Авторы

  • Lola Radjapova
    O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi katta o‘qituvchisi, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
  • Gulzira Saydullayeva
    O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi kursanti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yoitj.56681

Ключевые слова:

Kvadrobika psixologik sabablar jamiyat bolalar va o‘smirlar kvadrobikaning xavflilik darajasi.

Аннотация

Ushbu maqolada kvadrobika tushunchasi va uning shakllanishi o‘rganildi. Shuningdek, kvadrobikaning psixologok sabablari va unga qiziqishning oqibatlari tahlil qilindi. Jamiyat uchun xavflilik jihatlari yuzasidan ayrim fikrlar o‘rganildi.


background image

57

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 12-MAXSUS SON (YOʻITJ)

“KVADROBERLAR” JAMIYAT UCHUN QANCHALIK XAVFLI

Radjapova Lola Nuriddinovna

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Jinoyat-protsessual huquqi

kafedrasi katta o‘qituvchisi, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori

(PhD)

Saydullayeva Gulzira Obidxon qizi

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi kursanti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14208092

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 9-noyabr 2024 yil

Ma’qullandi: 10-noyabr 2024 yil
Nashr qilindi: 14-noyabr 2024 yil

Ushbu maqolada

kvadrobika tushunchasi va uning

shakllanishi o‘rganildi. Shuningdek, kvadrobikaning
psixologok sabablari va unga qiziqishning oqibatlari
tahlil qilindi. Jamiyat uchun xavflilik jihatlari
yuzasidan ayrim fikrlar o‘rganildi.

KEY WORDS

Kvadrobika, psixologik sabablar,
jamiyat, bolalar va o‘smirlar,
kvadrobikaning xavflilik darajasi.

O‘sib ulg‘ayib kelayotgan yosh avlod kelajagimiz, ertangi kunimizning poydevori

hisoblanadi. Ayniqsa ular uchun mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar va ta’lim
tizimidagi qulayliklar hamda ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida
o‘tkazilayotgan turli xil sport to‘garaklari madaniy va ma’rifiy tadbirlar bularning barchasi
ularning ertangi kuni porloq bo‘lishi va mamlakatimiz nomini barrala dunyoga tanitish
maqsadida amalga oshirilmoqda.

Shunday bo‘lsa-da, yaratilayotgan sharoitlar va imkoniyatlardan oqilona foydalanish

o‘rniga yildan yilga yoshlarimiz va o‘smirlarimiz o‘rtasida turli ko‘rinishdagi salbiy xatti-
harakatlar ham avj olib bormoqda. Bunday salbiy xatti-harakatlardan biri kvadroberlik bo‘lib,
oxirgi paytlarda O‘zbekistonda kvadroberlar harakati paydo bo‘lgani haqida shov-shuv
ko‘tarildi. Bu harakat ixlosmandlarini dunyodagi eng yovuz odamlarga mengzashdi.

Kvadroberlik o‘zi nima?!

Kvadrobika (inglizcha - quadrobists, quadrobers, bu atama

aslida lotincha quattuor — to‘rt va inglizcha aerobics — aerobika so‘zlaridan olingan) – bu
hayvonlarning xatti-harakatlari va odatlariga taqlid qiluvchi odamlarning, asosan bolalar va
o‘smirlarning ijtimoiy harakati bilan tavsiflangan hodisa. Ular mushuk yoki it kabi
hayvonlarning kostyumlari va niqoblarini kiyib, to‘rt oyoqlab yurishadi[1].

Kvadrobika – submadaniyat, trend yoki norasmiy sport. Ommaviy axborot vositalari

unga shunday taʼrif bersa-da, uning aniq nima ekanini hali bir soʻz bilan ifodalab boʻlmaydi.
Jamoatchilik bu borada turli fikrlilarga ajraladi: baʼzilar uni zararsiz xobbi desa, boshqalar
qatʼiyan potensial xavf sifatida baholamoqda [2].

