115
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 12-MAXSUS SON (YOʻITJ)
EKSPERTIZA O‘TKAZISHNING ZARURIYATI VA DALIL
SIFATIDAGI AHAMIYATI
Olimov Bekmirza Tuxtapulatovich
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi
Akademiyasi mustaqil izlanuvchisi
Tel-99-925-25-11
ORCID: 0009-0009-3601-0247
https://doi.org/10.5281/zenodo.14209455
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 9-noyabr 2024 yil
Ma’qullandi: 10-noyabr 2024 yil
Nashr qilindi: 14-noyabr 2024 yil
Mamlakatimizda
adolat
va
qonun
ustuvorligi
tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga
aylantirish, yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi
dasturiga yettita ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida
kiritilganligi, so‘nggi yillarda mamlakatimizda inson
huquq va erkinliklarini lozim darajada himoya qilinishini
ta’minlashga jiddiy e’tibor qaratilayotganligining yorqin
dalilidir. Jazo muqarrarligi, aybi bo‘lmagan shaxsning
javobgarlikka tortilmasligi, jinoyatlar sodir etilishining
oldini olish va inson huquqlarini jinoiy tajovuzlardan
himoya qilish lozim daraja ta’minlangan davlatda adolat
va qonun ustuvorligi ta’minlanadi.
Quyida, yuqoridagi vazifalarni amalga oshirishda Jinoyat
ishlarini yuritishning zaruriy qismi bo‘lgan ekspertiza
institutinng zaruriyati haqida so‘z yuritiladi.
KEY WORDS
Dalil, isbot, ayblov dalil
tushunchasi,
oqlov
dalil
tushunchasi, haqiqat, jazo
muqarrarligi, oqibat, ekspert
xulosasi.
Yuz bergan oqibatga shaxsning harakat yoki harakatsizligi sabab bo‘lmaganini
isbotlanishi natijasida aybi bo‘lmagan shaxsning javobgarlikka tortilmasligini, oqibфatga
shaxsning harakat yoki harakatsizligi sabab bo‘lganligi isbotlangan hollarda esa jazo
muqarrarligini ta’minlash mumkin bo‘ladi.
Bunda jazo muqarrarligini va aybi bo‘lmagan shaxsni javobgarlikka tortilmasligini
ta’minlashga ish bo‘yicha “haqiqat”ni to‘liq aniqlash orqali erishilsa, shaxsga jismoniy zarar
yetkazilganligi bilan bog‘liq ishlarda ana shu haqiqatni aniqlashda ekspert xulosasiga
tayaniladi.
Jinoyat-protsessual kodeksining 81-moddasida
“
ijtimoiy xavfli qilmishning yuz bergan-
bermaganini, shu qilmishni sodir etgan shaxsning aybli-aybsizligini va ishni to‘g‘ri hal qilish
uchun ahamiyatga molik boshqa holatlarni surishtiruvchining, tergovchining va sudning
qonunda belgilangan tartibda aniqlashiga asos bo‘ladigan har qanday haqiqiy ma’lumotlar
jinoyat ishi bo‘yicha dalil hisoblanib, ushbu ma’lumotlar guvohning, jabrlanuvchining, gumon
qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining ko‘rsatuvlari, ekspertning xulosasi,
ashyoviy dalillar, ovozli yozuvlar, videoyozuvlar, kinotasvir va fotosuratlardan iborat
materiallar, tergov va sud harakatlarining bayonnomalari va boshqa hujjatlar bilan
aniqlanadi”-deb belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 24-
avgustdagi “Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-protsessual qonuni normalarini qo‘llashning
116
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 12-MAXSUS SON (YOʻITJ)
ayrim masalalari to‘g‘risida”gi Qarorining 3-bandida dastlabki tergovdagi sudda dalillar
majmui bilan o‘z tasdig‘ini topmagan ko‘rsatuvlardan olingan dalillar maqbul emas deb
topilishi haqida tushuntirish berilgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida
“Aybdorlikka oid barcha shubhalar, agar ularni bartaraf etish imkoniyatlari tugagan bo‘lsa,
gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki mahkumning foydasiga hal
qilinishi kerak”ligi ko‘rsatilgan. Asosiy Qonunning ushbu talabi JPK 23-moddasining 3-
qismida ham belgilab qo‘yilgan, JPK 464-moddasi 1-qismining 1-bandi talabiga ko‘ra esa
basharti jinoiy hodisa yuz bermagan bo‘lsa, oqlov hukmi chiqarilishi ko‘rsatilgan.
Bundan ko‘rinadiki asosli va yetarli dalillar mavjud bo‘lgandagina ish bo‘yicha adolatli
qaror (hukm) chiqarilishi ta’minlanadi. Dalil shaxsni yuz bergan oqibatga daxldor emasligini
yoki yuz bergan oqibatda aybdor ekanligini isbotlashga asos bo‘ladi.
“Dalillarni yig‘ish (topish,izlash)”-atrof muhitdan daliliy ma’lumotlar topish va daliliy
ahamiyatga ega faktik ma’lumotlarni tanlab olish, “dalillarni olish”-dalillardan foydalanish,
ularni jinoyat ishiga kiritish, shuningdek.ulardan foydalanish imkonini beruvchi operatsiyalar
(amallar), “dalillarni baholash”-esa dalillarning tekshirilayotgan jinoyat hodisasiga
tegishliligini aniqlash, ular orasida o‘zaro bog‘liqlikning mavjudligi va tabiati, haqiqatni bilish
uchun dalillardan foydalanish, yo‘llarini topish bo‘yicha mantiqiy jarayon hisoblanadi.[1]
Dalillarning xususiyatlari shunday zarur belgilarki,ularsiz dalil sifatida foydalanish
mumkin emas va bu xususiyatlar aloqadorlik, maqbullilik, ishonchlilik, ahamiyatlilik va
yetarlilik hisoblanadi[2].
Jinoyat-protsessual kodeksida ekspert xulosasining dalil sifatida rasmiylashtirishning
huquqiy tartibga solinishini tarixiga nazar tashlasak, sobiq ittifoq tarkibiga kirgan
O‘zbekistonning 1926-yilda qabul qilingan birinchi Jinoyat-protsessual kodeksining “Dalillar
haqida” va “Bayonnomalar haqida” deb nomlangan bobiga ekspert xulosalaridan va boshqa
dalillardan sudda dalil sifatida foydalanilishi kiritilgan bo‘lsa, 1929-yildagi kodeksdan farqli
o‘laroq dalillarni to‘plash va rasmiylashtirish bilan bog‘liq masalalarga ko‘proq e’tibor
qaratilgan 1959-yildagi Jinoyat-protsessual kodeksida esa ekspert xulosalari, isbot qilinishi
lozim bo‘lgan holatlar, dalillar, ularni to‘plash, baholash, ashyoviy dalillar ularni saqlash
tartibi, muddatlari va boshqa holatlar qayd etilgan. [3]
Inson o‘limi bilan bog‘liq shu jumladan inson o‘limiga sabab bo‘lmagan insonga jismoniy
zarar yetkazilganligi bilan bog‘liq ishlarda, ekspert xulosasi asosida:
- shaxsni harakat yoki harakatsizligi inson o‘limiga yoki uni sog‘ligini buzilishiga sabab
bo‘lmaganligi yoxud shaxsni mazkur oqibatga daxldor emasligi isbotlanib aybi bo‘lmagan
shaxsning javobgarlikka tortilmasligi;
- sodir etilgan jinoyatlar va jinoyat sodir etganning shaxsi fosh etilib, jinoyat sodir etgan shaxs
ishga ayblanuvchi tariqasida jalb etish;
- jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksi (bundan keyingi o‘rinlarda JK-deb
yuritiladi) ni maxsus qismini tegishli moddasi bilan ayblash va ayblov xulosasi tuzish;
- JKni maxsus qismini insonga jismoniy zarar yetkazilganligi bilan bog‘liq jinoyatlar uchun
jinoiy javobgarlik belgilangan tegishli moddasi bilan qonuniy, asosli, adolatli hukm chiqarilishi
ta’minlanadi.Demak insonga jismoniy zarar yetkazilganligi bilan bog‘liq hollarda ekspert
xulosasi ham “ayblov” ham “oqlov” dalil bo‘ladi.Ayblov yoki oqlov dalil deganda esa -
“muayyan shaxsning jinoyat sodir etganligidan dalolat beruvchi yoki uni aybini
og‘irlashtiruvchi holatlarni aniqlaydigan faktik ma’lumotlar ayblov dalillar, muayyan
117
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 12-MAXSUS SON (YOʻITJ)
shaxsning jinoyat sodir etganligini inkor etuvchi yoki uni aybini yengillashtiruvchi holatlarni
aniqlaydigan faktik ma’lumotlar oqlov dalillar”[4]-hisoblanib, bunda ekspertiza o‘tkazilishi
natijasida oqibat (inson o‘limi sababi, sog‘liqning buzilish darajasi) aniqlanib, natijada bu
oqibatga shaxsning harakat yoki harakatsizligi sabab bo‘lgan-bo‘lmaganligi isbotlanadi.
