192
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 12-SON (YOʻITJ)
TURKISTON JADIDCHILIK G‘OYALARIDA XOTIN-QIZLAR
TENGLIGI MASALASI
Sevara Yo‘ldashova Nuraddinovna
UrDPI talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14190086
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 16-noyabr 2024 yil
Ma’qullandi: 18-noyabr 2024 yil
Nashr qilindi: 20-noyabr 2024 yil
Ushbu maqolada Turkistondagi jadidchilik
harakati XIX asrning boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy
ziddiyatlar, ma‘rifatchilarining Turkiston o‘lkasida
ma‘rifatparvarlik
g‘oyalari
shuningdek,ayollarni
savodli qilish borasida olib borilgan islohatlar, gender
tenglik masalalari qanday targ‘ib etilganligi yoritib
berilgan.
KEY WORDS
Jadid,
ma’rifatparvar,
Jadidizm, tuzum, “Usuli qadim”,
ma’rifat, Ayollar huquqi, gender
tenglik, maorif
Yurtimizda xotin-qizlarning oʻrni, ularning jamiyat hayotida nufuzini har tomonlama
oshirish, ularning taʼlim olishi, ularni ish bilan taʼminlash, ularning mavqeini oshirish
masalasida samarali ishlar olib borilmoqda va targ‘ibot ishlari ham keng yo‘lga
qo‘yilgan.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev oʻz nutqlarida xotin-qizlar
masalasiga toʻxtalar ekan, shunday fikrlarni bildiradilar: “Onalar va bolalar sogʻligʻini
muhofaza qilish, ayollarning turmush sharoitlarini hisobga olgan holda, ish bilan taʼminlash,
opa-singillarimizning ogʻirini yengil qilish uchun har tomonlama imkoniyat yaratish, xotin-
qizlarning ijtimoiy- siyosiy hayotimizdagi oʻrni va nufuzini oshirish boʻyicha davlat siyosatini
davom ettirishni biz oʻzimizning eng muhim vazifamiz deb bilamiz” deya ta’kidlab o‘tadi
muhtaram prezidentimiz.
Bu fikrlar xotin-qizlar nufuzini, mavqeini har tomonlama tiklash dolzarb ahamiyat kasb
etishini koʻrsatish bilan birga ularga zarur shart-sharoit yaratish kerakliligini ham ko‘rsatib
o‘tadi. Bundan qariyb bir asr muqaddam Turkiston oʻlkasida taraqqiyparvar jadidlar jamiyat
hayotida koʻplab masalalar singari xotin-qizlarning jamiyatda nufuzini koʻtarish, ularning
taʼlim olishi, huquqlari, umuman jamiyatda xotin-qizlarga nisbatan qarash va munosabatni
oʻzgartirish, avvalo ularni bilimli qilib tarbiyalash masalasida oldingi qatorda turib, bu
qarashlarni amalga oshishiga sababchi boʻldilar. Demak, hozirgi davrda xotin- qizlarning
jamiyat hayotida oʻrni masalasi qanday muhim ahamiyat kasb etsa, XIX asr oxiri – XX asr
boshida ham oʻz dolzarbligi bilan ajralib turgan. Mazkur vaziyatni oʻrganish, tahlil qilish,
jadidlarimiz qarashlarini ilmiy muomalaga kiritish bugungi kunda ham dolzarb
vazifalardandir.Shu davr uchun bu kabi qarashlar jadidlar faoliyati uchun anchayin katta
natija hisoblanadi
XIX asr oxiri – XX asr boshida oʻlkadagi maʼnaviy hayotga nazar tashlaydigan boʻlsak,
XIX asr oxiri – XX asr boshida ommalashgan otinchilik qizlar uchun boshlangʻich taʼlim
vazifasini ado etdi, ularga bibixalifa yoki bibiotinlar dars berganlar. Maktab yillarida qizlar oʻz
bibiotinlari boshchiligida asosan, “Haftiyak”ni Qurʼonning 2-3 ta surasini oʻqib oʻrganganlar.
Qurʼonning boshqa suralarini esa uylarida oʻrgatishgan. “Qizlar uchun ilm mutlaqo ortiqcha,
qizlarni tikish, bichish va toʻqishga oʻrgatinglar, oʻqish va yozishni chetga surib qoʻyinglar”, -
193
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 12-SON (YOʻITJ)
degan jamoatchilik fikrining mavjudligi adabiyotlarda keltiriladi. Kamdan-kam qizlar oʻqishga
oʻrgatiladi, undan ham kam hodisalarda yozishga, qizlarning koʻpchiligi asosan kunduzgi
ibodat, namoz oʻqish bilan band edi. Turkistondagi maktablarda qizlar koʻprok fors va turk
sheʼriyatini oʻrganib, yozuvga kam eʼtibor berganlar. Maktablarni tugatishlari bilan qizlarning
oʻqishiga yakun yasalgan. Baʼzi joylarda qizlar maktabi boʻlsada, ota-onalar bir yildan keyinoq
qizlarining oʻqishini toʻxtatib qoʻyar, odatda ularni juda yosh turmushga berib yuborardilar.
Bularning barchasi XIX asr oxiri – XX asr boshlarida turkiston maktab-maorifining oʻziga xos
xususiyatlaridan biri edi.
Ismoilbek Gasprinskiy 1884 yil “usuli jadid” maktabini ochib, maorif tizimini isloh etish
borasida gʻoyalarini “Tarjimon” gazetasida eʼlon qilib, maorif tizimi oldida hal etish kerak
boʻlib turgan vazifalardan biri – qizlar maorifiga ham alohida eʼtibor berish lozimligini
taʼkidlagan.
Jadidlar farzandlar tarbiyasi ayollar qoʻlida ekanligi alohida taʼkidlaganlar. Sadriddin
Ayniy bu haqida quyidagi fikrni bildirgan edi: “Agarda xotun kishi tarbiyat topgan, savodli
boʻlsa, farzandini ham tarbiyat qilib taraqqiylik odami qiladur”. Bu tarbiyada ayniqsa, bolalar
bilan koʻproq shugʻullanadigan ona hal qiluvchi ahamiyatga ega hamda onaning bola
tarbiyasiga eʼtiborsizlik bilan qarashi fojiali oqibatlarga olib kelishi mumkinligi jadidlar
tomonidan eʼtirof etilgan.
Abdurauf Fitrat kelajak avlodlarning ongsiz, irodasiz, tarbiyasiz, nodon va johil
boʻlmasliklari uchun xotin-qizlar oʻqimishli, sogʻliqni saqlash va bolalar tarbiyasidan xabardor
boʻlishlari kerakligini zarur deb biladi. U tarbiyani juda muhim ijtimoiy hodisa, jarayon deb
biladi va unda “Oiladagi mushkulvazifa goʻdak tavalludidan soʻng er-xotin boʻyniga tushadigan
farzand tarbiyasidir”, deb uqtiradi. Umuman olganda, jadidlarning oila masalasidagi
qarashlarida Fitratning “Birinchi tarbiya (oila tarbiyasi) tarbiyaning eng muhimi hisoblanadi.
Uning taʼsiri odam tabiatiga mustahkam oʻrnashadi” - degan fikri asos boʻlib xizmat qiladi.
Jadidlar oila va jamiyatda oʻqimishli ayolning oʻrni mavqeyi oʻzgacha ekanligini
tushuntirishga harakat qilganlar. Bu haqida manbalardan quyidagalarni bilish mumkin:
“...xotinlarni oʻqitmoq va ularning oqillarini jilo bermak va erlari birla yaxshi muomalalar
qilmoq va bolalarini tarbiyat qilmoqni yaxshi bilmaklari xususida taʼlim albatta zarurdir”.
Toshkentdagi Eshonxoʻja Xonxoʻjayev yangi usul maktabida 3 ta qiz, Sobirjon Rahimovning
maktabida 15 ta qiz oʻqigan . Qoʻqon shahrining Gʻalchasoy mahallasida Muhammadjon
Xoliqiy 1913 yilda dastlab “usuli jadid”, keyin esa qizlar maktabini ham tashkil qilgan. Unda
singlisi Soliyaxon Abduxolik qizi oʻquvchilarga saboq bergan. Abdulla Avloniy maktabida ham
qizlar oʻgʻil bolalar bilan yonma-yon oʻtirib, tahsil olgan. Tavalloning “Qarindosh va
hamshaharlarimiz mazluma qizlar tilidan” sheʼrida qizlar ulardan “halokatdan”,
“malomatdan” qutqarishni oʻqitishni, erk va hurlik berishni soʻraydilar. Hattoki, kelajakda oila,
tenglik va saodatli, muhabbatli va sadoqatli turmush masalasini oʻrtaga qoʻyadilar.
Shunday bir sharoitda davrning ilgʻor ziyolilaridan Zuhriddin Fathiddinzoda, Rauf
Muzaffarzoda, Abdulla Avloniy, Tavallo, Choʻlpon, Ubaydullo, Hamza, Mirmuhsin,
Nozimaxonim, Laylixonim kabilar oʻsha davrda gazeta-jurnallar sahifalarida oʻzbek xotin-
qizlari maʼnaviy, ijtimoiy, siyosiy hayotini, kundalik turmushini, ularning ilm-fanga, hunarga,
sanʼatga oʻrgatish lozimligini taʼkidlab, qator maqolalar yozganlar.
