111
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 11-SON (YOʻITJ)
XORAZM VOHASIDA ISLOMGACHA BO’LGAN DAVRDA
HAYVONLAR BILAN BOG‘LIQ URF-ODATLAR,
MAROSIMLAR.
Soliyeva Shahnoza
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Ijtimoiy fanlar kafedrasi
o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14039192
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 27-oktabr 2024 yil
Ma’qullandi: 29-oktabr 2024 yil
Nashr qilindi: 30-oktabr 2024 yil
Xorazm hududida islom dini kirib kelgunga qadar
mavjud bo‘lgan turli diniy e’tiqodlar, mahalliy urf-
odatlar va bugungi kunda ham ulardan saqlanib qolgan
ba’zi elementlar tarixiy adabiyot va birlamchi manbalar
asosida tahlil etilgan.
KEY WORDS
Zardushtiylik,
Anaxita,
Mitra,
Avesto, Tangrichilik, shomoniylik,
chorvachilik, qurbonlik,
Kirish:
Markaziy Osiyo xususan, Xorazmda ham islom kirib kelguniga qadar turli xil diniy
e’tiqodlar mavjud bo‘lgan. Jumladan, buddaviylik, zardushtiylik, nasroniylik kabi yirik dinlar
bilan bir qatorda mahalliy dinlar ham mavjud bo‘lgan. Milodiy VII asrgacha Markaziy Osiyo
xalqlari turlicha dinlarga e’tiqod qilishi bilan ajralib turgan. O‘rta Osiyoda asosan eroniy tilda
so‘zlashuvchi aholi - Zardushtiylik diniga e’tiqod qilgan bo‘lsa, janubda istiqomat qiluvchi
aholi - buddaviylik diniga sig‘ingan. VI asr oxiri - VII asr boshlarida hattoki ba’zi turk
xoqonlarining buddaviylikni qabul qilib, ko‘plab ibodatxonalar qurdirganini tarixiy manbalar
va arxeologik topilmalar orqali bilishimiz mumkin. Barcha dinlarning asosiy tamoyili
yaxshilikning yomonlik ustidan g’alabasi, yakka xudolik (xristianlik, yahudiylik), yagona
osmon uy-qarorgoh ekanligi, tenglik kabi g‘oyalarni ilgari suradi. Ayrim hududlarda dinlar
o‘zaro chambarchas bog‘liq holda, diniy urf-odatlar, marosimlar uyg‘unlikda xalq hayotida
rivojlana boshladi. Beloglazovning fikricha, bu dinlar bilan bir qatorda, tangrinizm va
manixizm kabi mahalliy dinlar ham mavjud bo‘lgan[1].
Adabiyotlar tahlili: Islomgacha bo‘lgan diniy urf-odatlar ko‘plab ilmiy asarlarda yoritilgan,
Solomon Reynax hayvonlarga nisbatan e’tiqodiy qarash inson dunyoqarashining asosi va
marosimoy hayotining ildizlarini tashkil etishi hamda qadimiy(Antik-asarda qadimgi yunon
va rim) diniy tasavvurlarga ta’sir o‘tkazganligini ta’kidlaydi[2]
Hayvonot olami bilan bog‘liq diniy tasavvurlarni tadqiq etishning birinchi bosqichi ana
shunday qarashlarga ega bo‘ldi. Ular totemizm (hayvonlarga nisbatan e’tikodiy
dunyokarash)ning shakllanishi va uning ibtidoiy asoslariga urg‘u bergan holda izlanishlar olib
bordilar. Ushbu tadkikotlar keyingi ilmiy izlanishlar uchun nazariy asos vazifasini utadi.
Ibtidoiy diniy qarashlarda hayvonlar bilan bog‘lik tasavvurlar fransuz sosiologiya maktabi
asoschisi Emil Dyurkgeym tomonidan ham o‘rganilgan bo‘lib, u o‘zining “Diniy hayotning
elementar ko‘rinishlari" asarida hayvonlar bilan bog‘liq ishonch tizimi, asosan, ong bilan
bog‘liq tushuncha sifatida baholangan. Ular ijobiy va salbiy ishonch ko‘rinishlari bulib, unda
hayvonot olamiga nisbatan shakllangan e’tiqodiy qarash asosida kurkuv yotishi ilgari
surilgan[3]. Emil Dyurkgeymning qarashlariga ko‘ra, dunyokarash e’tiqodning asosini tashkil
112
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 11-SON (YOʻITJ)
etadi va marosimiy xayot, urug‘chilik hamda nikoh munosabatlari ushbu omildan kelib
chiqqan. Turkiston xalqlari tarixida hayvonlar bilan bog‘lik tasavvurlar, marosimlar va aholi
turmush tarzi xususidagi dastlabki ilmiy tadkikotlar XX asr boshlarida amalga oshirilgan.
