9
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 12-SON (YOʻITJ)
YOSH SPORTCHILARNI TAYYORLASHNING PSIXOLOGIK
XUSUSIYATLARI
Qaxxorova Shoxsanam Abduzoirovna
O'zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya va sport unversiteti o`qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14044966
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 1-noyabr 2024 yil
Ma’qullandi: 5-noyabr 2024 yil
Nashr qilindi: 6-noyabr 2024 yil
Mazkur maqolada yosh sportchilarni musobaqa va
mashg`ulotlarga tayyorlashning bir qator psixologik
jihatlari muhokama etiladi.
KEY WORDS
emotsional, motivlar,
sub’ektiv, ideomotor, psixik holat.
KIRISH
Psixik hodisalar 3 ta bir-biriga bog‘langan guruhlarga ajraladi, psixik jarayonlar, shaxsning
psixik xususiyatlari va psixik holat. Bular ichida oxirgisi (psixik holat) har xil davomiylik va
suratlilikga egadir. Psixologik tayyorgarlik natijasida sport musobaqasida ishtirok etish uchun
psixik tayyorgarlik holati vujudga keladi. U musobaqali kurash uchun psixik jarayonlarni
faollashtirishda zarurligi bilan xarakterlanadi. Sport faoliyatida yosh sportchining psixik
tayyorgarligining ahamiyati katta bo‘lib, u yutuqlarning asosiy shartlaridan biri bo‘lib qoladi.
Sportchini o‘z kuchiga ishonchi, sport kurashiga intilish, butun kuchni safarbar qilish va
g‘alabaga erishish. Emotsional qo‘zg‘alishning optimal darajada chidam berish. Sport kurashi
ila o‘zining xatti-harakatlari bilan kurasha olishi.
ASOSIY QISM
Musobaqaga psixologik tayyorgarlik tizimi o‘z ichiga qator vazifalarni olib bu vazifalarni hal
qilish jarayonida sportchining musobaqaga psixik tayyorgarligi shakllanadi. Sportchini
musobaqaga psixologik tayyorlash tizimiga quyidagi zvenolar kiradi: musobaqa sharoiti
haqida axborotlar to‘plash, musobaqa oldidan sportchini mashqlangan holatini baholash va
o‘z-o‘zini baholash. Musobaqada ishtirok etishning maksad va vazifalari. Musobaqada
chiqishning motivlarini faollashtirish. Aqliy faoliyat eksperementlarini rejalashtirish
sportchida o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga ishonch xissini shakllantirish.[2]
Maksimal irodaviy zo‘r berishni faollashtirish va uni musobaqa sharoitida namoyon qila bilish.
Optimal emotsional holatni shakllantirish. Musobaqa sharoitida psixik holatlarni boshqarish
va o‘z-o‘zini boshqarish usullarini egallash.
Yukoridagi zvenolar bir birlari bilan uzviy bog‘lanib ketgandir, agar zvenolardan birida
bo‘shashish vujudga kelsa, hamma tizimda yetishmovchilik vujudga kelishi mumkin.
Musobaqa tayyorgarlik paytida sportchi uchun musobaqa sharoiti, raqibi, musobaqa
o‘tkaziladigan joy va tamoshabinlar haqidagi xabarlar juda ham zarurdir. O‘zini raqibihaqidagi
bilimlar musobaqaga tayyorlanish uchun aniq tadbirlar ishlab chiqish imkonini beradi, raqib
haqida ma’lumotlarning mavjud bo‘lmasligi, sportchida xavotirlanish holatini vujudga
keltiradi. Psixologik tayyorlash jarayonida axborotlar yetkazish formasi katta ahamiyatga
egadir.
10
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 12-SON (YOʻITJ)
Bir xildagi xabarni shunday e’lon qilish mumkindirki, u bo‘lajak musobaqadagi kurashga
ijobiy yoki munosabatlarni vujudga keltirish mumkin. Yuqori darajali mashqlangan holatni
(sport formasida) sportchi o‘z faoliyatida jismoniy, texnik va taktik ma’lumotlarni sifatliroq
ko‘rsata oladi.
Sport amaliyotida sportchini mashqlangan holatini baholovchi qator ob’ektiv metodlar
mavjud, lekin ayni metodlar o‘z-o‘zidan baholashga tayanmasa to‘la bo‘lishi mumkin emas
(masalan, butun ob’ektiv ma’lumotlarga ko‘ra, sportchi yaxshi mashqlangan deb faraz qilaylik,
lekin u o‘zi sub’ektiv ravishda sport formasi holatiga erishmadim deb his qilsa, bu hol uning
musobaqaga muvaffaqiyatli ishtirok etishiga to‘sqinlik qiladi.
