125
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 12-MAXSUS SON (YOʻITJ)
TERGOV ORGANLARINING TARIXAN VA BUGUNGI
KUNDAGI RIVOJLANISHI
Abdreimov Azamat Azatovich
IIV Akademiyasi Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi o‘qituvchisi
(90-594-08-07)
https://doi.org/10.5281/zenodo.14209540
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 9-noyabr 2024 yil
Ma’qullandi: 10-noyabr 2024 yil
Nashr qilindi: 14-noyabr 2024 yil
Ushbu maqolada ichki ishlar organlari tergov tizimining
vujudga kelishi, tergov tizimining tarixan qanday
shakllanganligi, turli davrlarda tergov faoliyati bilan
shug‘ullanish kimlarga yuklatilganligi, shu davrlarda
tergov sohasi qanday qonuniy asosga tayanib ish
yuritganligi, tergov ishlarini bilan shug‘ullanganlarning
huquqiy maqomi qanday bo‘lganligi, tarixan tergov
qilishda sohaviy yo‘nalishlarning ajratilishi qanday
bo‘lganligi va shu masalaga oid muammo, kamchiliklarni
bartaraf etish bo‘yicha bir qator taklif va tavsiyalar ishlab
chiqilgan.
KEY WORDS
Tergov, tarix, qozi, shariat,
kadr, xodim, sohaviy yo‘nalish,
tergovchi.
Mamlakatimizda so‘nggi yillarda ichki ishlar organlari sohasida bir qator istiqbolli
rejalar ishlab chiqilib, aholi va jamoatchilik bilan yaqin muloqotni yo‘lga qo‘yish, ichki ishlar
organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, shuningdek zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, halqimizning osoyishtaligini ta‘minlash
kabi masalalarga katta e‘tibor qaratib kelinmoqda, anu shunday ma‘suliyatli hamda sharafli
vazifalarni ichki ishlar organlari tizimida tergov faoliyati xodimlari ham amalga oshirib
kelmoqdalar.
Tergov sohasining inson huquqlarini ta‘minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashda o‘rni
beqiyos ekanligi barchamizga ma‘lum.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning tashabbuslari bilan
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohatlarning izchil amalga oshirilishi davomida,
O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi tasdiqlandi va
keyingi besh yillikda amalga oshiriladigan islohotlarning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-
iqtisodiy va ilmiy ma‘rifiy asoslarini yaratib berishga qaratilgan bir qancha vazifalar
belgilandi.
Taraqqiyot strategiyasining 17-maqsadida
:
tezkor-qidiruv va tergov faoliyati ustidan
nazoratni kuchaytirish, fuqarolarning qadr-qimmati va erkinligini samarali himoya qilishning
taʼsirchan mexanizmlarini joriy etish nazarda tutilgan.
1
1
2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi. T.: O‘zbekiston, 2022. (Development
strategy of New Uzbekistan for 2022-2026. T.: Uzbekistan, 2022)
126
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 12-MAXSUS SON (YOʻITJ)
Taraqqiyot strategiyasining mazkur maqsadini amalga oshirishning zarurligi shundaki,
tergov sohasi sud-huquq tizimining shunday bosqichiki, bunda tergov jarayonlarida
fuqarolarning huquq va erkinliklariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri taʼsir qilish omilining juda yuqori
darajada ekanligida, bu esa tergov faoliyatini olib boruvchi xodimlarning o‘z vazifalarini
bajarishda masʼuliyatni oshirish zarurligini, javobgarlikni his qilishini yuklaydi.
Bu jarayonlar esa o‘z o‘zidan bo‘lmaydi, buning uchun albatta soha vakillarini nazorat
etuvchi subektlarning javobgarliklarini kuchaytirish lozimdir.
Ushbu sharafli kasb egalari haqida so‘z borar ekan, tergov sohasining vujudga kelish
tarixiga nazar tashlashga to‘g‘ri keladi.
O‘zbek xalqi kurrayi zamindagi boshqa xalqlar kabi ko‘p asrlik tarixga ega qadimiy
xalqdir. O‘zbek davlatchiligining shakllanishi va rivojlanishi tarixidagi xavfsizlik va huquq-
tartibotni ta‘minlash tizimining shakllanishi va rivojlanishi uzoq tarixga borib taqaladi. Bu oz
muddat emas albatta. Bu o‘zbek xalqining va ular xizmatida bo‘lgan huquq-tartibot organlari
xodimlarining ijtimoiy-tarixiy voqeligidir. Bu bir necha avlodlarning, o‘z hayotini
jinoyatchilikka qarshi kurashishga va jamoat tartibini saqlashga bag‘ishlangan yuz minglab
kishilarning hayotidan iborat.
Tergov sohasining shakllanishi va rivojlanishi quyidagi tarixiy davrlarga ajratilgan holda
tahlil qilib, o‘ziga xos xususiyatlarini tavsiflash mumkin. Jumladan:
dastlabki davr
;
mavjud tarixiy tadqiqotlarda, Markaziy Osiyoda davlatchilikning ilk
bosqichlarida bevosita ichki ishlar organlariga o‘xshash tuzilmani qayd etishmaydi, bu haqda
aniq ma’lumotlar ham keltirilmaydi
2
.
Tahlillardan kelib chiqadigan bо‘lsak, О‘zbekiston xalqlari arablar kelgunga qadar
zardushtiylikning muqaddas kitobi – Avestoga amal qilib kelishgan, Xammurapi va Arastuning
siyosiy-huquqiy g‘oyalari, ellinnistik polislar, Yunon-Baqtriya va Parfiyon shohlari, Kushon
saltanati va Turk xoqonligining huquqiy normalari ta’siri ostida bо‘lishgan. Shu bois Markaziy
Osiyo hududida huquq-tartibotni ta’minlash haqida ilk ta’limotlar Zardushtiylik dinining
asosiy manbai – “Avesto”dir.
