YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 8-SON (YOʻITJ)
128
SAYLOV TIZIMI VA UNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Qadambayeva Ozoda Umid qizi
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy Universiteti
Yurisprudensiya:biznes huquqi yo‘nalishi 2-bosqich talabasi
+998907371811
Saylovlar demokratik davlatlar taraqqiyotida va fuqarolarning siyosiy huquqlari tizimida
muhim konstitutsiyaviy-huquqiy institut sifatida markaziy o‘rin egallab kelgan. Aynan mazkur
institut orqali fuqarolar bevosita yoki o‘zlari saylagan vakillari timsolida davlat va jamiyatni
boshqarish imkoniga ega. Saylov demokratiyaning yorqin ifodasidir: “Demokratiya va saylov
tushunchalari doimo yonma-yon yuradi, ular o‘zaro birlashib ketgan. Saylov –demokratiya
degani. Demokratiya —bu saylov degani”[1]
Saylov – xalq o‘z hokimiyati va xohish-irodasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ro‘yobga chiqarishning oliy
ifodasi, davlat hokimiyati organlarini demokratik tarzda tashkil etishning negizi hisoblanuvchi
ulkan ijtimoiy-siyosiy tadbir.
Mamlakatimizda 2023-yil 30-aprelda yangi tahrirda qabul qilingan Konstitutsiyamizning
alohida XXII bobi saylov tizimi deb nomlangan. O‘zbekiston Konstitutsiyasida Saylov tizimi
konstitutsiyaviy asosda belgilanishi bu huquqiy institutning ahamiyati yuqori ekanligini
ko‘rsatadi. Konstitutsiyaning saylov tizimi bobi ikkita, ya’ni 128- va 129-moddadan iborat bo‘lib,
u fuqarolarning saylov huquqini, saylov huquqi prinsiplari, qaysi organlar saylov yo‘li bilan
tashkil qilinishi, saylov o‘tkazishning muddatlari, Oliy Majlis Senati a’zolarini saylash tartibini,
kimlar saylovda qatnashmasligini va Markaziy saylov komissiyasini tashkil qilish hamda
vakolatlarini belgilovchi qoidalardan iborat.
Saylov huquqi bilan fuqarolarni ta’minlash faqat milliy qonunchiligimizda belgilangan bo‘libgina
qolmay, saylov huquqining ahamiyati xalqaro hujjatlarda ham qayd qilingan, jumladan, “Inson
huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi”ning 21-moddasida: “Har bir inson bevosita yoki erkinlik
bilan saylangan vakillari vositasida o‘z mamlakatini boshqarishda ishtirok etish huquqiga
egadir”, –deb belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 128-moddasida:
“O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga saylanish
huquqiga egadirlar”, – deb belgilangan. Fuqarolarning saylov huquqi – saylash va saylanish
RTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi:12-iyul 2024 yil
Ma’qullandi: 15-iyul 2024 yil
Nashr qilindi: 31-iyul 2024 yil
Mazkur maqolada saylov tizimi tushunchasi
va uning mamlakat siyosiy hayotida tutgan
o‘rni, bu borada amalga oshirilayotgan
islohotlar,
normativ-huquqiy
hujjatlarimizga kiritilayotgan o‘zgartirish
va qo‘shimchalar, fuqarolarning saylov
huquqi,
saylov
o‘tkazishning
asosiy
prinsiplari, saylov tizimi turlari tahlil
qilinadi.
KEY WORDS
saylov, siyosiy huquq, demokratiya, davlat,
fuqaro, konstitutsiyaviy islohot, prinsip, yosh
senzi, mojaritor, proporsional, aralash saylov
tizimi
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 8-SON (YOʻITJ)
129
huquqidan iborat. Shu ikkala huquqqa to‘la ega bo‘lgandagina saylov huquqi amalga oshgan
hisoblanadi. Konstitutsiyada saylov umumiy, teng va to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov huquqi asosida
yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazilishi, har bir saylovchi bitta ovozga ega ekanligi, ovoz
berishda fuqaro o‘z xohish-irodasini erkin bildirishi ko‘rsatib qo‘yilgan. Ushbu saylov
o’tkazishning asosiy prinsiplari mohiyati Saylov kodeksining 4-8-moddalarida aks ettirilgan:
Umumiy saylov prinsipi – mamlakatdagi barcha fuqarolarga kimligidan qat’iy nazar
(ya’ni, millati, dini, irqi, jinsi, ijtimoiy kelib chiqishi, partiyaviyligidan qat’iy nazar), saylov
huquqidan foydalanish imkoniyatini beradi.
