Авторы

  • Gulmira Poʻlatova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yoitj.53944

Аннотация

Ushbu maqolada media va mediata'limning dolzarb masalalari va bugungi rivojlangan davrda media va mediasavodxonlikning dolzarb masala ekanligi yoritib beriladi. Shuningdek, Oʻzbekistonda talaba yoshlar uchun mediata'limning rivojlanishi qanchalar darajada muhim ekanligi haqida ham soʻz yuritiladi.


background image

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 7-SON (YOʻITJ)

182

Oʻzbekistonda mediata'limning dolzarb masalalari

Poʻlatova Gulmira Murodovna

Mirzo Ulugʻbek nomidagi

Oʻzbekiston Milliy universiteti

1-kurs talabasi, gulmirapolatova01@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.12591697

Kirish

Biz bilamizki, bugungi kunda nafaqat Oʻzbekiston ta'limini va yana butun dunyo ta'limini ham

mediata'limsiz tasavvur qilish qiyin. Ayniqsa, hozirda sun'iy intellektlar ham rivojlangan sari

odamlar ortiq hech qanday kitoblar varaqlash uchun ehtiyoj sezmayapti, biz mobil

telefonlarimiz, komputerlarimiz, smartfonlarimiz orqali har qanday muammolarni ortiqcha

qoʻl kuchi sarflamagan holda AI (artificial intellegence) orqali hal qilyapmiz. Har bir

mamlakatda mediasavodxonlikni, sun'iy intellektlarni rivojlantirish uchun koʻplab muhim

ishlar olib borilyapti. Xususan, bizning yurtimiz ham mediata'limni rivojlantirish borasida

boshqa davlatlardan ortda qolmagan holda harakatlar olib bormoqda. Biz dunyoni ommaviy

axborot vositalarisiz, mediata'limsiz tasavvur ham qilolmaymiz, ular bizga ma'lumotlarni

oson va tez qabul qilish, yetkazish, foydalanish imkonini beradi.Oddiy qilib aytadigan boʻlsak,

mediata'limning rivojlanishi bizni koʻplab rivojlangan davlatlar qatorida yetakchi davlatga

aylantira oladigan eng muhim va samarali yoʻllardan biridir. Bundan tashqari

mediasavodxonlik odamlarni jamiyat muammolariga shunchaki koʻz yumadigan insondan

boshqa tanqidiy fikrlovchi, ijodkor, samarali muloqotchi hamda faol fuqarolar boʻlishga ham

undaydi.

Adabiyotlar tahlili va metodlar

Media (ing. media, lot. o'rta "vositachi" so'zidan) keng tushuncha boʻlib o'z ichiga aloqa

vositalarini, axborotni uzatish usullarini, shuningdek, ular hosil qiladigan muhitni (media

makonni) oladi.Media" kontseptsiyasini ishlab chiqish asoschilari Toronto universiteti

xodimlari Garold Innis va Marshall Maklyuhanlardir. Mediasavodxonlik bugungi kunda butun

dunyoda keng oʻrganilib kelinmoqda, xususan, Buyuk Britaniya va Avstraliyada gumanitar

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi:21-iyun 2024 yil

Ma’qullandi: 24-iyun 2024 yil

Nashr qilindi: 29-iyun 2024 yil

Ushbu maqolada media va mediata'limning

dolzarb masalalari va bugungi rivojlangan

davrda media va mediasavodxonlikning

dolzarb masala ekanligi yoritib beriladi.

Shuningdek, Oʻzbekistonda talaba yoshlar

uchun

mediata'limning

rivojlanishi

qanchalar darajada muhim ekanligi haqida

ham soʻz yuritiladi.

KEY WORDS

media, mediata'lim, mediasavodxonlik,

sun'iy

intellekt,

ommaviy

axborot

vositalari


background image

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 7-SON (YOʻITJ)

183

fanlar majmuasida alohida fan sifatida o‘tilsa, Finlyandiyada 1970-yildan o‘rta maktablarning,

1977-yildan esa oliy o‘quv yurtlarning o‘quv dasturlariga kiritilgan edi. 1990-yilda esa

mamlakatda mediasavodxonlik, mediata'lim tushunchasi bilan almashtirildi. Shvetsiyada esa

u 1980-yildan boshlab fan sifatida oʻqitila boshlangan[1]Qolaversa, bizda ham mediata'limni

rivojlantirishga qaratilgan bir qancha muhim ishlar amalga Xususan,22-oktyabr kuni Axborot

texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidenti “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga

oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonining dolzarb vazifalarini ijro etishga

bagʻishlangan yigʻilish videokonferensaloqa orqali oʻtkazildi.Farmonga muvofiq 2020-2022

yillarda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning turli sohalarida 400 dan ortiq axborot

tizimlari, elektron xizmatlar va boshqa dasturiy mahsulotlar joriy etilishi hamda

iqtisodiyotning real sektori tarmoqlaridagi korxonalarda boshqaruv, ishlab chiqarish va

logistika jarayonlarini avtomatlashtirish boʻyicha 280 dan ortiq axborot tizimlari va dasturiy

mahsulotlar joriy etilishi koʻzda tutilgan.[2]. Bundan tashqari, mamlakatimizda IT sohasi va IT

kadrlarini tayyorlash masalasiga qaratilgan qaratilgan bir qancha muhim qarorlar qabul

qilindi. Oʻzbekistonda ham mediata'limni rivojlantirishga qaratilgan ishlar jadallik bilan olib

borilayotganining dalili sifatida 2017-yilda Toshkentda boʻlib oʻtgan Milliy media kengashida

ham koʻrishimiz mumkin. Kengashda Milliy media kengaishining maqsad va vazifalari hamda

media sohasidagi islohotlar ham tushuntirib oʻtilgan. Hozirda yurtimizning koʻplab oliy taʼlim

muassasalarida ham mediasavodxonlik dars sifatida oʻtiladi. Misol uchun, Oʻzbekiston Milliy

universiteti, Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Toshkent

davlat sharqshunoslik universiteti, Qarshi davlat universiteti, Oʻzbekiston davlat jahon tillari

universiteti, Samarqand davlat chet tillari universitetlarining jurnalistika va boshqa bir

qancha yoʻnalishlarida mediasavodxonlik va axborot madaniyati fan sifatida oʻqitilib

kelinmoqda.
Mediasavodxonlik oʻzi nima? Mediasavodxonlik inson jamiyatdagi fuqaro sifatidagi

mas'uliyatini his qilgan holda faol va savodli bo'lishi, media matnlarni qabul qila olishi,

yaratishi, tahlil eta olishi va baholashi, zamonaviy mediani ijtimoiy-madaniy va siyosiy

mazmunini tushuna olish demakdir. Biz aynan jamiyatda sodir boʻladigan axborotlarni qabul

qilishimiz uchun

mediasavodxonlik

bilimlariga,

koʻnikmalariga

ega

boʻlishimiz

kerak.Tadqiqotlarga ko'ra, bugun jahonda 3 milliard kishi yoki dunyo aholisining 40 foizi

ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalanadi. Izlanishlar odamlar bir kunda o'rtacha 2 soat vaqtini

ijtimoiy tarmoqlarda o'tkazayotganini koʻrsatmoqda. Bu degani, bizning hayotimizning katta

qismi ijtimoiy tarmoqlarga bogʻlanib qolgan. Har bir inson oʻrtacha har kuni 2 soat vaqtini

aynan ijtimoiy tarmoqlarda oʻtkazmoqda. OAV orqali uzatilayotgan va qabul qilinayotgan

kundalik axborotni saralash ko'nikmalarini shakllantirish, axborot orqali inson ongini

boshqarishga yoʻl qoʻymaslik va har qanday vaziyatda toʻgʻri qaror qabul qilish uchun ham biz

mediasavodxon boʻlishimiz, mediadan xabardor boʻlishimiz kerak. Mana nima uchun

mediasavodxonlik bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri.Huquqiy demokratik

jamiyatimizning to'laqonli, faol fuqarosi sifatida amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun -

mohiyatini tushunish,insonning vizual obrazlar ta'siri ostida ijobiy yoki salbiy tomonga

o'zgarishlarini tahlil eta olish va vizual xabarlar ostida beriladigan ko'rinmas ma'lumotlarni

o'qiy olish, axborot qayerdan, kim tomonidan va nima maqsadlarda uzatilayapti, kimning

manfaatlarini o'zida aks ettirayapti, degan savollarga javob topa olish uchun ham biz

mediadan xabardor boʻlishimiz darkor.

Muhokama

Barchamizga maʼlumki, bugungi kunda talaba yoshlarga qulaylik yaratish maqsadida deyarli

barcha ma'ruza darslarida oʻqituvchilar taqdimotlardan (turli xil mavzuga doir slaydlar,

prezentatsiyalardan) foydalanadilar. Shuningdek, onlayn platformalarda ( Youtube, facebook,


background image

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 7-SON (YOʻITJ)

184

telegram kabi ) ham fanni oʻzlashtirmoqchi boʻlgan har qanday inson kerakli manbalarni,

darsliklarni, video darsliklarni ham bemalol topa oladi. Medianing imkoniyati shu qadar

cheksizki, biz uchun hozirgi kunda ayniqsa ilm olish uchun koʻplab imkoniyatlarni yaratib

bergan. Masalan, hozirda har qanday inson bemalol biror chet tilini qiyinchiliklarsiz oʻzgana

oladi, chunki buning uchun bizda yetarli manbalar, saytlar, platformalar yaratilgan. Bugungi

kunda kundan kun rivojlanib borayotgan ChatGptni misol sifatida olsak, bu sun'iy intellekt

yordamida hech qanday oʻqituvchisiz ham insonlar ingliz tilini bemalol oʻrgana olyapti.

Buning sababi bu platformadan hozirda butun dunyo foydalanmoqda va uning bilim darajasi

ham kundan kunga kengayib, rivojlanib ketyapti. Bu bizning professional rivojlanish sari

chiqayotganimizning yaqqol isboti desak adashmagan boʻlamiz.
Media ta'lim natijasida mediasavodxonlik faqat oʻquvchilarni zamonaviy axborot

texnologiyalarini oʻzlashtirishi yoki axborotni tez va oson hamda tanqidiy yoʻl bilan qabul

qilishi orqali cheklanib qolmaydi. Media savodxonlik orqali talaba tez va oson izlagan

saytlariga kira olishi, axborotlardan samarali foydalanishi, potensial axborot manbalarining

turli xil turlarini, formatlarini aniqlashi va yana koʻplab ishlarni bajarishi mumkin.Amerikalik

yozuvchi, media nazoratchisi va madaniyat tanqichisi boʻlgan Nill Postman "O'limgacha

ko'ngil ochish" asarida ommaviy axborot vositalarining translyatsiya ma'lumotlariga tobora

ortib borayotgan "ko'ngilochar" ta'sirini ko'rib chiqadi. Muallifning xulosasiga ko'ra, ommaviy

axborot vositalari axborot sifatini ikkinchi o'ringa qo yib, bo'sh vaqt va ko'ngil ochishga

bo'lgan ehtiyojni qondirishni birinchi o'ringa qo'yadi. Kitobga ko'ra,ommaviy axborot

vositalaridagi shaxs yoki ob'ektning tasviri haqiqatning o'zidan kam emas. Uning so'zlariga

ko'ra, hozirgi bosqichda texnologiya rivoji tufayli hatto saylovchilar ham siyosatchining

haqiqiy faoliyatiga emas, balki uning qiyofasiga ko'proq e'tibor qaratmoqda[4].Bundan

tashqari mutaxassislar ma'lumotiga ko'ra, internet orqali tarqatiladigan axborotning 49 foizi

sezilarli darajada zo'ravonlik va yovuzlikning, 57 foizi axloqsizlikning bevosita va bilvosita

targ'ibotiga xizmat qiladi. 25 foiz axborot esa yolg'on, to'qima, 31 foiz ma'lumot haqiqatga

to'la mos emas. Bu holat yoshlar ongu shuuriga kuchli ta'sir etuvchi yot, buzg'unchi g'oyalar,

milliy mentalitetimizga zid, zararli odat va ko'nikmalar, tekshirilmagan axborotga ham birdek

taalluqlidir. Shu va shunga oʻxshagan medianing salbiy tomonlari ham boʻlishi tabiiy hol,

albatta. Biroq biz uning cheksiz imkoniyatlari orqali ancha yuqori poğononalarga chiqa

olishimiz mumkin.Aholisi soni 36 milliondan ortiq bo‘lgan O‘zbekistonda ijtimoiy media

foydalanuvchilari soni oshib bormoqda. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini

rivojlantirish vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda mamlakatimizda Internet

foydalanuvchilari 22 million kishini tashkil qiladi[3]. Ulardan 19 millioni mobil Internetdan

foydalanadilar va messenjerlar orqali muloqot qiladilar. Bu degani bizning davlatimizda

mediasavodxonlik ancha rivojlanmoqda va uning imkoniyatlaridan unumli va samalari

foydalanish orqali biz oʻz imkoniyatlarimizni yanada kengaytirishimiz mumkin.

Xulosa

Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, mediasavodxonlik natijasida jamiyatda keskin ózgarishlar,

rivojlanishlar boʻlishi mumkin. Ayniqsa talabalar mediasavodxonlik koʻnikmalarini egallash

orqali axborotlarni tez va oson qabul qilishi, topishi va ularni mustaqil ravishda baholash,

tanqid qilish va tahlil etish bilimlarini egallaydilar.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

https://uz.wikipedia.org/wiki/Media_savodxonlik

2.https://yuz.uz/uz/news/dolzarb-masalalar-muhokama-qilindi
3.Aхбoрoт технoлoгиялaри вa кoммуникaциялaрини ривoжлaнтириш вaзирлиги веб-

сaйти – https://mitc.uz/uz дaн oлинди.


background image

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 7-SON (YOʻITJ)

185

4.http://kompy.info/media-savodxonlik-va-axborot-madaniyati-evolyusiyasi-hamda-

jam.html?page=2
5.Media va axborot savodxonligini shakllantirishning pedagogik jihatlari. O‘quvamaliy

qo‘llanma.-T.:Extremum-press, 2017
6.Maksudov, U. K. (2020). CHARACTERISTIC OF THE PROCESS OF DEVELOPMENT OF SOCIAL

ACTIVITY SKILLS IN PRIMARY SCHOOL STUDENTS THROUGH FOLKLORE. Scientific Bulletin

of Namangan State University, 2(7), 407-412.

Библиографические ссылки

Aхбoрoт технoлoгиялaри вa кoммуникaциялaрини ривoжлaнтириш вaзирлиги веб-сaйти – https://mitc.uz/uz дaн oлинди.

Media va axborot savodxonligini shakllantirishning pedagogik jihatlari. O‘quvamaliy qo‘llanma.-T.:Extremum-press, 2017

Maksudov, U. K. (2020). CHARACTERISTIC OF THE PROCESS OF DEVELOPMENT OF SOCIAL ACTIVITY SKILLS IN PRIMARY SCHOOL STUDENTS THROUGH FOLKLORE. Scientific Bulletin of Namangan State University, 2(7), 407-412.