Авторы

  • Nafisaxon Ismadiyorova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yoitj.56884

Аннотация

Ushbu maqolada fan negizida o‘zlashtirilishi kerak bo‘lgan bilimning tarkibiy qismalri va uning turlari haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, o‘quvchilarda tadqiqotchilikni rivojlantirishning ahamiyati va uni o‘zlashtirish usullari haqida so‘z boradi.


background image

93

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 12-SON (YOʻITJ)

XALQARO TADQIQOTLARDA O‘ZLASHTIRILUVCHI

BILIMLAR TASNIFI VA O‘ZLASHTIRISH USULLARI.

Nafisaxon Ismadiyorova

Andijon davlat pedagogika instituti

O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi

https://doi.org/

10.5281/zenodo.14127180

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 9-noyabr 2024 yil

Ma’qullandi: 10-noyabr 2024 yil

Nashr qilindi: 13-noyabr 2024 yil

Ushbu maqolada fan negizida o‘zlashtirilishi

kerak bo‘lgan bilimning tarkibiy qismalri va uning

turlari

haqida

so‘z

yuritiladi.

Shuningdek,

o‘quvchilarda

tadqiqotchilikni

rivojlantirishning

ahamiyati va uni o‘zlashtirish usullari haqida so‘z

boradi.

KEY WORDS

Matn, bilim, kompetensiya,

ilmiy ientifikatsiya, artofaktik

bilim, protsessual bilim, gnosemik

bilim, Finlandiya ta’lim usullari.

Kirish. Respublikamizda til o‘qitish tizimini yangicha innovatsion sifat bosqichiga olib

chiqishga oid islohotlar erkin, kreativ, ilmiy va mantiqiy fikrlash hamda atrof-muhitga ongli

munosabatni rivojlantirish, og‘zaki va yozma savodxonligini mustaqil ifodalay olishlari uchun

zarur imkoniyatlar bermoqda. “Bizning asosiy vazifamiz - yoshlarning o‘z salohiyatini

namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratish, ... yoshlarning ong va tafakkurini ma‘rifat

asosida shakllantirish va tarbiyalashdir

1

, deb ta‘kidlaydi davlatimiz rahbari Shavkat

Mirziyoyev. Bu borada xalqaro tadqiqotlarni til ta’limiga olib kirish dolzarb ahamiyatga ega.

Ma’lumki, inson xotirasi bilimlarga tayanadi. Agarda xotira mavjud bo‘lmaganda edi, biz

uchun kompyuter har soniyada yangi tushunchadek tassavvur uyg‘otavergan bo‘lar edi.

Barcha fanlarni o‘zlashtirish o‘quvchilardan uni eslab qolish va uyg‘unlashtirishni talab etadi.

Fanlar esa o‘zida egallanishi kerak bo‘lgan tarkibiy qismga ega. Xalqaro tadqiqotlarda fan

orqali egallanishi kerak bo‘lgan tarkibiy qism ham alohida ajratilib ko‘rsatiladi. Ushbu tarkibiy

qism matnga, bilimga, kompetensiya va ilmiylikka ta’rif beradi (1-jadvalga qarang).

1-jadval.

Fan negizida o‘zlashtiriladigan bilimlarning tarkibi

2

Matn

Turli davrlarga taaluqli tushunishni

taqozo qiluvchi shaxsiy, jamoaviy va

umumiy muammolar

Bilim

Asosiy ma’lumotlar, tushuncha va

nazariyalarni anglash, shuningdek,

artefaktik, protsessual va gnosemik

bilimlarga ega bo‘lish

1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 72-

sessiyasida so‘zlagan nutqi (elektron manba) http://uza.uz/oz/politics/zbekiston-prezidentishavkat-mirziyeev-bmtbosh-

assambleyasi-20-09-2017.

2

https://pisa-framework.oecd.org/science-2025/

(murojaat sanasi: 2.09.2024)


background image

94

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 12-SON (YOʻITJ)

Kompetensiya

Hodisalarni anglash, ilmiy tadqiqot olib

bora olish, ilmiy dalillash, baholash,

tanqidiy mulohazalash, qaror qabul

qilish, tahlillash va undan foydalana

olish

Ilmiy identifikatsiya

Muammolarni idrok etish va undan

xabardorlik

Ular orasida bilim ham o‘zining tarkibiy tuzilishiga ega bo‘lib, ularning har birining xususiyati

mavjud. O‘quvchilarda artefaktik, protsessual va gnosemik bilish bosqichlarini o‘zlashtirish

ham amalga oshiriladi. Bunda artefaktik bilim deyilganda keltirilgan ma’lumotlarni tarkibiy

qismlarga ajrata olish, protsessual bilim deyilganda g‘oyalarning qanday ishlab chiqarilganligi

haqidagi bilimlar va gnosemik bilim deyilganda protsessual bilishdan hosil bo‘lgan

mohiyatning mantig‘ini tushunish va ulardan amalda foydalanishni asoslay olish tushuniladi.

Sanalgan bilim turlarini umumlashtirish orqali o‘quvchilarni hayotga tayyorlash maqsadga

muvofiq. Ushbu bilimlarni biz ayrim xususiyatlarini hisobga olgan holda artefaktik – bilim,

protsessual – ko‘nikma va gnosemik – malakaga qiyoslashimiz mumkin bo‘ladi. Ularning ta’rifi

esa bilim — kishilarning tabiat jamiyat hodisalari haqida hosil qilgan voqelik maʼlumotlarning

inson tafakkurida aks etishi. Voqelik haqidagi bilgan maʼlumotlarimiz bilim darajasiga

koʻtarilishi uchun quyidagi shartlarni qanoatlantirishi lozim: birinchidan, bu maʼlumotlarning

voqelikka mutanosibligi; ikkinchidan, bu maʼlumotlar dalillar bilan asoslangan boʻlishi lozim.

Ko‘nikma — insonning ilgarigi tajribalari asosida muayyan faoliyat yoki harakatni amalga

oshirish qobiliyati. Ko‘nikmalar amaliy faoliyatga, bilimlarni amalda qo‘llay bilishga oid

faoliyatning tarkibiy qismidir. Ko‘nikma mazmunan amaliy (jismoniy) va aqliy, shaklan oddiy

va murakkab turlarga ajratiladi. Amaliy ko‘nikmalar mehnat faoliyatini amalga oshirishga,

aqliy ko‘nikmalar bilim olishga, uni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Malaka — muayyan

kasb, ishni yaxshi oʻzlashtirish natijasida orttirilgan mahorat. Odatda, biron ish jarayonida

harakatlar anglanilgan yoki anglanilmagan tarzda amalga oshiriladi. Harakatni bajarishda

ongning borgan sari kamroq ishtirok etishi tufayli ish avtomatik ravishda ijro etila boradi.

Buning natijasida topshiriq ravon, ortiqcha kuch sarflamay, tez va sifatli bajarila boradi.

Masalan, tajribali kompyuter foydalanuvchisi klavishlarga qaramasdan yozaveradi. Malaka

hosil qilish tezligi uning murakkablik darajasi, kishining yoshi, individual xususiyati, bilimi va

boshqa omillarga bogʻliq. Kishidagi malaka koʻpincha, boshqa mahoratni hosil boʻlishida

yordam beradi. Masalan, avtomobil haydashni yaxshi bilgan kishi boshqa transport

vositalarini boshqarishni ham osonlik bilan oʻrganadi. Yuqorida sanalgan bilimning tarkibiy

qismlari murakkabroq tizim hisoblanadi.
Ta’lim tizimida, bilim, ko‘nikma va malakalar Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi

187-son qarori bilan tasdiqlangan umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’limning davlat ta’lim

standartlarida belgilab qo‘yilgan

3

.

