YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 7-SON (YOʻITJ)
156
“BAYT AL-HIKMADA FAOLIYAT YURITGAN MARKAZIY
OSIYOLIK ALLOMALARNING ILM-FAN RIVOJIDAGI O`RNI”
Sulaymonov Boburjon Dilmurod o`g`li
FarDU tarix yo`nalishi talabasi
e-mail: Boburjonsulaymonov8@gmail.com
IX-XII asrlar
keng ma’noda Sharqda ilm-fan rivoji davri desak ham bo`ladi. Bu davrda ya`ni
IX asrda
o`sha davrning yirik markazlaridan biri bo`lgan Bag`dod shahrida yirik ilmiy dargoh
“Bayt al-hikma va maorif” tashkil topadi. Bu ilmiy dargoh tuzilishidan oldin olimlar, o`z
davrining allomalari ilm-fan bilan turli hududlarda shug`ullanayotgan edilar. Shunday bo`lsa
ham Eron hududida turli ko`rinishdagi ilmiy maskanlar bo`lgan. Shu davrda yashagan
allomalar turli hududlarda yashab o`z ijodlarini olib borishdi. Ma’rifatli hukmdor
Horun ar-
Rashid
(786-809) davrida Bag`dod shahrida “Bayt al-hikma” deb nom olgan yirik kutubxona
tashkil topgan edi
. O`g`li xalifa
Ma’mun
davrida(813-833) bu kutubxonada yirik ilmiy
dargohga asos solinadi. Ma’mun otasi xalifalik qilayotgan paytda Xuroson va Movarounnahr
hukmdori edi. Otasidan keyin ham 819-yilgacha Marv shahrida xalifalik qiladi. Shu davrda u
bu hududdagi ko`plab olimlar bilan tanishadi va
819-yilda
ularni o`zi bilan birga Bag`dod
shahriga olib ketadi. Shu tariqa Bag`dod shahriga turli hududlardan olimlar to`planib, yirik
ilmiy dargoh faoliyatida o`chmas iz qoldirishadi. Ular orasida Markaziy Osiyolik allomalarning
o`rni beqiyos edi. Ularni izlanishlari ilm-fan rivojiga juda katta ta’sir ko`rsatgan Quyida
bularga to`xtalib o`tamiz:
Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783-850) –
Yevropada “Algorismus” va “Algorthmus”
nomlari bilan mashhur bo`lgan buyuk matematik, astranom va geograf olim
. Ma’lum muddat
1
Abduhalmov, Bahrom Abdurahimovich
. “Bayt al-hikma” va Markaziy Osiyo olimlarining
Bagʻdoddagi ilmiy faoliyati (IX-XI asrlarda aniq va tabiy fanlar) / B. Abduhalimov; maʼsul
muharrir MM. Xayrullaev; UzR FA, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik Instituti. -
T.: “O’zbekiston”, 2010.
-264 b.
2
Hamidulla H.
"Sayyoh olimlar". - T,: " Oʻzbekiston" 1980. - 264 b.
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi:21-iyun 2024 yil
Ma’qullandi: 24-iyun 2024 yil
Nashr qilindi: 27-iyun 2024 yil
“Bayt al-hikma” – bu IX asrda
shakllangan ilmiy dargoh, o`zidan yetuk
olimlar chiqarib bergan ilmiy maskandir. Bu
yerda juda ko`p ilmiy yangiliklar amalga
oshirildi. Bu ilmiy yangiliklar keying davrda
O`rta Osiyoda va Yevropada bo`lgan ilm-
fanning rivoji uchun asos bo`lib xizmat qildi.
Bu
ilm
dargohida
O`rta
Osiyolik
allomalarning o`rni beqiyos edi.
KEY WORDS
Bayt al-hikma, Ma’mun, Bag`dod,
Markaziy Osiyolik allomalar, “Alebra”,
koordinata, usturlob, matematika, fizika,
geografiya fanlari rivoji, tibbiyot.
