Авторы

  • Norqul Toshtemirov
    O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi katta o'qituvchisi
  • Diyora Sayfiddinova
    O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi kursanti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yoitj.56715

Ключевые слова:

G‘ayriijtimoiy xulq-atvor aktiv harakat passiv harakat profilaktika determinatsiya huquqbuzarlik.

Аннотация

Ushbu maqola orqali bugungu kunda sodir etilayotgan huquqbuzarliklarga imkon berayotgan shaxdagi g’ayriijtimiy xulq-atvor va uni ko’rinishlari haqida batafsil yoritilinib o’tiladi. Bundan tashqari shaxsdagi xulq- atvorni aniqlashda qo’llaniladigan psixalogik bilimlar va ularni tasnifi ko’rsatilinib o’tilgan.


background image

47

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 12-MAXSUS SON (YOʻITJ)

SHAXSDAGI G‘AYRIIJTIMOIY XULQ-ATVORNI ANIQLASH

VA UNING PROFILAKTIKASINI TASHKIL ETISH

Toshtemirov Norqul

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi

Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi katta o'qituvchisi

Sayfiddinova Diyora Akmal qizi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

Akademiyasi kursanti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14208069

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 9-noyabr 2024 yil
Ma’qullandi: 10-noyabr 2024 yil

Nashr qilindi: 14-noyabr 2024 yil

Ushbu maqola orqali bugungu kunda sodir etilayotgan
huquqbuzarliklarga imkon berayotgan shaxdagi
g’ayriijtimiy xulq-atvor va uni ko’rinishlari haqida
batafsil yoritilinib o’tiladi. Bundan tashqari shaxsdagi
xulq- atvorni aniqlashda qo’llaniladigan psixalogik
bilimlar va ularni tasnifi ko’rsatilinib o’tilgan.

KEY WORDS

G‘ayriijtimoiy xulq-atvor, aktiv
harakat,

passiv

harakat,

profilaktika,

determinatsiya,

huquqbuzarlik.

Bugungi shiddat bilan rivojlanib borayotgan mamlakatimizda qonun ustuvorligi, inson

qadri, uning sha‘ni va qadr-qimmati yuqori darajaga ko’tarilib kelinmoqda. Yangi tahrirdagi
Konstitutsiyamizning 26-moddasida ham “insonning sha’ni va qadr-qimmati daxlsizdir. Hech
narsa ularni kamsitish uchun asos bo‘lishi mumkin emas”-deb, alohida ta’kidlab o‘tilgan[1,7].
Insonning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitish uchun asos bo‘ladigan xatti-harakatlarni sodir
etish tegishli tartibda ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikni[4] keltirib chiqarishi mumkinligi
qonunchiligimizda

belgilanganligining

o‘zi

shaxsning

huquq

va

erkinliklari

kafolatlanganligidan dalolat beradi. Mamlakatimizda shaxsning huquqlari, erkinliklari va
qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida ulkan islohotlar olib borilmoqda. So’nggi
yillarda amalga oshirilgan barcha islohotlar tom ma‘noda “Inson qadri uchun” tamoyilining
asosini tashkil etib kelmoqda. Buni eng avvalo mamlakatimizdagi ijtimoiy sohaga bo’lgan
e‘tibor ham kundan kunga ortib borayotganini anglatadi. Albatta yurtimizda qonun
ustuvorligiga asoslangan fuqorolik jamiyatini barpo etishda turli darajadagi huquqbuzarliklar
va jinoyatchilikka nisbatan ham jiddiy kurash olib borilmoqda. Bunda eng avvalo shaxsda
mavjud bo’lgan g’ayriijtimoiy xulq-atvorni aniqlash va uni bartaraf etish katta masala sifatida
qaraladi. Taniqli yozuvchimiz Tohir Malik qalamiga mansub bo’lgan ‘’Alvido bolalik’’ asrida
“Hech kim jinoyatchi bo’lib tug’ilmaydi, bolani atrof-muhit, jamiyatdagi turli illatlar
jinoyatchiga aylantiradi” deb aytib o’tgan[8]. Darhaqiqat shaxsda eng avvalo g’ayriijtimoiy
xulq-atvor shakillanishi bolalikdan beriladigan tarbiyaga ham bog’liq hisoblanadi. Bu
jarayonda bolani ota-onasi, yaqinlari va atrof muhitni ham ta‘siri katta. Ichki ishlar organlari
tomonidan ushbu turdagi shaxslar bilan ishlash, ularni to’g’ri yo’lga qaytarish va qaytadan
boshqa bunday harakatlarni sodir etishini oldini olish muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.

Xususan, mana shunday g’ayriijtimoiy xulq-atvorga ega shaxslarni aniqlash hamda

ularni to’gri turmush tarziga o’tkazish bilan asosan hududlarda profilaktika inspektorlari


background image

48

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 12-MAXSUS SON (YOʻITJ)

shug’ullanadi. shunday ekan, shaxsdagi g’ayriijtimoiy xulq-atvorni aniqlash va uni
profilaktikasini tashkil etishda profilaktika inspektorlari tomonidan eng avvalo insonlar bilan
ishlash jarayonini mukammal bilish talab etiladi. Inson xulqi murakkab va ko’p qirrali hodisa
bo’lib, uni o’rganishda tizimli yondashuv va ehtimol tutilgan jarayonlar haqidagi zamonaviy
tasavvurlarga ega bo’lish talab qilinadi. Har bir axloqiy hodisaning mohiyati shaxs xulqi bilan
bevosita bog’liq.

2014-yil 14-mayda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar

profilaktikasi to’g’risida’’gi 371-sonli qonunining 3-moddasida asosiy tushunchalar ko’rsatilib
o’tilgan bo’lib, unda shaxsdagi g’ayriijtimoiy xulq-atvorga ham ta’rif berilgan[2]. Unga ko’ra:

G’ayriijtimoiy xulq-atvor – shaxsning jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor normalari va

qoidalarini buzuvchi turmush tarzi, harakati yoki harakatsizligi.

Shaxsdagi g’ayriijtimiy xulq-atvorni aniqlashda eng samarali yo’llardan biri ham bu

suhbat olib borish bilan amalga oshiriladi. Bundan tashqari shaxsni yashash sharoiti, uni o’rab
turgan atrof muhitidagi holat va yana boshqa bir qancha yo’nalishlarda o’rganish ishlari olib
borish talab etiladi. An‘anaga ko’ra, g’ayriijtimoiy xulq sabablari ikki guruhga ijtimoiy va
biologik sabablarga ajratiladi. Biroq axloq-odob me’yorlaridan og’uvchi xulqning ko’plab
ko’rinishlarini tahlil qilish mazkur muammoni ya’ni, tizimli-integratsiyalashgan holda
o’rganish zarur degan xulosaga olib keladi. Ijtimoiy yoki biologik omillarga ‘’Ruhiylik’’ nomli
tizim hosil qiluvchi omilni kiritish hamda inson xulqining sababiy bog’lanishlari
(determinatsiyasi) bilan bog’liq barcha muammolar majmuini ijtimoiy-psixologik-biologik
sabablar deb atash zarur.

Shaxsda salbiy xususiyatlar shakllanishiga olib keluvchi oilada noto'g'ri ma‘naviy va

axloqiy tarbiya berish bir qancha ob‘ektiv va sub‘ektiv holatlar bilan belgilanishi mumkin. Eng
ko'p tarqalgan bunday ob‘ektiv omillar qatoriga quyidagilar kiradi:
- oiladagi moddiy qiyinchiliklar;
- ota-onaning ish yoki ro'zg'or yumushlari bilan qattiq bandligi. Bu bolalani nazorat qilishni
ob‘ektiv tarzda qiyinlashtiradi;
- oila to'liq emasligi (ota yoki onaning yo'qligi);
- ota-ona ma‘lumot darajasining pastligi, pedagogik bilimlaming yo'qligi;
- oilada ziddiyatli vaziyatning mavjudligi;

Shaxsda mavjud bo’lgan ga‘ayriijtimoiy xulq-atvor ma‘lum davr mobaynida rivojlanib

borishi orqali shaxsda huquqbuzarlik sodir etishga moyillik ham shakllanib boradi.
Huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo’lgan shaxs bu-o’zining g’ayriijtimoiy xulq-atvori
xavfliligi tufayli huquqbuzarlik sodir etish ehtimoli holatida bo’lgan jismoniy shaxs. Demak
o’zining g’ayriijtimoiy xulq atvori tufayli huquqbuzarlik sodir etish ehtimoli yuqori bo’lgan
shaxslarni biz huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxslar sifatida qarashimiz va
huquqbuzarlik sodir etishini tushunishimiz mumkin ekan. Profilaktika inspektori
huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo’lgan shaxslar bilan ishlash faoliyatida bevosita ular
bilan ishlashning aniq yo’nalishlarini, rejalarni belgilab olish talab etiladi. Profilaktika
inspektorlari tomonidan huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo’lgan shaxslar bilan ishlash
faoliyatini o’rganishda birinchi navbatda huquqbuzarliklar sodir etishga moyil bo’lgan shaxs
tushunchasiga huquqiy jihatdam yondashish muhim hisoblanadi. SHunday ekan, ushbu
toifadagi shaxslar bilan ishlash faoliyati juda ham murakkab jarayondir, sababi ularning har
biri o’ziga xos individual hislatlarga egadirlar. Ularning har biri bilan ishlash faoliyati turli xil


background image

49

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 12-MAXSUS SON (YOʻITJ)

usul va vositalardan foydalanishni talab qiladi. Aynan shuning uchun ularning har biriga
alohida tarzda ta’rif berildi. G’ayriijtimoiy xulqning qonuniy xatti-harakatdan farqi bizningcha
qadriyatlar, qarashlar va ijtimoiy maqsadlar tizimidan, ya’ni ongning mazmun bilan bog’liq
tomonidan kelib chiqadi.

Jinoyat sodir etilishiga turtki beruvchi g’ayriijtimoiy xulq-atvorga ega shaxs o’z

harakatlari bilan kriminologik vaziyatni keltirib chiqaradi, bunda ushbu holat ikki xil
ko’rinishda bo’ladi:
-Aktiv harakat;
-Passiv harakat[5]

G’ayriijtimoiy xulq-atvorga ega bo’lgan shaxs aynan shu toifadagi shaxsga aylanishini

o’ziga yarasha sabablari ham bo’lishi mumkin, uning o’zi ham biror turdagi
huquqbuzarlikdan jabrlangan bo’lishi bo’lishi va aynan shuning oqibatida alamzada bo’lishi
mumkin, ko’p hollarda qonunbuzarlar qo’lga tushganlaridan so’ng sodir etgan qilmishlarida
boshqa birovlarni ayblaydilar va boshqa sabab ko’rsatib iloji boricha o’zlarini oqlaydilar.

Ichki ishlar organlarining g’ayriijtimoiy xulq-atvorga ega shaxslar bilan ishlash

faoliyatini rivojlantirish ularning maxalla o’zini o’zi boshqarish organi bilan hamkorligini
yanada takomillashtirish lozim. Bunga sabab sir emaski mamlakatimizda fuqarolar bilan
ishlashda mahallaning ro’li katta, qolaversa aholining juda katta qismi mahallalarda istiqomat
qiladi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Profilaktika inspektori huquqbuzarlik sodir etishga
moyil bo’lgan, huquqbuzarlik sodir etgan hamda profilaktik hisobga olingan shaxslar bilan
muloqotga kirishish maqsadida muloqot jarayonining psixologik jihatlarini o’rganishi xizmat
faoliyatida qo’l keladi. Shu sababli, xodim profilaktik, pedagogik hamda ruhiy ta’sir etish
jarayonida muomalaning usul va vositalaridan foydalanishi lozim.

REFERENCES:

1.

Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi‖ . ; T 2023

2.

Huquqbuzarliklar Profilaktikasi to‘g‘risida‖gi 2014-yil 14-maydagi O‘RQ 371-sonli

qonuni.
3.

O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 16-sentabrdagi “Ichki ishlar organlari

to‘g‘risidagi” Qonuni.
4.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi.

5.

Kriminalogiya darslik Q.R. Abdurasulova. Toshkent davlat yuridik instituti 2007 yil.

6.

Advice.uz ijtimoiy huquqiy sayti ( https://advice.uz).

7.

Lex.uz ijtimoiy huquqiy sayti ( https://lex.uz).

8.

Google‖ jahon ijtimoiy internet tarmog‘i ( https://google.)

Библиографические ссылки

Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi‖ . ; T 2023

Huquqbuzarliklar Profilaktikasi to‘g‘risida‖gi 2014-yil 14-maydagi O‘RQ 371-sonli qonuni.

O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 16-sentabrdagi “Ichki ishlar organlari to‘g‘risidagi” Qonuni.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi.

Kriminalogiya darslik Q.R. Abdurasulova. Toshkent davlat yuridik instituti 2007 yil.

Advice.uz ijtimoiy huquqiy sayti ( https://advice.uz).

Lex.uz ijtimoiy huquqiy sayti ( https://lex.uz).

Google‖ jahon ijtimoiy internet tarmog‘i ( https://google.)