18
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD,10-SON (YOʻITJ)
QISHLOQ TURIZMINING IQTISODIY RIVOJLANISHDAGI
AHAMIYATI
Olimjonova Farog’at Dilmurod qizi
Turizm (agroturizm) ta’lim yo’nalishi talabasi
https://doi.org/
10.5281/zenodo.13777769
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 10-sentabr 2024 yil
Ma’qullandi: 11-sentabr 2024 yil
Nashr qilindi: 18-sentabr 2024 yil
Mazkur
maqolada
qishloq
turizmini
rivojlantirish
imkoniyatlari va bosqichlari hamda uning tarkibiy qismlari
toʻliq yoritilgan.turizm sohasida
qishloq turizmining
afzalliklaridan foydalanish imkoniyatlari. Turizim keng
rivojlanib kelayotgan, serdaromad sohalardan biridir
KEY WORDS
turizm, qishloq turizmi,
agroturizm,
turistik
mehmonxonalar, ekoturizm, ziyorat
turizmi, taʼlim turizmi, tibbiy
turizm, etnoturizm.
Kirish
XX asrning dastlabki yillaridan boshlab butun insoniyat hayotida ulkan o‘zgarishlar namoyon
bol‘gan. Bunday katta o‘zgarishlar fantexnika taraqqiyotida, zamonaviy texnologiyalar
yaratilishida hamda boshqarish sohalarida o‘z aksini kor‘satmoqda. Son‘ggi yillarda xalqaro
turistlar oqimi yiliga ort‘acha 7-10 foizga osa‘yotganligi kuzatilmoqda, bu esa turizm sanoatini
jahon yalpi ichki mahsulotining qariyb 10 foizdan ortiqrogʻini tashkil etuvchi eng yirik va tez
suratlarda oʻsib borayotgan iqtisodiy tarmoqlarning biriga aylandi. Jahon miqyosida turizm
sanoatining bandlik imkoniyatlarini oshirish, chet el valyutasini olib kelish, to‘lov balansi
afzalliklarini ta’minlash va infratuzilmani rivojlantirish vositasi sifatida qaraladi hamda u
dunyodagi xizmatlar eksportining taxminan 35% va eng kam rivojlangan mamlakatlarda 70%
dan ortigʻini tashkil qilmoqda. Turizm XX asrga kelib insonlarning sayyohlik sohasiga
intilishlari kuchaydi va turizm sanoatining rivojlanishiga katta turtki boldi. Shu sababli ham,
uni iqtisodiy faoliyat sifatida ko„proq jalb qilishga e‘tibor o‘tgan asrning ikkinchi yarmidan
boshlangan va butun dunyo bozorida eng tez rivojlanayotgan tarmoqlardan biri ham turizm
tarmog„i hisoblanadi. Xalqaro turizm oqimlari va daromadlari so‘ngi yillarda barqaror
o‘sishini ko‘rsatmoqda. Xalqaro Turizm tashkilotining "Turizm - qishloq hududlarni
rivojlantirish uchun" dasturi orqali, turizmning qishloq joylarga olib kelishi mumkin bo'lgan
imkoniyatlarni kengaytirishga intiladi. Jumladan, 2023 yilda Xalqaro Turizm tashkiloti
qishloq turizmi bo‘yicha birinchi global so‘rov o‘tkazdi. Sor‘ovda 79 mamlakat ishtirok etdi va
hukumatning turizmning asosiy muammolari haqidagi tasavvurlari qishloq rivojlanishining
harakatlantiruvchi kuchi sifatida o‘lchandi. Ushbu mavzu doirasida mamlakatlar uchun
ustuvorligiga qarab ettita muammo, shu jumladan transport, asosiy xizmatlar, telealoqa va
xavfsizlikni rejalashtirish kabi muhim sohalardagi kamchiliklar aniqlandi va belgilab olindi.