Insonga jismoniy zarar yetkazilganiga oid ekspertiza tayinlash va o‘tkazishning huquqiy
zaruriyatini muhim jixatlaridan biri shundaki, bunda JPKning 82-moddasi talabiga ko‘ra
shaxsni ayblash va unga nisbatan ayblov hukmi chiqarish uchun isbotlanishi lozim bo‘lgan 5ta
belgilarning 3tasini xususan, 1) jinoyat tufayli yetkazilgan ziyonning xususiyati va miqdori, 2)
sodir etilgan jinoyatning vaqti, joyi, usuli, qilmish va ro‘y bergan ijtimoiy xavfli oqibatlar
o‘rtasidagi sababiy bog‘lanish, 3) jinoyatning ushbu shaxs tomonidan sodir etilganini
isbotlashda ekspert xulosasiga tayanilishidadir.
Yana shuni ta’kidlash joizki, yetkazilgan tan jaroxatining darajasi va sababi aniqlanmasa
shaxsga nisbatan insonga jismoniy zarar yetkazilganligi bilan bog‘liq ishlar yuzasidan qaror
(hukm) chiqarib bo‘lmaydi, chunki insonga yetkazilgan tan jaroxatining darajasini, inson
o‘limiga yoki boshqa oqibatlarga aynan shu yetkazilgan jismoniy zarar sabab bo‘lgan-
bo‘lmaganini, jinoyat sodir etganning shaxsini, uni voqea joyida bo‘lganini aniqlashda ekspert
xulosasi muhim dalil bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi JKni 16-moddasini 2-qismi talabiga
ko‘ra jinoiy javobgarlikning yagona asosi qilmishda jinoyat tarkibining barcha alomatlari
mavjud bo‘lishida va agar qilmishda jinoyat tarkibining loaqal bitta elementi bo‘lmasa, bunday
qilmish jinoyat hisoblanmasligi belgilanib, insonga jismoniy zarar yetkazilganligi bilan bog‘liq
ishlarda ushbu modda talabiga ko‘ra jinoyat tarkibining mavjud yoki mavjud emasligini
ekspert xulosasisiz isbotlab bo‘lmaydi desak xato bo‘lmaydi..
Sudga oid tibbiy ekspertiza o‘tkazish zaruriyati shaxs hayoti va sog‘lig‘iga.. qarshi jinoyat
ishlarida vujudga keladi va odil sudlovning maqsadi va vazifalari uchun xizmat qiladi.[5]
Amaldagi JPKning 173-moddasida esa o‘limning sababini, yetkazilgan tan jarohatlarining
xususiyati va og‘irlik darajasini aniqlash yuzasidan ekspertiza o‘tkazish shartligi belgilangan.
Yuqoridagi tahlillardan ko‘rinadiki, insonga jismoniy zarar yetkazilganligiga oid
jinoyatlar yuzasidan ekspert xulosasisiz ayblov hukmi chiqarib bo‘lmaydi. Bundan bejizga
Yustinian kodeksida ularning sud jarayonidagi ishtirokining ahamiyati haqida “hakimlar
guvoh emaslar, ular guvohlardan ham, hatto qozilardan ham yuqoriroqdir”- deb ta’rif
berilmaganini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi [6].
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra 2022-yilda 1010 nafar, 2023-yilda 1244 nafar,
2024-yilning 1-yarmida esa 465 nafar shaxslarga nisbatan oqlov hukmi chiqarilgan[7].Bunga
“mazkur shaxslarni ayblashga asos qilib olingan dalillarning nomaqbul ekanligi yoki (va)
shaxsni ayblash uchun dalillar yetarli bo‘lmasada ayblov xulosasi tuzilganligi ham sabab
bo‘lgan”- degan fikrimizga e’tiroz bo‘lmasa kerak.
Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan “dalillar ishonchli, qonuniy yo‘l
bilan olingan va ishga aloqador bo‘lishini, sud’yalar tili bilan aytganda dalillar maqbulligi
tamoyilini amalda ta’minlash.. buning uchun.. tegishli huquqiy mexanizmlarni yaratish va
amaldagi qonun hujjatlarini takomillashtirish kerak”[8]ligi ta’kidlanganini anglagan holda
quyidagi takliflar kiritiladi:
-alohida tergov boshqarmasi tashkil etilsa, jinoyat ishlarini ish hajmiga qarab to‘g‘ri
taqsimlash, tergovchilarni faqat tergov harakatlarini olib borish vazifasini bajarishlariga
to‘liqroq imkoniyat yaratish, ularni mustaqil ish yuritishlarini va yuqori malakali tergovchilar
118
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 12-MAXSUS SON (YOʻITJ)
tomonidan ish tajribasi kam bo‘lgan tergovchilarga huquqiy fikr berish imkoniyatlarini
oshirish, dastlabki tergov samaradorligi va sifatini yanada oshirilishiga erishish mumkin
bo‘ladi;
-ekspert xulosasi tergovga qadar tekshiruvni olib borayotgan vakolatli shaxsga kelib
tushganda, mazkur ekspert xulosasi asosida shaxsni ayblanuvchi yoki jabrlanuvchi tariqasida
ishga jalb etish haqida qaror chiqarilishidan oldin, mazkur shaxslarni ekspert xulosasi bilan
tanishtirish bilan bir qatorda, bu shaxslarga ekspertiza tayinlanishi va o‘tkazilishiga oid
iltimosnoma kiritish va shikoyat qilish huquqini tushuntirilganligi haqida bayonnoma tuzish
shartligini amaliyotga joriy etish orqali ishni sudga qadar yuritish bosqichida asosli qarorlar
qabul qilinishini yanada ta’minlash mumkin bo‘ladi.
REFERENCES:
1.
Sud ekspertizasi va kriminalistika atamalari lug‘ati [Matn]:lug‘at/Malliflar jamosi-
T.:TDYuU nashriyoti,2024y.24-25 betlar.
2.
M.X.Kadirova.Jinoyat protsessida dalillar va isbotlash [Matn] o‘quv qo‘llanma /-
T.:TDYuU nashriyoti,2024y.12bet.
3.
M.Muminov.Huquq va burch 2022y. 8-son.28-29 betlar.
4.
https:// drive.Google.com/ file/d/1th6t1Y5. B.A.Rajabov-III –bo‘lim (6-mavzu)-106 bet.
Jinoyat-protsessual huquq:Darslik //D.M.Mirazov, B.N.Rashidov, Sh.A.Qulmatov va boshq. –T..
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi,2019.-333b.
5.
Indiaminov S.I.Sud tibbiyoti:(o‘quv qo‘llanma) Toshkent:2012y. 13-bet.
6.
G‘iyosov Z.A. Botaev J.I. Saidov Ch.Sh Sud tibbiyoti va Psixiatriyasi Darslik-T
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi 2006y 76- bet
7.
stat.sud.uz.Sud statistikasi-turli sud yo‘nalishlari bo‘yicha Respublika sudlari tomonidan
ko‘rilgan ishlar yuzasidan statistik ma’lumotlar.
8.
Sh.M.Mirziyoev.Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib yangi bosqichga
ko‘taramiz.-Toshkent: “O‘zbekiston№ NMIU, 2018y.430-431betlar.