Авторы

  • M.M. Maxamadjonova
  • A.M. Vahobjonov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yoitj.53857

Аннотация

In this article, the situation observed in ecology is one of the urgent problems of today. These processes have highlighted the negative impact not only on people, but also on the world of plants, due to people's negligent treatment of nature, cutting down of trees, toxic gases emitted from cars, factories and factories.


background image

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 7-SON (YOʻITJ)

140

Yashil o‘simliklar va ekologiya.

M.M. Maxamadjonova

CAMU xalqaro tibbiyot universiteti , o‘qituvchisi

A.M.Vahobjonov

CAMU xalqaro tibbiyot universiteti , talabasi

htt

ps://doi.org/10.5281/zenodo.12526027

Ma’lumki O‘zbekistonning aholi yashash joylarida yoz mavsumida havoning yuqori darajada

changlanishi kuzatiladi. Bunga sabab – sariq, qumoq tuproqlarning o‘ziga xos fizik xossalari

hamda vohalarni qamrab turuvchi qumliklarda esadigan garmsel shamollarining ta’siridir.

Yashil ekinzorlar shahar ko‘chalarining havo almashinuvini yaxshilaydi va uni tozalashga

imkon yaratadi.

To‘liq ko‘kalamzorlashtirish natijasida havo changdan deyarli batamom tozalanadi. Bunda

o‘simliklardan ajralib chiqadigan fitonsidlar havodagi zararli mikroblarni 40-50% ga

kamaytiradi. Hatto, qish oylarida daraxtlarning barglari bo‘lmasa ham, ularning changdan

himoyalashdagi ahamiyati katta. Havoning tozaligini ta’minlash uchun boshqa qo‘shimcha

tadbirlar – sanoat korxonalari chiqindilarining tarqalishini oldini olish chora tadbirlari bilan

birga ko‘chalarni obodonlashtirish ham muhim hisoblanadi.

Yoz mavsumida daraxt va butalar bargidagi changni tez-tez yuvib turish zarur, aks xolda

ekinzorlar asta sekin nobud bo‘lishi mumkin. Katta yoshdagi bitta daraxt o‘sish davrida

havodagi chang miqdorini ushlab qolishi u yoki bu turdagi daraxt va butalarning changdan

himoyalash xususiyatini o‘rganib, ularni to‘g‘ri tanlab joylashtirilsa , yuqori himoya samarasiga

erishish mumkin.

Muhandislik va ekologik-biologik jihatdan to‘g‘ri loyihalash orqali yashil ekinzorlar ishining

sanitarlik vazifasi samaradorligi ta’minlanadi. Yashil sanitar ekinzorlarni barpo yetishda

shamol yo‘nalishi, atmosferaga tarqaladigan chiqitlarning turi , balandligi va tarkibi , kimyoviy

va fizik xossalari inobatga olinishi lozim.

Ekinzorlarning tuzilishi, kengligi, balandligi va daraxt turlari tarkibi ushbu ko‘rsatkichlarga

chambarchas bog‘liq. Yirik shox-shabbali , tuklangan , ajinsimon , g‘adir- budir, notekis bargli

daraxt turlari (eman, qayrag‘och, tut, qora yong‘oq, oq terak, chinor, mayda bargli jiyda, zirk,

katalpa, sovun daraxti, karkas va b.) havodagi changni yaxshi ushlaydi. Xuddi shular zaharli

kamyoviy birikmalarni, ayniqsa, karbonat angidridini tortib olib, o‘zlashtiradi.

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi:21-iyun 2024 yil

Ma’qullandi: 24-iyun 2024 yil

Nashr qilindi: 25-iyun 2024 yil

In this article, the situation observed in

ecology is one of the urgent problems of

today. These processes have highlighted the

negative impact not only on people, but also

on the world of plants, due to people's

negligent treatment of nature, cutting down

of trees, toxic gases emitted from cars,

factories and factories.

