YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 7-SON (YOʻITJ)
153
Sovet davrida kadrlar siyosati
Samatov Shohruhbek Abduvahobovich
Andijon davlat universiteti
Oʻzbekiston tarixi kafedrasi oʻqituvchisi
Mustabid tuzum Markazda va joylarda o'z mutlaq hokimiyatini shakllantirib, mustahkamlab
borar ekan, bunda u o'ziga sodiq muayyan siyosiy va ijtimoiy kuchlarga tayanib ish yuritmog'i
kcrak edi. Shu maqsadda, Markaz hukumati yangi sotsialistik jamiyat qurilishi davomida
O'zbekistonga o'zining ko'p sonli sadoqatli xodimlari, vakillarini rahbary Iavozimlarga
yuborib turganligi bejiz emas. Xususan, ular yordamida o'lka hayotida kechayotgan barcha
jarayonlar, o'zgarishlardan doimiy xabardor bo'lish, ularning yo'nalishlarini, maqsad,
vazifalarini belgilash, mahalliy kadrlar faoliyatini kuzatish, nazorat qilish mumkin bo'lardi.
Markaz O'zbekistonlik milliy kadrlarning kundalik ishlariga «ko'z-quloq» bo'lish, ular
faoliyatini tekshirish, taftish qilish barobarida sotsializm qurilishi yo'lida sadoqat
bildirganlarni tanlash, tarbiyalash, ularni yuqori mansablarga ko'tarishni o'z e'tiboridan
chetdatutmadi. Shu bois, Markaz ishonchini qozonib, uning nufuzli namo-yandalari bilan
yaqindan hamkorlik qilgan, kerak bo'lganda- o'z xalqining manfaati, qiziqishlarini ko'zlab ish
yuritgan bilimdon kadrlar soni ham ko'payib borgan. Ammo Stalin yakkahokimligi kuchayib,
totalitar tuzum bedodligi avj olib borgan sari bunday kadrlarni arzimas sabab va bahonalar
bilan qiynoq-qistovga olish, vazifalaridan chetlatish odatiy tusga kirib bordi.
Rahbar kadrlar, ayniqsa, o'z xalqi, yurtining milliy manfaatlarini himoya qilib, uning
istiqbolini ko'zlab, o'zida kuch, iroda topib, bor haqiqatni aytishga jur'at qilgan miliat vakillari
birinchi navbatda hukmron Markaz uyushtirgan qatag'onga duchor bo'ldi. Buning yorqin
ifodasini Sovet mafkurachilari tomonidan o'zbek milliy kadrlari sha'nini bulg'ashga qaratilgan,
atayin to'qib chiqarilgan «18 lar guruhi», «lnog'omovchilar», «Qosimovchilar» guruhlari
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi:21-iyun 2024 yil
Ma’qullandi: 24-iyun 2024 yil
Nashr qilindi: 27-iyun 2024 yil
Maqolada
O‘zbekiston
SSRda
sovet
boshqaruvidagi
kadrlar
siyosati
o‘rganilgan. Muallif tomonidan sovet
boshqaruvi davrida Markaz tamonidan
milliy
siyosiy
rahbarlar
faoliyatiga
ishonchsizlik bilan qaralishi, ularning
ishlariga
asossiz
aralashuvlarning
bo‘lishihamda ular kuchli nazorat ostiga
olinganligi
yoritilgan.
Og‘ir
siyosiy
vaziyatda faoliyat yuritgan mahalliy rahbar
xodimlarning
ko‘pchiligi
Markaz
topshiriqlarini bajarish bilan birgalikda
mamlakat manfaatlarini ham himoya qilib
kelganliklari e’tiborga olingan.
KEY WORDS
Partiya,
bolshevik,
milliy
ziyolilar,
jadidchilik,
millatchilik,
shovinizm,
mahalliylashtirish,
guruhbozlik,
rusiyzabon, proletariat.
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 7-SON (YOʻITJ)
154
misolida ko'rish mumkin. Ularning faoliyatiga oid tarixiy hujjatlarni ko'zdan kechirar ekanmiz,
bu insonlar faoliyatida ularni ayblashga bois bo'ladigan hech bir asosli ashyoviy dalillar
bo'lmaganligiga to'la amin bo'lamiz. Ularning yagona «gunohi» - bu o'z millati dardi, tashvishi
va manfaatini ko'zlab ayrim muhim muammolarni ko'targanligi va ularni hal etishga
yuqorining e'tiborini jalb etganligi holos.
Respublikaning taniqli arboblaridan iborat «18 lar guruhi» (I.Xidiraliyev, M. Saidjonov, U.
Ashurov, R. Rahimboboyev, Eshonov) ga «yer-suv islohotiga qarshi chiqqan, boy-quloq va yer
egalarining manfaatini himoya qilib chiqqanlar, mahalliychilik va millatchilik g'oyalarini ilgari
surgan» degan soxta aybnoma qo'yildi. Aslida esa ular hukmron Markazning ulug' davlatchilik
va shovinistik siyosatiga, milliy kadrlarga nisbatan bepisandlik, loqaydligiga qarshi chiqib,
adolat va haqqoniylik tamoyillarini himoya qilganlar. Shu bois, rasmiy partiya organlari
tomonidan mazkur guruh keskin qoralanadi va uning a'zolari turli jazolarga giriftor etildilar.