Teng saylov huquqi prinsipi – har bir saylovchining bir ovozga ega ekanligi, fuqarolar
faqat bir saylov uchastkasida ro‘yxatga olinib, ovoz berishda ishtirok etishi, saylovda
ishtirok etuvchi partiyalarga bir xil imkoniyatlar yaratilganligini bildiradi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi–O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik
palatasi deputatlari, mahalliy Kengashlar deputatlari fuqarolar tomonidan bevosita
saylanadi.
Yashirin ovoz berish–saylovda erkin va yashirin ovoz beriladi. Saylovchilarning xohish-
irodasini nazorat qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Yashirin ovoz berish saylovchining xohish-
irodasi ustidan har qanday tarzda nazorat qilish imkoniyatini istisno etadigan tegishli
sharoitlarni yaratish orqali ta’minlanadi.
Saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishdagi ochiqlik va oshkoralik–saylovga
tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishni saylov komissiyalari ochiq va oshkora amalga
oshiradi. Ommaviy axborot vositalari saylovga tayyorgarlikning borishini va saylov
qanday o‘tayotganligini yoritib boradi. Saylov komissiyalarining majlislari ochiq
o‘tkaziladi. Saylov komissiyalarining qarorlari ommaviy axborot vositalarida e’lon
qilinadi yoki ushbu Kodeksda belgilangan tartibda hammaga ma’lum qilinadi.
Saylov o‘tkazilishini cheklash–O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yoki ayrim
joylarida joriy etilgan favqulodda holat amal qilishining butun muddati davomida
saylovlar o‘tkazilmaydi[2].
Demokratiyaning kuchayishi, saylov qonunchiligining takomillashib borishi bilan saylov huquqi
prinsiplarini qo‘llash kengayib boradi va prinsiplarning o‘zi ham takomillashtiriladi[3].
Saylov huquqi fuqarolarning siyosiy huquqlari hisoblanadi. Undan foydalanish siyosiy hayotda
ishtirokni ta‘minlab, mamlakat taqdirini hal qilishda ishtirok etish imkoniyatini yaratadi.
Konstitutsiyamiz va qonunlarimizda fuqarolarga saylov huquqi berilishi bilan birga, kimlar
saylovda ishtirok eta olmasligi, qanday holatda saylov huquqi vaqtincha toʻxtatilishi, uning
asoslari ham keltirilgan. Bu Konstitutsiyamizning 128-moddasida shunday belgilangan: Sud
tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek sud hukmi bilan
ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylanishi mumkin emas. Sud
tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek og‘ir va o‘ta og‘ir
jinoyatlar sodir etganlik uchun sudning hukmiga ko‘ra ozodlikdan mahrum etish joylarida
saqlanayotgan shaxslar saylovda ishtirok etish huquqidan faqat qonunga muvofiq hamda
sudning qarori asosida mahrum etilishi mumkin. Boshqa har qanday hollarda fuqarolarning
saylov huquqlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi. O‘zbekiston
Respublikasi fuqarosi bir vaqtning o‘zida ikkidan ortiq davlat hokimiyati vakillik organining
deputati bo‘lishi mumkin emas.
Shuningdek, saylovlarda yosh senzi belgilab qoʻyilgan. Yosh senzi fuqaroning voyaga yetgan
bo‘lishi, uning natijasida esa, o‘z harakatiga javob bera olishni nazarda tutadi.
“Fuqarolar saylov huquqlari kafolatlari to‘g‘risida” gi Qonunning 4-moddasiga muvofiq,
O‘zbekiston Respublikasining 18 yoshga to‘lgan fuqarolari saylash huquqiga egadirlar[4]. Har
bir fuqaro-saylovchi bir ovozga ega. O‘ttiz besh yoshdan kichik bo‘lmagan, davlat tilini yaxshi
biladigan hamda bevosita saylovgacha kamida o‘n yil O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 8-SON (YOʻITJ)
130
yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga
saylanish huquqiga ega. Saylov kuni yigirma besh yoshga to‘lgan hamda kamida besh yil
O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylanish huquqiga egadirlar.
Saylov kuni yigirma besh yoshga to‘lgan, kamida besh yil O‘zbekiston Respublikasi hududida
muqim yashayotgan hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga va mahalliy
davlat hokimiyati vakillik organlariga saylangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga saylanish huquqiga egadirlar. Saylov kuni
yigirma bir yoshga to‘lgan hamda kamida besh yil O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim
yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hokimiyatning mahalliy vakillik organlariga
saylanish huquqiga egadirlar deya keltirib o‘tilgan.
