Авторы

  • A.J Isakov
  • F.S Mamarasulova
  • F.E. Xoʻjayorov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yoitj.56998

Аннотация

Maqolada 6 kV li qishloq elektr tarmoqlari uchun raqamli egizak modellarini ishlab chiqishga qaratilgan. Raqamli egizaklar tarmoqning statik va dinamik holatlarini tahlil qilish, prognozlash va optimal elektr ta'minoti sxemasini tanlashga imkon beradi. Sun'iy intellekt texnologiyalari qoʻllanilib, ekspluatasiya jarayonining samaradorligi va iqtisodiy foydaliligi oshirilgan.


background image

4

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 14-SON (YOʻITJ)

6 KV LI QISHLOQ ELEKTR TARMOQLARI RAQAMLI

EGIZAGI MODULLARI VA UNING STRUKTURASINI ISHLAB

CHIQISH

1

Isakov A.J., Mamarasulova F.S.

2

,

2

Xoʻjayorov F.E.

1

“Toshkent irrigasiya va qishloq xoʻjaligini mexanizasiyalash

muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti

2

I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

https://doi.org/

10.5281/zenodo.14271986

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi:29-noyabr 2024 yil

Ma’qullandi: 1-dekabr 2024 yil

Nashr qilindi:4-dekabr 2024 yil

Maqolada 6 kV li qishloq elektr tarmoqlari

uchun raqamli egizak modellarini ishlab chiqishga

qaratilgan. Raqamli egizaklar tarmoqning statik va

dinamik holatlarini tahlil qilish, prognozlash va

optimal elektr ta'minoti sxemasini tanlashga imkon

beradi. Sun'iy intellekt texnologiyalari qoʻllanilib,

ekspluatasiya jarayonining samaradorligi va iqtisodiy

foydaliligi oshirilgan.

KEY WORDS

Raqamli egizak, 6 kVli

elektr tarmoqlari, statik tahlil,

dinamik tahlil, sun'iy intellekt,

ekspluatasiya

samaradorlik,

optimal

elektr

ta'minoti,

prognozlash, SAIDI, SAIFI.

Kirish

. Hozirgi zamon texnologiyalari elektr tarmoqlarini boshqarish, nazorat qilish va

optimallashtirishda yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Shu jumladan, raqamli egizak

texnologiyasi elektr tarmoqlarining samaradorligini oshirish, ishlash barqarorligini

ta'minlash va ta'mirlash ishlarini rejalashtirishda katta ahamiyat kasb etmoqda. Raqamli

egizaklar real ob'ektlarning virtual modeli boʻlib, ularning holatini kuzatish, tahlil qilish va

prognoz qilish imkonini beradi[1-2].

Tadqiqot doirasida 6 kV li qishloq elektr tarmoqlari uchun raqamli egizakni ishlab chiqish va

uning modullarini yaratish vazifasi qoʻyildi. Mazkur ishlab chiqish jarayonida avtorizasiya,

tarmoq eksplutasiya holati va optimal elektr ta'minoti sxemasini baholash kabi modullar

alohida oʻrganilib, ularning ishlash tamoyillari va algoritmlari ishlab chiqildi. Bu modullar

tarmoqning statik va dinamik holatlarini tahlil qilish, tashqi ta'sirlarni nazorat qilish va

tarmoqni samarali boshqarish uchun ishlab chiqilgan.

Tarmoq eksplutasiya holati moduli tarmoqning mavjud holatini monitoring qilish,

standartlarga muvofiq ishlashni ta'minlash va istiqboldagi holatlarni prognoz qilishda muhim

ahamiyat kasb etadi. Statik va dinamik tahlillar submodullari orqali yuklanish parametrlari,

SAIDI va SAIFI koʻrsatgichlari kabi muhim parametrlar tahlil qilinadi va prognoz qilinadi. Shu

bilan birga, FNN sun'iy intellekt texnologiyasi yordamida ma'lumotlarni tahlil qilish va

saqlash amalga oshiriladi[3-5].

Tashqi ta'sir nazorati moduli xalqaro standartlar, ob-havo ma'lumotlari va real vaqt

ma'lumotlariga asoslangan holda tarmoqning xavfsiz va barqaror ishlashini ta'minlaydi.

Optimal elektr ta'minoti sxemasi va tarmoqni baholash moduli esa tarmoqning joriy holatini

baholash va eng samarali ta'minot sxemasini tanlash uchun ishlab chiqilgan.

