YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 9-SON (YOʻITJ)
9
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini to’garaklar orqali
kasb-hunarga yo’naltirish bosqichlari
NamDU tadqiqotchisi
K. Murodova
https://doi.org/10.5281/zenodo.13338075
Mamlakatimiz yoshlarining sog’lom, barkamol avlod, ijodiy va intellektual salohiyatga ega, har
tomonlama rivojlangan shaxs, xuquqiy savodxon, ma’nan va jismonan sog’lom, ziyoli,
madaniyatli va XXI asrga mos kadrlar qilib tarbiyalash - davlat siyosatida ustivor vazifalardan
biri etib belgilandi.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida sinfdan tashqari ishlar samaradorligini yanada oshirish,
o‘quvchi yoshlarda yuksak ma’naviy fazilatlarni kamol toptirish, ularning bo‘sh vaqtlarini
mazmunli tashkil etish, kasb-hunarga maqsadli yo‘naltirish orqali mustaqil hayotga tayyorlash,
intellektual barkamol avlodni tarbiyalash maqsadida, boshlang‘ich
sinf
o‘quvchilarini
to‘garaklar orqali kasb-hunarga maqsadli yo‘naltirish dolzarb pedagogik muammo bo‘lib
kelmoqda.
Haqiqiy barkamol inson hayotda o’z o’rnini topgan, tanlangankasb-hunaridan baxtini, jamoa
o’rtasida obro’-e’tiborini qozonganinsonni mehnatsevar xalqimiz barkamol baxtli inson deb tan
oladi. Inson baxtli bo’lishi uchun uning mehnat layoqatiga, to’g’ri tanlangan kasb-hunariga
bo’lgan yuksak munosabatlariga bog’liqdir.Shunday ekan, bolani kasbga yo’naltirishni kichik
maktab yoshidanoqboshlash
maqsadga muvofiqdir.
Kasb-hunarga yo‘naltirish ishining bosh maqsadi o‘ziga xos usullar yordamida mutaxassisning
mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini kuchaytirish va aholining samarali bandligini
oshirishga erishishdan iborat.
Kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarining asosiy obyekti:
- umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1 - 11 sinf o‘quvchilari;
RTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi:10-avgust 2024 yil
Ma’qullandi: 16-avgust 2024 yil
Nashr qilindi:18-avgust 2024 yil
Maqolada
boshlang’ich
sinf
o’quvchilarini
to’garaklar orqali kasb-
hunarga yo’naltirish bosqichlarini ilmiy
asosda yoritib berilgan maqola mazmunida
kasb-hunarga yo‘naltirish ishining bosh
maqsadi o‘ziga xos usullar yordamida
mutaxassisning
mehnat
bozoridagi
raqobatbardoshligini
kuchaytirish
va
aholining samarali bandligini oshirishga
erishishdan iborat. Boshlang‘ich
sinf
o‘quvchilarini to‘garaklar orqali kasb-
hunarga yo‘naltirishni davomi sifatida
ta’til paytlarida ham o‘quvchilarning bo‘sh
vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari va dam
olishlarini to‘laqonli amalga oshirish.
KEY WORDS
kasb-hunarga yo‘naltirish,mutaxassis, rasm,
o‘yin , to‘garak, yuksak ma’naviy fazilatlar,
kamol toptirish, ulg‘ayish.
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 9-SON (YOʻITJ)
10
- Oliy o‘quv yurtlari talabalari va kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘quvchilari;
- ishdan bo‘shashi kutilayotganlar;
- ish qobiliyati cheklangan shaxslar.
Kasbni mustaqil tanlash kichik yosh davridanoq boshlanib insonning kelajakdagi butun hayotiga
ta’sir etadigan zaruriy qaror qabul qiladigan o‘spirinlik davrida yakunlanadi. O‘quvchi yoshlarni
kasb-hunarni mustaqil tanlashga kichik yoshdan tayyorlash uchun ularning psixofiziologik
xususiyatlari asosida tashkil etish lozim. Buning uchun ta’lim tizimining maxsus kasbga
yo‘naltirish dasturi bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Umumiy o‘rta ta'lim maktablarida uzluksiz kasb-hunarga yo‘naltirish dasturiga ko‘ra:
Birinchi bosqich:
“Kasblar alifbosi” bilan tanishish, erta kasb-hunarga yo‘naltirish.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida 5-6 yoshdan boshlab kasb-hunarga yo‘naltirish ishlari
tashkil qilinadi va amalga oshiriladi.
