102
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 14-SON (YOