Авторы

  • Zikrulloh Rahmonaliyev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yoitj.56606

Аннотация

Respublikamiz hududidagi barcha davlat, nodavlat va chet davlat oliy talim muassasalarida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan korrupsiyaviy hollatlarning omillari, ularga qarshi kurashish mumkin bo’lgan samarali usullar to’g’risida.


background image

76

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 11-SON (YOʻITJ)

RESPUBLIKAMIZ OLIY TA’LIM SOHASIDA

KORRUPSIYAVIY XAVF-XATARLARNING KELIB CHIQISH

OMILLARI

Rahmonaliyev Zikrulloh

Farg'ona davlat universiteti

Yurisprudensiya yo‘nalishi talabasi

zikrullohrahmonaliyev68@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.13991151

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi:19-oktabr 2024 yil

Ma’qullandi: 20-oktabr 2024 yil

Nashr qilindi: 25-oktabr 2024 yil

Respublikamiz hududidagi barcha davlat, nodavlat

va chet davlat oliy talim muassasalarida yuzaga kelishi
mumkin bo’lgan korrupsiyaviy hollatlarning omillari,
ularga qarshi kurashish mumkin bo’lgan samarali
usullar to’g’risida.

KEY WORDS

“Korrupsiya omili”,

“Adolat

tamoyili”, ”Servis xizmati”, “Jinoiy

holat tuzilishi”.

Oliy ta’lim sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kelib chiqish omillarini aniqlash, ularni

tahlil qilish jarayonidagi eng muhim bosqich hisoblanadi. Mazkur bosqichda butun tizimdagi
ma’lumotlar umumlashtirilib, turli usullarda tahlil qilinadi.

Ushbu paragrafda mamlakatimiz oliy ta’lim tizimidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarning kelib

chiqish omillarini amaliy va statistik ma’lumotlar asosida ko‘rib chiqamiz.

Oliy ta’lim tizimidagi korrupsiya talabani o‘qishga kirishidan boshlab, to diplom olishiga

qadar bo‘lgan har bir bosqichda ko‘zga tashlanadi,

mazkur

masalalar

juda keng

bo‘lgani

sababli

eng dolzarblariga to‘xtalib o‘tamiz.

I. Budjet mablag‘larini talon-toroj qilish bilan bog‘liq korrupsiyaviy huquqbuzarlik

omillari.

Oliy ta’limga davlat tomonidan ajratilgan mablag‘lar miqdori oshgan sari budjet mablag‘larini

talon-toroj qilish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar ham o‘sib bormoqda.

Jumladan, sohada 2019 yilda 16,7 mlrd. so‘mlik moliyaviy qonunbuzarliklar aniqlangan bo‘lib,

bu ko‘rsatkich 2018 yilga nisbatan 10,1 mlrd. so‘mga ko‘paygan va tizimdagi 103 nafar
mansabdor hamda mas’ul xodimlar jinoiy javobgarlikka tortilgan. Budjet mablag‘lari talon-
toroj qilingani holati bo‘yicha Jinoyat kodeksining 167-moddasi bilan 52 nafar xodimga
nisbatan 42 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, ulardan 15 nafari rahbar, 31 nafari hisobchi, 3
nafari moddiy javobgar shaxs (hazinachi, ombor mudiri va boshqa) hamda 3 nafari boshka
lavozimda ishlovchi xodimlar hisoblanadi.


background image

77

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 11-SON (YOʻITJ)

Dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilgan 42 ta jinoyat ishlari o‘rganilganda, aybdor shaxslar

tomonidan budjet mablag‘lari quyidagi puxta ishlab chikilgan jinoiy usullar yordamida tolon-
toroj qilinayotgani aniqlandi. Xususan,

21 ta jinoyat ishida mablag‘lar ish haki va mukofot pullarini hisoblashda sun’iy orttirilgan

ko‘rsatkichlar kiritilgan sohta hujjatlar asosida talon-toroj kilingan;

16 ta jinoyat ishida oylik ish haqlarini avtomatlashtirilgan tizimda hisoblovchi (“Uzasbo”)

kompyuter dasturiga asossiz ma’lumotlar (aksariyat: ish haqining bazaviy stavkalarini orttirib
ko‘rsatish) kiritish;

3 ta jinoyat ishida hisobda turgan mulklarni begonalashtirish hamda muassasada joriy va

kapital ta’mirlash ishlari bajarilgani haqidagi hisobot hujjatlariga aslida bajarilmagan ish
hajmlarini qo‘shib yozish;

2 ta jinoyat ishida aslida muassasada ishlamaydigan xodimlarga soxta xujjatlar asosida ish

haqi xisoblash orqali.