Ushbu ilmiy izlanishlarning asosiy maksadi - etnik tarix va diniy qarashlarda qadimiy
e’tiqodiy tasavvurlar ildizlari, mifologiya, aholi mashg‘ulotlari, turmush tarzi hamda
marosimlari kabi masalalarni ochib berishdan iborat edi. Shunga qaramay, hayvonlar bilan
bog‘liq munosabatlar ularning diqqat-e’tiborini o‘ziga tortgan va izlanishlarda ushbu jihat
ham yoritib berilgan. M. Andreyev va Ye. Pesherevalar tog‘li hudud aholisining sut xo‘jaligi
hamda u bilan bog‘liq marosimlarini tahlil qilib, chorvadan foydalanish va koramol bilan
bog‘liq ayollar tomonidan o‘tkaziluvchi marosimlar to‘g‘risida ma’lumotlar keltirgan[4].
Ushbu tadkikotlar shuni tasdiklaydiki, Turkiston xalklari turmush tarzida hayvonlar muhim
rol o‘ynaydi va mazkur holat ularning marosimiy hayotida yaqqol ko‘zga tashlanadi. XX asr
o‘rtalariga kelib, ushbu ilmiy muammoga yangicha yondashuv boshlandi va avvalgi
izlanishlarga nisbatan amaliy ahamiyati yuzasidan sermahsul bo‘ldi. Mazkur izlanishlarda
hayvonlar bilan bog‘lik kadimiy e’tikodiy tasavvurlar, dunyoqarash va marosimlarga urg‘u
berildi. Bunday jihatlardan biri hayvon bilan dafn etish bo‘lib, ot bilan dafn etilgan qabr
xususida V.I. Sprishevskiy alohida maqola e’lon qildi. Mazkur maqolada Mirzo Ulug‘bek
rasadxonasi yaqinidan topilgan temir davriga oid qabr ochib o‘rganilganligi tahlil qilingan[5].
G.P. Snesarev tomonidan Xorazm aholisining hayvonot olamiga oid ko‘plab materiallari keng
jamoatchilikka takdim kilingan. U uz tadkikotida e’tibor berilgan marosimlarni o‘tkazishda
jonivorlardan foydalanish yuzasidan chuqur ilmiy tahlilni amalga oshirgan. Ayniksa, Xorazm
aholisi orasida uy hayvonlariga nisbatan shakllangan qarashlarning tarixiy ildizlarini tanqidiy
yoritib beradi. O‘z o‘rnida shuni ham ta’kidlash joizki, mazkur olim olib borgan keyingi
kuzatuvlari orkali o‘zbek xalki dunyokarashida muqaddas jonivorlar saqlanib qolgan, deya
ilmiy xulosaga kelgan edi[ 6]. Ayniqsa, bo‘ri xalk orasida alohida ahamiyatga ega jonivor
ekanligini misol sifatida keltiradi.Sovet davrida bajarilgan ilmiy tadqiqotlarda, asosan,
kadimiy e’tikodiy qarashlar ildizlarini topish, aniqlash, yoritish hamda islom diniga bo‘lgan
ta’sirini tahlil qilishga harakat qilingan. Ammo, aynan ushbu ilmiy muammo yuzasidan
alohida tadqiqotlar sanoqligina bajarilgan. Bundan tashkari, mahalliy aholining diniy
qarashlariga xolisona baho berilmagan. Ayniksa, hayvonlarga nisbatan aholining munosabati
sabablari to‘liq tahlil qilinmagan. Balki, ayrim jihatlarigina tadqiqot diqqat markazida bo‘lgan
va tavsifiy yoritilgan bulishi mumkin. Bunga misol sifatida G.P. Snesarevning tadkikotlarini
keltirish mumkin. Chunki, mazkur olim, asosan, o‘zbek xalki turmush tarzidagi qadimiy diniy
odatlar izlariga katta urg‘u berib, mukaddas ziyoratgohlardagi hayvonlarga munosabatni
ushbu qarashlarning islom diniga ta’sirida qolgan o‘tmish sarqiti, deb noto‘g‘ri baholagan.