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 7-SON (YOʻITJ)
157
“Bayt al-hikma” ni boshqargan. Hind va yunon ilmlarini puxta o`zlashtirgan. “Algebra” fani
asoschisi( “Al jabr val-muqobala” asari Yevropada “Algebra” tarzda talaffus etilgan). Xorazmiy
0(nol)ni rasmiy ravishda muomlaga olib kirgan. Hindlarning o`nlik sistemasini o`rganib
dunyoga yoyilishiga sababchi bo`lgan. Asarlarida quyosh, oy harakati, tutulishlar, tangens,
kotangenslar, 2402 ta joining koordinatasini yoritdi, namoz vaqtlarini aniqlash(5 vaqt) usulini
namoyish etdi.
Ahmad as-Sag`oniy(914-990) –
o`z davrining yirik astronomi. Astronomik jihozlarni
yasashda va qo`llashda mohir mutaxasis. Handasa ilmini ham rivojlanishiga hissa qo`shgan
.
Usturlob yasash, meridian chizig`ini chizish, osmon sferasi, geometrik burchaklar ustida olib
borgan ishlari diqqatga sazovordir.
Yahyo ibn Abu Mansur( 832-yil
Tarsus shahrida vafot etgan
) –
Marvda tug`ilgan.
Bag`dodning ash-Shamosiya hududida 828-yil bunyod etilgan rasadxona asoschisi. Sharq
falakiyoti tarixidagi ilk amaliy tajribalar asoschisi. “Bayt al-hikma”da tarbiyachi bo`lib ham
ishladi. “al-Ma’munning sinalgan jadvali” asari eng mashhur va bizgacha yetib kelgan bo`lib,
Ispaniyaning Eskurial kutubxonasida saqlanadi.
Ahmad as-Saraxsiy(IX asr) –
taxallusi “Ahmad ibn at-Toyyib”. Saraxs shahridan bo`lgan
qomusiy olim. Falsafa, fizika, geografiya, tabobat, riyoziyot, falakiyot, astrologiya va musiqa
fanlari bilan shug`ullangan. Islom dunyosi faylasuflaridan. Yoqub al-Kindiyning shogirdi(
al-
Qiftiy
). U falsafa, atmosfera hodisalari, tumanning mohiyati, mmamlakatlar haqida kitoblar
yozgan.
Abul Fadl ibn Turk al-Xuttaliy –
o`rta asr riyoziyotchi olimi. “Hisobchi” laqabi bilan mashhur
bo`lgan. U arifmetika(hisob) ilmining olimi va bu fanning yetakchi mutaxasislaridan edi(
al-
Qiftiy
).
Xolid al-Marvarudiy –
IX asr birinchi yarmida yashagan astronom olim. Marv shahriga
qaram Marvarud shahridan bo`lgan. 830-yil Damashq shahri yaqinidagi “Qasiyun” tog`ida
tashkil etilgan rasadxona rahbari.
Farg`oniy
bilan birga yerning bir darajasini aniqlashda
qatnashgan.
Ahmad al-Marvaziy(770-870) –
“Habash hisobchi” laqabi bilan tanilgan matematik va
astonom. 832-833-yillarda Yer meridiyanini bir darajasini o`lchashda qatnashgan. Birinchi
bo`lib fanga tangens, kotangens tushunchalarini kiritdi va ularni asoslaydi.
Al-Abbos al-Javhariy –
Bag`dod va Damashqda faoliyat ko`rsatgan matematik va astronom. U
Forob shahri atrofidagi “Javhar” degan joyda tug`ilgan(800-860)
. Astronomik jihozlardan
foydalanishda noyob istedod egasi(
al-Qiftiy
). Ba’zi sayyoralar hamda quyosh va oy o`rnini
aniqlagan. Javhariyning burchak ichida joylashgan har qanday nuqtadan, burchakning ikki
tarafini birlashtiruvchi chiziq chizish mumkin degan go`yasi mashhur(1800-yil bu g`oya fanda
to`liq isbotlangan).
