Авторы

  • Rozaxon Xidirova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yoitj.56558

Аннотация

 Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish ijtimoiy siyosatning muhim yo’nalishlaridan biri etib belgilangan. Chunki sport aholi salomatligini mustahkamlash, yosh avlodni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash orqali jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptiradi. Turli kasalliklar, yoshlar o’rtasida zararli odatlarning oldini oladi. Sport yuksak madaniyat, vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishda ham muhim o’rin tutadi. Bu sohada erishilgan yutuqlar mamlakatni dunyoga tanitadi, barcha yurtdoshlarga g‘urur-iftixor bag‘ishlaydi.


background image

29

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 11-SON (YOʻITJ)

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI GIMNASTIKA

MASHQLARI ORQALI HARAKAT KO‘NIKMALARINI

SHAKLLANTIRISH

Xidirova Rozaxon O‘ktamjon qizi

https://doi.org/10.5281/zenodo.13925405

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 10-oktabr 2024 yil

Ma’qullandi: 11-oktabr 2024 yil

Nashr qilindi: 13-oktabr 2024 yil

Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni

ommalashtirish

ijtimoiy

siyosatning

muhim

yo’nalishlaridan biri etib belgilangan. Chunki sport aholi

salomatligini mustahkamlash, yosh avlodni sog‘lom va

barkamol etib tarbiyalash orqali jamiyatda sog‘lom

turmush tarzini qaror toptiradi. Turli kasalliklar, yoshlar

o’rtasida zararli odatlarning oldini oladi. Sport yuksak

madaniyat, vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishda

ham muhim o’rin tutadi. Bu sohada erishilgan yutuqlar

mamlakatni dunyoga tanitadi, barcha yurtdoshlarga

g‘urur-iftixor bag‘ishlaydi.

KEY WORDS

KIRISH

Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish ijtimoiy siyosatning

muhim yo’nalishlaridan biri etib belgilangan. Chunki sport aholi salomatligini mustahkamlash,

yosh avlodni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash orqali jamiyatda sog‘lom turmush tarzini

qaror toptiradi. Turli kasalliklar, yoshlar o’rtasida zararli odatlarning oldini oladi. Sport

yuksak madaniyat, vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishda ham muhim o’rin tutadi. Bu

sohada erishilgan yutuqlar mamlakatni dunyoga tanitadi, barcha yurtdoshlarga g‘urur-iftixor

bag‘ishlaydi.

Jismoniy harakat inson uchun, ayniqsa, bolalik va oʻsmirlik bosqichlarida hayotiy zarur

koʻnikma va malakalarni shakllantirish davri hisoblanadi. Jismoniy harakatlarsiz bolalarning

ijodiy faolligiga va jismoniy qobiliyatlarini yetarli darajada rivojlanmasligiga olib keladi.

Harakatni cheklash yoki uni buzish hayotning har bir bosqichida oʻzining salbiy ta’sirini

koʻrsatadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarnining jismoniy rivojlanish va jismoniy

tayyorgarligini aniqlashda ko’plab olimlar oʻzlarining ilmiy-tadqiqotlarida ushbu masalada

izlanishlar olib borganlar. Lekin, hozirgi zamon nazariyasi va amaliyotining jadal su’ratlarda

rivojlanishi hamda ta’limga qoʻyilayotgan talablarning oshib borishi natajasida maktabgacha

yoshdagi

bolalarning

jismoniy

tayyorgarligini

rivojlantirish

uchun

zamonaviy

metodikalardan foydalanishni talab qiladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Maktabgacha yoshdagi bolalalarning jismoniy rivojlanish, jismoniy tayyorgarligini

rivojlantirishda, hayotiy harakat ko’nikmalarini shakllantirishda gimnastika mashqlari

muhim rol o’ynaydi.Gimnastika mashqlari bolaning ilk qadam qo’ygan kunlaridan boshlab

asosiy jismoniy mashqlar sifatida qo’llaniladi. Shuning uchun gimnastika mashqlari orqali

ularning harakat ko’nikmalarini shakllantirishning yangicha vosita va usullarini izlab topish

dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda hayot uchun zarur


background image

30

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 11-SON (YOʻITJ)

boʻlgan dastlabki asosiy harakat koʻnikma va malakalarini shakllantirish hamda rivojlantirish

masalalari boʻyicha T.S.Usmanxodjaev, A.N.Livitskiy, R.S.Salomov, K.M.Maxkamjonov;

maktabgacha yoshdagi bolalarni sogʻlomlashtirish va jismoniy mashqlarni bajarishga

moslashish nazariyasi boʻyicha F.X.Xodjaev, G.Q.Jalolova, F.A. Raimbekova olimlar va

mutaxassislar tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlarida maktabgacha ta’lim

muassasalarining katta guruh bolalarining jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish yoʻllarini

ishlab chiqish bugungi kunda jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotining dolzarb

muammolaridan biri boʻlib qolmoqda.

TADQIQOT MAQSADI.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni gimnastika mashqlari orqali

harakat ko’nikmalarini shakllantirishga doir mashqlar kompleksini ishlab chiqish va

pedagogik tajribada asoslash.

TADQIQOT ISHINING VAZIFALARI:

1.Maktabgacha yoshdagi bolalarning harakat ko’nikmalarini shakllantirishga doir ilmiy-

uslubiy adabiyotlarni o’rganish va tahlil qilish;

2. Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy rivojlanish, jismoniy tayyorgarligini

rivojlanganlik darajasini aniqlash;

3.Gimnastika mashqlaridan foydalangan holda maktabgacha yoshdagi bolalarning

harakat ko’nikmalarini shakllantirishga,

jismoniy

tayyorgarlik darajasini oshirishga

qaratilgan mashqlar kompleksini ishlab chiqish va pedagogik tajribada asoslash.

TADQIQOT NATIJALARI VA UNING MUHOKAMASI

Gimnastika bolaning turli faoliyatlar uchun sog`lomlashishi va jismoniy tayyorgarligini,

jismoniy kamolotni shakllantirishni tizimli ravishda o`z ichiga oladi.Gimnastika hayotiy

harakat qobiliyatlarini tarbiyalashga yordam beradi, shuningdek, harakatlarga go`zallik,

joziba va aniqlik baxsh etadi. Qobiliyat, tezlik, kuch, egiluvchanlik, chidamlilik kabi rivojlanish

va psixofiziologik fazilatlarni ta`minlaydi; Iroda, xarakter, intizom, xotirani, fikrlashni

rivojlantiradi. Gimnastika - har tomonlama jismoniy rivojlanish va bolani sog`lomlashtirish

muammolarini hal etishga qaratilgan maxsus tanlangan jismoniy mashqlar tizimi va ilmiy

ishlab chiqilgan uslubiy ko`rsatmalar tizimidir.Bolalikdan boshlab gimnastika mashg`ulotlari,

maktabgacha yoshdagi barcha yosh guruhlarida qo`llaniladi. O`z-o`zidan bu jismoniy

ta`limning eng muhim usuli hisoblanadi.

Tadqiqot davomida ertalabgi gimnastika mashqlari;j jismoniy tarbiya daqiqalari; ritmik

gimnastika mashqlar, yosh toifasi bo‘yicha mashqlar va o‘yinlar kompleksi tanlab olinib,

amaliyotga tadbiq etildi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning harakat ko‘nikmalarini shakllantirish uhun

quyidagi mashqlar kompleksidan ham foydalanildi

:

1-mashq

. Koptokni bitta va ikkala qo’l bilan otish va ilib olish (ko’krakdan, bosh

ustidan). 4-8 marta takrorlanadi.

2-mashq

. Dastlabki holat-turish, qo’llar tushirilgan. Qo’llar yon tomonlarga keriladi

(nafas olinadi), ko’krak oldida chalkashtiriladi va “u-x-x-x” deyiladi (nafas chiqariladi). 2-4

marta takrorlanadi.

3-mashq

. Dastlabki holat-turish, oyoqlar kerilgan holatda turiladi. Qo’llar oldindan

ko’tariladi, Qo’lda halqani ushlab turib, bosh ustida yotqizilgan holatda ko’tariladi. Qo’llarni

bukib, halqani orqadan pastga, vertical tarzda o’girib tushiriladi. 4-8 marta takrorlanadi.

4-mashq

. Burilish. Dastlabki holat-tik turish.Oyoqlar kerilgan, qo’llar yelkalarga

bukilgan, orqadagi halqa ikkala qo’l bilan ushlab turiladi. O’ng va chap tomonga burilish. 4-8

marta takrorlanadi.

5-mashq

. Qopchalarni gorizontal nishonga (diametric bir metr) irg’itish. Bolaning ko’zi

balandligida osilgan halqadan 1-1,5 metr masofada turib, qopcha halqa ichiga otiladi. 4-6


background image

31

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 11-SON (YOʻITJ)

marta takrorlanadi (bola oyoq va qo’lning qanday turishi,qanday harakat qilishi kerakligi

ko’rsatiladi).

6-mashq.

“Predmetni top” degan hotirjam o’yin. Rahbarnibg taklifiga muvofiq bola

(bolalar) devorga o’girilib turadi, rahbar esa kichikroq buyumni (o’yinchoq, qalam ) derazaga,

tokchaga yoki polga qo’yadi. Signal berilishi bilan bolalar xona ichida buriladi, buyumni

qidirib topishga harakat qiladi. Uni birinchi bo’lib ko’rgan bola bir chekkaga ohista chiqadi

yoki stulga o’tiradi.

Tadqiqotni tashkil etish maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tayyorgarlik darajasini

belgilovchi nazorat mashqlaridan - 10m.masofaga yugurish; 3x5 m masofaga moksimon

yugurish; o`tirgan joyidan tananing egiluvchanlik burchagi aniqlash; gavdani orqa tomonda

yotgan joydan ko`tarish

mashqlari orqali tajriba va nazorat guruhi sinaluvchilarining

jismoniy tayyorgarligi aniqlandi.

1-jadval

Tadqiqot davomida tajriba va nazorat guruhi sinaluvchilarining jismoniy

tayyorgarlik ko

rsatkichlarining qiyosiy tahlili

T/r

Testlar

Tajriba guruhi

Nazorat guruhi

T/o

T/K

FARQ

%

T/o

T/K

FARQ

%

1.

10m.masofaga

yugurish

(sekund

3,65

3,37

0,28

8,3

3,67

3,39

0,28

8,2

2.

3x5 m masofaga

moksimon

yugurish(sekund)

7,64

7,31

0,33

4,5

7,46

7,40

0,06

0,81

3.

O‘tirgan joyidan

tananing egiluvchanlik

burchagi aniqlash(sm)

19,6

23,5

3,9

16,5

19,4

21,7

2,3

10,5

4.

Gavdani orqa tomonda

yotgan joydan

ko‘tarish

(sm)

19,2

23,4

4,2

17,9

19,8

20,2

0,4

1,9

Tadqiqot oxiriga kelib tajriba guruhi sinaluvchilarning 10m.masofaga yugurish 8,3 %,

3x5 m masofaga moksimon yugurish 4,5 %, o‘tirgan joyidan tananing egiluvchanlik burchagi

aniqlash 16,5 %, gavdani orqa tomonda yotgan joydan ko‘tarish 17,9 %, nazorat guruhi

sinaluvchilarning 10m.masofaga yugurish 8,2 %, 3x5 m masofaga moksimon yugurish 0,81 %,

o‘tirgan joyidan tananing egiluvchanlik burchagi aniqlash 10,5 %, gavdani orqa tomonda

yotgan joydan ko‘tarish 1,9 % ga oshganligi kuzatildi.

XULOSA

Mavzu bo‘yicha qayd etilgan adabiyotlar tahlilidan shu narsa aniq bo‘ldiki, maktabgacha

yoshdagi bolalarning harakat ko‘nikmalarini shakllantirishda gimnastika mashqlari orqali

mashg‘ulot vosita va yuklamalar hajmini rejalashtirish yuzasidan ilmiy-amaliy tavsiyalar

yetarli darajada emas.Maktabgacha yoshdagi bolalarning morfo-fiziologik holatini ko’pincha

e’tiborga olmay, me’yorlanmagan hajmdagi jismoniy va tehnik tayyorgarlik vositalaridan

noto‘g‘ri foydalanish natijasida endi shug‘illanishni boshlagan qizlarning organizmida

zo‘riqish va ayrim patalogik holatlarga olib kelayotganini va sportga bo‘lgan qiziqishning

yo‘qolishiga sabab bo‘layotganligi aniqlandi.


background image

32

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 11-SON (YOʻITJ)

Shunday qilib maktabgacha yoshdagi bolalarning mashg‘ulotlar jarayonida

qo‘llaniladigan yuklamalarni ularning organizm va jismoniy rivojlanish holatidan kelib chiqib

muntazam ravishda asta-sekinlik bilan belgilangan me’yorda olib borish, ularning sport

natijalarining o‘sishiga va keying tayyorgarlik bosqichiga hech qanday kamchiliklarsiz o’rin

bo‘shatishiga, sport turning tehnik-taktik ko‘rsatchilarining samarali egallash darajasini

shakllanishiga olib keladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI

1.AbdullayevA, Xonkeldiyev Sh. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati. –T. O’ZDJTI.

2005.y.231b.

2. Eshtayev A.K. Gimnastika darsi. O`quv qo`llanma. 2004.O`zDJTI

3.B.T. Haydarov, G.X. Ibroimova, J.J. Kazimov Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida

jismoniy tarbiya nazariyasi 2020 SamDu nashri

4..B.T. Haydarov. Eshtayev. G.X. Ibroimova «Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida

gimnastika mashg`ulotlarini tashkil etish shakllari.

5. Gоnchаrоvа О.V. Yosh sportchilаrning jismoniy qоbiliyatlаrini rivоjlаntirish. T.,

O’zDJTI, 2005.- 171 b..

Библиографические ссылки

AbdullayevA, Xonkeldiyev Sh. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati. –T. O’ZDJTI. 2005.y.231b.

Eshtayev A.K. Gimnastika darsi. O`quv qo`llanma. 2004.O`zDJTI

B.T. Haydarov, G.X. Ibroimova, J.J. Kazimov Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida jismoniy tarbiya nazariyasi 2020 SamDu nashri

.B.T. Haydarov. Eshtayev. G.X. Ibroimova «Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida gimnastika mashg`ulotlarini tashkil etish shakllari.

Gоnchаrоvа О.V. Yosh sportchilаrning jismoniy qоbiliyatlаrini rivоjlаntirish. T., O’zDJTI, 2005.- 171 b..