Olimlar tomonidan Avestoning Vandidot qismidagi matnlar asosida jinoyat
(huquqbuzarlik)larning quyidagi ya’ni dinga qarshi, shaxsga qarshi, hayvonlarga qarshi,
mulkiy, axloqga qarshi va tabiat kuchlariga qarshi turdagi tasniflarga ajratilgan.
Shuningdek, Avestoda mazkur turdagi ijtimoyi xavfli qilmishlarni sodir qilgan shaxslarga
о‘lim, qamoq, tan, gunohni yuvish va xun olish jazolari qо‘llanilgan.
Avestoga kо‘ra qilmish sodir qilgan shaxslarga jazo tayinlash va shaxsga jazo
tayinlangandan keyingi ahvoli Oliy sud – Zardо‘shtiy oqsoqollar Kengashi vakillari va
jamoaning nufuzli a’zolari bilan bamaslahat adolatli qonunlar asosida hal qilingan. Avestoni
о‘rganish natijasida shunday xulosalarga kelish mumkinki, og‘ir jazo qasddan sodir etilgan,
dinga qarshi qaratilgan, takroran sodir etilgan jinoyatlar uchun tayinlangan.
Islom davlatchiligi paydo bо‘lgan davrda;
Tarixdan ma’lumki, islom davlatining paydo
bo‘lishi VI asr oxiri va VII asrning birinchi yarimida Arabiston yarim orolida yuz bergan
ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy o‘zgarishlar bilan uzviy bog‘liqdir. Ushbu davrlarda
hozirgi kundagi tergov ishlarini qozi mansabidagi shaxslar bajargan bo‘lib, ular “tergov-sud”
ishlarini shariat qonun-qoidalariga asoslanib olib borgan. Islom huquqida davlatchilikni
2
Xudyakov Y.S. Voorujeniye srednevekovix kochevnikov Yujnoy Sibiri i Sentralnoy Azii // Novosibirsk, 1996. S.208.
127
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 12-MAXSUS SON (YOʻITJ)
shakllantirish va rivojlantirish, davlat mexanizmini takomillashtirishda muhim o‘rin tutgan
qozilik hokimiyati to‘g‘risidagi ta’limotni o‘zida aks ettirgan g‘oyalarning ba’zi bir jihatlarini
tadqiq etish maqsadga muvofiqdir.
Ushbu davrda insoniyatni jaholat girdobidan chiqarish va eng muhimi, Arabistonda ilk
bor o‘ziga xos davlatning paydo bo‘lishiga aynan islom dini sababchi bo‘ldi. Islomning asosiy
maqsadi o‘z diniy g‘oyalarini qabilalar orasida targ‘ib-tashviq qilish mas’uliyati payg‘ambar
Muhammad (s.a.v) zimmasiga tushdi. Bu ulug‘ inson muqaddas islom dinining dasturilamal
ilohiy manbasi hisoblangan Qur’oni karimdagi diniy, huquqiy va axloqiy g‘oyalarni yigirma
uch yil davomida asta-sekinlik bilan ijtimoiy hayotga joriy etish orqali aholining ma’naviyatini
islom g‘oyalari bilan boyitishga erishgan.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev BMT minbaridagi ma’ruzasida “o‘tmishda ham hozirgi
davrda ham islom ta’limoti jamiyatda xalqni ezgulik va tinchlikka, asl insoniy fazilatlarni
asrab-avaylashga da’vat etadi”
3
deb ta’kidlagan.
Shu o‘rinda “Islom huquqida qozilik lavozimi qachon ta’sis etilgan?” degan savol
xususida ham o‘ylashga to‘g‘ri keladi. Qayd etish joizki, Muhammad (s.a.v) boshchiligida islom
davlati tashkil etila boshlangan (610-632) davrda qozilik mansabi ta’sis etilmagan. Qozilik
faoliyatini Payg‘ambarning o‘zlari amalga oshirganlar. Shuningdek, birinchi xalifa Abu Bakr
davrlarida ham bu davlatda alohida qozi tayinlanmagan. Xalifaning o‘zi aynan bir vaqtda qozi
vazifasini ham bajarib kelgan. Ammo ikkinchi xalifa hazrati Umar ibn Xattob qozilikni xalifalik
hokimiyatiningalohida tarmog‘i sifatida ajratib, birinchi marta Kufa shahriga mustaqil qozi
tayinlagan. Keyingi xalifalar ham xuddi shu tarzda qozilikni mustaqil tuzilma tariqasida
rivojlantirishga harakat qilganlar. “Qozi” so‘zi arab tilidan olingan bo‘lib, uning lug‘aviy
ma’nosi “buyurmoq”, “hukm qilmoq” tushunchasini anglatadi. Muqaddas Qur’oni karimdagi
bir necha oyatlar mazmunida ham bu so‘zning ma’nosi mujassamlashgan. Misol uchun, “Niso”
surasida (58-oyat) “...adolat bilan hukm qilishga buyuradi”
4
, biron bir nizoni hal etish va qaror
qabul qilish haqidagi Allohning buyurganini anglatadi.
Musulmon huquqida qozi lavozimini ta’sis etish zarurati dastlab Qur’oni karimda, keyin
esa payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v) sunnatlarida, shuning dek, mazhablar ta’limotlarida
aks ettirilgan. Muhammad (s.a.v) payg‘ambar qozilik lavozimiga mas’uliyat bilan qarashni
ta’kidlaganlar. Ul zot o‘z hadislarida qozilarning shaxsi haqida shunday fikr bildirganlar: “Ikki
xil qozilar borki, ular do‘zaxga mahkumdirlar. Yana bir xillari esa jannatiydirlar. Haqni bilib,
haqqoniy hukm chiqaradigani jannatiydir. Haqni bilsa-da, nohaq hukm chiqaradigani yoki
umuman ilmi bo‘lmasa-da, o‘z rayicha hukm chiqaradigan qozilar do‘zaxiydirlar”
5
.