Erta kasb-hunarga yo‘naltirishning asosiy maqsad va vazifalari:
- bolalarda insonlar turli kasb egalari haqidagi bilim va tasavvurlarining rivojlanishi va
shakllanishi;
- bolalarda turli hamda keng tarqalgan kasblarga qiziqishini, rivojlantirish va unga ijobiy
munosabatni shakllantirish;
- kattalar mehnati, mehnat natijasi, mehnat qurollari haqidagi birlamchi tasavvurlarini
mustahkamlash uchun sharoitlar yaratish;
- maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida mehnat malakalari va ko‘nikmalarini
oilaviy sharoitda tarbiyalash yuzasidan ota onalarga tavsiyalar berish.
Kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarining uslubi va vositalari:
- kasb-hunarga yo‘naltirish haqida hikoyalar, suhbat, she’rlar, topishmoqlar, kitoblar, (katta
bog‘cha yosh davriga xos bo‘lgan bolalarga tushunarli tilda kasbiy ma’lumot berish);
- kasbga yo‘naltirish mavzusida rasm (kartochka), plakatlar, slaydlar, videiofilmlar namoyish
qilish (katta yosh davrga xos bo‘lgan ko‘rgazmali obrazli kasbiy ma'lumot);
- rivojlantiruvchi va o‘rgatuvchi kasbiy o‘yinlar (katta yosh davrga xos bo‘lgan kasbiy ma’lumot,
o‘yin, o‘quv va kommunikativ faoliyatlari bilan birgalikda);
- o‘quv darslari, “mehnat darsi” konkurslar (maktabgacha davrida mehnat va ijodiy, o‘quv-o‘yin
faoliyati jarayoniga oid kasbiy ma’lumot);
- ota-onalar uchun suhbat va topshiriqlar (bolalarni kasbga yo‘naltirish bo‘yicha tavsiyalar,
kasbiy maslahat, kasbiy ma’rifat, ularning bilimlarini mustaxkamlash va rivojlantirish, oddiy
o‘yin, o‘quv, mehnat malakalari va ko‘nikmalarini oilaviy sharoitda tarbiyalash) ishlarini olib
borish nazarda tutilgan.
Kasbga yo‘naltirish – bu o‘quvchining butun hayoti uchun o‘zi tomonidan kasb tanlashi emas,
balki, inson kasbiy faoliyatini boshlaganda, o‘zini unda namoyon eta olishi uchun shaxsiy ichki
resurslarini faollashtirishi hamda
kasb-hunarni mustaqil tanlashga tayyorlanishning
shakllanishidir.
Yuqorida qayd etilgan dasturning
ikkinchi bosqichining vazifasi
“Kim bo‘lsam ekan?”
boshlang‘ich kasb-hunarga yo‘naltirishdir. Kasb-hunarga yo‘naltirish ishlari boshlang‘ich
sinflarda (1-4 sinflar) kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar uchun (6-9 yoki 7-10 yoshlilar)
tashkil etiladi va amalga oshiriladi.
Boshlang‘ich kasb-hunarga yo‘naltirishning asosiy maqsad va vazifalari:
- kichik maktab yoshida o‘qishga va mehnatga vijdonan munosabatda bo‘lishni shakllantirish,
ularning jamiyatda va inson hayotida muhim ahamiyatga egaligini tushunish;
- ota-onasining va boshqa oila a'zolarining hamda turli kasblarga bo‘lgan qiziqishini
rivojlantirish, “Kasblar olami” bilan tanishtirish;
- o‘quv, mehnat, ijodiy va kommunikativ faoliyatda malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirish;
- kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning psixologik-pedagogik tashxisi, umumiy psixologik,
aqliy va jismoniy rivojlanishi korreksiyasi (boshlang‘ich sinfda o‘qish va ushbu bosqichda kasb-
hunarga yo‘naltirishning vazifalari bilan bog‘liq);
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 9-SON (YOʻITJ)
11
- ko‘rgazmali-obrazli, ko‘rgazmali-xarakat, verbal va mantiqiy tafakkurni, tasavvurni, ko‘rgan va
eshitgan ma’lumotlarni yodda saqlash va qayta tiklashning oddiy va murakkab operatsiyalarini
rivojlantirish (kasbiy ma’lumotni qabul qilish bilan bog‘liq); umumiy o‘quv, mehnat va
kommunikativ malaka va ko‘nikmalarini rivojlantirish (biror bir kasb uchun ahamiyatli bo‘lgan
o‘quv fanlarini o‘zlashtirishi bilan bog‘liq);
- kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning iqtidorini, qobiliyatini aniqlash, ota-onalar uchun
tavsiyalar ishlab chiqish (iqtidorli bolaning boshlang‘ich sinflarda va oilada ta'lim va tarbiyasi;
shuningdek, kelgusida ixtisoslashtirilgan lisey, maktab yoki internatlarda o‘qish imkoniyati
bilan bog‘liq).
Kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarining uslubi va vositalari:
- kasb-hunarga yo‘naltirish haqida hikoya, suhbat, she’r, topishmoqlar, kitoblar, (kichik maktab
yoshi davriga tushunarli tarzda kasbiy ma’lumot berish);
- kasbga yo‘naltirish mavzusida rasm (kartochka), plakatlar, slaydlar, videofilmlar namoyish
qilish (kichik maktab yoshi davriga tushunarli tarzda ko‘rgazmali-obrazli kasbiy m’lumot
berish);
- rivojlantiruvchi va o‘rgatuvchi kasbiy o‘yinlar (kichik maktab o‘quvchilariga o‘yin, o‘quv va
kommunikativ faoliyatlari bilan birgalikda kasbiy ma'lumot berish);
- o‘quv darslari, “mehnat darsi”, “kasbga yo‘naltirish darslari” konkurslar (mehnat va ijodiy,
o‘quv faoliyat jarayonida kasbiy ma'lumot);
- ota-onalar uchun suhbat va topshiriqlar (bolalarni kasbga yo‘naltirish bo‘yicha tavsiyalari,
kasbiy maslahat, kasbiy ma'rifat, ularning bilimlarini mustaxkamlash va rivojlantirish, mehnat
malakalari va ko‘nikmalarini oilaviy sharoitda tarbiyalash).
Uchinchi bosqich
– “Kasblar olamiga sayohat” qidiruv- rivojlantiruvchi kasbga yo‘naltirish”.
Kasb-hunarga yo‘naltirish ishlari o‘rta sinflarda (VVI-VII sinflar) kichik umumiy o‘rta ta’lim
maktablarining kichik va o‘rta yoshdagi o‘smirlar uchun 11- 12, 13 -14 yoshlilar) tashkil etiladi
va amalga oshiriladi.
To‘rtinchi bosqich:-
“Men orzu qilgan kasb” shaxsning kasbiy yo‘nalganligini shakllantirish va
rivojlantirish”. Kasb-hunarga yunaltirish ishlari umumiy o‘rta ta'lim maktablari (VIII – IX sinflar)
katta yoshdagi o‘smirlar uchun (15-16 yoshlilar) tashkil etiladi va amalga oshiriladi.
Boshlang‘ich ta’limni olgach 5-9-sinf o‘quvchilarini izchil ravishda oliy ta'lim muassasalari
akademik liseylariga tayyorlash bosqichiga yoki 10-11 sinflarda o‘qitiladigan o‘quv ishlab
chiqarish majmuasi (O‘ICHM) kasbga tayyorlab boriladi.
Beshinchi yakuniy bosqich
: -“kasbiy moslashish, kasbiy o‘sish va shaxsning o‘z-o‘zini
rivojlantirishi”. Yoshlarning kasbiy moslashishi, kasbiy o‘sish va shaxsning o‘z-o‘zini
rivojlantirishi kasb-hunar ta'limi muassasalarida amalga oshiriladi.
Qidiruv kasb-hunarga yo‘naltirishning asosiy maqsad va vazifalari. - turli xil sohadagi
mutaxassislik faoliyati bo‘yicha qiziqishlarini, jamiyatdagi ijtimoiy institutlar va aniq kasb,
mutaxassislikni tanlashni qo‘llab-quvatlash va rivojlantirish.
Boshlang’ich ta’limning 1-sinf o’quvchilari bilan o’tkaziladigan
«Kim bo’lsam ekan?»
qiziqarli
didaktik o’yin davomida doktor, uchuvchi, haydovchi, militsioner, kosmonavt,o’qituvchi, artist,
dehqon, tikuvchi kabi kasb-hunarlarga bo’lgan qiziqishlari rivojlantiriladi.
Ayniqsa o’zbek milliy hunarmandchilik bilan tanishtirish davomida bolalar nafaqat qadimiy
kasb-hunarlar haqida ma’lumot olishlari, balki gilam to’quvchi kasbi, etikdo’z, kulol,
chilangar, naqqosh, do’ppido’z kabi hunarlarga havas - qiziqish paydo bo’laboshlaydi.