Dastavval ushbu ko‘rinishdagi bolalar va yoshlar o‘rtasidagi xatti-harakatlar Yaponiyada

paydo bo‘lgan. 2008-yilda yuguruvchi Kenichi Ito 100 metr masofani to‘rt oyoqda 18,58
soniyada bosib o‘tib, rekord natijani qayd etadi. U mashq qilishni to‘xtatmasdan anchagina
harakatlardan so‘ng yana 15,71 soniyada 100 metrga yugurib, Ginnesning rekordlar kitobiga
kiradi. Ammo to‘rtta subkultura keyinchalik AQShda rivojlandi va mo‘ynali jamoalarning
mashhurligi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib boradi.


background image

58

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 12-MAXSUS SON (YOʻITJ)

Bugungi kunga kelib esa ushu kvadrobiklar o‘smirlar o‘rtasida ommalashib ketdi va shu

kabi voqealar Qozog‘iston, Rossiya va Ukraina yoshlari orasida ham kuzatilgan. Qayd
etilishicha, bunday nomaqbul harakatlar respublikamizda ham kuzatilmoqda. Ushbu
harakatning paydo bo‘lishi uning psixologik ildizlari va jamiyat uchun oqibatlari haqida
odamlarda qiziqish uyg‘otishi va savollar tug‘dirishi tabiiy[3].

Kvadroberlikning psixologik sabablari.

Kvadroberika o‘z-o‘zini ifoda etish va o‘zligini

(identifikatsiyasini) izlash usuli sifatida qarash mumkin, bu ayniqsa o‘smirlar uchun muhim.
Bu yoshda ular ko‘pincha o‘z “men”ni izlaydi, boshqalardan ajralib turishga va o‘zlarining
individualligini namoyish qilishga intilishadi. Hayvonlarning xatti-harakatlariga taqlid qilish
orqali ular o‘zlarining his-tuyg‘ularini oddiy inson roliga qaraganda erkinroq ifoda etishlariga
ishonishadi.

Ushbu holatlar ekspert va psixologlar tomonidan o‘rganib chiqilganda bolaning xulq

atvorida turli o‘zgarishlar namoyon bo‘lganligi va bu ruhiyatiga ham ta’sir qilganligi aytib
o‘tilgan. Kvardrober bolalar hayvonlarning tovushlarini chiqarishi va odatlarini takrorlashlari
mumkin, ba’zilari esa hatto mushuklarning ovqatini yeyishadi va tishlaydilar. Qoida
tariqasida, bularning barchasi ochiq havoda, guruhlar ishtirokida bo‘ladi. Hattoki bunday
bolalar ko‘chalarda odamlarni tishlab olishi holatlari ham kuzatilgan. Va bundan tashqari
ushbu turdagi bolalar o‘zlariga turli xildagi hayvvonlarning niqoblarini yasab olib ularni kiyib
sur’atlarga tushishlari va hayvvonlarga xos bo‘lgan xatti-harakatlar qilishlari kuzatilgan[4].

Kvadroberika qiziqishning ehtimoliy sabablaridan biri – bu shafqatsiz reallik va jamiyat

bosimidan (societal pressure) qochish istagi bo‘lishi mumkin. Hayvonlarga taqlid qiladigan
xulq-atvor bolalarga jamiyat qoidalari va talablari unchalik qat’iy belgilanmagan muhitda
o‘zlarini xavfsizroq va tushunarliroq his qilishlariga imkon beradi. Bundan tashqari, bu
harakatga oid bo‘lish – stressdan xalos bo‘lish yoki ichki nizolarni hal qilish uchun ham xizmat
qilishi mumkin[5].

Mutaxassislar tomonidan bolaga yetarli darajada to‘g‘ri tarbiya berilmaganligi, bolaga

bo‘lgan e’tiborning kamligi natijasida bola e’tibor va mehrga muruvvatga muhtoj bo‘lib
qolganligi, oiladagi ota-ona yoki yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi munosabatlar yomonligi, ota-
ona o‘rtasidagi doimiy tarzida bolaning ko‘z oldida bo‘lib turadigan janjallar va bolalarning
yoshligidan olingan ruhiyatidagi buzilishlar va ular keyinchalik katta bo‘lganlaridan so‘ng ham
jamiyatda o‘z o‘rnini topa olmasliklari, yoshligida ilk olgan bilimlari tog‘ri va yetarli
bo‘lmaganligi va boshqa turdagi sabab va shart-sharoitlar keltirib o‘tilgan. Ekspertlar
fikricha,“kvadrober”lik bola o‘ziga hayvonlarning agressiv harakatlarini qabul qilishiga, o‘zini
va atrofdagilarni jarohatlashiga, bolaning hali to‘la shakllanmagan psixikasiga zarar yetishiga
hamda uning jamiyatdan ajratilib qolishiga olib kelishi mumkin[6].