Shariatda qozini tayinlash masalasiga alohida e’tibor berilgan, “Kimki turli vositalar
orqali qozilik mansabini egallagan bo‘lsa, u o‘z holiga tashlab qo‘yiladi. Bordiyu o‘zi
xohlamasa-da, uni majburan qozi qilib qo‘yishsa, Alloh taolo uning so‘zlarini to‘g‘rilab
turuvchi yordamchi bir farishtani hamroq qilib qo‘yadi”
6
, deyilgan payg‘ambarimizning yana
bir hadislarida. Bizningcha, bu hadisni chuqur tahlil qilishning hojati bo‘lmasa kerak.
3
SH.M.Mirziyoyev BMT Bosh Assambliyeyasining 72 – sessiyasidagi nutqi.// Ma’rifat, 2017 yil 20 sentabr.
4
Abdulaziz Mansur. Qur’oni karim ma’nolarining tarjimasi. T.: “Toshkent islom universiteti” nashriyot - matbaa
birlashmasi, 2001. 87-б.
5
Ming bir hadis. Arab tilidan A.Mansur tarjimasi, T.: Movarounnahr, 1998 y. 84-б.
6
О‘sha asar. 107-б.
128
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 12-MAXSUS SON (YOʻITJ)
“Qozilik lavozimini yugurib-yelib” egallash kerak emas, balki mas’ul rahbar mazkur
lavozimga munosib nomzodni huquqshunoslar orasidan izlashi, uning loyiqligini obdan
o‘rganib, avvalambor, bilim va tajribasiga e’tibor qaratishi, bu lavozimda ishlash mas’uliyatini
his qila oladigan donolar orasidan eng sarasini tavsiya qilishi zarur ekan. Shu o‘rinda yana
Muhammad (s.a.v) payg‘ambarning qaysi bir hokim ko‘pchilik ichida Allohga manzurroq
kimsa turganda boshqasini biror amalga tayinlab yuborsa, demak u Allohga ham, uning
rasuliga ham va mo‘minlarga ham xiyonat qilibdi”
7
, degan hadislarini yodga olmoqni joiz deb
hisoblaymiz.
“Kimki odamlar o‘rtasida qozilik lavozimiga tayinlangan bo‘lsa, demak u pichoqsiz
so‘yiladi”
8
, deyish bilan sarvari olam qozilik lavozimini naqadar mas’uliyatli, hushyorlikni
talab qiluvchi, o‘ta mashaqqatli lavozimlardan biri ekanligini alohida uqtirganlar.
Musulmon huquqiga oid tarixiy manbalar va hozirgi voqeliklarga chuqurroq nazar
tashlasak, ularning barchasida faqat iqtidorli va tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislargina
qozilik lavozimiga tavsiya qilinganining guvohi bo‘lamiz.
o‘rta asrlar va keyingi davrlar (VIII – XX asr boshlari)
– mamlakatimizga ushbu
vaqtga kelib islom dini kirib kelgan, davlatchilikda shariat qoidalariga asosan ish yuritilgan
xususan, Somoniylar,
G‘aznaviylar, qoraxoniylar
xoqonligi
davrlari
da armiya qo‘shini askar va
g‘ulomlardan iborat bo‘lganligi tarixdan ma’lumdir, shu davrlarda hozirgi kundagi tergov va
sud ishlari asosan harbiylar va qozilar tomonidan bajarilib kelingan.
Ushbu davrlarda Amir Temur davlatchiligiga nazar tashlansa, bu buyuk saltanat sohibi
о‘z davlat boshqaruvida har bir sohani huquqiy jihatdan alohida turda vazirliklarga bо‘lgan,
shular orasida
s
akkizinchi vazirlik bu adliya vazirligidir (devoni mazolim).
Kezi kelganda
shuni alohida qayd etmoq kerakki, bu vaqtda adliya, ya’ni sud tizimi uchga bо‘lingan edi.
Adliya vazirligi tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri fuqarolar, manba tili bilan aytganda, dunyoviy ishlar bilan
shug‘ullangan. Harbiy sud (lashkar qozisi) esa alohida ravishda faoliyat kо‘rsatgan. Shariat
tartiblari bilan esa islom qozisi shug‘ullangan. Kо‘rib turganimizdek, bu sohada ham Amir
Temur davrida ilgarigi an’analar davom ettirilgan. Sud tizimidagi taqsimot esa bizlarda bir
necha asrlar muqaddam amalga oshib kelganini mazkur davr misolida ham mushohada qilsa
bо‘ladi. Qonun, о‘sha zamon tartiblari oldida javobgarlik barchaga barobar bо‘lgan. Masalan,
Amir Temurning nabirasi Pir Muhammad ibn Umarshayx о‘z qilmishi uchun devoni
mazolimda qattiq sо‘roq qilinib, aybi aniqlangach, shunga yarasha jazo berilgani va bu hakda
shaxsan Amir Temurning о‘zi farmon bergani tarixiy manbalarda о‘z aksini topgan.
9
Sohibqiron Amir Temur о‘zi tuzgan davlatda adolatparvarlik siyosatiga keng о‘rin
berganligi uchun ham xalqning mehrini qozongani tarixdan ma’lum. Bizningcha, musulmon
huquqida adolat qozilik jarayonini amalga oshirishdagi asosiy prinsiplardan biri bо‘lib, hukm
va qaror qabul qilishda asosiy mezon hisoblangan.
Jamiyatimiz taraqqiyotida muhim о‘rin tutib kelayotgan ushbu g‘oya mustaqillikka
erishganimizdan keyin yangi davlatchilikni shakllantirish va rivojlantirishda muhim
tayanchlarning biri bо‘lib xizmat qilayotganligi shubhasizdir.
7
О‘sha asar. 109-б.
8
О‘sha asar. 115-б.