Shunday qilib, 6 kV li qishloq elektr tarmoqlari uchun raqamli egizak texnologiyasini qoʻllash

nafaqat tarmoq ekspluatasiyasi samaradorligini oshiradi, balki uning iqtisodiy


background image

5

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 14-SON (YOʻITJ)

samaradorligini ham ta'minlaydi. Ushbu tadqiqot natijalari qishloq elektr tarmoqlari

boshqaruvida yangi bosqichni ochib beradi va ularni yanada barqaror qilishga xizmat qiladi.

Yechiladigan muammo va masalaning qoʻyilishi.

Tadqiqot davomida 6 kV li qishloq elektr

tarmoqlari raqamli egizagini tashkil etuvchi ishlab chiqilgan usullar, algoritmlar va logik

sxemalar asosida ishlab chiqiladi. 6 kv li qishloq elektr tarmoqlari raqamli egizagi va uni

qoʻllashning iqtisodiy samarasini hisoblash uchun dastlab 6 kV li qishloq elektr tarmoqlari

raqamli egizakni tashkil etuvchi modular va ularga qoʻyilgan masalaning echish usullarini

ishlab chiqish boʻyicha ish olib boriladi.

Raqamli egizakning quyidagi modullardan tashkil topgan[6-8]:

1.

Avtorizasiya moduli;

2.

Tarmoq eksplutasiya holati moduli;

3.

Optimal elektr ta'minoti sxemasi va tarmoqni baholash moduli;

Avtorizasiya moduli standart roʻyxatdan oʻtish va “kuki” himoya tizimlari asosida ishlab

chiqilgan (1-rasm).

1-rasm. Avtorizasiya moduli interfeyslarining oʻzaro bogʻliqlik strukturasi.

Tarmoq eksplutasiya holati moduli esa eng asosiy modullardan boʻlib, raqamli egizak

yordamida qishloq elektr tarmoqlarining eksplutasion holatini monitoring qilish, oʻrnatilgan

standartlarga asosan tarmoqda ishni tashkil etish, boʻlishi mumkin boʻlgan holatlarni

oldindan prognoz qilish imkonini beradi. Tarmoq eksplutasiya holati uni bajaradigan

amallariga koʻra uch guruhga boʻlingan holda tashkil etilgan:

1. Statik holat tahlillari submoduli;

2. Dinamik holat tahlillari submoduli;

3. Tashqi ta'sir nazorati submoduli.

Statik holat tahlillari submoduli 6kVli qishloq elektr tarmoqlarining oldingi, joriy va

kelajakdagi eksplutasilon holatlarini tahlil qilish uchun qoʻllanilib, 1-rasmda keltirilgan blok-

sxema asosida ishlaydi. Bunda 1-rasmda keltirilgan blok-sxemaga asosan, dastlab ma'lumotlar

bazasi bilan kiruvchi ma'lumotlarni qabul qilinib, yuklanish parametrlari, SAIDI va SAIFI

koʻrsatgichlarini hisoblash funksiyalari ish boshlaydi. Hisoblangan qiymatlar asosida

ma'lumotlar toʻplami ishlab chiqilib, keyingi holatlarda yuklanish parametrlari, SAIDI va SAIFI

koʻrsatgichlarini prognoz qilish uchun kiruvchi qiymatlar sifatida FNN neyron tarmogʻiga

yuboriladi. FNN submoduli natijasini chop etish va saqlash submoduli qabul qiladi va qabul

qilingan qiymatlarni bir vaqtda chop etish bilan bir qatorda uni ma'lumotlar bazasida saqlaydi.


background image

6

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 14-SON (YOʻITJ)

2-rasm. Tarmoq eksplutasiya holati modulining statik holat tahlillari submodulining

ishlash tamoyili

Dinamik holat tahlillari submodulida tarmoqning doimiy ravishda oʻzgaruvchi oniy

parametrlari nazorat qilinadi va belgilangan normal ish parametrlaridan qanchalik darajada

farq qilishi tekshiriladi. Shu bilan birga ushbu submodulda yordamida yigʻilgan ma'lumotlar

bevosita FNN sun'iy intellekti bilan bogʻlangan boʻlib, keyingi har 10 soatlik vaqtlar oraligʻida

kutilayotgan jarayonlar prognoz asosida tahlil etib boriladi (3-rasm). 3-rasmda keltirilgan

dinamik holat tahlillari submoduli ishlash tamoyilida sun'iy intellekt natijalari ham qiyosiy

tahlil funksiyasi bilan bogʻlangan. Chunki keyingi kutilayotgan holatga baho berish prognoz

qilingan qiymatning normal holat parametrlari bilan taqqoslash orqali amalga oshiriladi. Bu

holatni kuchlanish misolida koʻriladigan boʻlinsa, ma'lumki kuchlanish ogʻishiga

−5% + 10%

ga ruxsat etiladi.

