39
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 12-MAXSUS SON (YOʻITJ)
TERGOVGA QADAR TEKSHIRUVDA NARSA VA
HUJJATLARNI TAQDIM ETISHNING O‘ZIGA XOS
XUSUSIYATLARI
Sayfullayev O‘lmasjon Shavkat o‘g‘li
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi
mustaqil izlanuvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14208055
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 9-noyabr 2024 yil
Ma’qullandi: 10-noyabr 2024 yil
Nashr qilindi: 14-noyabr 2024 yil
Ushbu maqolada tergovga qadar tekshiruv bosqichida
narsa va hujjatlarni taqdim etishning tartibiga oid
qoidalar haqida fikr-mulohazalar yuritiladi hamda
takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar beriladi.
KEY WORDS
Tergovga qadar tekshiruv, tergov
harakati,
taqdim
etish,
bayonnoma, tilxat, hujjat, narsa
va hujjat.
Mamlakatimizda o‘tgan davr mobaynida fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya
qilish hamda qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasida
2017–2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha “Harakatlar
strategiyasi” doirasida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etishga
qaratilgan bir qancha salmog‘li chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Mazkur “Harakatlar strategiyasi”ning mantiqiy hamda uzviy davomi sifati o‘laroq
prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev tomonidan 2022-yil 28-yanvar kuni “2022–2026-yillarga
mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli
1
Farmon
imzolandi. Ushbu “Taraqqiyot strtegiyasi”da yettita asosiy ustuvor yo‘nalishlar belgilangan
bo‘lib, aynan uning ikkinchi yo‘nalishi “mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi
tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish” deb, nomlanishi alohida
ahamiyatga molikdir.
Mazkur yo‘nalish doiasida bir qancha maqsadlar ilgari surilgan bo‘lib, ularning eng
asosiylaridan biri – Jinoyat, jinoyat-protsessual va jinoyat ijroiya qonunchiligini
takomillashtirish siyosatini izchil davom ettirish, jinoiy jazolar va ularni ijro etish tizimiga
insonparvarlik tamoyilini keng joriy etishdir.
Jinoyat-protsessul kodeksining (keying o‘rinlarda JPK) 320
1
-moddasiga muvofiq, ishni
sudga qadar yuritish tergovga qadar tekshiruvni va jinoyat ishini tergov qilishni o‘z ichiga
oladi
2
.
Tergovga qadar tekshiruv jinoyat protsessining dastlabki bosqichlaridan biri bo‘lib,
jinoyatlarni tez va to‘la ochish, qonuniylikni mustahkamlash, shaxs, jamiyat va davlat
https://lex.uz/uz/docs/-5841063
40
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 12-MAXSUS SON (YOʻITJ)
manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadigan ishni sudga yuritishning eng
asosiy shaklidir.
Tergovga qadar tekshiruv deganda, jinoyatchilikka qarshi kurashish vazifalarini
bajarishga qaratilgan, Jinoyat-protsessual kodeksi bilan tartibga solingan, tergovga qadar
tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar tomonidan jinoyatning oldini olish yoki unga yo‘l
qo‘ymaslik, dalillarni to‘plash va saqlash, jinoyat sodir etishda gumon qilinganlarni ushlash va
yashiringan gumon qilinuvchilarni qidirib topish, jinoyat tufayli yetkazilgan moddiy zararning
qoplanishini ta’minlash uchun kechiktirib bo‘lmas tergov va boshqa barcha harakatlarni
o‘tkazish faoliyatidan iborat bo‘lgan ishni sudga qadar yuritishning alohida shakli tushuniladi.
JPKning 320
2
-moddasiga ko‘ra
3
, tergovga qadar tekshiruv
jinoyatga oid arizalar,
xabarlar va boshqa ma’lumotlarni tekshirish, ularni ko‘rib chiqish natijasi yuzasidan qaror
qabul qilishga doir tadbirlarni, shuningdek ish uchun ahamiyatli bo‘lishi mumkin bo‘lgan
jinoyat izlari, narsalar va hujjatlarni mustahkamlash va saqlashga doir choralarni o‘z ichiga
oladi.
Tergovga qadar tekshiruv jinoyatga oid arizalar, xabarlar va boshqa ma’lumotlar qabul
qilingan paytdan boshlanadi.
Tergovga qadar tekshiruv tushunchasiga yana bir olim tomonidan berilgan ta’rif mavjud
bo‘lib, unga ko‘ra jinoyat haqidagi ariza, xabar yoki boshqa ma’lumotni ro‘yxatga olish hamda
jinoyat ishini qo‘zg‘atish sababi qonuniyligini va asoslar mavjudligini aniqlash maqsadida
ayrim tergov va protsessual harakatlarini o‘tkazish, olingan yoki aniqlangan ma’lumotlardan
kelib chiqib, jinoyat ishi qo‘zg‘atish yoki ish qo‘zg‘atishni rad etish haqida qaror qabul qilish
jarayoni tushuniladi
4
, deb qayd etilgan.
D.M. Mirazovning fikricha, tergovga qadar tekshiruv jinoyat protsessining birlamchi
bosqichi bo‘lib, unda jinoyatlar to‘g‘risidagi ariza, xabar va boshqa ma’lumotlar tekshirilishi va
jinoyat ishini qo‘zg‘atish yoki qo‘zg‘atmaslik masalasi hal etiladi
5
. Ushbu bosqichda jinoiy
qilmish natijasida jabrlangan fuqarolarning qonuniy manfaatlarini muhofaza qilishni amalga
oshirish jarayoni boshlanadi
6
.
Tergovga qadar tekshiruv jarayoni JPKning 329-moddasida belgilangan tartibga ko‘ra
amalga oshiriladi. Ya’ni jinoyatga oid arizalar, xabarlar va boshqa ma’lumotlar ro‘yxatga
olinishi va darhol, jinoyat ishini qo‘zg‘atish uchun sabab qonuniyligini va asoslar yetarli
ekanligini tekshirish zarurati bo‘lgan taqdirda esa, o‘n sutkadan kechiktirmasdan hal qilinishi
lozim. Ushbu muddat jinoyatga oid arizalar, xabarlar va boshqa ma’lumotlar olingan paytdan
boshlab hamda to ishni qo‘zg‘atish yoki qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risida qaror chiqarilguniga
qadar yoxud tergovga qadar tekshiruv materiallari JPKning 587-moddasiga muvofiq
prokurorga yuborilguniga qadar bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oladi
7
.
JPKning 329-moddasi birinchi qismida ko‘rsatilgan muddat ichida tergovga qadar
tekshiruv o‘tkazilib, uning davomida qo‘shimcha hujjatlar, tushuntirishlar talab qilib olish,
shuningdek shaxsni ushlab turish ushbu Kodeks 162-moddasining
muvofiq
https://lex.uz/docs/-111460#-254507
4
Jinoyat-protsessual huquq: Darslik (yuridik fanlar doktori, professor M.A. Rajabova tahriri ostida. To‘ldirilgan
va qayta ishlangan uchinchi nashri). – T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2019. – B. 20.
5
Mirazov D.M. Dastlabki tergov idoralari faoliyati ustidan kontrol va nazoratni takomillashtirishning nazariy,
tashkiliy va protsessual jihatlari: Yurid. fan. d-ri. dis. ... avtoref. – T., 2016. – B 128.
6
Mirazov D.M. Tergovga qadar tekshiruv o‘tkazish asoslari, tartibi va xususiyatlari: O‘quv qo‘llanma. – T.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2016. – B. 4.
41
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 12-MAXSUS SON (YOʻITJ)
shaxsiy tintuv va olib qo‘yish, hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish, ekspertiza
o‘tkazish, taftish tayinlash, tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish haqida topshiriqlar berish
mumkin. Tergovga qadar tekshiruv vaqtida boshqa tergov harakatlarini o‘tkazish man
qilinadi
8
.
Tergovga qadar tekshiruv davomida fuqarolar, shuningdek korxonalar, muassasalar,
tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari o‘z ixtiyorlariga ko‘ra ish uchun
ahamiyatga molik bo‘lgan narsalarni tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi
mansaabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki prokurorga taqdim qilishlari mumkin.
Narsa va hujjatlarni taqdim etish tergov harakatining protsessual tartibi JPKning 24-
bobiga asosan amalga oshiriladi. Mazkur tergov harakatini faqat jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandan
so‘nggina o‘tkazish mumkin. Ammo bugungi kun tergovga qadar tekshiruv amaliyotida narsa
va hujjatlarni taqdim etishning ayrim ko‘rinishlari uchrab turibdi. Chunki qonun chiqaruvchi
tergovga qadar tekshiruv davomida narsa va hujjatlani taqdim etishning turi sifatida
qo‘shimcha hujjatlarni talab qilib olishga JPKning 329-moddasi 2-qismiga muvofiq ruxsat
beryapti.
Jinoyat-protsessual huquqining ilmiy-nazariy jihatidan yondashadigan bo‘lsak, yuridik
fanlari doktori, professor B.N. Rashidov taqdim etish harakatini ikki xususiyatiga ko‘ra
quyidagi turlarga ajratadi:
1.
Taqdim etiladigan obyektga ko‘ra;
2.
Tashabbus subyektiga ko‘ra.
Taqdim etiladigan obyektga ko‘ra ikki turga bo‘linadi:
1.
Narsalarni taqdim etish;
2.
Hujjatlarni taqdim etish.
Tashabbus subyektiga ko‘ra ham o‘z o‘rnida ikkiga bo‘linadi:
1.
Narsa va hujjat egasining tashabbusiga ko‘ra taqdim etish;
2.
Surishtiruvchi, tergovchi yoki sudning talabiga ko‘ra taqdim etish.
9
Tergovga qadar tekshiruvning JPKda belgilangan tartibiga qarab fikr yuritadigan bo‘lsak,
narsa va hujjatlarni taqdim etishning aynan o‘zini amalga oshirish mumkinligi JPKda
ko‘rsatilmasada, biroq uning faqatgina taqdim etilgan obyektga ko‘ra hujjatlarni, tashabbus
subyektiga ko‘ra esa tergovga qadar tekshiruvni yuritishga mas’ul mansabdor shaxsning
talabiga ko‘ra taqdim etish turini amalga oshirish mumkin.
O‘z-o‘zidan savol tug‘iladiki, nega narsa va hujjatlarni taqdim etishning boshqa turlarini
amalga oshirish mumkin emas?
Bu haqida yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent M.D. Botayevning fikricha,
tergovga qadar tekshiruv jarayonida taqdim etilgan narsa va hujjatlar qonunda belgilangan
tartibda to‘g‘ri rasmiylashtirilishini ta’minlash maqsadida ushbu tergov harakatini o‘tkazish
vakolatini tergovga qadar tekshiruv organi mansabdor shaxsiga berish va ushbu tergov
harakatini jinoyat ishini qo‘zg‘atishdan oldin o‘tkaziladigan tergov harakatlari ro‘yxatiga
qo‘shish maqsadga muvofiq bo‘ladi, chunki tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilayotgan vaqtda
https://lex.uz/docs/-111460#-254507
9
Jinoyat-protsessual huquqi. Umumiy qism. Darslik. // Mualliflar jamoasi. // yuridik fanlar doktori, professor
G.Z. To‘laganova va yuridik fanlari nomzodi, dotsent S.M.Raxmonovalarning umumiy tahriri ostida – Toshkent:
TDYU nashriyoti, 2017. – B. 289.
42
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 12-MAXSUS SON (YOʻITJ)
talab qilib olish mumkin bo‘lgan joyda, ixtiyoriy taqdim etilgan narsani olish mantiqan to‘gri
bo‘ladi
10
.
Yuqoridagilardan kelib chiqib xulosa qiladigan bo‘lsak, JPKning
329-moddasi 2-qismini quyidagi moddalarini yangi tahrirda bayon etish, ya’ni “Ushbu
modda birinchi qismida ko‘rsatilgan muddat ichida tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilib, uning
davomida tushuntirishlar talab qilib olish, shuningdek shaxsni ushlab turish ushbu Kodeks
162-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq shaxsiy tintuv va olib qo‘yish, hodisa sodir bo‘lgan
joyni ko‘zdan kechirish,
narsa va hujjatlarni taqdim etish,
ekspertiza o‘tkazish, taftish
tayinlash, tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish haqida topshiriqlar berish mumkin. Tergovga
qadar tekshiruv vaqtida boshqa tergov harakatlarini o‘tkazish man qilinadi” lozim bo‘ladi.
10
Botayev M. D. Tergovga qadar tekshiruv institutini takomillashtirish: Yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori
(PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. – T., 2020. – B 136.