Budjet mablag‘larini talon-toroj qilinishiga quyidagi omillar sabab bo‘lmoqda:
Birinchidan, quyi tizimda ishlayotgan rahbarlarni buxgalteriya sohasida yetarli bilim va

malakaga ega emasligi va moliyaviy masalalarga yetarlicha e’tibor qaratilmasligi hisoblanadi.

Ushbu toifadagi jinoyatlar muassasa hisobchilari tomonidan ishlab chiqilgan iqtisodiy jinoiy

sxemalar asosida sodir etilmoqda va mazkur holatda rahbarning moliyaviy bilimsizligi
hisobchilarga uchun imkoniyat yaratmoqda.

Ikkinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil

21 avgustdagi “Ta’lim va

tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini hamda davlat moliyaviy nazorati
tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Karori jrosi vazirlik va uning tizimida tashkil
etilgan ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlari tomonidan bajarilmayapti.

Xususan, mazkur qarorga asosan ta’lim va tibbiyot muassasalarida ichki audit va moliyaviy

nazorat xizmatlarini tashkil etishdan asosiy maqsad davlat budjetidan ajratilayotgan
mablag‘larni maqsadli sarflanishini ta’minlash, budjet qonunchiligiga rioya etilishini
profilaktika qilish hisoblanadi.

Biroq, muassasalarda zamonaviy axborot texnologiyalari vositalari yordamida (“Uzasbo”)

budjet mablag‘larini sarflanishi ustidan davriy nazorat tashkil etilgan bir vaqtda, budjet
qonunchiligini buzish holatlarini oldini olishga qaratilgan davlat moliyaviy nazoratining eng
ustuvor vazifalari to‘liq amalga oshirilmayapti.

Uchinchidan, ish haqi va boshqa to‘lovlarni hisoblash inson omiliga bog‘liq bo‘lib, dasturga

hisobchi tomonidan ma’lumotlar kiritish imkoniyati cheklanmagani, doimiy nazoratga


background image

78

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 11-SON (YOʻITJ)

olinmagani sababli moliyaviy ma’lumotlar to‘g‘riligi faqat davriy tekshiruvda aniqlash
mumkin.

Ish haqi va boshqa mablag‘larni to‘lash bevosita xodimga oid buyruqlarga bog‘liq bo‘lishiga

qaramasdan ish haqi dasturiga xodimlar bo‘limi elektron tarzda bog‘lanmagan, dasturga
buyruq va boshqa ish haqini to‘lash uchun asos bo‘ladigan hujjtlarni elektron shaklini yuklash
tashkil etilmagan, moliyaviy nazorat organlarida doimiy elektron nazorat vositasi mavjud
emas.

To‘rtinchidan, budjet mablag‘lari va moddiy resurslarni tasarruf etishda, davlat xaridlarini

amalga oshirishda mutloq vakolat rahbar va hisobchilar qo‘lida bo‘lib, mazkur faoliyat ustidan
jamotchilik nazorati, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlovchi manfaatdor shaxslardan
shakllantirilgan istitutsional tuzilmalar mavjud emas.

Jumladan, muassasaga turli uskunalar, jihozlar va o‘quv resurslarini sotib olish, qurilish

hamda kapital ta’mirlash ishlarini olib borishda davlat mablag‘lari moliya tashkiloti
mansabdorlari, muassasa rahbari, hisobchisi, qurilish bo‘yicha mutaxasis, xo‘jalik bo‘limi
mudiri xodimlari o‘rtasida turli tizimli jinoiy mexanizmlar asosida talon-toroj qilinmoqda.

Beshinchidan, OTMni o‘zini-o‘zi moliyaviy ta’minlash joriy etilmaganligi davlat budjeti

mablag‘larini o‘zlashtirishning asosiy sabablaridan biri hisoblanadi.

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 3 dekabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarini bosqichma-bosqich

o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazish to‘g‘risida”gi 967-sonli qarori bilan 2020 yil 1
yanvardan boshlab, tajriba-sinov tariqasida 10 ta OTMga o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga
o‘tishga ruxsat berildi.