9
https://e-tarix.uz/vatan-tarixi/uzbek-davlati/613-maqola.html
“Amir Temur davrida davlat boshqaruvi,
qonunchilik va harbiy siyosat”.
129
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 12-MAXSUS SON (YOʻITJ)
Sobiq Ittifoq davri (1917-1991);
Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida
Turkistonda harbiy-politsiya tartiboti xavfsizlik va ichki tartibni saqlashda о‘zlarining keng
kо‘lamli ishlarini olib borganligi tarixdan ma’lumdir.
Chor Rossiyasi politsiya tizimining sindirilishi oqibatida xavfsizlik va ichki tartibni
saqlash uchun katta sahnaga Turkiston, Xorazm, Buxora respublikalari ichki ishlar organlari
vujudga kelib, ular tomonidan ichki ishlarning faoliyati olib borilgan.
10
О‘rta Osiyoda milliy davlatchilik bо‘linishi о‘tkazilgunga qadar Buxoro Xalq
Respublikasida xalq sudlarining sudloviga tegishli jinoyat ishlari bо‘yicha dastlabki tergovni
sudyalarning sudloviga tegishli jinoyat ishlari bо‘yicha dastlabki tergovni sudyalarning о‘zlari
va uchastka xalq tergovchilari о‘tkazgan.
Okrug sudining jinoyat bо‘linmalarida rо‘yxatda turgan katta tergovchilar okrug sudiga
tegishli jinoyat ishlarini tergov qilganlar, Adliya nazorati prokuratura bо‘limi qoshidagi
muhim ishlar bо‘yicha, tergovchilar esa Buxoro Respublikasining Oliy sudi sudloviga tegishli
jinoyat ishlari bо‘yicha tergov olib borganlar. Inqilobga qarshi jinoyatlar bо‘yicha ishlarni Oliy
inqilobiy tribunal tergovchilari, harbiy jinoyat, qurol-yarog‘ sotib olish va sotish, harbiy
mulkni о‘g‘irlash kabi jinoyat ishlarini esa respublika Xarbiy nazorati qoshidagi Xarbiy
tribunal tergovchilari tergov qilganlar.
Buxoro Xalq Respublikasida bundan tashqari, qozilar sudlari ham bо‘lgan va xalq
qozilarining zimmasiga sud tergovchilari qonun bо‘yicha yuritmaydigan ishlarni dastlabki
tergov qilish vazifasi yuklatilgan edi.
Xorazm Xalq Respublikasida umumiy jinoiy xususiyatga ega bо‘lgan ishlar bilan qozilar
shug‘ullangan. Inqilobga qarshi chiqishlar, qalbaki pul yasash, mansab jinoyatlari kabilarni
Oliy inqilobiy tribunal tergovchilari tergov qilishgan. Dezertirlik va harbiy xizmatchilarning
boshqa jinoyatlari harbiy tribunal tergovchilarga yuklatilgan. Xorazm respublika markaziy
ijroiya qо‘mitasi qoshidagi SNK respublika uchun alohida xavf tug‘diruvchi jinoyatlar
chunonchi, banditizmga doir jinoyat ishlari bilan shug‘ullanganlar.
Barcha organlar о‘zlarining vakolatlariga tegishli bо‘lgan muayyan hudud doirasida
sodir etilgan jinoyatlarga doir jinoyat ishlarini tergov qilganlar. Bu esa hududiy tergovga
tegishlilikni belgilab bergan.
Harbiy xizmatchilar sodir etgan jinoyatlarga doir ishlarning maxsus tergovga tegishliligi
mavjud bо‘lgan. Bunday jinoyatlarni harbiy tribunallarning harbiy tergovchilari tergov qilgan.
Turkiston ASSRning 1923 yilgi Sudlov haqidagi nizomi bо‘yicha ma’muriy jihatdan sud
tizimiga bо‘ysunadigan, prokuratura tomonidan operativ boshqariladigan va nazorat
qilinadigan tergov apparati hamda prokuratura tomonidan nazorat qilinadigan Davlat siyosiy
boshqaruvining tergov apparati mavjud bо‘lgan. Tergovchilar tezkor-qidiruv tadbirlarini
amalga oshirish bilan shug‘ullanuvchi militsiya organlarini nazorat qilgan. Bu bilan tezkor-
qidiruv va tergov faoliyatini, albatta, qо‘shib olib borishga harakat qilgan.
11
1917 yil oktabr voqealaridan keyin hozirgi О‘zbekiston hududida tergov apparati hay’at
bо‘lib ishlovchi kо‘plab tergov komissiyalari shaklida tuzilgan. Tergov komissiyalari Sovetlar
va turli inqilobiy tribunallar qoshida ishlagan. Ushbu davrda tergovni amalga oshirish
10
Matlyubov B.A. O‘zbekistonda Jamoat tartibi va xavfsizlikni taʼminlash tarixi // Monografiy. O‘zbekiston
Respublikasi IIV Akademiyasi, 2021.-40-б
11
Rahmonqulov A.X, Mirazov D.M., Sharafutdinov A.O va boshq. Dastlabki tergov (darslik) – T.: О‘zbekiston
Respublikasi IIV Akademiyasi, 2019, - 6-b.
130
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 12-MAXSUS SON (YOʻITJ)
masalalari kо‘p jihatdan sudlar faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq bо‘lgan. Lekin tergov
komissiyalariga taalluqli sohalarning kengayishi tamoyili ham kuzatilgan.
Masalan, 1-sonli sud haqidagi dekret bо‘yicha ular faqat inqilobiy tribunallar sud
qiladigan ishlarnigina tergov qilganlar, sud haqidagi 2-dekretga kо‘ra esa yuqori turuvchi
sudlarga taalluqlijinoyat ishlarini, sud haqidagi 3-dekretga binoan esa halq sudiga taalluqli
bо‘lgan, ammo muayyan murakkab jihatlarga ega jinoyat ishlari ham kо‘rib chiqilgan.