Turkiston jadidlarining otasi boʻlgan Behbudiy millatning koʻzini ochish, asriy qullik
iskanjasidan ozod etish, yoʻllarini, avvalo, xalq maʼnaviy jihatlarini oʻstirish bilan bogʻlaydi.
Birinchidan, diniy, va dunyoviy bilimlarni mukammal oʻqitadigan yangi jadid maktablari
tashkil etib, millatning kelajagi boʻlgan farzandlarni komillik darajasiga koʻtarish. Ikkinchidan,
jurnallar tashkil qilib omma ongini oshirish, Uchinchidan, teatr turuppalari tashkil qilib,
xalqning baʼzi yomon illatlarini fosh etib, madaniy oshirishni maqsad qilib oldi.
Behbudiy bola tarbiyasida oilaning, maktabning rolini koʻrsatar ekan, ularning
jismoniy, gigenik tarbiyasiga ham eʼtibor qaratmoq lozim ekanligini oʻqtiradi. Bunday
qarashlarni uning “Hifzi sihati oila” (Oilaning salomatligini saqlash) maqolasida bayon etadi.
194
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 12-SON (YOʻITJ)
“Bolalarning yosh vaqtlaridan ishqiy gʻazallar oʻqishlariga yoʻl qoʻymaslik, kerak deydi.
Ayniqsa, qizlar tarbiyasi haqida gapirib, bunda oʻta ehtiyotkorlik lozim deydi. Oʻn toʻrt yoshga
toʻlgan qizlarni bu vaqtda nihoyat diqqat bilan oʻtkazib, ularni zohiriy va botiniy va
tarbiyalarini hifzi sihat va shariat taklifigʻa muvofiq etmoqlari kerak. Bu holda qizlarni
vujudini quvvatsiz etadurgan har xil taomlardan saqlab ham issiq liboslarni kiygʻizmoq kerak”
- deydi oʻz maqolasida. Behbudiy. Toʻy-maʼrakalarga ketadigan befoyda pullarga bolalarni
hukumat maktablariga berib, bu puldan talabalarni Makka va Madina, Misr, Istanbul va
Rossiya dorilfunun va dorusanolarigʻa yuborilib,diniy,dunyoviy va zamonaviy odamlar
yetishtirishni yoqlab chiqadi.
Fayzullohning “Xotinlarga ilm lozimmi?” (1909, 62-son), “Xotinlar erkaklar bilan
barobar emas” “Xotun kishi qozi boʻla oladimi?”), “Bir musulmonning teng huquqlilik
togʻrisida yozgani”), “Musulmonlar ovozi (xotin-qizlarga teng huquq berilishi toʻgʻrisida)”)
kabi publitsistik maqolalarida Turkiston ijtimoiy-maishiy hayotining asosiy muammolaridan
boʻlgan mahalliy xotin-qizlarning haq-huquqi va maorifi masalasi haqida bahslar yuritiladi.
Hattoki, Ismoilbek Gasprinskiy ham “Dorur-rohat” asarida ham amirning rafiqasi
Xadichabonuning davlatni boshqarish ishlariga aralashishi, ayollar qozi (sudya) kabi turli
vazifalarda ishlashi toʻgʻrisida yozar ekan, bu bilan xotin-qzlarning ijtimoiy faoliyatida
erkaklardan kam ish bajarmasligini koʻrsatadi” - deb yozadi.
Shuning uchun ham jadidlar musulmon xotin-qizlarini ozodlikka chiqarishga, teng
huquqli boʻlishga, shu bilan taraqqiyot yoʻliga, ilm-fan, maʼrifatga, dunyoviy ishlarni
oʻrganishga chaqirganligi, undaganligi ularning xizmatlari beqiyosligini koʻrsatardi. Eng
asosiysi, erkaklar bilan teng huquqda jamoat ishlarida qatnashishlari, saylovlarda ishtirok
etishlari uchun qilgan saʼy-harakatlari Turkiston maʼrifatparvarlarining Sharq mamlakatlarida
birinchilardan boʻlib intilganligini koʻrsatardi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. “Bukhara Inqilabi Tarikhi Uchun Materiallar” (Materials for the 206 TIMUR KOCAOGLU
history of Bukharan revolution). In Asarlar, 1: 3–260. Tashkent:
2. Jadid mutafakkirlarining axloqiy qarashlari. –T.: O’zMU. 2007. Mahmudova G. Jadidizm va
Turkistonda axloqiy-estetik fikr taraqqiyoti.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24 maydagi “Qadimiy yozma manbalarni
saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimini yanada takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi
PQ-2995 – sonli Qarori.
4. Jadid mutafakkirlarining axloqiy qarashlari. –T.: O’zMU. 2007.
5. Jadidizm va Turkistonda axloqiy-estetik fikr taraqqiyoti. -T.: Davr-press, 2006.