II. Kirish imtihonlari bilan bog‘liq korrupsiyaviy huquqbuzarlik omillari.

O‘tgan 2018-2019 yillar davomida o‘qishga kiritib qo‘yish vaji bilan 58 nafar oliy ta’lim

xodimlari tamagirlik qilgan.

Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, o‘qishga kiritish uchun talab qilinayotgan pora miqdori 1

mingdan 10 ming AQSH dollarigacha bo‘lib, porapxo‘rlik asosan sirtqi, kechki, maxsus sirtqi
va ikkinchi mutaxassislik yo‘nalishlariga qabul qilishda keng tarqalgan.

Xususan, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti o‘qituvchisi “A” fuqaro “B”ni institutning

buxgalteriya fakulteti sirtqi yo‘nalishiga o‘qishga kiritish uchun 10 ming AQSH dollari olgan
vaqtda ushlangan.

Ijodiy imtihonlar topshirish jarayonida ham ko‘plab suiiste’mollik holatlariga yo‘l qo‘yilmoqda.
Jumladan, Farg‘ona davlat universiteti o‘qituvchisi “М”, universitet qabul komissiyasi

faoliyatida ishtirok etganligidan foydalanib, fuqaro “B”ni jismoniy madaniyat yo‘nalishiga


background image

79

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 11-SON (YOʻITJ)

o‘qishga kirishi uchun ijodiy imtihondan yuqori ball qo‘ydirib berish evaziga 6 ming AQSH
dollari olgan vaqtda ushlangan.

Oliy o‘quv yurtlari talabalari ham turli jinoyatlarga qo‘l urayotgan bo‘lib, so‘nggi ikki yilda 21

nafar talaba yoshlar bunday jinoyatlarga aralashgani sababli javobgarlikka tortilgan.

Masalan, Andijon davlat tibbiyot instituti 5-bosqich talabasi “A” fuqaro “B”ni institut

rahbarlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yish uchun

12 ming AQSH dollari olgan vaqtida qo‘lga

olingan.

Davlatimiz rahbarining qarorlari bilan 2018 yil 1 sentabrdan boshlab, xorijiy o‘quv yurtlari

bilan hamkorlikda talabalarni o‘qitish va ikki tomonlama tan olinadigan diplom berish
amaliyoti joriy etildi.

Hozirda 55 ta oliy o‘quv yurtlarida xorijiy hamkorlar bilan 83 ta bakalavriat va

64

ta

magistratura yo‘nalishlarida

kadrlar tayyorlanmoqda. Afsuski, bu jarayonda ham turli

suiste’molliklarga yo‘l qo‘yilmoqda.

Misol uchun, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining “Paxta sanoati

texnologiyasi” fakulteti dekani o‘rinbosari “A” fuqaro “B”ni “Kosigin” nomidagi Rossiya davlat
universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan qo‘shma fakultetga kiritib qo‘yish evaziga 3,5
ming AQSH dollari olgani vaqtda ushlangan.

Toshkent shahridagi 4 ta Rossiya bilan qo‘shma fakultetlarda talabalarning rus tilini bilish

darajasi o‘rta maktab dasturlari asosida o‘rganilganda, natijalar o‘ta qoniqarsiz bo‘lgan.

Xususan, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti qo‘shma fakultetining sinovda

ishtirok etgan talabalaridan 75 foizi diktantdan “qoniqarsiz” baho olgan bo‘lib, rus tilida ta’lim
olayotgan 2-kurs talabasi, o‘z familiyasi, institut va fakultet nomini to‘g‘ri yozib bera olmagan
va diktantdagi jami 113 ta so‘zdan bor-yo‘g‘i 4 tasini to‘g‘ri yozgan. Vaholanki, bu fakultetlarga
kirish imtihonlari rus tilida o‘tkazilgan, darslar rus tilida olib boriladi, bu talabalar o‘qishining
keyingi 2 yilini Rossiyada davom ettirishi kerak.

Yuqoridagi korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni kelib chiqishiga quyidagi omillar sabab

bo‘lmoqda.