"Qishloq joylariga kirishga imkon beradigan yo‘llar, portlar, aeroportlar va boshqa
infratuzilmalarning kamchiliklari" — so‘rov natijalariga ko‘ra bu 34 mamlakat uchun eng
muhim vazifadir. 15 mamlakat uchun ikkinchi eng muhim muammo "Asosiy xizmatlarning
etishmasligi (shu jumladan ichimlik suvi, kanalizatsiya va elektr energiyasi)" bo‘ldi. Ushbu
muammolarni hal qilish barqaror rivojlanishni rag'batlantirish va butun dunyo bo'ylab
19
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD,10-SON (YOʻITJ)
qishloq aholisining farovonligini oshirish uchun muhim ahamiyatga ega. Qishloq turizmi
O‘zbekiston iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishning eng muhim manbai va omili hisoblanadi.
Bu esa turizm sohasining qanchalik darajada mamlakatlar iqtisodiyoti tizimida hal qiluvchi
ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. O‘zbekiston Respublikasi statistika agentligi
ma’lumotlariga ko‘ra: 2024-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonga turizm maqsadi bilan
974,2 ming xorijiy fuqaro kelgan.
Shunisi ahamiyatliki, turizm rivojlanishi natijasida qishloq xo‘jaligi, sanoat, transport, bozor
infratuzilmasi, savdo-sotiq, oziq-ovqat tarmoqlari, qurilish, hunarmandchilik, qishloq
hududlari va boshqa xizmat ko„rsatish tarmoqlari ham rivojlanib boradi. Turizm sohasi bilan
hamkorlik qilish iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini faollashtiradi, mintaqalardagi mavjud
resurslardan samarali foydalanishga, qishloq hududlarining zamonaviy rivojlanishiga,
odamlarning yashash darajasi va farovanliginiyaxshilashga hamda xizmat ko‘rsatish sohasi xo
dimlarining malakasi oshib borishigaijobiy ta’sir qiladi. Bu albatta, iqtisodiy taraqqiyotning
asosiy omillaridan hisoblanadi. Taraqqiyot bu rivojlangan yoki rivojlanayotgan
mamlakatlarda ham inson hayoti va atrof-muhit sifati barqarorligini belgilaydigan omil
hisoblanadi. Turizm iqtisodiyotning bevosita o‘ziga xos bo‘lgan sohasi bo‘lib, u mamlakat
iqtisodiyotiga ham o‘zining salmoqli hissasini qo‘shadigan sohadir. O‘zbekiston iqtisodiyoti va
yalpi ichki mahsulotining yildan yilga o‘sib borishda bevosita qishloq xo‘jaligi va turizm
sohalari muhim o‘ringa ega. Shu boisdan, qishloq xo‘jaligi va qishloq hududlarini barqaror
rivojlantirishda turizm sohasini ulushi bugungi kunda chet el mamlakatlari tajribasida ham
o‘z isbotini ko‘rsatmoqda. Turizmning juda ko‘p turlari mavjud bo‘lib, ularni bir qancha
belgilari bo‘yicha tasniflash mumkin. Mazkur tadqiqotda qishloq hududlarini barqaror
rivojlantirishda qishloq turizmining ahamiyatini o‘rganishga qaratilgan. Turizmning bu
shaklini rivojlantirish uchun O‘zbekiston yetarli darajadagi potentsial va imkoniyatlar ega
Oʻzbekistonda qishloq turizmi faoliyati hali rivojlanmagan boʻlsa-da, mamlakatda qishloq
turizmining afzalliklaridan foydalanish uchun qulay sharoitlar mavjud. Oʻzbekiston asosan
qishloq xoʻjaligi mamlakatidir, boshqa tomondan turizm hozirgi vaqtda mamlakatda eng tez
rivojlanayotgan sohalardan biridir. Ayniqsa, taxminan soʻngi ikki oʻn yillik davomida
sayyohlik uchun qulay muhit yaratildi, bu mamlakatning boy tabiiy va madaniy resurslari
bilan muhim ahamiyatga ega. Mamlakatimizda qishloq turizmi muhim rol oʻynashi mumkin
boʻlgan barqaror turizmni rivojlantirish strategiyasiga ega boʻlishning muhimligi
ta’kidlanmoqda. Jamiyat asosidagi turizm va turistik qishloqlarni turizmni rivojlantirish
strategiyasi (2021-2026), qishloq xoʻjaligi, oʻrim-yigʻim mavsumi, yovvoyi tabiat, dehqonchilik
amaliyoti, san‟at, madaniyat va din bilan bogʻliq boʻlgan turistik faoliyatga asoslangan qiymat
oʻzgarishini oshirish kerak. Bunday istiqbolli rejalar mahalliy aholining ishtirokiga asoslangan
boʻlib, bu qishloq turizmini rivojlantirish uchun ijobiy asoslarni yaratmoqda. Shu nuqtai
nazardan, Oʻzbekiton qishloq xoʻjaligi tarmogʻining iqtisodiyijtimoiy farovonligini oshirish
uchun samarali va erishiladigan muqobil amaliyot sifatida qaralishi mumkin boʻlgan
agroturizmning afzalliklaridan foydalanishini, bu esa qishloqlarning rivojlanishiga olib keladi.