«Inog'omovchilik» guruhi to'g'risidagapborganda, unga qo'yilgan barcha ayblarning to'liq
to'qib chiqarilganligi ayon bo'ladi. Ma'lumki, Rahim Inog'omov O'zKP(b) Markazqo'mi
Matbuot bo'limi mudiri va O'zSSR Maorif Xalq Komissari vazifasida faoliyat yuritib kelgan.
R.lnog'omov o'zining bir qator nutqlarida O'zbekiston kompar-tiyasining mustaqil faoliyat
yurita olmayotganligiga, Markaz organ-larining o'lka hayotidagi zo'ravonligiga ham alohida
urg'u bergan. Respublikaning bir qator mas'ul xodimlaridan N.Mavlonbekov, T.
Isamuhammedov, M.Aliyev, Bobonazarov singari hammaslaklar Inog'omov qarashlarini
qo'llab - quvvatlab chiqqandilar. Bunday muxolifatchi chiqishlar hukmron partiya
mutasaddilarining qahriga uchramasdan qolmasdi, albatta. Shu bois, 1926, 1927— yillarda bu
guruh faoliyati partiya tashkilotlarida bir necha bor muhokama qilinib, og'machi
guruhbozlikda ayblandi. Inog'omov tarafdorlari vazifalaridan olinib, nomlari qoralandi.
«Qosimovchilik» guruhi ham 1929-1930— yillarda sovet hukmron rejimi tomonidan milliy
kadrlarni, ziyolilarni qatag'on qilish, jazolash maqsadida atayin uyushtirilgan navbatdagi
uydirma edi. O'z SSR Oliy Sudining raisi lavozimida ishlagan S. Qosimov va uning yaqin
maslakdoshlari: N.AIimov, Musaboyev, Sharipov, Sirojiddinov va boshqa-jami 7 kishi 1929—
yilning 2-yarmida «bosmachilik» harakatiga yon berganlikda ayblanib qamoqqa olindilar. Ular
respub-likadagi millatchi tashkilotlar bilan aloqa bog'laganlikda ayblandilar. Bu guruhning 4
ta a'zosi shunday asossiz ayblanib, otib tashlandi. Qolganlari esa ko'p yillik qamoq jazosiga
hukm qilindi. Mustabid tuzum hukmdorlari uchun O'zbekiston singari milliy Sovet
Respublikasi rahbarlari, xodimlarini to'la itoatda tutishning birdan bir sharti - bu ularning
mustaqil faoliyatiga izn bermaslik, vaqti - vaqti bilan silkitib turish, mabodo xato,
kamchiliklari topilguday bo'lsa, shafqatsiz jazolash yo'li edi. Milliy kadrlar faoliyatiga nisbatan
bunday noinsoniy, g'ayriqonuniy yondashuv oqibatida respublikada o'z ongli hayoti, jo'shqin
faoliyatini sovet-laming yolg'on, soxta g'oyalari, sotsializm g'alabasi uchun bag'ishlagan, shu
yo'lda jon fido etib kurashgan qancha yetuk partiya va davlat rahbarlari qatag'on domiga
g'arq bo'ldilar. O'zbekiston ravnaqi, xalqining baxtu saodati uchun fidoyilik ko'rsatgan Akmal
Ikromov, Fayzulla Xo'jayev, Abdulla Rahimboyev, Isroil Ortiqov, Abdulla Karimov va boshqa
o'nlab mahalliy rahbar kadrlarning qismati, pirovardda, mana shunday fojia bilan yakun topdi.
Shunday qilib, stalincha qatag'on respublikamiz hayotining barcha sohalari uchun qonli
fojialar, beadad yo'qotishlar bilan to'Iib toshgan davrbo'ldi. U millionlab odamlaming taqdir -
qismatida asoratli iz qoldirdi va mislsiz xunuk oqibatlarni yuzaga keltirdi. Shunga qaramay,
xalqimiz bukilmas irodasini, matonatini namoyon etib, yorug', cha-rog'on kunlar kelishiga
intilib, kurashib yashadi. U stafincha qatli omning har qanday shiddatiga dosh berib, o'z asriy
qadriyatlarini, udumlari, rasm - rusumlarini saqlab, imon - e'tiqodida sodiq qoldi va hamisha
milliy istiqloi sari dadil harakatlanishda davom etdi.
Foydalangan adabiyotlar ro'yxati:
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 7-SON (YOʻITJ)
155
1 USMONOV, Q., & Sodiqov, M. (2008). O 'ZBEKISTON TARIXI. Iqtisod-moliya. Toshkent-2006
y.(Q. Usmonov, M. Sodiqov, S. Burhonov."History of Uzbekistan". Economics and Finance.
Tashkent-2006).
2. Sahobidinnova, M. (2020). QATAG'ON QURBONLARI TAQDIRI (TOSHKENT VILOYATI
MISOLIDA). Academic research in educational sciences, (3).
3. Дониев, С. И. О. (2020). XX ASRNING 80-YILLARIDA QASHQADARYO VILOYATIDAGI
MADANIY JARAYONLAR VA ULARNING O 'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. ПЕРЕКРЁСТОК
КУЛЬТУРЫ, 2(4).
4. Doniyev, S. I. O. G. L. (2020). O 'zbekistonda «paxta ishi»,«o 'zbek ishi» kampaniyalari
boshlanishi va uning Qashqadaryo viloyatida amalga oshirilishi. Science and Education, 1(7).