Saylov tizimining turlariga keladigan bo‘lsak, xalqaro tajribada saylov tizimining majoritar,
proporsional va aralash turlari mavjud. Shu kungacha O‘zbekistonda saylov jarayonlari
majoritar saylov tizimida o‘tkazilgan.
Majoritar saylov tizimida ko‘p ovoz olgan nomzod muayan okrug bo‘yicha saylangan
hisoblanadi. Bunda ovozlarning umumiy sonidan mutlaq ko‘p ovoz olgan nomzod saylangan
hisoblanadi. Nomzod o‘z raqiblari orasidan har biriga nisbatan ko‘p ovoz olsa g‘olib deb
topiladi[5].
Hozirgi kunda 79 ta xorijiy davlatlarning vakillik organlari ushbu tizim (Buyuk
Britaniya, AQSH, Fransiya, Kanada, Hindiston va boshqalar) asosida shakllanib kelmoqda.
Proporsional saylov tizimida saylovchilar aniq bir shaxsga emas, balki partiyaga ovoz berishadi.
Har bir partiya o‘z vakillarining ro‘yxatini ilgari suradi. Bunda saylovchilar tegishli partiyalar
tomonidan ko‘rsatilgan vakillarning ro‘yxati uchun ovoz beradi. Saylovchi amalda nomzod
uchun emas, balki siyosiy partiya uchun ovoz beradi. Ta’kidlash kerakki, proporsional saylov
tizimi 75 ta xorijiy davlatlarda (Avstriya, Italiya, Braziliya, Niderlandiya, Shvetsiya, Finlyandiya,
Turkiya, Isroil va boshqalar) joriy etilgan[6].
Aralash saylov tizimi deputatlik mandatlarining bir qismi hukumatning barqaror shakllanishiga
hissa qo‘shadigan majoritar tizim tamoyillari bo‘yicha, ikkinchi qismi esa proporsional tizim
tamoyillariga muvofiq taqsimlanadi. Ovozlarni to‘liqroq hisobga olish va mamlakatdagi siyosiy
vaziyatning haqiqiy manzarasini aniqroq aks ettiradi. Hozirgi kunda Janubiy Koreya, Belgiya,
Vengriya, Qozog‘iston, Germaniya va Ispaniya kabi davlatlardagi saylovlar ushbu tizim asosida
o‘tkaziladi.
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum o‘tkazish tartibini
yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim
qonun hujjatlariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari
saylovini aralash saylov tizimi (majoritar va proporsional) asosida o‘tkazishni, shuningdek
saylov organlarining markazlashgan tizimini shakllantirishni, saylov komissiyalari tizimini
maqbullashtirishni, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi faoliyatini
takomillashtirishni
hamda
siyosiy
partiyalar tomonidan
deputatlikka
nomzodlar
ko‘rsatilayotganda ayollar sonining eng kam miqdorini nomzodlar umumiy sonining o‘ttiz
foizidan qirq foiziga oshirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Xulosa qilib aytganda, mamlakatimiz siyosiy hayotida saylov institutining o‘rni va roli muhim
ahamiyat kasb etmoqda, erkin va adolatli saylovlar mamlakatni demokratlashtirish va
rivojlantirishning muhim shartidir. Shu sababli, fuqarolarning siyosiy jarayonlarda, davlat va
jamiyatni boshqarishda ishtirok etishini taʼminlash, huquqiy asoslari va mexanizmlari izchil
ravishda takomillashtirish demokratik islohotlarning ustuvor vazifalaridan biri sanaladi.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 8-SON (YOʻITJ)
131
1. Karimov I.A. Parlament – jamiyat hayotining ko’zgusi. / / O’zbekiston demokratik
taraqqiyotning yangi bosqichida. To‘plam. – Т.: « O‘zbekiston», 2005. 13-bet
2.
https://lex.uz/en/docs/-4386848
Saylov kodeksi
3. Husanov O.Τ. Konstitutsiyaviy huquq darslik. To’ldirilgan va qayta ishlangan to’rtinchi
nashr. – Toshkent: Yuridik adabiyotlar publish, 2022. – 400 bet
4.
https://lex.uz/ru/docs/112107?ONDATE2=26.06.2019&action=compare
5. O‘zbekistonda
saylov
tizimi
majoritar-proporsional
shaklga
o‘tkaziladi
https://oz.sputniknews.uz/amp/20230509/saylov-tizimi-majoritar-proportsional-
6. ОлийМажлисКонунчиликпалатаси
https://parliament.gov.uz/articles/1784
7.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi