145
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 12-MAXSUS SON (YOʻITJ)
HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASIGA DOIR CHORA-
TADBIRLARNI TA’MINLASH VA HUQUQBUZARLIK SODIR
ETISHGA MOYIL SHAXSLAR BILAN ISHLASHDA XORIJIY
TAJRIBALARNI TAHLIL QILISH
Kutumov Bekzod To‘leboevich
Toshkent IIBB Mirabod tumani IIO FMB Huquqbuzarliklar profilaktikasi
bo‘lim boshlig‘i, mayor
https://doi.org/10.5281/zenodo.14209594
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 9-noyabr 2024 yil
Ma’qullandi: 10-noyabr 2024 yil
Nashr qilindi: 14-noyabr 2024 yil
Bugungi
kunda
xorijlik
mutaxassislarning
yondashuvlarida, profilaktik faoliyatda, qachonki ishlar
tizimli asosda tashkil etilsa shu bilan birga, aholining
ijtimoiy sharoiti yaxshilanib, bir vaqtning o‘zida
jinoyatchilikka qarshi kurashning huquqiy tartibi
takomillashtirilsagina[1] aniq
natijalarga
erishish
mumkinligini ma’lum qilishgan.
Ta‘kidlash
joizki,
huquqbuzarliklar
profilaktikasi
samaradorligini oshirish borasidagi xorijiy davlatlar
to‘plagan
tajribani
o‘rganish
va
shu
asosida
huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishning ta’sirchan
tizimini yaratish, jamiyatda huquqiy madaniyatni
yuksaltirish, huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan
shaxslar
bilan
olib
boriladigan
“...ishlarni
muvofiqlashtirish,
zamonaviy
tashkiliy-huquqiy
mexanizmlarini joriy etish muammolarining ilmiy
yechimlarini topish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda” [2].
Shu nuqtai nazardan, rivojlangan davlatlar amaliyotini
o‘rganish hamda uning natijalarini milliy qonunchilikka
tatbiq etish tadqiqot ishidan ko‘zlangan birlamchi vazifa
hisoblanadi.
KEY WORDS
So‘ngi yillarda G‘arbiy Yevropa, Germaniya, AQSh, Kanada, Rossiya,
va boshqa
davlatlarda huquqbuzarliklarning oldini olish nazariyasi va amaliyoti faol rivojlanib
bormoqda. Shunga qaramay, huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxslar tomonidan
g‘ayriijtimoiy qilmishlarning ortib borishi ham mazkur sohada yangi loyihalar va
dasturlarning amalga oshirilishi, shuningdek davlatlar o‘rtasida hamkorlik qilish va sohaga
innovatsion texnologiyalarni jalb qilishni talab etmoqda. Shu sababli, huquqbuzarlik sodir
etishga moyil shaxslarga nisbatan profilaktik chora-tadbirlarni ta’sirchan olib borish va
huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish uchun ayrim davlatlarning qonunchiligiga
murojaat qilish muhim ahamiyatga ega.
146
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 12-MAXSUS SON (YOʻITJ)
Bu borada,
Rossiya Federatsiyasida “Politsiya to‘g‘risida”gi Federal qonunining 4-bob,
26-moddasi 35-qismi 1 va 12-bandlariga binoan - xodimlar huquqbuzarlik sodir etishga moyil
bo‘lgan shaxslar bilan individual profilaktika ishlarini olib borishi shart etib belgilab qo‘yilgan.
Mazkur “Politsiya to‘g‘risida”gi Federal qonunining 12-moddasini tahlil qilish orqali
politsiya individual profilaktika ishlarini olib borishi shart bo‘lgan quyidagi bir qator
huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxslar toifalarini aniqlash va ular bilan samarali ishlash
imkonini beradi: a) ozodlikdan mahrum qilish joylaridan ozod qilingan shaxslar, (ularga
nisbatan federal qonunga muvofiq sud taqiq va cheklovlarni o‘rnatgan); b) ozodlikdan
mahrum qilish jazosiga hukm qilingan mahkumlar; v) sinovga hukm qilingan (axloq tuzatish
ishlariga) mahkumlar; s) boshqalar uchun xavf tug‘diradigan ruhiy kasalliklardan aziyat
chekadigan shaxslar; d) boshqalarga xavf tug‘diradigan alkogolizm yoki giyohvandlik bilan
og‘rigan shaxslar[3].