KEY WORDS

Green

fields,

greening,

ecological-

biological, atmosphere, tree species, dust,
bugs, heavy metals and trace elements, air.


background image

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 7-SON (YOʻITJ)

141

Nina barglilar yaproq bargi daraxtlarga nisbatan changni ko‘proq ushlab qoladi. Kuz, qorsiz

qish va erta bahorda, aholi turar joylarida chang ko‘p to‘planganida ninabarglilarning

jumladan ayniqsa kiparisdoshlar oilasining vakillarini barglari tangacha bargli bo‘lganligi

tanani zich qoplab turganligi ham ahamiyati katta, chunki bu vaqtda bargli daraxtlarning

yaproqlari bo‘lmaydi.

Baland o‘suvchi eman, sofora, aylant, qayrag‘och, shumtol daraxtlari katta barg sathiga ega

bo‘lganligi uchun, ulardan tuzilgan yashil massivlar atmosferani transport –sanoat chiqitlari va

changlaridan yaxshi himoya qiladi.

O‘simliklar barglari yuzasida to‘plangan chang tarkibida quyidagi og‘ir metallar va

mikroelementlarning zarrachalari bo‘ladi: qo‘rg‘oshin, temir, titan, mis, rux, nikel, kobalt,

marganets va boshqalar. Yirik korxonalar atrofida tarqalgan changlar tarkibida (kul xajmidan)

37,9% temir, 15,3% alyumin, 2,7 % mis, 0,8% marganets va 0,2% qo‘rg‘oshin moddalari

mavjud. Atmosfera va tuproqning og‘ir metallar qoldiqlari bilan zararlanishi oqibatida,

ularning o‘simliklarda to‘planishi kuzatiladi, chunki o‘simlik barglari, poyalari va ildizlari

ushbu moddalarni o‘zida jamlash xususiyatiga ega. Ayniqsa, qumli tuproqlarda o‘sadigan

o‘simliklar ildiz tizimi orqali metallar qoldiqlarni nihoyatda yuqori darajada o‘zlashtirib, o‘zida

to‘plab oladi. Bunday yerlardagi o‘simliklar barglarida kulning xajmi bir yarim – ikki baravarga

oshib, 13-17% ni tashkil etadi. Shu sababdan, yirik sanoat korxonalari va avtomobil yo‘llari

atrofida va yonida o‘rmon ihotazorlari barpo etish tavsiya etiladi.

Og‘ir metallar va mikroelementlarni yaxshi o‘zlashtiruvchi daraxtlar ninabarglilar hisoblanadi

(archa, qarag‘ay, mojjevelnik). Bular havo tarkibining zaharlanishini belgilab beruvchi

indikatorlar vazifasini bajaradi, chunki ular tanasida nekrozlar paydo bo‘lishi hamda ninalari

to‘kilishi havoda xaddan ziyod zaharli aralashmalar borligidan dalolat beradi.

O‘simliklar va havoning ifloslanishi. Mamlakatimizda va xorijda olib borilgan ilmiy

tadqiqotlarga asosan, havoning elektr holati alohida gigienik ahamiyat kasb etadi.

O‘simliklardan tarqaladigan organik moddalar havoning ionlashuviga katta ta’sir ko‘rsatadi;

aynan inson salomatligi uchun zarur bo‘lgan manfiy ionlar to‘planishini ta’minlaydi. Iqlimning

foydalilik darajasi havodagi manfiy ionlar jamlanishi bilan belgilanadi, ular o‘z navbatida inson

organizmining himoya xususiyatini oshiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.

1. Arifxanov K.T. ,Slavkina.T.I. DendrologiyaUz.tom. XI ,Tashkent. 1981.

2. Ablayev S.M., Yuldashyev Ya. H. “Madaniy o‘rmonlar” Т.2008.

3. A. Xamidov va boshqalar “O‘zbekiston o‘simliklari anig‘lagichi” T.1987

4. A.X. O‘roqov “Avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish” O‘quv qo‘llanma.T. 2019.

Библиографические ссылки

Arifxanov K.T. ,Slavkina.T.I. DendrologiyaUz.tom. XI ,Tashkent. 1981.

Ablayev S.M., Yuldashyev Ya. H. “Madaniy o‘rmonlar” Т.2008.

A. Xamidov va boshqalar “O‘zbekiston o‘simliklari anig‘lagichi” T.1987

A.X. O‘roqov “Avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish” O‘quv qo‘llanma.T. 2019.