Birinchidan, kirish imtihonlari, ya’ni test sinovlari eskirgan bo‘lib, asosan yodlash va xotirada

saqlash qobiliyatiga asoslangan. Bu ayniqsa, ijtimoiy va tabiiy fanlar yo‘nalishlarida keng
tarqalgan. Test sinovlari nomzodning dunyoqarishi, mantiqiy fikrlash qobiliyatlari, umuman
olganda sof bilim darajasini belgilab bera olmaydi.

Ikkinchidan, test sinovlariga talabalardan ko‘p ma’lumotlarni yodlash talab etilgani ularni o‘z

bilimlariga ishonmaslikka, imtihon adolatli bo‘lmasligi haqida tasavvurlar shakllanishiga olib


background image

80

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 11-SON (YOʻITJ)

kelmoqda va bu ularni, ota-onalarni o‘qishga kirishda noqonuniy yo‘llaridan foydalanishga
undamoqda.

Uchinchidan, mamlakatimizda kirish imtihonlari kompyuter texnologiyalari asosida

o‘tkazilmaydi, talaba o‘z imtihon natijasini ma’lum muddat o‘tgandan so‘ng biladi. Imtihonlar
natijalarini tekshirish inson omiliga bog‘liqligi, albatta, korrupsiyaviy holatlarga sabab bo‘ladi.

To‘rtinchidan, kirish test sinovlari video tasvirga olinayotgan bo‘lsada, ayrim ijodiy

imtihonlarni tasvirga olish, uni saqlash talablari umuman mavjud emas. Sport, amaliy san’at
bo‘yicha imtihonlar sifatli video tasvirga olinmagani sababli arizalarni to‘liq o‘rganish
imkoniyati bo‘lmayapti.

Beshinchidan, mamalakatimizda oliy ta’limning qamrov darajasi past bo‘lib, 2019 yilda bu

ko‘rsatkich 20 foizni tashkil etmoqda va raqobat kuchliligi nomzodlarni barcha
imkoniyatlardan foydalanishga undamoqda.

Oltinchidan, imtihonlarni qisqa muddatda juda ko‘p nomzodlar ishtirokida o‘tkazilishi

nazorat sifatiga salbiy ta’sir qilib, korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etishga imkon
yaratmoqda.

Yettinchidan, DTMni nazorat qilish tartib va qoidalari aniq belgilanmagani sababli DTM

faoliyatida hisobdorlik, ochiqlik va oshkoralik mavjud emas.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

SH.M.Mirziyoyev,

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining

26 yilligiga

bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruza, 2018 yil

7 dekabr.

2.

SH.M.Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga yo‘llagan murojaatnomasi,

2020 24 yanvar.

3.

Korrupsiyaga

qarshi kurash

bo‘yicha

Respublika Idoralararo

komissiyaning yig‘ilish bayoni, “Oliy ta’lim sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish va
qonuniylikni ta’minlashga doir masalalar” – 2019 yil

18 yanvar.

4.

O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlar ma’lumotlari milliy bazasi, 2019 y.,

06/19/5847/3887-son.

5.

Osipian A. “Glossary of Higher Education Corruption with Explanations”, 2009, p – 26.

http://people.vanderbilt.edu/~ararat.osipian.

http://www.osvita.org

6.

Trivunovic M and others, “Developing an NGO corruption risk management system:

7.

Considerations for donors”, U4 Issue, 2019, p – 6. Monica K, “Education sector

corruption: How to assess it and ways to address it” U4 Issue, 2019, p – 28.

Библиографические ссылки

SH.M.Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruza, 2018 yil 7 dekabr.

SH.M.Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga yo‘llagan murojaatnomasi, 2020 24 yanvar.

Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Respublika Idoralararo komissiyaning yig‘ilish bayoni, “Oliy ta’lim sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish va qonuniylikni ta’minlashga doir masalalar” – 2019 yil 18 yanvar.

O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlar ma’lumotlari milliy bazasi, 2019 y., 06/19/5847/3887-son.

Osipian A. “Glossary of Higher Education Corruption with Explanations”, 2009, p – 26. http://people.vanderbilt.edu/~ararat.osipian. http://www.osvita.org

Trivunovic M and others, “Developing an NGO corruption risk management system:

Considerations for donors”, U4 Issue, 2019, p – 6. Monica K, “Education sector corruption: How to assess it and ways to address it” U4 Issue, 2019, p – 28.