Inqilobiy tribunallarning harbiy tergovchilari maxsus jinoyat ishlarini, ya’ni armiyada
komandirlar va oddiy askarlar, shuningdek xizmatchilar sodir etgan jinoyatlar haqidagi jinoiy
ishlarni tergov qilganlar.
Dastlabki tergovni yuritish huquqiga, shuningdek sud muassasasi amal qiladigan
doirada sodir etilgan jinoyatlarga doir ishlarni tergov qiluvchi sudya ham ega bо‘lgan. 1918 yil
sentabrida Turkiston markaziy ijroiya qо‘mita о‘lka MIQ qoshida aksilinqilobchilik,
olibsotarlik jinoyatlariga doir ishlarni tergov qiluvchi ushbu jinoyatlarga qarshi kurashish
bо‘yicha Favqulodda Tergov Komissiyasini (SNK) ta’sis etdi. SNK faoliyatiga taalluqli ishlar
doirasi mamlakat ichki va xalqaro mavqeiga qarab kengayib yoki torayib borgan. SNK
ishlariga aksilinqilobiy jinoyat ishlaridan tashqari banditizm, pul belgilarini qalbakilashtirish
kabi umumiy jinoyatlarga doir ishlar ham kirgan. 1919 yilda sobiq Turkiston ASSRda tergov
organlari tо‘la markazlashtirilgan.
12
Tergovning yakkaboshchiligi prinsipi, S.A.Belousovning fikricha, dastlabki tergovni
yuritishning eng yaxshi usuli bо‘lgan va bо‘lib qolmoqda.
13
Turk SNK 1922 yilda qayta tashkil etilganidan va Turkiston Respublikasi GPU tashkil
etilganidan sо‘ng davlat xavfsizligi organlari ish doirasiga yangi tuzum asoslariga tajovuz
qiluvchi jinoyatlarga doir ishlar ham kiritilgan.
Bunda davlat xavfsizligi organlarining tergovga tegishlilik sohasidagi tobeligi namoyon
bо‘libgina qolmay, balki muayyan tamoyil ham kо‘rina boshladi - dastlabki tergov organlari
о‘zlari tarkibiga kirgan idoraga qarab tergovga taalluqlilik sohalariga ega bо‘la boshladilar.
14
О‘zbekiston ichki ishlar idoralari qanday qiyin sharoitda, doimiy kurashda va janglarda
mustahkamlanib tajriba orttirib bordi, toblandi. О‘tgan yillar mobaynida kо‘p narsa о‘zgardi:
Militsiya (Ichki ishlar organlari)ning vazifalari doirasi kengaydi, ish mazmuni, shakllari va
usullari takomillashdi, moddiy-texnika bazasi bosqichma-bosqich mustahkamlandi, huquq-
tartibot himoyachilari soni kо‘paydi.
15
О‘zbekistonning 1926 yilgi Jinoyat-protsessual kodeksi bо‘yicha, tergovchilarning
vakolatlari ular bо‘ysunuvchi sudlarga tegishli bо‘lgan jinoyat ishlarining doirasi bilan
belgilangan. Ushbu vakolatlar sodir etilgan jinoyatning xususiyatiga, uning jamiyatga bо‘lgan
ta’siriga qarab ajratilgan, chunki yuqori turuvchi sudlarga eng murakkab jinoyatlarga doir
jinoyat ishlari tegishli bо‘lgan.
12
Rahmonqulov A.X, Mirazov D.M., Sharafutdinov A.O va boshq. Dastlabki tergov (darslik) – T.: О‘zbekiston
Respublikasi IIV Akademiyasi, 2019, - 5-b.
13
Belousov S.A. Podsledstvennost v ugolovnom protsesse i vopros yeyo sovershenstvovaniy. Avtoref. Dis. ... kand.
yurid. nauk. – Т., 1994. – S. 19.
14
Rahmonqulov A.X, Mirazov D.M., Sharafutdinov A.O va boshq. Dastlabki tergov (darslik) – T.: О‘zbekiston
Respublikasi IIV Akademiyasi, 2019, - 5-b.
15
Matlyubov B.A. O‘zbekistonda Jamoat tartibi va xavfsizlikni taʼminlash tarixi // Monografiy. O‘zbekiston
Respublikasi IIV Akademiyasi, 2021.-8-9-b
131
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 12-MAXSUS SON (YOʻITJ)
Hududiy tergovga tegishlilik qoidasiga binoan jinoyat ishi qaysi hududda sodir etilgan
bо‘lsa, о‘sha uchastkaning tergovchisi tomonidan tergov qilingan, ya’ni dastlabki tergovning
umumiy sharti, hududiy tergovga tegishlilikning yetakchi belgisi bо‘lmish uchastka tamoiyli
mustahkamlanib qо‘yilgan.
Harbiy tribunallar va harbiy prokuratura tо‘g‘risidagi 1926 yilgi nizomga asosan harbiy
xizmatchilar sodir etgan jinoyatlarga doir barcha ishlarni harbiy tergovchilar tergov qilishgan.
Ularning maxsus tergovga tegishliligi harbiy tribunallar vakolatiga kiruvchi ishlar doirasi
bilan belgilangan.
1928 yilda О‘zbekiston Respublikasi davlat prokuraturasi tashkil etilgan paytdan
boshlab tergov apparati operativ jihatdan ham, tashkiliy jihatdan ham prokuratura ixtiyoriga
berila boshlandi va prokuror tergovning rahbari bо‘lib qolgan.
Respublikada 1929 yilda qabul qilingan ikkinchi JPKda tergov organlari tergovga
tegishlilik hajmi bо‘yichgina farqlangan. Jinoyatlarni NKVD organlari tergov qiladigan hollar
maxsus qonunlar bilan belgilangan.
