bu voqealar she’riyatning kuchi-qudratini hayotiy chinakam
hazilning kuvvatini anglatadi, qolaversa, Anvariy ruboiysi Hazorasb qal’asiga yoyda
otilganidek, Vatvot ruboiysi ham qal’a tashqarisiga kamonda otiladi. Muntahabuddin ismi
“Ta’rixi jahonkusho”da Muntajabuddin shaklida beriladi, hatto “Lubobu-l-albob” tazkirasida
ham Muntajabuddin tarzida beriladi (10–S.126).

Otsiz Xorazmshoh va Rashiduddin Vatvot o‘rtasida ko‘plab mutoyibalar bo‘lib o‘tgan,

bular tarix zarvaraqlariga muhrlangan, shunday hodisalardan biriga e’tibor qarataylik. Bir kuni
Otsiz o‘z odati bo‘yicha Vatvotni huzuriga da’vat etadi va Muhammad Roduyoniy (XI asr)
qalamiga mansub she’riyatning ilmi bade’ga taalluqli forsiy tildagi ilk asar “Tarjimon-ul-
balog‘a” (1100)ni uning qo‘liga tutqazadi. Otsiz ayni shu kitobga monand bir asar yaratishni
Vatvotga maslahat ko‘radi, ana shu ajoyib voqeaning natijasi o‘laroq jahonga mashhur “Hadoiq
us-sehr fi daqoiq ush-she’r” (Nazm go‘zalliklarining sehrli – jannat bog‘lari) asari dunyoga
keladi (8–C.38). Ushbu tengsiz ilmiy asar asrlar osha, hatto hozirgacha she’r ilmiga doir kitoblar
orasida o‘zining tanholigini saqlab kelmoqda. Endi o‘z-o‘zidan bir savol tug‘iladi, shoh Otsiz
Xorazmshohning boshqa shug‘ullanadigan ishi yo‘qmidi, ko‘rayapsizmi, birgina shoh ishorasi
bilan hozirgi avlodlargacha bahra beradigan qimmatbaho asar dunyo yuzini ko‘rgan ekan.

Foydalanilgan adabiyotlar:


background image

83

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 7-SON (YOʻITJ)

1.

Adabiyoti forsu tochik dar asrhoi XII–XIV. Qismi yakum.– Dushanbe: Nashriyoti “Donish”,

1976. – 348 sah. (Adib Sobiri Tirmizy.–S.62–66; Rashididdin Vatvot–S.67–70; (Muntahabuddin
–S. 67); Anvariy – S. 99–119).
2.

Amir Davlatshoh bin Alouddavla Baxtishoh al-Gʻoziy as-Samarqandiy. Tazkirat-ush-shuaro.

Ba sa’i va ehtimomi va tashihi Edvard Braun.– Tehron: Asotir, 1383.–621 sah. (Muntaxabuddin
– S.91).
3.

Ahmedov B.A. Davlatshoh Samarqandiy. –Toshkent: ”Fan” nashriyoti, 1967. – 86 b.

(Avhaduddin Anvoriy (asli Anvariy –B.M.)–B. 17; Rashid Vatvot –B.18–21; Adib Shahobiddin
Sobir (asli Adib Shihobiddin –B.M.)–B.21–22).
4.

Devoni Adib Sobir Tirmiziy. Muallif Ahmad Abdullayev.– Tehron: Intishoroti baynalmilali

Alhudo, 1380. – 396 sah.
5.

Devoni Anvariy. Bo muqaddimai Sa’id Nafisiy. – Tehron: Mu’asasai intishoroti “Nigoh”,

1376. – 744 sah. (–S.664).
6.

Juvayniy, Alouddin Atomalik. Tarixi jahonkusho (Jahon fotihi tarixi). Nazarbek Rahim

tarjimasi. – Toshkent: MUMTOZ SO”Z, 2015. – 504 b. (–B. 275–284; Muntajabuddin –B.279–
280).
7.

Karimov Sh., Shamsutdinov R. Vatan tarixi. Oliy va o‘rta o‘quv yurt talabalari uchun qo‘ll. K.I.–

Toshkent: “O‘qituvchi”, 1997. – 528 b. (– B.214–234).
8.

Mirzozoda Xoliq. Ta’rixi adabiyoti tochik (Az davrai qadimto asri XIII). Kitobi I(II). –

Dushanbe: “Maorif” 1989. – 424 sah. ( Muhammad ibni Umari Roduyony va kitobi “Tarjimon-
ul-balog‘a”-i o‘ –S.28–29; Rashidi Vatvot (1090–1183) va “Hadoiq us-sehr fi daqoiq-ish-she’r”-i
o‘ –S.35–38; Muhammad Avfy va tazkirai o‘ “Lubob-ul-albob”– S.38–42; Adib Sobir Tirmizy–
S.59–65; Anvariy (1090–1188) –S.65–73).
9.

Mir Gʻulom Muhammad Gʻubor. Afg‘oniston dar masiri torix. (jildi avval va duvvum). – Kobul:

Intishoroti baynalmilalii sarvari saodat, 1394. Jildi yakum – 110 sah.; jildi duvvum – 302 sah.
10.

Muhammad Avfiy Buxoriy. Lubobu-l-albob (Ma’nolarning mag‘zlari). Xomaki nashr. Fors

tilidan tarjima va izohlar muallifi Bobonazar Murtazoyev. –Toshkent: “MUMTOZ SO’Z”, 2022.–
424 b.
11.

Muhammad bin Umaru-r-Roduyoniy. Tarjimonu-l-balog‘a. Ba tashihu ehtimomi

prufussur Ahmad Otash. Va intiqodi ustod Maliku-sh-shuaroi Bahor. Chopi duvvum. – Tehron:
Shirkati Intishoroti Asotir, 1362.–263 sah.
12.

Samarqandiy, Davlatshoh. Shoirlar bo‘stoni (“Tazkirat ush-shuaro”dan). Fors-tojik

tilidan B.Ahmedov tarj.; She’rlarni S.Rahmon tarj. qilgan. – Toshkent: Adabiyot va san’at
nashriyoti, 1981. – 224 b. (Avhadiddun Anvariy. –B.42–45; Rashididdin Vatvot. – B.46–50; Adib
Sobir Termiziy.– 51–52).
13.

Typkmen edebiyatыnыn, tarыxы. I tom. Orta asыrlar dovrunin, edebi mirasы. –

Ashgabat: “Ыlыm” neshiryatы, 1975. – 480 sax. (–S. 103–119. Juvayniy –S.106; Rashid – S.107).
14.

Ensiklopediyai sovetii tochik. Childi I.–Dushanbe: Sarredaksiyai ilmii ensiklopediyai

sovetii tochik, 1978. –672 sah. (Avfy Nuruddin Muhammad ibni Tohir ibni Usmoni Buxoroy,
tavalludi 1172–76.; vafoti noma’lum.–S.54; Adib Sobiri Tirmizy Shihobuddin ibni Ismoil,
taqriban 1078–1147.–S.74; Anvary. Avhaduddin Aly ibni Muhammad ibni Ishoqi Abevardy
1128–1190.–S.177).
15.

Ensiklopediyai sovetii tochik. Childi VI. – Dushanbe: Sarredaksiyai ilmii ensiklopediyai

sovetii tochik, 1986. –640 sah. (Rashidi Vatvot. Sa’dulmulk Rashiduddin Muhammad ibni


background image

84

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 7-SON (YOʻITJ)

Muhammad Abduchalili Balxy. 1087–1178/ 83. – S.222–223; Roduyony. Muhammad ibni Umar.
“Tarchumon-ul-balog‘a”. –S. 385).
16.

Ensiklopediyai sovetii tochik. Childi VII.–Dushanbe: Sarredaksiyai ilmii ensiklopediyai

sovetii tochik, 1987. – 640 sah. (“Tarchumon-ul-balog‘at” Muhammad ibni Umar Roduyony, ki
solhoi 80-umi asri I I ta’lif shudaast. Manbai on asari Marg‘inony “Mahosin -ul-kalom” ba zaboni
araby bud. –S.264.).
17.

Ensiklopediyai sovetii tochik. Childi VIII. –Dushanbe: Sarredaksiyai ilmii ensiklopediyai

sovetii tochik, 1988. – 592 sah. (Alouddin Atomalik ibni Bahouddin Muhammad. 1225–1258. –
S. 501).

Библиографические ссылки

Adabiyoti forsu tochik dar asrhoi XII–XIV. Qismi yakum.– Dushanbe: Nashriyoti “Donish”, 1976. – 348 sah. (Adib Sobiri Tirmizy.–S.62–66; Rashididdin Vatvot–S.67–70; (Muntahabuddin –S. 67); Anvariy – S. 99–119).

Amir Davlatshoh bin Alouddavla Baxtishoh al-Gʻoziy as-Samarqandiy. Tazkirat-ush-shuaro. Ba sa’i va ehtimomi va tashihi Edvard Braun.– Tehron: Asotir, 1383.–621 sah. (Muntaxabuddin – S.91).

Ahmedov B.A. Davlatshoh Samarqandiy. –Toshkent: ”Fan” nashriyoti, 1967. – 86 b. (Avhaduddin Anvoriy (asli Anvariy –B.M.)–B. 17; Rashid Vatvot –B.18–21; Adib Shahobiddin Sobir (asli Adib Shihobiddin –B.M.)–B.21–22).

Devoni Adib Sobir Tirmiziy. Muallif Ahmad Abdullayev.– Tehron: Intishoroti baynalmilali Alhudo, 1380. – 396 sah.

Devoni Anvariy. Bo muqaddimai Sa’id Nafisiy. – Tehron: Mu’asasai intishoroti “Nigoh”, 1376. – 744 sah. (–S.664).

Juvayniy, Alouddin Atomalik. Tarixi jahonkusho (Jahon fotihi tarixi). Nazarbek Rahim tarjimasi. – Toshkent: MUMTOZ SO”Z, 2015. – 504 b. (–B. 275–284; Muntajabuddin –B.279–280).

Karimov Sh., Shamsutdinov R. Vatan tarixi. Oliy va o‘rta o‘quv yurt talabalari uchun qo‘ll. K.I.– Toshkent: “O‘qituvchi”, 1997. – 528 b. (– B.214–234).

Mirzozoda Xoliq. Ta’rixi adabiyoti tochik (Az davrai qadimto asri XIII). Kitobi I(II). – Dushanbe: “Maorif” 1989. – 424 sah. ( Muhammad ibni Umari Roduyony va kitobi “Tarjimon-ul-balog‘a”-i o‘ –S.28–29; Rashidi Vatvot (1090–1183) va “Hadoiq us-sehr fi daqoiq-ish-she’r”-i o‘ –S.35–38; Muhammad Avfy va tazkirai o‘ “Lubob-ul-albob”– S.38–42; Adib Sobir Tirmizy–S.59–65; Anvariy (1090–1188) –S.65–73).

Mir Gʻulom Muhammad Gʻubor. Afg‘oniston dar masiri torix. (jildi avval va duvvum). – Kobul: Intishoroti baynalmilalii sarvari saodat, 1394. Jildi yakum – 110 sah.; jildi duvvum – 302 sah.

Muhammad Avfiy Buxoriy. Lubobu-l-albob (Ma’nolarning mag‘zlari). Xomaki nashr. Fors tilidan tarjima va izohlar muallifi Bobonazar Murtazoyev. –Toshkent: “MUMTOZ SO’Z”, 2022.–424 b.

Muhammad bin Umaru-r-Roduyoniy. Tarjimonu-l-balog‘a. Ba tashihu ehtimomi prufussur Ahmad Otash. Va intiqodi ustod Maliku-sh-shuaroi Bahor. Chopi duvvum. – Tehron: Shirkati Intishoroti Asotir, 1362.–263 sah.

Samarqandiy, Davlatshoh. Shoirlar bo‘stoni (“Tazkirat ush-shuaro”dan). Fors-tojik tilidan B.Ahmedov tarj.; She’rlarni S.Rahmon tarj. qilgan. – Toshkent: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1981. – 224 b. (Avhadiddun Anvariy. –B.42–45; Rashididdin Vatvot. – B.46–50; Adib Sobir Termiziy.– 51–52).

Typkmen edebiyatыnыn, tarыxы. I tom. Orta asыrlar dovrunin, edebi mirasы. – Ashgabat: “Ыlыm” neshiryatы, 1975. – 480 sax. (–S. 103–119. Juvayniy –S.106; Rashid – S.107).

Ensiklopediyai sovetii tochik. Childi I.–Dushanbe: Sarredaksiyai ilmii ensiklopediyai sovetii tochik, 1978. –672 sah. (Avfy Nuruddin Muhammad ibni Tohir ibni Usmoni Buxoroy, tavalludi 1172–76.; vafoti noma’lum.–S.54; Adib Sobiri Tirmizy Shihobuddin ibni Ismoil, taqriban 1078–1147.–S.74; Anvary. Avhaduddin Aly ibni Muhammad ibni Ishoqi Abevardy 1128–1190.–S.177).

Ensiklopediyai sovetii tochik. Childi VI. – Dushanbe: Sarredaksiyai ilmii ensiklopediyai sovetii tochik, 1986. –640 sah. (Rashidi Vatvot. Sa’dulmulk Rashiduddin Muhammad ibni Muhammad Abduchalili Balxy. 1087–1178/ 83. – S.222–223; Roduyony. Muhammad ibni Umar. “Tarchumon-ul-balog‘a”. –S. 385).

Ensiklopediyai sovetii tochik. Childi VII.–Dushanbe: Sarredaksiyai ilmii ensiklopediyai sovetii tochik, 1987. – 640 sah. (“Tarchumon-ul-balog‘at” Muhammad ibni Umar Roduyony, ki solhoi 80-umi asri I I ta’lif shudaast. Manbai on asari Marg‘inony “Mahosin -ul-kalom” ba zaboni araby bud. –S.264.).

Ensiklopediyai sovetii tochik. Childi VIII. –Dushanbe: Sarredaksiyai ilmii ensiklopediyai sovetii tochik, 1988. – 592 sah. (Alouddin Atomalik ibni Bahouddin Muhammad. 1225–1258. – S. 501).