Ahmad al-Farg`oniy(797-865) –
Buyuk astronom, matematik, geograf olim. Misrda, Ravda
oroliga o`rnatilgan “Nilometr
” ni isloh qildi(861). U nima qildi? 8 ta asar yozdi. Eng mashhuri
30 bobli “Astronomiya ilmi asoslari”. U arab, yunon, suriyaliklar va forslarni oy va quyosh
taqvimlarini, samoning sfera shaklda ekanini, yerning shar shaklida ekanini, yerni o`lchash,
burjlarning to`g`ri chiqishi, 5 ta sayyora harakati, qo`zg`almas yulduzlar soni va ularning
kattaliklari, oy va quyosh tutulishi va ular orasidagi vaqtning miqdori, usturlob yasash haqida
3
https://arboblar.uz/uz/people/akhmad-as-sagani
4
https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Yahyo_ibn_Abu_Mansur
5
https://arboblar.uz/uz/people/abbas-al-dzhaukhari
6
“Nilometr” - yil davomidagi suv toshqini mavsumida Nil daryosining suvini balandlik darajasini
oʻlchash uchun ishlatiladi.
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 7-SON (YOʻITJ)
158
qoldirgan bilimlari diqqatga sazovordir
. Yer merediyani bir darajasi 56 2\3 milya, ya’ni 111
km(hozirda 111,1 km) ni hisoblab, 360 darajaga ko`paytirib, 24000 milya hosil qilingan.
Hozirda merediyanning uzunligi 40 ming km ya’ni 24855 milyadir. Bu o`z davri uchun juda
aniq hisob-kitob edi.
Abdumalik ibn Amajur at-Turkiy –
IX-X asrlarda yashagan farg`onalik falakiyotchi olim.
Sayyoralarni kuzatgan. Quyosh va oy tutilishlari haqida o`z asarlarida yozib qoldirgan. 928-yil
18-avgustdagi quyosh tutilishini bayon qilgan.
Ali at-Tabariy –
IX asrda yashagan tabobat va falakiyot olimi(808-855). Uning hikmatlari,
taomlar, ichimlik va dorilar foydasi, sog`liqni saqlash, oziq-ovqat tartibi haqidagi fikrlari
mashhur.
Mansur al-Xuza’iy(854-yil tug`ilgan) –
falsafa, riyoziyot, falakiyot va musiqa bilan
shug`ullangan. “Tohiriylarning faxri” nomiga sazovor bo`lgan. Tohiriylardan Abduumalik ibn
Tohirni jiyani, Talhaning o`g`li. Matematik ilmlar va unga yondosh fanlarning mohir ustasi
edi(
Beruniy
“Geodeziya”). Xurosondagi shaharlar joylashuvini Bag`dod va Makka shaharlari
geografik koordinatalari bilan taqqoslagan olim.
Abu Bakr ar-Roziy –
qomusiy olim(
865-925
). O`z davrining ilmiy va madaniy markazlaridan
biri bo`lgan Ray shahrida tug`ilgan. Buyuk kimyogar va tibbiyotshunos. 30 yoshida Bag`dodga
kelgan. BU yerda tez orada mashhur tabibga aylandi va “arablarning Joliyunusi”(
Ibn
Usaybiya
) degan faxriy nomga sazovor bo`ldi. 270 dan ortiq asarlar muallifi. Farmokologiya,
anatomiya, kasalliklarni davolash usullari, chechak va qizamiq kasalliklarini davolash usullari
haqida asarlar yozdi.
Abu Nasr Forobiy(873-950) –
Bag`dodda faoliyat ko`rsatgan qomusiy olim. O`rta asr
musulmon falsafa ilmining eng yorqin yulduzlaridan bo’lgani uchun Arastudan keying “Ikinchi
muallim” degan nomga sazovor bo`lgan. 160 dan ortiq asarlar yozib qoldirdi
. Olim fizik
usullar, mantiq, geometric shakllar, astrologiya, inson a’zolari haqida, alkimyo ilmi, musiqa
haqida asarlar yozib qoldirdi.