Har bir din asrlar davomida insonlarning ongiga chuqur singib boraveradi. Tangrichilik dini -
qadimgi turkiy xalqlar, ayniqsa, Oltoy xalqlari orasida keng yoyilgan din hisoblanadi. Turk
xoqonligida yashagan xalqlarning diniy eʼtiqodi, tasavvurlari ham turlicha bo‘lgan, ko‘p
xudolilik hukm surgan. Bu esa ularda turli xil osmoniy va yer jismlari - quyosh, oy, yer, suv,
hayvonlar va boshqa narsalarga sig‘inishni keltirib chiqargan. Osmon xudosi Tangri turk
qavmlarining eng oliy xudosi hisoblangan. Ushbu dinning kelib chiqishi miloddan avvalgi III
ming yillikka Shumer davlatiga borib taqaladi. Bu dinning ta’limotiga ko’ra, Buyuk osmon ruhi
doimiy makonida ya’ni osmonda yashaydi. O‘rta Osiyo davlatlarida shakllangan kosmologik
qarashlar, quyosh sistemasining harakati - Quyosh, Oy, sayyoralar, kometalar va boshqalar
diniy qarashlarning shakllanishiga juda katta turtki bo‘lgan. Dastavval ikki tangri mavjud
bo‘lib, ulardan birinchisi Tangri Umay. U Sumera tog‘ining tepasida yashagan. Uning
etagidan keyinchalik Ona O’t xudo dunyoga keladi [7]. Biroq VIII asrda islom dinining kirib
kelishi natijasida ushbu dinlar o’z ta’sirini deyarli yo’qotdi.
Xulosa: Diniy urf-odat, an’ana va marosimlar vaqt o‘tishi bilan milliy an’ana va
marosimlarga aylanib borishi transformatsiyalashuv deb ataladi. Diniy marosimlarni
113
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 11-SON (YOʻITJ)
bajarishda kohinlar, keyinchalik ruhoniylar boshchilik qilgan. Ular o‘z marosimlarini asta-
sekin muayyan dinning talabi, xususiyati, aqidasi va ehtiyojiga moslaganlar.
Yakkaxudolik dini bo‘lmish islom dini ko‘pxudolikka barham berdi, butun O‘rta Osiyo
mintaqasi islom dini atrofida birlashdi. Yuqorida aytib o‘tilganidek, aholi orasida saqlanib
qolgan ba’zi urf-odat va marosimlar transformatsiyalashuv natijasida diniy ahamiyat kasb
etmagani holda mahalliy an’ana va marosimlar sifatida saqlanib kelmoqda.
Adabiyotlar ro‘yxati
1. Beloglazov A.V. Islom dinining Markaziy Osiyodagi siyosiy jarayonlarga ta’siri.-Qozon:
Qozon. Universitet, 2013 yil
2.Reinach S. Cults, Myths and Religion. – London: David Nutt, 1912, -8 p.
3. Durkheim E. The Elementary Forms of the Religious Life. New York: The Free Press, 1965. Р.
337-338.
4. Andreev M.S. Tojikistonda. 1925-yilda Tojikistondagi etnografik ekspeditsiya faoliyati
haqida qisqacha hisobot. Toshkent, 1927. Nashr. 1. 29 b.; Peschereva E. Tog'li tojiklarning sut
chorvachiligi va u bilan bog'liq ba'zi odatlar.... 42-59 b.
5. Sprishevskiy V.I. Ot bilan dafn etilgan, milodiy 1-ming yillik oʻrtalari. Ulugʻbek rasadxonasi
yaqinida topilgan / Oʻzbekiston xalqlari tarixi muzeyi materiallari. T. 1. Toshkent, 1951. - B.
33-426. Снесарев Г.П. Люди и звери // СЭ. 1972. №1. С. 167-176.
7. Sultanova R. From Shamanism to Sufism Women/ Islam and Culture in Central Asia. L.:
“I.B.Tairus”. 2011.
8. Gulrux Akmal qizi Qamariddinova. Buxoroda islomgacha bo’lgan diniy e’tiqodlar . Maqola -
2b
9.Axrorbek Azamjonovich Azizov . O‘zbek madaniyatida hayvonot olami bilan bog‘liq
tasavvurlar( Farg‘ona misolida).Avt.ref.
10.Абидова, З. Қ. (2018). Хоразм воҳаси зиёратгоҳлари ва қадамжолари (тарихий-
этнологик тадқиқот). Тарих фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) даражасини олиш
учун ёзилган диссертация.
11. Kadirberganovna, A. Z. (2023). Myths and legends about the saints of Khorezm. EPRA
International Journal of Multidisciplinary Research (IJMR), 9(2), 50-52