98
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 12-MAXSUS SON (YOʻITJ)
HUQUQBUZARLIK SODIR ETISHGA MOYIL SHAXSLARGA
NISBATAN “PROFILAKTIK KUZATUV”NI OLIB BORISH VA
UNI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI
Aslanov Bobur Tuxtayivich
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Akademiyasi mustaqil izlanuvchisi, mayor
https://doi.org/10.5281/zenodo.14209338
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 9-noyabr 2024 yil
Ma’qullandi: 10-noyabr 2024 yil
Nashr qilindi: 14-noyabr 2024 yil
Mazkur
maqola
huquqbuzarliklar
profilaktikasini
ta’sirchan ta’minlash va bu borada huquqbuzarlik sodir
etishga moyil shaxslarning kelgusida jinoyat sodir etish
ehtimoli holatini oldini olish uchun ularni profilaktik
kuzatuvga olish lozimligi, shuningdek shu yo‘nalishda
tadqiqot olib borgan olimlarning ilmiy yondoshuvlari va
anketa so‘rovnomalari orqali yoritib berilgan.
KEY WORDS
Huquqbuzarlik,
moyil,
profilaktik kuzatuv, jinoyat,
ilgari sudlangan, profilaktik
hisob va ma’muriy nazorat va
chora-tadbirlar.
Bugungi rivojlangan xorijiy davlatlarda, ayniqsa Buyuk Britaniya, AQSh va Yangi
Zelandiyada bolalarni jinsiy zoʻravonlikka moyil shaxslardan himoya qilishning samarali
choralari ishlab chiqilgan. Jumladan, Yangi Zelandiyaning “Bolalarni himoya qilish
toʻgʻrisida”gi qonuni asosida bolalarga nisbatan jinsiy tusdagi jinoyatlar sodir etgan
shaxslarning reyestrini yuritish tartibi joriy etilgan[1].
Mazkur reyestr bolalarga nisbatan jinsiy tusdagi jinoyat sodir etgan shaxslarning
shaxsiy ma’lumotlari toʻgʻrisidagi yozuvlarni oʻz ichiga oladi. Reyestr oldin jinoyat sodir etgan
shaxslarni monitoring qilish orqali ularning qayta jinoyat sodir etishining oldini olish hamda
bolalarning xavfsizligini ta’minlashda jazoni ijro etish muassasasi va politsiya xodimlariga
yordam beruvchi vosita hisoblanadi.
Hususan, milliy normativ-huquqiy hujjatlarimizda ham shu kabi chora-tadbirlar tizimini
kuzatish mumkin. Masalan, yuqoridagi ayrim toifadagi huquqbuzarlik sodir etishga moyil
shaxslarning roʻyxati shakllantirilishi, shuningdek jamoat tartibini buzgan, qayta jinoyat sodir
etgan shaxslarning yagona elektron roʻyxatini yuritish va axborot tizimi orqali davriy
monitoring qilib borish tartibini yoʻlga qoʻyishda quyidagilar amalga oshirilishi belgilab
qoʻyilgan:
– jamiyat manfaatlariga qarshi ma’muriy huquqbuzarlik va jinoyatlar roʻyxatini shakllantirish;
– jamiyat manfaatlariga qarshi jinoyat sodir etgan shaxslarning roʻyxatini “E-jamoat
xavfsizligi” axborot tizimida yuritish;
– qayta jinoyat sodir etgan shaxslarning roʻyxatini “E-jamoat xavfsizligi” axborot tizimida
yuritish;
99
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 12-MAXSUS SON (YOʻITJ)
Ushbu shaxslarning roʻyxatini davriy monitoring qilib borish, uch martadan ortiq jinoyat
sodir etgan shaxslarga nisbatan profilaktik nazoratidagi (profilaktik hisob va ma’muriy
nazorat instituti oʻrniga) shaxslarga belgilanadigan majburiyatlar va cheklovlarni toʻliq
qoʻllash mexanizmlari belgilanadi[2].
Nazarimizda, huquqbuzarlik sodir etishga moyil boʻlgan shaxslarning yagona elektron
roʻyxatini yuritish va axborot tizimi orqali davriy monitoring qilib borish tartibini yoʻlga
qoʻyilishi:
birinchidan;
profilaktika inspektorlari nazorati ostida boʻlgan toifalar haqidagi bir
necha ma’lumotlarni kiritib borishni osonlashtiradi;
ikkinchidan,
ichki ishlar organlari sohaviy
xizmat subyektlari oʻrtasida axborotlarni almashishni tezlashtiradi;
uchinchidan,
xodimlarning sarf-xarajatlarini kamaytirish bilan birga ularning ish hajmini soddalashtiradi;
toʻrtinchidan,
huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxslarni bevosita va bilvosita “profilaktik
kuzatuv”ga olish orqali ijobiy natijalarga erishish mumkin.
Shu kabi istohotlar ayrim manbalarda, “nazorat ostidagi shaxslarning sud tomonidan
belgilangan ma’muriy cheklovlar va boshqa majburiyatlarga amal qilishlarini samarali
ta’minlash maqsadida koʻngilochar joylar (kafe, bar, restoran, tungi klublar va h.k.) hamda
jamoat (bozorlar, stadionlar, bekatlar va h.k.) joylarida oʻrnatilgan “aqlli (smart)”
kameralarning elektron bazasiga ma’muriy nazorat ostidagi shaxslarning fotosuratlarini
joylashtirish orqali nazorat qilish tizimini yoʻlga qoʻyish lozim”[3] ekanligi ta’kidlangan. Ushbu
tizim kelgusida “profilaktik kuzatuv” ostiga olingan shaxslar toifalari tomonidan cheklovlarga
toʻliq rioya etilishini kafolatlashga xizmat qiladi.
Bu borada, Rossiya Federatsiyasi va Belorussiya Respublikalarining qonunchiligida
“profilaktik kuzatuv” quyidagi toifalarga: 1) ogʻir va oʻta ogʻir turdagi jinoyat sodir etgan
yoxud ikki marta qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilinganlarga;
2) shartli hukm qilingan, jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan, tayinlangan
jazo yengilrogʻi bilan almashtirilgan shaxslarga[4] nisbatan amalga oshirilishi aniq belgilab
quyilgan.
Shu xususda, M.Q. Oʻrazaliyev ilgari jinsiy jinoyatlar sodir etganligi uchun javobgarlikka
tortilgan yoki ularni sodir etishda gumon qilingan shaxslar alohida kuzatuv ostiga olinishi
lozim[5] degan fikriga qoʻshilgan holda, shaxsni “profilaktik kuzatuv”ga olishni ma’muriy
nazorat, profilaktik hisob va probatsiya nazoratidan yechilgan, shuningdek ilgari oʻta xavfli
retsidivist maqomida boʻlgan shaxslar oʻrtasida ham olib borish lozim.
Anketa soʻrov ishtirokchilariga,
“Sizningcha, “profilaktik kuzatuv”ni ilgari ogʻir turdagi
jinoyatlar sodir etib, ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlarining ma’muriy nazorat, profilaktik
hisob va probatsiya nazoratidan yechilgan ammo oʻzida huquqbuzarlik sodir etishga moyillikni
saqlab qolgan shaxslar toifalariga nisbatan olib borishni qanday baholaysiz?
degan savolga
respondentlarning 68 % – jobiy baholashgan”.
Bizningcha, Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 25-kuni qabul qilingan “Tezkor-
qidiruv faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 14-moddasida tezkor-qidiruv xizmati subyektlari
nazorati ostidagi huquqbuzarlik sodir etish ehtimoli yuqori boʻlgan shaxslarga nisbatan
“tezkor kuzatuv” chora-tadbirlarini amalga oshirish lozimligi belgilangan[6], biroq
Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-may kuni qabul qilingan “Huquqbuzarliklar
profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Qonunida profilaktika inspektorlari nazoratidagi huquqbuzarlik
sodir etishga moyil shaxslar toifalari bilan ishlash yuzasidan “profilaktik kuzatuv”ni olib
borish va uni amalga oshirish chora-tadbirlari koʻrsatilmagan.
100
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 12-MAXSUS SON (YOʻITJ)
Har qanday davlatning huquqni muhofaza qilish faoliyati tizimida qidiruv ayniqsa
jinoyatchilikka qarshi kurashish, inson huquq va erkinliklari himoyasini ta’minlashning
muhim yo‘nalishi sifatida alohida e’tiborga olinadi[7]. Shu sababli huquqbuzarliklar
profilaktikasi faoliyatida ham tezkorlikni taminlash, shuningdek kelgusida ayrim toifadagi
shaxslar tomonidan sodir etilishi mumkin boʻlgan jinoyatlarni oldini olish maqsadida yangi
qonun normalarini ishlab chiqishni taqozo etmoqda.
Yuqoridagi tadqiq qilingan manbalarni inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasining
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi 2014-yil 14-may kuni qabul qilingan 371-sonli
qonuniga quyidagi mazmundagi 34
1
-moddasi bilan toʻldirishni taklif etamiz:
“profilaktik kuzatuv
– profilaktik hisobdan chiqarilgan, sudlanganlik muddati tugagan,
shuningdek ma’muriy nazorat muddati tamom boʻlgan shaxslarda gʻayriijtimoiy xulq-atvor va
huquqbuzarlik sodir etishga moyillik saqlanib qolganligi munosabati bilan ularni bevosita va
bilvosita profilaktik kuzatuvga olish va amalga oshirish”. Mazkur taklif kelgusida
huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxslar bilan ishlashni huquqiy tartibga solishni
takomillashtirishga xizmat qiladi.
Ta’kidlash joizki, profilaktik kuzatuvga olish va uni amalga oshirish chora-tadbirlarini
nafaqat huquqbuzarlikka moyil yoki huquqbuzar sodir etgan shaxslarga nisbatan, balki
gʻayriijtimoiy xulq-atvorli va huquqbuzarliklardan jabrlanish ehtimoli (viktimligi) yuqori
boʻlgan shaxslar oʻrtasida ham oʻtkazilishi huquqbuzarliklarni profilaktikasini ta’minlashga
ijobiy turtki boʻlib xizmat qiladi.
Sharl Lui Monteskyo oʻzining “Qonun ruhi haqida”gi falsafiy-huquqiy asarida shunday
fikr bildirgan: “Aqlli qonun chiqaruvchi jinoyat uchun jazo berish haqida emas, jinoyatlarning
oldini olish haqida qaygʻuradi, ya’ni u jinoyat uchun jazolashga emas, balki axloqni
yaxshilashga harakat qiladi” [8]. Shu xususida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoyev ta’kidlaganidek, huquqbuzarliklarning oldini olish masalalarini samarali yechish
ustuvor vazifalarimizdan biri boʻlib qoladi. Chunki, bitta boʻlsa ham jinoyat boʻlgani
hammamizni tashvishga solishi kerak[9].
Bu borada, huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlash sohasida ilmiy-tadqiqot olib
borgan
olimlardan
S.B. Xoʻjaqulovning,
huquqbuzarliklar
profilaktikasini
yanada
takomillashtirish yoʻnalishlariga oid ilmiy xulosalari, amaliy tavsiya va takliflariga[10]
qoʻshilgan holda, huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxslar bilan ishlash faoliyatini
rivojlantirish yuzasidan quyidagi taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi:
1)
terrorizm va ekstremizm jinoyatlarini sodir etgan va oʻzida buzgʻunchi gʻoyalarni saqlab
qolgan shaxslarni aniqlash va ularni toʻgʻri yoʻlga qaytarish uchun rasmiy faoliyat
yuritayotgan din vakillarining bu yoʻnalishdagi huquqbuzarliklar profilaktikasini manzilli va
tizimli amalga oshirishdagi ishtirokini ta’minlash;
2)
mutaxassis-psixologlar bilan hamkorlikda jinoyatchilik salmogʻi koʻpaygan joylarda
huquqbuzarlik sodir etish ehtimoli yuqori boʻlgan shaxslarning ijtimoiy-psixologik portretini
tuzish orqali ularni aniqlash hamda ularga nisbatan tezkor profilaktik va huquqiy choralarni
qoʻllash yoʻli bilan jinoyatlarni oldini olishga erishi;
3)
aholi gavjum boʻlgan joylar, shuningdek jamoat transportlarida oʻrnatiladigan
101
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 12-MAXSUS SON (YOʻITJ)
Ichki ishlar organlari sohaviy xizmat subyektlarining bilim va koʻnikmalarini oshirish
maqsadida, ular uchun huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxslar bilan ishlash faoliyatiga
doir oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar tayyorlab, ularga tarqatish hamda bu borada oʻquv seminar
trening mashgʻulotlarini tashkil etish.
Xulosa oʻrnida shuni ta’kidlash joizki, tadqiq qilingan mavzu yuzasidan huquqbuzarliklar
profilaktikasining takomillashtirishni koʻzlab ilgari surilgan taklif va tavsiyalar:
birinchidan,
huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxslar bilan ishlash faoliyatiga oid muammolari boʻyicha
amalga
oshiriladigan
tadqiqotlar
yoʻnalishlarini
belgilab
olishga;
ikkinchidan,
huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir qonunchilikni takomillashtirish va huquqni qoʻllash
amaliyoti samaradorligiga erishishga;
uchinchidan,
huquqbuzarlik sodir etishga moyil
shaxslar bilan ishlash amaliyotiga innovatsion texnologiyalarni joriy etishga xizmat qiladi.
REFERENCES:
1.
NZ Police APP/. (Murojaat vaqti 14.03.2024).//URL://https://www.police.govt.nz/sites
/default/files/documens/child-sex-offender-fact-sheet.pdf
2.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2022 – 2025-yillarda O‘zbekiston
Respublikasida Jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini rivojlantirish strategiyasini 2023-yilda
amalga oshirish bo’yicha «Yo‘l aritasi»ni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 121-sonli Qarori.
(Murojaat vaqti 17.04.2024). URL:https://lex.uz/docs/6411327
3.
Axmedov H.E.
Ma'muriy nazorat ostidagi shaxslarga oid profilaktik chora-tadbirlarni
takomillashtirish. yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy
darajasini olish uchun tayyorlangan Dissertasiya. T – 2021 yil. Bet-125
4.
Redko N.L.
Postpenitensiarnыy nadzor po zakonodatelstvu Rossiyskoy Federasii i
Respubliki Belarus // Vestnik Moskovskogo universiteta MVD Rossii. - 2008. - № 4. - S. 117.
5.
O’razaliyev M.Q.
Oilada voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etiladigan jinsiy
jinoyatlarning oldini olish: Yuridik fanlar nomzodi dissertatsiyasi avtoreferati. – T., 2008. – B.
17-18. (25).
6.
O‘zbekiston Respublikasi “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi 25.12.2012 yildagi
O‘RQ-344-son Qonun [Murojaat vaqti: 25.06.2023]. //URL://https://lex.uz/docs/-2107763
7.
Gordeev Sergey Nikolaevich.
Organizatsiya rozыsknoy rabotы pravooxranitelnыx
organov
(zarubejnыy
opыt).
[Murojaat vaqti: 22.10.2024].
//URL://https://jzsp.ru/articles/article-2545.pdf
8.
Monteske Sh. Izbrannыe proizvideniya. – M., 1955. – B. 231.
9.
[Murojaat vaqti 06.04.2024]. //URL://https://president.uz/uz/1914
10.
Xo‘jaqulov S.B.
Huquqbuzarliklar profilaktikasini yanada takomillashtirish yo‘nalishlari.
// Huquqbuzar-liklar profilaktikasining dolzarb masalalari: Respublika ilmiy-amaliy
konferensiyasi materiallari (2019 yil 17 aprel).