O’quvchilarni turli kasb-hunar maxsulot namunalari bilan tanishtirish davomida bu kasb
egalarining mashaqqati, og’ir mehnati tufayli yaratilganligi, har qanday buyum ko’p mehnat
evaziga yaratilishini uqtirilishi maqsadga muvofiqdir.
1
A
бдурашид
A
бдуманнобович
T
урғунов
.
КАСБ-ҲУНАРГА ЙЎНАЛТИРИШ (Ўқувчиларни касб-ҳунарни мустақил
танлашга тайёрлаш). O‘quv qo‘llanma. T:2019 -125-bet.
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 9-SON (YOʻITJ)
12
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini mehnatsevar etib tarbiyalashda, mehnatga bo’lgan
munosabatlarini shakllantirishni ilk bor o’z-o’ziga xizmat qilishdan, guruhlarda navbatchilik
qilish orqali, gullarni parvarish qilish, hovlidagi maydonchaning tozaligini saqlash kabi
topshiriqlardan boshlanadi.
Kichik
maktab yoshidagi o’quvchilarni mustaqil mehnat faoliyatiga amaliy va psixologik
jihatdan puxta tayyorlash boshlang’ich ta’lim oldida turgan eng muhim vazifalardan biriga
aylandi. Bu davrda ularda mehnatga yaxshi munosabatda bo’lishasoslari tarkib topa boshlaydi,
mehnatga havas uyg’onib ijtimoiy foydali ishlarda ishtirok etish hissi tarbiyalanadi. Binobarin,
uning eng yaxshi axloqiy sifatlari ilk bor ijtimoiy foydali mehnat jarayonida shakllanadi.
Ongli ravishda bajarilgan muhit mehnat va shaxs kamolotiga hamisha ijobiy ta’sir etadi. Shu
jarayonda
shaxsning barcha sifatlari, psixik jarayonlari, xususiyatlari va fiziologik
chiniqishi namoyon bo’ladi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini to‘garaklar orqali kasb-hunarga maqsadli yo‘naltirishni
davomi sifatida ta’til paytlarida ham o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari va
dam olishlarini to‘laqonli amalga oshirish maqsadida tashkilotlar va mahallalarda (ovullarda)
ota-onalar (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) va tashabbuskorlar bilan hamkorlikda turli
yo‘nalishdagi ommaviy tadbirlarni tashkil etishi mumkin. Yana shuni aytish mumkinki, zarur
hollarda, tegishli pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan, ammo kasbiy tayyorgarlikka va yuksak
axloqiy sifatlarga hamda “Usta”, “Hunarmand”, texnik, sport va sayyohlik sohasi bo‘yicha “Sport
ustasi” yoki “Sport ustaligiga nomzod”, “Xizmat ko‘rsatgan sportchi”, "”Sport ustozi”, “Artist” va
“Me’mor” maqomiga ega bo‘lgan shaxslar ham maktabda pedagogik faoliyat bilan
shug‘ullanishga jalb qilinishi mumkin.
Demak, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini to‘garaklar orqali kasb-hunarga maqsadli ham
samarali yo‘naltirish uchun Nizom talablarini bilish va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
unga amal qilishi maqsadga muvofiq.
Foydalangan adabiyotlar
1.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 19 iyundagi 175-son qaroriga
ko‘ra “Barkamol avlod tarbiyasida oila, mahalla va ta’lim muassasalari hamkorligi konsepsiyasi”
2.
Abdullaeva B.S. Fanlararo aloqadorlikning metodologik-didaktik asoslari (ijtimoiy-
gumanitar yo‘nalishdagi akademik litseylarda matematika o’qitish misolida): Ped. fan. dokt. ..
diss. – Toshkent, 2006.
3.
Asqarova M.A. Boshlang‘ich sinflarda PIRLS xalqaro baxolash dasturidan foydalanish
metodikasi.-Namangan: NamDU, 2021. 159 b.
4.
Asqarova O‘. M. O‘quv faoliyati samaradorligini oshirishda zamonaviy pedagogik
texnologiyalar / O‘qituvchilar uchun qo‘ll. – Toshkent: Navro‘z, 2020. – 143 b
2
Вазирлар Маҳкамасининг 2021 йил 27 майдаги 331-сон қарорига 4-ИЛОВА "Баркамол авлод" болалар мактаблари тўғрисида
НИЗОМ.