Musobaqada ishtirok etuvchi sportchi yoki jamoa ma’lum aniq va tushunarli vazifaga ega
bo‘lishi kerak. Musobaqa vazifasining harakteri va unga sportchining munosabatini uning
o‘ziga xos ma’lum kuchga ega emotsional kechinmalarni shart qiladi. Shuning uchun ham
sportchi oldiga ko‘ygan vazifalarning muhimligi va mohiyatini ochishi kerak. Musobaqaning
maqsadi sportchi uchun musobaqa uning e’tiqodiga aylanib ketishi kerak.
Sportchilarning psixologik tayyorlashda sotsial ahamiyatga ega motivlar shakllanishining
ahamiyati, ayniqsa, javobgarlik musobaqalaridagi ahamiyati kattadir. Bulajak sport faoliyatini
rejalashtirish ideomotor konuniga bo‘ysunuvchi harakat tasavvurlari formasida olib boriladi.
Ishonchning mavjudligi sportchilarning o‘z imkoniyatlarini amalga oshirishlarining shartidir.
Ishonchning yo‘qligi esa buning aksidir. Sportchining o‘z imkoniyatiga ishonchi bu o‘zining
jismoniy, texnik taktik tayyorgarligini anglashning yakunidir.
XULOSA VA MUNOZARA
Xulosa qilib aytganda, o‘qituvchi natijalarni va adabiyot manbalari bo‘yicha musobaqa
paytidagi emotsional kechinmalarning xususiyatlari va ularning sportchi harakatlariga ta’siri
haqida qayd qilib o‘tashi zarur. Psixik tayyorgarlik sportchilarning musobaqalarda yuqori
natijalarga erishishida va o'z imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishda eng muhim omillardan
biridir. Psixik hodisalar sportchining faolligini va samaradorligini belgilovchi asosiy omil
bo'lib, ular psixik jarayonlar, shaxsning psixik xususiyatlari va psixik holatlarga taalluqlidir.
Sportchi musobaqaga tayyorlanayotganda uning psixik holati, o'ziga bo'lgan ishonch,
motivatsiya va emotsional holati katta ahamiyat kasb etadi.
Psixologik tayyorgarlik jarayoni bir necha bosqichni o'z ichiga oladi: musobaqa sharoiti
haqidagi axborotlarni yig'ish, sportchining mashqlangan holatini baholash, motivatsiyani
faollashtirish, maksimal irodaviy kuchni ishlatish va psixik holatlarni boshqarish kabi muhim
vazifalarni amalga oshirish. Agar bu bosqichlar bir-biriga uyg'un va to'g'ri bajarilsa,
sportchining musobaqadagi muvaffaqiyati sezilarli darajada oshadi.
Musobaqa oldidan sportchining psixik holatini baholash juda muhimdir. Bu holat sportchining
o‘zini qanday his qilayotganini, qanday psixologik tayyorgarlikka ega ekanligini, va eng
asosiysi, o‘z kuchiga ishonishini aniqlashga yordam beradi. Sportchi o‘zining jismoniy, texnik
va taktik tayyorgarligini anglagan holda, psixik tayyorgarlikni oshirishi zarur. Sportchining
o‘zini raqibiga qarshi qanday his qilishi, musobaqaga tayyorligi va uning psixologik holatini
to'g'ri boshqarishi musobaqada muvaffaqiyat qozonishining asosiy omillaridan biridir.
Musobaqaga tayyorgarlik jarayonida psixologik jihatdan sportchining maksimal darajada
ishtirok etishiga yordam beruvchi motivlar va emotsional holatlar faollashtiriladi. Motivatsiya,
ayniqsa, o‘zining e’tiqodiga asoslangan maqsadlar va vazifalar orqali kuchaytiriladi.
Shuningdek, sportchining o‘z imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchi, uning psixologik
tayyorgarligining muvaffaqiyatli ekanligining kafolatidir. O‘z imkoniyatlariga ishonch bilan
sportchi o‘zining eng yuqori jismoniy va psixologik imkoniyatlarini ishga solishga qodir
bo‘ladi.
11
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 12-SON (YOʻITJ)
ADABIYOTLAR RO`YXATI
1.
Mamatov M.M. Sport psixologiyasi kursidan ma’ruzalar matni. – T., 2019.
2. Bernshteyn N.A. Harakatlar va faoliyat fiziologiyasi. – M., 2010 yil.
3. Vygotskiy L.S. Yuqori aqliy funktsiyalarni rivojlantirish. – M., 2013 yil.
4. B.D.Kretti. Zamonaviy sportda psixologiya. – M., 2010 yil.