195
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 12-SON (YOʻITJ)
QISHLOQ XO‘JALIGI SHAROITIDA SUV RESURSLARIDAN
TEJAMKORLIK BILAN FOYDALANISH
Bobojonov Nurimon Shaxriyor-o‘g‘li
“TIQXMMI” MTUning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti,
talabasi, nurimonbobojonov@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.14192034
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 9-noyabr 2024 yil
Ma’qullandi: 19-noyabr 2024 yil
Nashr qilindi: 20-noyabr 2024 yil
Ushbu maqolada qishloq xo‘jaligida suv
resurslaridan
samarali
foydalanishda
raqamlashtirishning ahamiyati va o‘rni haqida fikr
mulohazalar keltirilgan. Qolaversa, qishloq xo‘jaligida
suv
resurslaridan
samarali
foydalanishda
raqamlashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘yicha
fikr yuritilgan.
KEY WORDS
Resurs,
strategiya,
kommunikatsiya,
kompleks,
elektron, statistika, subyekt, Smart
Water, gidrologik, post, sarf,
energiya, onlayn.
Kirish.
Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va
sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligida
zamonaviy axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha kompleks
chora – tadbirlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli
O‘zbekiston – 2030 strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora – tadbirlari
to‘g‘risida”gi Farmonida raqamli texnologiyalar asosida mamlakatimizda raqamli
iqtisodiyotni takomillashtirish vazifasi belgilab berilgan.
Asosiy qism.
Raqamlashtirish suv xo‘jaligi tarmog‘ida ma’lumotlarni elektron almashish,
statistik ma’lumotlarni to‘plash va ularni tahlil qilish, suv xo‘jaligi subyektlari uchun dolzarb
xizmatlar va ma’lumotlarni raqamli texnologiyalar yordamida taqdim etish, bu borada
jarayonlarning shaffofligini oshirish va inson omilini kamaytirish choralarini ko‘rish,
idoralararo suv xo‘jaligiga oid ma’lumotlarning elektron almashinuvini yo‘lga qo‘yish
imkonini beradi.
So‘nggi yillarda kuzatilayotgan iqlim o‘zgarishi, global isish, qurg‘oqchilik kabi holatlar suv
resurslarining taqchillashuvini keltirib chiqarmoqda. Bu turli tadqiqot institutlari tomonidan
berilayotgan prognozlaarda ham o‘z aksini topmoqda. Jumladan, jahon resurslari institutining
prognoziga ko‘ra, 2040 – yilga borib O‘zbekiston suv tanqisligi eng yuqori bo‘lgan 33 ta
mamlakatning biriga aylanadi. Bunday holatda oldimizda turgan asosiy vazifa mavjud suv
resurslaridan samarali foydalanishdir.
Suv resurslaridan foydalanishdagi asosiy muammolardan biri – suv hisobining aniq
yuritilmasligidir. Bizda amalda bo‘lib turgan tartibga ko‘ra, qishloq xo‘jaligida faoliyat
yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga suv vakolatli organ, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi
Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan ajratiladigan limit bo‘yicha beriladi. Bunda Irrigatsiya
196
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 12-SON (YOʻITJ)
tizimlari havza boshqarmasi suvdan foydalanish bashoratini umumlashtirib, O‘zbekiston
Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligiga suv olish limitlari bo‘yicha takliflar kiritib, tasdiqlangan
limitlar asosida magistral kanallar, suv xo‘jaligi obyektlari, irrigatsiya tizimlari, viloyat va
tumanlar bo‘yicha suv olish limitlarini belgilaydi. Ushbu tartib suvdan tejamkorlik asosida
foydalanishga rag‘batlantirmaydi. Chunki, qishloq xo‘jaligida faoliyat yuritayotgan
tadbirkorlik subyekti qancha suv sarflanishidan qat’i nazar, ya’ni limitda ko‘rsatilganidan oz
sarflasa ham, ko‘p sarflansa ham unga ajratilgan limitda ko‘rsatilgan miqdordagi suv uchun
haq to‘laydi. Aslida hozirgi vaqtda mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida tadbirkorlik subyektlari
tomonidan sarflangan suvning aniq miqdorini hisoblash ham imkonsizdir. Qachonki
sarflangan aniq suv miqdori uchun to‘lov qilinadigan bo‘lsa, o‘shandagina suvdan
foydalanuvchilar tejamkorlik bilan foydalanishga harakat qiladi.
Ushbu muammoning yechimlaridan biri – suvdan foydalanish jarayonini to‘liq
raqamlashtirish orqali suv sarfining aniq hisob – kitobini yo‘lga qo‘yishdir. Shu sababli
mamlakatimizda suv xo‘jaligi tarmog‘ini raqamlashtirishga alohida e’tibor berilmoqda.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 – yil 10 – iyuldagi “O‘zbekiston
Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 – 2030 – yillarga mo‘ljallangan
konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6024-sonli farmoniga binoan O‘zbekiston
Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 – 2030 – yillarga mo‘ljallangan
konsepsiyasi qabul qilindi. Ushbu farmoniga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi
vazirligiga Konsepsiyada belgilangan ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish orqali 2030 –
yilga qadar suv resurslarini boshqarishni raqamlashtirish sohasida quyidagi ko‘rsatkichlarga
erishishni ta’minlash vazifasi yuklatilgan:
- barcha irrigatsiya tizimi obyektlariga “Smart Water” (“Aqlli suv”) suv o‘lchash va nazorat
qilish qurilmalari o‘rnatilib, suv hisobini yuritishda raqamli texnologiyalarni joriy etish;
- 100 ta yirik suv xo‘jaligi obyektlarida suvni boshqarish jarayonlarini avtomatlashtirish.
Suv resurslaridan foydalanishni raqamlashtirish bo‘yicha so‘ngi yillarda ko‘plab ishlar olib
borilmoqda. Ushbu ishlar doirasida:
- daryo va soylarda 6 ta gidrologik post qurilishi va qayta tiklanishi, 6 ta gidrologik post
raqamli texnologiyalar asosida avtomatlashtirilgan uskunalar bilan jihozlandi;
- “Smart Water” (“Aqlli suv”) raqamli texnologiyasi asosida suvning hisobi yuritiladigan suv
xo‘jaligi obyektlari soni 18576 tagacha yetkazildi;
- 60 ta yirik suv xo‘jaligi obyekti raqamli texnologiyalar asosida avtomatlashtirilgan
boshqaruvga o‘tkazildi;
- Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi 1688 ta nasos stansiyasidagi 5231 ta nasos agregatining
elektr energiyasi iste’moli va suv sarfi hisobining monitoring “onlayn” rejimda olib borish
yo‘lga qo‘yildi;
- mavjud meliorativ kuzatuv quduqlarining 2100 tasida raqamli texnologiyalar orqali
monitoring olib borilishi yo‘lga qo‘yildi.
Xulosa.
So‘nggi yillarda tobora tanqislashib borayotgan suv resurslaridan samarali
foydalanishni tashkil etish uchun yuqoridagi me’yoriy hujjatlarda belgilangan vazifalarni
sifatli bajarish talab etiladi. Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida mavjud suv resurslaridan samarali
foydalanishni yo‘lga qo‘yish uchun ulardan foydalanish jarayonini to‘liq raqamlashtirishga
imkon qadar tezroq o‘tish talab etiladi.
197
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 12-SON (YOʻITJ)
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 – yil 10 - iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi
Suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 – 2030 - yillarga mo‘ljallangan Konsepsiyasini
tasdiqlash to‘g‘risida” 6024 – sonli farmoni. Toshkent, 2020.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan
texnologiyalarni joriy etishni yanada takomillashtirish chora – tadbirlari to‘g‘risida”
01.03.2022 – yildagi PQ-144-sonli qarori.
3. Kosimova. A., Main features of language learning strategies. Eurasian Journal of Academic
Research, 2(12), 1247-1249.
4. Азизова, Ф. Х., Юлдашева, М. Т., Отажонова, А. Н., Ишанджанова, С. Х., Махмудова, Ш. И.,
& Миртолипова, М. А. (2018). Морфологические особенности тимуса
при
экспериментальном
гипертиреозе,
вызванном
в
препубертатном периоде.
Морфология, 153(3), 12-1
3