Xulosa.
Xulosa qilib biz shuni keltira olasizmi, Markaziy Osiyolik koʻplab allomalar IX-XII asrlarda
xalifalikning poytaxti boʻlmish Bagʻdod shahrida va bundan tashqari yana Damashq shahrida
ham faoliyat koʻrsatib, ilm-fan rivojiga katta hissa qoʻshishdi, bir qator ilmiy yangiliklarni ham
amalga oshirishdi. Ularning xizmatlari antik davr olimlarining erishgan yutuqlarini qayta
tiklanishida koʻrinardi. Riyoziyot(matematika), falakiyot (astronomiya), tabobat, kimyo,
geografiya kabi bir qator ilmlarga fan sifatida asos solishdi va ularni yangi fikr va gʻoyalar
bilan boyitishdi. Bu esa yangi davrda erishilgan yutuqlar uchun turtki boʻlib xizmat qildi.
Adabiyotlar roʻyxati.
Abduhalmov, Bahrom Abdurahimovich.
“Bayt al-hikma” va Markaziy Osiyo
olimlarining Bagʻdoddagi ilmiy faoliyati (IX-XI asrlarda aniq va tabiy fanlar) / B.
Abduhalimov; maʼsul muharrir MM. Xayrullaev; UzR FA, Abu Rayhon Beruniy nomidagi
Sharqshunoslik Instituti. – T.: “O’zbekiston”, 2010. -264 b.
7
Abdurahmonov A. Al-Fargʻoniy va uning “Astronomiya ilmi”
asoslari haqida kitob" nomli risolasi toʻgʻrisida\\ Oʻzbekistonda ijtimoy fanlar. 1993. N_ 4. 61-64-b
8
Ma’naviyat yulduzlari
/ muharrir
F. Hasanov
. - Т.: 0 ‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2011.
368-b.
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 7-SON (YOʻITJ)
159
Hamidulla H.
“Sayyoh olimlar”. – T,: “ Oʻzbekiston” 1980. – 264 b.
Abdurahmonov A.
Al-Fargʻoniy va uning “Astronomiya ilmi” asoslari haqida kitob”
nomli risolasi toʻgʻrisida\\ Oʻzbekistonda ijtimoy fanlar. 1993. N_ 4. 61-64-b
Ma’naviyat yulduzlari
/ muharrir
F. Hasanov.
-
Т.: 0 ‘zbekiston milliy
ensiklopediyasi, 2011. 368-b.
Buyuk yurt allomalari
[Matn]\ Tuzuvchi va nashrga tayyorlovchi
U.Uvatov
;
Oʻzbekiston xalqaro Islom akademiyasi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Imom Termiziy
xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi. Uchinchi nashr. – Toshkent : “ Oʻzbekiston “ NMIU, 2020. –
424 b.
Kosoniy Sayyid Mubashshir
. “Oʻrta Osiyo tarixi” . 1-kitob, ar-Riyod, 1991. 208 b.
Introduction to the History of Science
[Volume I] / from Homer to Omar Khayyam;
by
George Sarton
, / Associate in the History of Science Carnegie Institution of Washington:
Published for the “Carnegie Institution of Washington “ by the Williams & Wilkins Company
Baltimore,. Copyright, 1927. -839 p.
Internet saytlari.
https://arboblar.uz/uz/people/akhmad-as-sagani
https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Yahyo_ibn_Abu_Mansur
https://arboblar.uz/uz/people/abbas-al-dzhaukhari
https://oefen.uz/uz/documents/slaydlar/umumiy/ix-xii-asrlarda-o-rta-osiyo-
sivilizatsiyasi
http://hozir.org/mundarija-kirish-i-bob-bayt-ul--hikma-va-xalifa-al--
mamun.html?page=5