Kvadroberlar uchun ularning harakatlari bir nechta maqsadlarga ega bo‘lishi mumkin:

1.

O‘zini namoyon qilish va kreativlik: hayvonlarning liboslari va xatti-harakatlari orqali

ular o‘z shaxsiyati va ijodiy g‘oyalarini ifoda etishlari mumkin.
2.

Jamoa tashkil etish, ijtimoiy yakdillik: kvadrobing ko‘pincha o‘xshash qiziqishlarga ega

odamlarni birlashtiradi. Ishtirokchilarning bir-birini qo‘llab-quvvatlashi va o‘zaro g‘amxo‘rlik
qilishi – kuchli ijtimoiy birdamlikni yaratadi.
3.

Ijtimoiy tashvishni yengish: ba’zi bolalar muloqot qilishda qiyinchiliklarga duch kelishi

mumkin va ular rol o‘ynaydigan hayvonlar orqali boshqalar bilan qulayroq muloqot qilish
yo‘lini topishadi. Ya’ni bola o‘z meni orqali muloqot qilishdan uyalsa, o‘z so‘zlari va harakatlari


background image

59

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 12-MAXSUS SON (YOʻITJ)

uchun javobgarlikdan qochsa, o‘zini shu hayvonlar orqali taqdim etadi. “Men emas,
mushukcha gapiryapti yoki yuguryapti” qabilida fikrlash unga ruhiy komfort bag‘ishlaydi.

Kvadroberlikka qiziqish

– bolalarning ularga yetishmayotgan qo‘llab-quvvatlash va

bor holicha qabul qilishlariga intilishlari bilan bog‘liq. Buni oilasida yoki do‘stlari davrasida
topmagan bolalar shu kabi jamolarning a’zosi bo‘lishga intilishadi. Ular bu jamoada o‘z
hamfikrlarini topishadi, bu ularga o‘zlarini kattaroq narsaning bir qismidek his qilishlariga va
yolg‘izlik hamda tushunmovchilik tuyg‘usidan xalos bo‘lishga yordam beradi. Bu, shuningdek,
yoshlarga xos “isyonkorlik” ambitsiyalarini qondirish, jamiyat tomonidan o‘rnatilgan
an’anaviy me’yorlar va kutilmalarga qarshi norozilik vositasi sifatida shunday jamoalarga
qo‘shilishni tanlashlariga sabab bo‘ladi.

Kvadrobikaning xavflilik darajasi haqida rossiyalik mutaxassislar shunday deydi:“Agar

zamonaviy bolalar kvadrobikaga sport-oʻyin sifatida yondashsa, bu xavfli emas. Sportda
yaxshi natija koʻrsatish uchun hayvonlar kabi harakatlanishni oʻrganish – yaxshi amaliyot.
Ulardan elastik harakatlarni, toʻgʻri sakrashni oʻrganib, yaxshi natijalar koʻrsatish mumkin.
Boshqa jihatdan, bolaning miyasi 8-14 yoshlar oraligʻida juda plastik boʻlib, unda yangi neyron
aloqalar oson rivojlanadi. Bu yangi bilimlarni oʻrganib, oʻzlashtirish uchun ajoyib davr
sanaladi. Muammolar esa bola mashgʻulot chegarasini kesib oʻtganida boshlanadi: u
hayvonning oʻziga va atrofdagilarga ham jismoniy zarar yetkazishi mumkin boʻlgan
tajovuzkor harakatlarini ham oʻzlashtira boshlaydi. Bunda aniq kardinal farq boʻladi: birida
hayvon obrazini yaratish, ikkinchisida esa oʻzini hayvon deb bilish”[7].

Bolalar va o‘smirlar o‘rtasida sodir bo‘lib ommalashib ketayotgan kvardroberlikni oldini

olish va ularga qarshi kurashish uchun qat’iy va keskin choralar ko‘rilishi kerak . Chunki
bolalar o‘zining xatti-harakatlarini to‘liq anglab yetmaganliklari uchun ham ularga nisbatan
tushuntirish ishlarini olib borish ularni ya’ni ushbu turdagi “o‘yin”ga berilib ketgan va taqlid
qilayotgan bolalarni tibbiy ko‘riklardan o‘tkazish va ular bilan psixologlar huzurida yakka
tartibda suhbatlar olib borish, ularni ota-onalariga ham tegishli tartibda choralar ko‘rish
lozim.