3-rasm. Tarmoq eksplutasiya holati modulining dinamik holat tahlillari submodulining

ishlash tamoyili

Joriy kuchlanish qiymati

U

ham, prognoz kuchlanish qiymati

U

U

0

normal kuchlanish

qiymatiga koʻra quyidagicha taqqoslanali:

��

=

0

−�

0

∙ 100%

(1)

��

=

0

−�

0

∙ 100%

(3)

Ushbu Statik va dinamik holat submodullari natijalari 4-rasmda keltirilgan tarmoq

eksplutasiya holati modulining statik dinamik holat tahlillari submodullari interfeysida chop


background image

7

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 14-SON (YOʻITJ)

etiladi. 4-rasmda keltirilgan interfeysning oʻng tomonda keltirilgan indikatorlar

dissertasiyaning 3-bobida ishlab chiqilgan chegaralar asosida hisoblanadi va ogohlantirish

berish uchun ishlatiladi. Ushbu interfeys tarmoqning holatini osongina tahlil etish imkonini

beradi.

4-rasm. Tarmoq eksplutasiya holati modulining statik dinamik holat tahlillari

submodullari interfeysi

Tashqi ta'sir nazorati submoduli dissertasiyaning 3.3-kichik boʻlimida keltirilgan modellar

asosida ishlab chiqilgan. Bunda uning ishlash tamoyili 5-rasmda keltirilgan blok-sxema

asosida amalga oshiriladi. Ushbu blok sxemaga asosan ma'lumotlar ikki xil manba asosida

toʻyinadi:

1.

Integrasiya ma'lumotlari;

2.

Raqamli egizak ma'lumotlar ba'zasi.

Xalqaro standartlar, ob-havo ma'lumotlari va prognozi, daraxtning xususiy parametrlari kabi

ma'lumotlar integrasiya asosida qabul qilinadi. Doimiy ravishda 6kV li elektr tarmoqlari

mutaxasisi tomonidan amalga oshirilgan tekshiruvlar natijasi raqamli egizak ma'lumotlar

ba'zasida yigʻiladi va tegishli nazorat qismlariga integrasiya asosida uzatiladi.


background image

8

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 14-SON (YOʻITJ)

5-rasm. Tarmoq eksplutasiya holati modulining tashqi ta'sir nazorati submodulining

ishlash tamoyili

Optimal elektr ta'minoti sxemasi va tarmoqni baholash moduli bajarilishiga koʻra uchta:

ma'lumotlar bazasini ishlab chiqish, joriy holatni baholash, optimal tarmoq sxemasini tanlash

submodullariga boʻlinadi. Ma'lumotlar bazasini ishlab chiqish dissertasiyaning ma'lumotilar

bazasini ishlab chiqish logik sxemasiga asosan tashkil etiladi. Kiritilgan ma'lumotlar asosida

google xaritasiga integrasiyalash asosida 6kV li qishloq elektr tarmoqlarining raqamli egizagi

ishlab chiqiladi. Uni ishlab chiqish tamoyili 6-rasmda keltirilgan struktura asosida amalga

oshiriladi.

6-rasm. Optimal elektr ta'minoti sxemasi va tarmoqni baholash modulining ishlash

tamoyili

Optimal elektr ta'minoti sxemasi va tarmoqni baholash moduli tizimning joriy holatini oson

baholash va ta'minot uchun optimal sxemani tanlash imkoninini beradi. Ushbu oʻrinda

transformatorlaning yuklanish koeffisienti va EULlarining toʻgʻri tanlanganltgi ham nazorat

qilinib, ushbu qurilmalar va EULlarni toʻgʻri tanlanganligi boʻyicha indikator signallari berib

boriladi.

Natija va xulosa.

6 kV li qishloq elektr tarmoqlari uchun raqamli egizak texnologiyasining

qoʻllanilishi tarmoqning real vaqtdagi holatini monitoring qilish, tahlil qilish va prognoz qilish

imkonini berib, ekspluatasiya jarayonini samarali boshqarish va istiqboldagi holatlarni

oldindan baholash imkoniyatini yaratdi.

