23
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 11-SON (YOʻITJ)
GEORAFIYA DARSLARIDA GEOGRAFIK O’YINLARDAN
FOYDALANISHNING O’ZIGA XOS JIHATLARI
Ollaberganova Saida Sherboy qizi
Geografiya fani o’qituvchisi saidaallaberganova26@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.13924564
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 10-oktabr 2024 yil
Ma’qullandi: 11-oktabr 2024 yil
Nashr qilindi: 13-oktabr 2024 yil
Bugungi kun talabi darslarni Yangi pedagogik
texnologiyalardan foydalanib, noan‘anaviy interfaol
usullar yordamida tashkil etish, geografik o'yinlardam
foydalangan holda yoshlarni ilm olishga qiziqtirish,
shuningdek darslarda geografik o'yinlarni qo'llash orqali
o’quvchilar ta’lim olish samaradorligini oshirishga va
ularni yanada qiziqtirishga harakat qilishimiz lozim.
KEY WORDS
Bugungi kun talabi darslarni Yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanib,
noan‘anaviy interfaol usullar yordamida tashkil etish, geografik o'yinlardam foydalangan
holda yoshlarni ilm olishga qiziqtirish, shuningdek darslarda geografik o'yinlarni qo'llash
orqali o’quvchilar ta’lim olish samaradorligini oshirishga va ularni yanada qiziqtirishga
harakat qilishimiz lozim.
Geografik o'yinlar nihoyatda xilma xil bo'lib, darsda va darsdan tashqari mashg'ulotlarni
qiziqarli bo'lishida o'quvchilarning fanga bo'lgan qiziqishlarini oshirishda qulay va samarali
vositalardan biri hisoblanadi. Dars jarayonida tashkil etuvchi fanga doir turli o'yinlar,
noan‘anaviy darslarning muhim shaklidir. Ular o'quvchilarning shu fanga qiziqishlarini,
mehrini kuchaytiruvchi, ularning darsdagi ruhiy toliqishlarini oldini oluvchi ziyraklik va
topqirlik qobiliyatlarini rivojlantiruvchi hamda bilim saviyalarini yanada oshirishga undovchi
muhim omil hisoblanadi.
Geografiya darslarida tashkil etish mumkin bo'lgan geografik o'yinlar har bir sinfda
mavzuning mazmuniga mos kelishiga e‘tibor beriladi. Geografik o'yinlar qaysi turda bo'lmasin
o'quvchini mustaqil fikrlashga, aqlini peshlashga o'rgatadi. O'yin turlarining qaysinisini qay
vaqtda qo'llash xususida qat‘iy ko'rsatma berib bo'lmaydi, chunki geografik o'yinlar har bir
darsda mavzuni mazmuniga qarab tashkil etiladi. Geografik o'yinlarni tashkil etganda
o'quvchining yosh xususiyati, sa‘viyasi o'yin vaqtida hisobga olinadi. Har bir yangi mavzudagi
tushuncha va qonuniyatlarning o'quvchilar tomonidan puxta o'zlashtirilishi, ularning yodida
saqlanib qolishi faqatgina og'zaki yodlash ko'nikmalaridan foydalanib qolmasdan balki
geografiya didaktikasining yangi ma‘naviy usullaridan keng foydalaniladi. Ulardan biri
tayanch konspekt tuzish, uni chuqur tahlil qila bilish usulidir. Uning mohiyati nimada?
Tayanch konspekt, rasm, alohida so'zlar, hatto ayrim harflar, formula va boshqa xildagi
konspekt yordamida o'tilgan mavzuni, qisqa va tushunarli holda sinf doskasida ifodalashdan
iboratdir.
Geografik o'yin bolalarning bilimga qiziqishlarini faollashtirish yo'lidagi eng qulay vositadir.
Bulardan eng qizig'i roli o'yinlar. Bunda tashabbus bilan bolalar o'z oldiga qo'ygan
24
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 11-SON (YOʻITJ)
topshiriqlarni hal qilish, qiyinchiliklarni yengish, mehnatga muhabbat, xarakteriga ta‘sir qilish
mumkin. Bolalar quruq, zerikarli tadbirlardan charchaydilar, o'yinga esa hamisha tayyor
turadilar. Yuqori sinf o'quvchilari ommaviy o'yinlardan quyi sinf o'quvchilariga yordam
beradi, savol javoblarda faollikka o'rgatadi. Geografik o'yinlar har bir darsda mavzuni
mazmuniga qarab tashkil etiladi. Geografik o'yinlarni tashkil etganda o'quvchini yosh
xususiyati, saviyasi, o'yin vaqti hisobga olinadi.
Geografiya darslarini hayotga bog'lab, qiziqarli qilib tashkil etilsa, dars mavzulari har bir
saboq oluvchilar ongiga chuqurroq singadi. Yosh avlodni har tomonlama barkamol, mustaqil
fikrli, ilmli, ma‘naviy yetuk, Vatanimizning yanada gullab, yashnashi uchun o'z bilim va
kuchini ayamaydigan qilib tarbiyalash biz o'qituvchilarga katta mas‘uliyat yuklaydi.
O‘z dolzarbligini yo‘qotmagan pedagogik an’analarga yangicha qarash, to‘plangan tajribani
ijobiy va salbiy tomonlari bilan qayta ko‘rib chiqish davr talabidir. Bugungi kunda o'qituvchi
nafaqat o'qitishi, balki bolaning qanday o'rganishini tushunishi va his qilishi, bundan tashqari,
sinfda va sinfdan tashqari mashg'ulotlar jarayonida o'quvchilar tomonidan olingan bilim va
ko'nikmalar kelajakda foydali bo'lishi va haqiqatda ishlatilishi mumkinligini taxmin qilishi
kerak.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI.
1.
Hayitov A.T.,Boymurodov N. Ta`limda hoan`anaviy darslar va interfaol
usullardan foydalanish. -T.: Yangi asr avlodi. 2006. - 76 b.
2.
Qurbanniyozov R., Niyozov P. “Geografik o’yinlar” Toshkent “O’qituvchi”-1990 y. 80-b.
3.
Qurbanniyozov R. “Geografiya o’qitish metodikasi” Urganch-2001-y. 179-b.
4.
Q.Baxromov, A.Safarov. Noan’anaviy darslar va ta’limning interfaol usullari.
Toshkent 2016-y 25-b.