Nazarimizda, mazkur profilaktik chora-tadbirlarni respublikamizning ichki ishlar
organlari sohaviy xizmati subyektlari tezkor-qidiruv va huquqbuzarliklar profilaktikasi va
boshqa sohaviy xizmatlarning o‘z vakolatlaridan kelib chiqib, asosiy majburiyat sifatida
huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxslar toifalarini o‘z vaqtida aniqlash, huquqiy ta’sir
choralarini ko‘rish hamda ularni doimiy nazoratda ushlab turish orqali huquqbuzarliklardan
tiyilishi uchun birdek xizmat qilish lozim.
Yuqoridagi huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxslar toifalari tomonidan sodir etilishi
mumkin bo‘lgan “nojo‘ya holatlarga chek quyish va huquqbuzarliklarning oldini olish
sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini Prezident, ya’ni davlat rahbari tomonidan
belgilanadi.
Rossiya Federatsiyasida “Jinoyatchilikning oldini olish tizimining asoslari to‘g‘risida”gi
qonunga muvofiq huquqbuzarliklarning oldini olishning maqsadi shaxs, jamiyat va davlatga
nisbatan huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslar tomonidan ularning noqonuniy
tajovuzlardan himoya qilish hisoblanadi.
Mazkur qonunga asosan yuqoridagi toifalarga nisbatan qo‘llaniladigan profilaktik chora-
tadbirlarning turlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
a)
huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslar tomonidan yuz berishi mumkin
bo‘lgan salbiy holatlarni ya’ni, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy sabablari va ularning shart-
sharoitlarini aniqlash, o‘rganish, yo‘l qilish (minimallashtirish va zararsizlantirish)ga
qaratilgan huquqbuzarliklarning umumiy profilaktikasini ta’minlash, mintaqaviy, mahalliy va
idoraviy darajalar, shuningdek fuqarolarning huquqiy ongi darajasini oshirish;
b)
huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxslarning xatti-harakatlarini ijobiy tomonlama
tuzatish,
kriminogen
faktlarni
yo‘l
qilish
yoki
zararsizlantirish
maqsadida
huquqbuzarliklarning oldini olish tizimining subyektlari tomonidan shaxsning jinoyatgacha
bo‘lgan
xatti-harakatlarini
to‘plangan
faktlari
asosida
amalga
oshiriladigan
huquqbuzarliklarning individual profilaktikasini ta’minlashdan iborat[4].
Shuningdek, ushbu davlatda huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslar bilan
ishlashning eng qiziqarli tomoni shundan iboratki, politsiya xodimlari uchun yuqoridagi
toifalar bilan aniq ishlashga doir o‘quv qo‘llanmalari ishlab chiqilgan. Xodimlar ushbu o‘quv
qo‘llanmalar orqali huquqbuzarlik sodir etilishiga imkon beruvchi hududlarda faoliyat olib
borishadi[5].
147
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 12-MAXSUS SON (YOʻITJ)
Mazkur o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarning ishlab chiqilishi kelgusida ichki ishlar organlari
sohaviy xizmat xodimlarining huquqbuzarlik sodir etish ehtimoli yuqori bo‘lgan shaxslarni
aniqlash va ularga nisbatan huquqbuzarliklarning maxsus va yakka tartibdagi profilaktik
chora-tadbirlarini ta’sirchan qo‘llashga doir tartib-qoidalarini belgilashga xizmat qiladi.
Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida hisobga
olingan huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxslar bilan quyidagi yo‘nalishlarda yakka
tartibdagi profilaktik chora-tadbirlarini amalga oshirishda nimalarga e’tibor berish lozimligi
belgilangan:
1)
profilaktik suhbatga jalb qilinayotgan shaxsning individual xususiyatlarini hisobga olish
kerak;
2)
uning yoshi, ma’lumoti va psixoemotsional rivojlanish darajasi, axloqiy va qadriyat
yo‘nalishlari, shaxsning motivatsion yo‘nalishi, boshqalar bilan munosabatlarning mavjudligi,
rejalar va intilishlarini aniqlash;.
3)
shaxsni profilaktika ishlarida tarbiyalash va tahdid qilish bilan cheklab bo‘lmaydi;
4)
g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarning oqibatlarini fundamental baholamasdan qoldirmaslik
kerak;
5)
profilaktik tadbirlar jarayonida yakka tartibdagi profilaktik suhbatga jalb qilinayotgan
shaxsda uning xatti-harakati haqida to‘g‘ri tanqidiy fikrni shakllantirish va uni qonunga
bo‘ysunuvchi yo‘lga yo‘naltirish muhim.
Agar kerak bo‘lsa, unga noqonuniy xatti-harakatlarga hissa qo‘shadigan murakkab
hayotiy muammolarni hal qilishda maslahat bilan yordam berish kerak, xayrixohlik va shu
bilan birga oldini olingan shaxsning xatti-harakatlariga talabchanlikni ko‘rsatishi kerakligi
belgilangan[6].
Zarur hollarda huquqbuzarlar profilaktikasini ta’milanshda ichki ishlar organlarining
boshqa sohaviy xizmatlar (tezkor-qidiruv, probatsiya va boshqa) xodimlarini jalb etish zarur.
Bu borada huquqbuzarliklar profilaktikasining ta’sirini oshirish uchun huquqbuzarlik sodir
etishga moyil shaxsning qarindoshlari, uning ham kasblari va unga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan
shaxslar ham individual profilaktika tadbirlarida ishtirok etishlari mumkin.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, tadqiq qilingan mavzu yuzasidan huquqbuzarliklar
profilaktikasining takomillashtirishni ko‘zlab ilgari surilgan taklif va tavsiyalar:
birinchidan,
huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxslar bilan ishlash faoliyatiga oid muammolari bo‘yicha
amalga
oshiriladigan
tadqiqotlar
yo‘nalishlarini
belgilab
olishga;
ikkinchidan,
huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir qonunchilikni takomillashtirish va huquqni qo‘llash
amaliyoti samaradorligiga erishishga;
uchinchidan,
huquqbuzarlik sodir etishga moyil
shaxslar bilan ishlash amaliyotiga innovatsion texnologiyalarni joriy etishga xizmat qiladi.
REFERENCES:
1.
Кобец П.Н.
Комплексное
криминологическое
исследование
особенностей
предупреждения преступности в современной Японии // Russian Journal of Economics
and
Law.
2021.
T.
15,
№
3.
−
S.
558.
DOI:
Murojaat vaqti: 20.06.2023
. //URL://http://dx.doi.org/10.21202/2782-2923.
148
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 12-MAXSUS SON (YOʻITJ)
2.
G‘ofurov Sh.R.
Uyushmagan yoshlar o’rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini
takomillashtirish. Yuridik fanlar bo’yicha falsafa doktori (Phd) dissertatsiyasi O’z.Res. IIV
Akademiyasi. –T.,-2019-yil. Bet-105
3.
Motrovich I.D, Dubchak V.A
. “Tuman politsiyasi komissarining huquqbuzarliklarga moyil
bo’lgan shaxslar bilan individual profilaktik ishlari: muammolar va takomillashtirish yo‘llari”.
[Murojaat
vaqti:
25.06.2023].
URL://https://wiselawyer.ru/poleznoe/105854individualnayaprofilakticheskayarabota
hastkovogoupolnomochennogopolicii-licami
4.
Россия
Федерaциясининг
23.06.2016
йилдаги
“Россия
Федерaциясида
жиноятчиликнинг олдини олиш тизимининг асослари тўғрисида” Қонун. Jamiyat va
innovatsiyalar – Общество и инновaции– Society and innovations Special Issue –4 (2021)
/ISSN2181-141512.
Murojaat vaqti: 20.06.2023
. //URL:// https://base.spinfor-
m.ru/spisdoc.fwx?countryid=ru.
5.
Motrovich I.D, Dubchak V.A
. “Tuman politsiyasi komissarining huquqbuzarliklarga moyil
bo’lgan shaxslar bilan individual profilaktik ishlari: muammolar va takomillashtirish yo’llari”.
[Murojaat
vaqti:
25.06.2023].
URL://https://wiselawyer.ru/poleznoe/105854individualnayaprofilakticheskayarabota
hastkovogoupolnomochennogopoliciil-icami
6.
Кириллов С.И. Уткин В.А, Шмарион. П.В.
Индивидуальная профилактическая
работа с лицами, склонными к противоправному поведению.
Murojaat vaqti:
26.06.2024
.// URL: //https://cyberleninka.ru /article/n/individualnaya-profilakticheskaya-
rabota-s-litsami-sklonnymi-k-protivopravnomu-povedeniyu