Agroturizm va qishloq turizmi tushunchasi 1980 yillardan qoʻllanila boshlangan. Astasekinlik
bilan esa muomalaga qishloq turizmi termini kirib kelgan va agroturizm va qishloq turizmi
qishloq turizmining bir qismi sifatida qarab kelingan. Izlanishlarimiz natijasida mintaqada
turizm yoʻnalishini tashkil etishning innovatsion modellari turistik klaster yondashuvi asosida,
jumladan agroturizm va qishloq turizmini rivojlantirishga investitsiyalarni jalb qilishning
tashkiliy-iqtisodiy asoslari oʻrganilgan boʻlib, istiqbolda qishloq xoʻjaligida joriy etishni
rivojlantirish boʻyicha ilmiy xulosalar va takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqotning metodologik
asosi nazariy va amaliy maʼlumotlarni, adabiy manbalar va nashrlarni oʻrganish natijasida
shakllantirildi. Tadqiqotda nazariya va amaliyot oʻrtasidagi bogʻliqliklarga asoslanib, shu bilan
birgalikda tahlil, taqqoslash, analogiya va sintez kabi usullardan foydalanilgan. Hozirgi kunda
agroturizm va qishloq turizmini tez surʼatlar bilan rivojlanib borishi natijasida, xorijiy
turistlarning diqqatini oʻziga tortmoqda. Agroturizm va qishloq turizmi Italiya, Ispaniya,
20
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD,10-SON (YOʻITJ)
Irlandiya, Fransiya, Shvesariya, Skandinaviya mamlakatlarida rivojlanish boʻyicha yetakchi
hisoblanadi. Agroturizm va qishloq turizmidan keladigan daromad turizmdan keladigan
daromadning 10-20 %ini tashkil qilmoqda. Qishloq turizmi sohasida investitsion jarayonlarni
faollashtirish liberal amortizatsiya toʻgʻrisidagi qonunga muvofiq, xususan AQSh, Buyuk
Britaniya, Germaniya, Yaponiya, Italiya, Fransiya, Shvesiya, Shvesariya va boshqa
mamlakatlarda anchadan buyon amal qiluvchi tezlashtirilgan amortizatsiya usullarini qoʻllash
orqali amalga oshiriladi. Xususan, Angliyaning mehnat resurslari boʻyicha nazoratchilari
maʼlumotlariga qaraganda, Amerika va Yaponiya sanoatining umumiy samaradorligi 15 %ga
koʻtarildi, bunga sabab ishchi kuchlaridan foydalanish xarakterining oʻzgarishi kapital
qoʻyilmalar – 25 %, texnologiyalardagi oʻzgarish-lar – 60%ga teng boʻldi. Jumladan, Toshkent
viloyati boʻyicha istiqbolli investitsiya loyihalarini Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki
mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish orqali 2019-2025 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida
turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasi qulay iqtisodiy sharoitlar va omillarni yaratish
boʻyicha olib borilayotgan islohotlarning samaradorligini oshirish, turizm sohasini jadal
rivojlantirish boʻyicha ustuvor maqsad va vazifalarni belgilash, uning iqtisodiyotdagi oʻrni va
ulushini oshirish, xizmatlarni diversifikatsiyalash va ularning sifatini oshirish boʻyicha turizm
infratuzilmasini takomillash-tirishga qaratilgan. Maʼlumotlarga qaraganda, 2019 yilda
respublikamizda 449 ta turistik tashkilotlar va 816 ta mehmonxonalar faoliyat yuritgan. 2017
yilda xorijiy turistlar qariyb 2,7 mln. kishiga va mahalliy turistlar soni 2,1 mln7 kishiga yetdi,
bu oldingi yilga nisbatan mos ravishda 33,3 % va 16,6 % ga kodegani. Shu nuqtai nazardan
respublikamizning bir nechta oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassa-salarida turizm sohasiga oid
mutaxassislar tayyorlanadi va ularni kelgusida ish bilan taʼminlash uchun turistik obʼektlarni
koʻpaytirish maqsadga muvofiqdir. Bunda mavjud turistik korxonalarning xizmatlari
roʻyxatiga agroturistik xizmatlarni ham qoʻshgan holda xorijiy turistlarni jalb qilish mumkin.
Shu bois, qishloq turizmi qishloq xoʻjalik korxonalariga va qishloq aholisiga yuqori foyda olish
imkoniyatini berishi mumkin. Chunki, ular mavjud imkoniyatlardan foydalangan holda,
turxizmatlar va mahsulotlarni taklif etishlari mumkin.
Xulosa. Qishloq turizmining mavsumiy xarakterga ega ekanligi, yaratilayotgan turxizmatlar va
agroturmahsulotlarning import mahsulotlar bilan raqobatlasha olish qobiliyati, yuqori
malakali kadrlar yetishmasligi, hududlardagi madaniy muhitga zarar yetkazilishi mumkinligi
uning bir maromda oʻsishiga va rivojlanishiga salbiy taʼsir qilishi mumkin. Shu bois,
mamlakatimizda qishloq turizmini rivojlantirish uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga
oshirish zarur: Birinchidan, turistik xizmatlarga boʻlgan talabni oʻrganish va turistlar qanday
dam olish joylarini afzal koʻradi. Masalan, xorijiy tadqiqotchilarning natijasiga koʻra, qishloq
turizmining ekoturizm va etnoturizm koʻrinishi bilan qiziqishgan. Turistik xizmatlarni sotib
oluvchilarni oʻrganish va agroturistik xizmatlarga qanday narx belgilash zarurligi. Bozorni
oʻrganishturistik mahsulotlar harakatini aniqlash. Ikkinchidan, qishloq turizmi bilan
shugʻullanmoqchi boʻlgan oilaviy tadbirkorlar va fermer xoʻjaliklarining zarur boʻlgan moddiy-
texnik bazasi oʻrganiladi. Qishloqning infratuzilmasi oʻrganiladi va kamchiliklar bartaraf
etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Ana M. (2017): Ecotourism, agro-tourism and rural tourism in the Europe Union.
Conference Paper. CACTUS 2017 - Contemporary Approaches and Challenges of Tourism
Sustainability At: Predeal, Romania.
2. Busby G., Rendle S. (2000). The transition from tourism on farms to farm tourism. Tourism
Management, 21, 365-462 bet
3. Elbek Togaymurodov (2022). Agritourism And Fermers Diversification In Samarkand
Region. Academic research in educational sciences, 3 (Speical Issue 1), 28-34bet.
21
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD,10-SON (YOʻITJ)
4. Elbek, T., Risolat, I., & Aggelopoulos, S. (2016). Agro and eco-tourism development in rural
areas of Uzbekistan: Analysis using of" Gravity" model approach. European Scientific Journal,
12(14)bet.
5. Dernoy L.A. (1983). Farm tourism in Europe. Tourism management. 155-166 bet.
6. Oppermann, M. (1996). Rural tourism in southern Germany. Annals of Tourism
Research,23,86-102bet