XX asrning 30 yillarida О‘zbekistonda tergov organlarini tashkiliy jihatdan
mustahkamlash, tumanlar va shaharlarda tergov apparatiga moddiy xizmat kо‘rsatishni va
uning mustaqilligini yaxshilashga qaratilgan muhim ishlar amalga oshirildi. 1935 yilda tergov
apparati respublika byudjetiga о‘tkazilgan.
Tergovchilarga dastlabki tergov qilinishi shart bо‘lgan har qanday jinoyat ishini
surishtiruv organlariga ishirish huquqi berildi. Bu hol amalda dastlabki tergov va surishtiruv
о‘rtasidagi chegaraning yо‘q qilinishiga olib keldi. Sobiq SSSR Prokurori va Adliya xalq
komissarining 1938 yil 8 yanvar sirkulari bilan militsiya organlari, tergovchilar va idoraviy
inspeksiyalar о‘rtasida tergov qilish bо‘yicha vazifalar ajratib qо‘yildi. Masalan, davlatga
qarshi jinoyatlar, о‘ta xavfli boshqaruv tartibiga qarshi, talon-toroj va boshqa murakkab
jinoyat bо‘yicha tergov ishlarini, albatta, tergovchilar, boshqa ishlarni tergov qilishni –
militsiya organlari amalga oshirishi kerak bо‘ldi. Idoraviy inspeksiyalar о‘z vakolatlari
doirasida surishtiruv ishlarini amalga oshirar va surishtiruv yakunlangach hujjatlarni
prokurorga yо‘llashardi.
Voyaga yetmagan shaxslar sodir etgan jinoyatlarga doir ishlar maxsus tergovga tegishli
bо‘lgan bо‘lib, ularni tergov qilish eng malakali tergovchilarga topshirilardi. Militsiya va
surishtiruv organlari bunday jinoyatlarni tergov qilishlari mumkin bо‘lmagan.
1940 yilda NKVDning idoraviy hujjati bilan militsiya organlarida tergov apparatlari
tashkil etildi, ular 1958-1960 yillar qonun hujjatlari ikkinchi bor kodifikatsiya qilingan
davrgacha ishlab turgan.
XX asrning 50 yillari oxiri, 60 yillar boshlarida qabul qilingan jinoyat-protsessual qonun
hujjatlariga binoan, dastlabki tergov organlariga prokuratura, davlat xavfsizligi organlari va
ichki ishlar organlarining tergovchilari kiritildi. Bir qator boshqa davlat organlariga ham
surishtiruvni amalga oshirish huquqi berildi. Tergovning ikki turi – dastlabki tergov va
surishtiruv nazarda tutildi. Xozir amalda bо‘lgan JPKda ham tergovning ana shunday tuzilishi
nazarda tutilgan.
16
1953 yil 27 martda qabul qilingan Vazirlar Kengashining «Jamoat tartibini saqlashni va
jinoyatlarga qarshi kurashni kuchaytirish choralari tо‘g‘risida»gi Qaroriga muvofiq 1953 yil
16
Rahmonqulov A.X, Mirazov D.M., Sharafutdinov A.O va boshq. Dastlabki tergov (darslik) – T.: О‘zbekiston
Respublikasi IIV Akademiyasi, 2019, - 7-8-b.
132
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 12-MAXSUS SON (YOʻITJ)
20 iyulda О‘zbekiston SSR Vazirlar Kengashi va О‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy
Komitetining «О‘zbekiston SSRda jinoyatchilikka qarshi kurashni kuchaytirish va jamoat
tartibini saqlash tо‘g‘risida»gi Qarori qabul qilingan. Mazkur qaror bilan tezkor-qidiruv
bо‘linmalari xodimlari jinoyat ishlarini tergov qilishdan ozod yetilgan.
SSSR Oliy Kengashi Rayosatining 1963 yil 6 apreldagi «Jamoat tartibini saqlash
organlariga dastlabki tergovni olib borish huquqini berish tо‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq
Sobiq Ittifoq, shu jumladan respublikamiz hududida о‘sha vaqtdagi jamoat tartibini saqlash,
hozirgi ichki ishlar organlari tizimida tergov organlari tashkil etildi.
1963 yil 15 aprelda qabul qilingan RSFSR Oliy Kengashi Rayosatining «RSFSR Jinoyat-
protsessual kodeksiga о‘zgartish va qо‘shimchalar kiritish haqida»gi Farmoniga muvofiq,
О‘zbekiston SSR Jinoyat-protsessual kodeksiga ham о‘zgartish va qо‘shimchalar kiritilib,
tergovchilar tomonidan dastlabki tergov olib boriladigan jinoyat turlari belgilab berildi va
ichki ishlar organlarida tergov idoralari 1963 yil 1 iyuldan boshlab rasmiy ravishda о‘z
vazifalarini bajarishga kirishdi.
Tergov ishlarini tashkil etish va unga rahbarlik qilish О‘zbekiston SSR Jamoat tartibini
saqlash vazirligi (hozirgi Ichki ishlar vazirligi) tarkibida tergov boshqarmasi,
Qoraqalpog‘iston ASSR Jamoat tartibini saqlash vazirligi, jamoat tartibini saqlash viloyat
boshqarmalari, Toshkent shahar ijroiya qо‘mitasi ichki ishlar boshqarmasi hamda yо‘l ichki
ishlar bо‘limlarida tergov bо‘limlari tashkil etildi. Tuman (shahar)larda va temir yо‘l
uchastkalarida tergov bо‘linmalari (guruhlari) tuzildi.
Jinoyat-protsessual kodeksiga kiritilgan о‘zgartish va qо‘shimchalar asosida
tergovchilarga jinoyat ishlari bо‘yicha prokuror ruxsati talab qilinadigan hollardan tashqari
barcha protsessual qarorlarni mustaqil ravishda qabul qilish huquqi berildi.
1991-yildan 2017-yilgacha bo‘lgan davr;
Bu davrda 1990 yil 31 oktabrdagi «Militsiya
xodimlarini ijtimoiy va huquqiy jihatdan himoya qilishni kuchaytirish tо‘g‘risida»gi
О‘zbekiston Respublikasining Qonuni hamda О‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 25
avgustdagi «О‘zbekiston SSR Ichki ishlar vazirligini jumhuriyat huquqiy tasarrufiga о‘tkazish
haqida»gi Farmonga muvofiq, 1991 yil
25 oktabrda О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «О‘zbekiston Respublikasi
Ichki ishlar vazirligi haqida»gi 270-sonli qarori qabul qilindi.
Mazkur Qaror asosida О‘zbekiston SSR ittifoq – respublika Ichki ishlar vazirligi
О‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga aylantirildi va Tergov boshqarmasi vazirlik
markaziy apparatining tarkibiy tuzilmasi sifatida belgilandi.
2001 yil 27 martdagi О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «О‘zbekiston Respublikasi
ichki ishlar organlari faoliyatini yanada takomillashtirish tо‘g‘risida»gi Farmoni qabul
qilinganidan sо‘ng Ichki ishlar vazirligi tizimida mustaqillikka erishgandan buyon ikkinchi
marotaba tub islohotlar amalga oshirildi. Shu bilan birga ichki ishlar organlari tergov
bо‘linmalarida ham bir qator islohatlarga qо‘l urildi.
Ushbu Farmonga muvofiq, 2001 yil 7 maydagi О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining «Jinoyatchilikka qarshi kurashishda Ichki ishlar vazirligi tergov bо‘linmalari
rolini kuchaytirish tо‘g‘risida»gi 206-35-sonli qarori qabul qilindi va IIVning 2001 yil 10
iyuldagi 171-sonli buyrug‘i talablari asosida Tergov boshqarmasi Tergov bosh boshqarmasiga
aylantirildi.
133
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 12-MAXSUS SON (YOʻITJ)
2006 yil 17 yanvardagi О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «О‘zbekiston
Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tergov Bosh boshqarmasi faoliyatini takomillashtirish
tо‘g‘risida»gi PQ-261m-sonli qarori bilan Ichki ishlar vaziri о‘rinbosari – tergov Bosh
boshqarmasi boshlig‘i lavozimi joriy etildi.
2016 yil 16 sentabrda qabul qilingan О‘zbekiston Respublikasining «Ichki ishlar
organlari tо‘g‘risida»gi О‘RQ-407-sonli Qonuniga muvofiq, 2017 yil
10 aprelda О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ichki ishlar organlarining faoliyati
samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy
manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish
chora-tadbirlari tо‘g‘risida»gi PF-5005-sonli Farmoni qabul qilindi va Ichki ishlar vazirligi
tizimida uchinchi marotaba tub islohotlar amalga oshirildi.
2017 yil 18 apreldagi О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ichki ishlar
organlarining jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari tо‘g‘risida»gi PQ-2898-sonli qarori qabul qilindi. Mazkur Farmonga asosan Ichki
ishlar vazirligi Tergov Bosh boshqarmasi vazirlik huzuridagi Tergov departamentiga
aylantirildi.
Tergov tizimining zamonaviy davri (2017-yil va undan keyingi davr);
Mazkur davrda
tergov sohasidagi asosiy yangiliklardan biri, 2017 yil 06 sentabrdagi
О‘RQ-442-son «Surishtiruv instituti takomillashtirilishi munosabati bilan О‘zbekiston
Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga о‘zgartish va qо‘shimchalar kiritish tо‘g‘risida»gi
Qonunining qabul qilinishidir.
Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev tomonidan 2022 yil 28 noyabr kuni «Jinoyatlarni tergov
qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish
tо‘g‘risida»gi farmoni imzolandi. Hujjat bilan Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tashkil
etildi. Akademiya Bosh prokuratura tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi, yuridik shaxs maqomiga
ega, ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi. Unda 2023/2024
о‘quv yilidan boshlab tergov faoliyati va huquqni muhofaza qilish faoliyatining boshqa
sohalarida oliy ta’limning ikki bosqichli tizimi - bakalavriat va magistratura bо‘yicha tо‘laqonli
о‘quv jarayoni tashkil etildi.
Muassasaning tergov faoliyati yо‘nalishidagi har yilgi qabul kvotalari bakalavriat dasturi
bо‘yicha - 250 nafargacha talaba, magistratura dasturi bо‘yicha - 50 nafargacha oliy yuridik
ma’lumotli vakolatli davlat organlari xodimlaridan iborat bо‘ladi. Shuningdek, ta’lim olish
muddati bakalavriat dasturi bо‘yicha - uch yil, tergov faoliyati yо‘nalishidagi magistratura
dasturi bо‘yicha - bir yil bо‘ladi. Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan
filiali tugatilib, uning shtat birliklari, о‘quv va moddiy - texnika bazasi akademiyaga о‘tkazildi.
Akademiyaga prezident tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan
boshliq rahbarlik qilishi belgilab berildi.
17
Yuqoridagi keltirilgan sud-huquq tizimining tarixiga nazar tashlab, tajribasidan kelib
chiqadigan bо‘lsak, shu davrlarda shaxsning huquq va erkinliklari shariat normalariga asosan
qozilar tomonidan ta’minlab berilganligini kо‘ramiz. Bundan tashqari, qozilarni tanlash,
lavozimga tayinlash va ular tomonidan bajariladigan ishlarning barcha bitta maqsadga
qaratilganligi ya’ni shaxsning huquqlari, qonuniy manfaatlari, erkinliklariga zarar
yetkazmagan holda adolatni ta’minlash. Bundan tashqari, eng avvalo qozilarning odob-ahloq
17
https://www.gazeta.uz/uz/2022/11/29/academy/
134
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 12-MAXSUS SON (YOʻITJ)
qoidalariga amal qilishi, о‘z faoliyatini amalga oshirish jarayonida tanish-bilishlik va boshqada
korrupsion harakatlardan yiroq bо‘lishi talab qilingan.
Ushbu davrning yana bir diqqatga sazavor tomoni shuki, qozilik faoliyatining
jamoatchilik nazorati ostida bо‘lganligi, ya’ni halq tomonidan qozilarning ishlariga baho
berish tartibi yо‘lga qо‘yilganligidir, buning ijobiy tomoni shundaki, qozining faoliyati
davomida о‘z vazifalarini bajarishda, barcha harakatlarini har tomonlama о‘ylab, chuqur tahlil
qilib, shariat qonunchiligiga asoslanib harakat qilishini ta’minlagan.
Sohibqiron Amir Temur davrida ham davlat boshqaruvida har bir sohani huquqiy
jihatdan alohida turda vazirliklarga bо‘lib, boshqaruvni amalaga oshirganligini kо‘rsak bо‘ladi,
ya’ni Amir Temur davlat boshqaruvida sohalarni tartibga solish uchun sakkizta vazirlik
tuzganligi, sakkizinchi vazilik adliya vazirligi (devoni mazolim) bо‘lgan. Ushbu davrda ham
qonun qoida hamma uchun barobar bо‘lganligi va adolat bilan ish kо‘rish orqali qonun
ustuvorligi ta’minlangan.
Tergov tarixiga nazar tashlaydigan bо‘lsak, tergov faoliyati sohaviy yо‘nalishlarga
ajratilgan holda tergov ishlari tashkil qilinganligini kо‘ramiz.
Ushbu tarixiy tajribadan kelib chiqib, hozirgi vaqtda ham tergov sohaviy yо‘nalishlarga
ajratilgan holda yо‘lga qо‘yilgan, biroq ushbu mexanizmining tо‘liq shaklda faoliyat olib
borishida ayrim kamchiliklar mavjuddir.
Tergov yо‘nalishlarning ahamiyati nimada о‘zi, tergov sohasining yо‘nalishlarga
ajratilishi muhimligi shundaki, misol uchun kiberxavfsizlik yо‘nalishida tergovni yuritishda
aynan ushbu sohada ma’lum bir bilim va kо‘nikmalarni о‘zlashtirgan tergov xodimlarining
faoliyat olib borishi jinoyatning fosh bо‘lishi, jinoyat sodir qilgan shaxsga nisbatan jazo
muqarrarligining ta’minlanishi va boshqa jinoyat protsessual huquqining tegishli vazifalari,
prinsplarining bajarilishi ta’minlanib, tergov sifatining yaxshilanishiga sabab bо‘ladi. Agar
xodim aynan bir yо‘nalishda jinoyat ishlarining tergovini olib borishi, bu xodimning bilim
saviyasining ortib borishiga sabab bо‘ladi, bu holat tajribada о‘z isbotini topgan.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, tergov sohasining tarixiy rivojlanishida ham
insoniyat adolatga intilib yashaganligi, har bir ishda qonuniy qaror qabul qilish, ushbu
faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarning о‘ta ma’suliyatli, bilimli va albatta adolatparvar
bо‘lishini ta’minlashga о‘z e’tiborlarini qaratib kelgan. Shunday ekan barcha sohalar kabi,
tergov sohasining ham fahrlanishga arzigulik о‘tmishi bor ekan, hozirgi kunda ham tergov
tizimlarida adolatparvar, odillikka asoslanib ish kо‘radigan, yetuk bilimga ega bо‘lgan, qalban
pok shaxslarga shu sohani ishonib topshirishimiz zarurdir.
REFERENCES:
1.
2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi. T.:
O‘zbekiston, 2022. (Development strategy of New Uzbekistan for 2022-2026. T.: Uzbekistan,
2022) (murojaat qilingan vaqt: 14.09.2024).
2.
Matlyubov B.A. O‘zbekistonda Jamoat tartibi va xavfsizlikni taʼminlash tarixi //
MonografiY. O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi. – 2021 (murojaat qilingan vaqt:
14.09.2024).
3.
Xudyakov Y.S. Voorujeniye srednevekovix kochevnikov Yujnoy Sibiri i Sentralnoy Azii //
Novosibirsk, 1996 (murojaat qilingan vaqt: 14.09.2024).
135
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 12-MAXSUS SON (YOʻITJ)
4.
Sh.Mirziyoev BMT Bosh Assamblieyasining 72 – sessiyasidagi nutqi.// Ma’rifat, 2017, 20
sentabr. (murojaat qilingan vaqt: 14.09.2024).
5.
Abdulaziz Mansur. Qur’oni karim ma’nolarining tarjimasi. T.: “Toshkent islom
universiteti” nashriyot - matbaa birlashmasi, 2001. (murojaat qilingan vaqt: 14.09.2024).
6.
Ming bir hadis. Arab tilidan A.Mansur tarjimasi, T.: Movarounnahr, 1998 y. (murojaat
qilingan vaqt: 14.09.2024). (7,8,9 snoskalar)
7.
https://e-tarix.uz/vatan-tarixi/uzbek-davlati/613-maqola.html
davlat boshqaruvi, qonunchilik va harbiy siyosat”. Elektron manbaga (murojaat qilingan vaqt:
14.09.2024).
8.
Rahmonqulov A.X, Mirazov D.M., Sharafutdinov A.O va boshq. Dastlabki tergov (darslik)
– T.: О‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi (murojaat qilingan vaqt: 14.09.2024).
9.
Belousov S.A. Podsledstvennost v ugolovnom protsesse i vopros yeyo
sovershenstvovaniy. Avtoref. Dis. ... kand. yurid. nauk. – T.,
1994. (murojaat qilingan vaqt: 14.09.2024).
10.
https://www.gazeta.uz/uz/2022/11/29/academy/ Elektron manbaga (murojaat
qilingan vaqt: 14.09.2024).