Garchan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 77-moddasida ota-onalar o‘z

farzandlarini voyaga yetguniga qadar boqishi, ularning tarbiyasi, taʼlim olishi, sog‘lom,
to‘laqonli va har tomonlama kamol topishi xususida g‘amxo‘rlik qilishga majbur ekanliklari,
shuningdek, “Taʼlim to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, voyaga yetmagan taʼlim oluvchilarning
ota-onasi bolaning o‘qishi, tarbiyalanishi, jismoniy, maʼnaviy va intellektual rivojlanishi uchun
masʼul ekanliklari. Voyaga yetmagan taʼlim oluvchilarning ota-onasi o‘z bolalarini
insonparvarlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, maʼnaviy, milliy va umuminsoniy
qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalashi shart ekanliklari aytib o‘tilgan. Bundan
tashqari bolani davolash va hayotga qaytarish maqsadida ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish
markazlariga joylashtirish va boshqa turdagi turli profilaktik chora tadbirlarni olib borishlari
lozim[8].

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak har bir rivojlanib kamol topib kelayotgan yosh avlodning

to‘g‘ri hamda sifatli ta’lim olishi va ularning ommaviy madaniyat deb ataluvchi tuzoqqa tushib
qolmasliklari juda muhim hiosblanadi.

REFERENCES:

1.

Internet manba:https://uz.wikipedia (murojaat vaqti: 02.11.2024 y )


background image

60

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 12-MAXSUS SON (YOʻITJ)

2.

Рудевич И.. “Что такое квадробика: спорт это или нет. Почему квадробику хотят

запретить в России” Elektron manba: https://iz.ru/1729910/naina-kurbanova/zhivotnyi-
sport-pochemu kvadrobiku-khotiat-zapretit-v-rossii (murojaat vaqti: 02.11.2024 y )
3.

Oyina.uz. “Submadaniyat, trend yoki sport – kvadrobika oʻzi nima? U qanday

ommalashmoqda?” Elektron manba: https://oyina.uz/uz (murojaat vaqti: 02.11.2024 y )
4.

Internet manba: https://platina.uz/(murojaat vaqti: 02.11.2024 y )

5.

5.“Kvadrobika. Bolalar hayvonlashyaptimi?” Elektron manba: https://kun.uz/(murojaat

vaqti: 02.11.2024 y )
6.

Пономарёва Н.. “Кто такие квадроберы, или Зачем подростки притворяются

животными?” Elektron manba: https://chulymgazeta.ru (murojaat vaqti: 02.11.2024 y )
7.

Kvadroberlik

o‘zi

nima?

Uning

psixologik

jihatlari//

Elektron

manba:

https://platina.uz/(murojaat vaqti: 02.11.2024 y )
8.

Yangi tahrirdagi O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi // Elektron

9.

manba: www.lex.uz

Библиографические ссылки

Internet manba:https://uz.wikipedia (murojaat vaqti: 02.11.2024 y )

Рудевич И.. “Что такое квадробика: спорт это или нет. Почему квадробику хотят запретить в России” Elektron manba: https://iz.ru/1729910/naina-kurbanova/zhivotnyi-sport-pochemu kvadrobiku-khotiat-zapretit-v-rossii (murojaat vaqti: 02.11.2024 y )

Oyina.uz. “Submadaniyat, trend yoki sport – kvadrobika oʻzi nima? U qanday ommalashmoqda?” Elektron manba: https://oyina.uz/uz (murojaat vaqti: 02.11.2024 y )

Internet manba: https://platina.uz/(murojaat vaqti: 02.11.2024 y )

“Kvadrobika. Bolalar hayvonlashyaptimi?” Elektron manba: https://kun.uz/(murojaat vaqti: 02.11.2024 y )

Пономарёва Н.. “Кто такие квадроберы, или Зачем подростки притворяются животными?” Elektron manba: https://chulymgazeta.ru (murojaat vaqti: 02.11.2024 y )

Kvadroberlik o‘zi nima? Uning psixologik jihatlari// Elektron manba: https://platina.uz/(murojaat vaqti: 02.11.2024 y )

Yangi tahrirdagi O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi // Elektron

manba: www.lex.uz