Xalqaro tadqiqotlarda yuqori tajribaga ega bo‘lgan mamlakatlarning o‘qitish mazmuni

o‘rganish va ulardan mamlakatimiz uchu maqbul bo‘lgan milliy baholash tizimini ishlab

chiqish muhim jarayon hisoblanadi. Finlandiya ta’lim tizimida o‘qitish strategiyalariga

asoslangan 9 ta izlanish taqdim etiladi. Bular takrorlash bilan boshlash, kichik qadamlarning

ahamiyati, ovoz chiqarib o‘ylash, yo‘naltirilgan amaliyot, maqsad qo‘yish, grafik tashkilotchilar,

tushunchani tartiblash, tushunganini tekshirish, fikr va mulohazalarini berish hisoblanadi.

Faol o‘rganish metodlari esa uch guruhga bo‘lingan holda o‘zaro ajratiladi. Bilim va

tushunchalarni shakllantiruvchi metodlar sifatida “Brainstorming”

4

– aqliy hujum, “Think-

3

https://uz.goodinternet.org/uz/sections/pedagoglar/talim-va-men/bilim-konikma-malaka-nima/

4

https://weje.io.

(murojaat sanasi 11.03.2022)


background image

95

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 12-SON (YOʻITJ)

pair-share” – o‘ylang-juftlashing-ulashing, “Reaction to video – videodan ta’sirlanish”, “Class-

game – sinf o‘yinlari” kabi metodlar ta’kidlanadi. Malakalarni rivojlantiruvchi metodlarga

“Muhokama”, “Tajriba”, “Hamkorlikda ishlash”, “Qisqa yozma mashqlar”, “Case study-amaliy

holatlarni o‘qitish” kiradi. Ilova metodlari esa “Muzokara”, “O‘qitish orqali o‘rganish” kabilarni

o‘z ichiga oladi. Dars davomida ushbu usullardan foydalanish o‘quvchilarda gnosemik

bilimlarning shakllanishida ahamiyatlidir.

Xulosa. Til ta’limida asosiy maqsad o‘quvchilarga grammatik qoidalarni yod oldirish emas,

balki ushbu bilimlar vositasida o‘qib tushunishni rivojlantirish hisoblanadi. Ushbu maqsadga

erishilganda boshqa fanlarni ham o‘zlashtirish nisbatan oson kechadi. Chunki o‘zlashtirish

negizi o‘qib tushunish va anglash jarayonlarini nazarda tutadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti

Bosh

Assambleyasi

72-

sessiyasida

so‘zlagan

nutqi

(elektron

manba)

http://uza.uz/oz/politics/zbekiston-prezidentishavkat-mirziyeev-bmtbosh-

assambleyasi-20-09-2017

.

2.

https://pisa-framework.oecd.org/science-2025/

(murojaat sanasi: 2.09.2024)

3.

https://uz.goodinternet.org/uz/sections/pedagoglar/talim-va-men/bilim-konikma-

malaka-nima/

4.

https://weje.io.

(murojaat sanasi 11.03.2022)

5.

Jalilov K. Baholash nazariyasi asoslari. – Toshkent: Akademnashr, 2020. – 252 b.

6.

L.F. Bachman. Fundamental considerations in language testing. Oxford University Press,

1995. 398 p.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 72- sessiyasida so‘zlagan nutqi (elektron manba)http://uza.uz/oz/politics/zbekiston-prezidentishavkat-mirziyeev-bmtbosh-assambleyasi-20-09-2017.

https://pisa-framework.oecd.org/science-2025/ (murojaat sanasi: 2.09.2024)

https://weje.io. (murojaat sanasi 11.03.2022)

Jalilov K. Baholash nazariyasi asoslari. – Toshkent: Akademnashr, 2020. – 252 b.

L.F. Bachman. Fundamental considerations in language testing. Oxford University Press, 1995. 398 p.