Tadqiqotda FNN sun'iy intellekt texnologiyasidan foydalanish tarmoqning statik va

dinamik holatlarini aniq tahlil qilish, yuklanish parametrlarini prognozlash va aniqlikni

oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Bu tarmoq ishonchliligini ta'minlashda va iqtisodiy

samaradorlikni oshirishda katta rol oʻynadi.

Raqamli egizak texnologiyasini joriy qilish elektr tarmoqlarida yuzaga kelishi mumkin

boʻlgan avariya holatlarini kamaytirish, ekspluatasiya xarajatlarini qisqartirish va energiya

ta'minotini optimallashtirish orqali iqtisodiy samaradorlikni oshirdi. Shu bilan birga, optimal

elektr ta'minoti sxemalarini ishlab chiqish tarmoq ishlash barqarorligini ta'minladi.


background image

9

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 14-SON (YOʻITJ)

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Samad, T., & Harjunkoski, I. (2018). Control and optimization meet the smart grid. IEEE

Control Systems Magazine, 32(2), 23-25. https://doi.org/10.1109/MCS.2012.2194130

2.

Zhou, Q., Zhang, C., & Ding, J. (2017). Predictive maintenance framework for power

equipment using digital twin. IEEE Transactions on Industry Applications, 53(6), 6146-6155.

https://doi.org/10.1109/TIA.2017.2733541

3.

Sharma, A., Tran, B., Chilamkurti, N., & Alahakoon, D. (2023). A comprehensive review

of digital twin technology for grid-connected microgrid systems: State of the art, potential,

and challenges faced. Energies, 16(14), 5525. https://doi.org/10.3390/en16145525

4.

Wang, Y., & Jiang, C. (2022). Digital twins for power generation and distribution: A

review. International Journal of Information Security. https://doi.org/10.1007/s10207-022-

00670-9

5.

Qurbonov, N. N. (2023). Energiya resurslari ishlatilishi samaradorligini baholash

usullari va algoritmlari [Texnika fanlari boʻyicha PhD dissertasiyasi, Toshkent Davlat Texnika

Universiteti].

6.

Bazmohammadi, N., Khorasani, R., & Maroufmashat, A. (2021). Digital twin for electric

energy systems: A new era of digitization. IEEE Smart Grid. Retrieved from

https://smartgrid.ieee.org

7.

Siemens. (2020). Electrical digital twin: Optimizing grid management. Siemens Energy.

Retrieved from https://www.siemens.com

8.

Liu, Y., & Sun, L. (2023). Digital twin for advanced automation of future smart grids.

IEEE Xplore. https://ieeexplore.ieee.org

Библиографические ссылки

Samad, T., & Harjunkoski, I. (2018). Control and optimization meet the smart grid. IEEE Control Systems Magazine, 32(2), 23-25. https://doi.org/10.1109/MCS.2012.2194130

Zhou, Q., Zhang, C., & Ding, J. (2017). Predictive maintenance framework for power equipment using digital twin. IEEE Transactions on Industry Applications, 53(6), 6146-6155. https://doi.org/10.1109/TIA.2017.2733541

Sharma, A., Tran, B., Chilamkurti, N., & Alahakoon, D. (2023). A comprehensive review of digital twin technology for grid-connected microgrid systems: State of the art, potential, and challenges faced. Energies, 16(14), 5525. https://doi.org/10.3390/en16145525

Wang, Y., & Jiang, C. (2022). Digital twins for power generation and distribution: A review. International Journal of Information Security. https://doi.org/10.1007/s10207-022-00670-9

Qurbonov, N. N. (2023). Energiya resurslari ishlatilishi samaradorligini baholash usullari va algoritmlari [Texnika fanlari boʻyicha PhD dissertasiyasi, Toshkent Davlat Texnika Universiteti].

Bazmohammadi, N., Khorasani, R., & Maroufmashat, A. (2021). Digital twin for electric energy systems: A new era of digitization. IEEE Smart Grid. Retrieved from https://smartgrid.ieee.org

Siemens. (2020). Electrical digital twin: Optimizing grid management. Siemens Energy. Retrieved from https://www.siemens.com

Liu, Y., & Sun, L. (2023). Digital twin for advanced automation of future smart grids. IEEE Xplore. https://ieeexplore.ieee.org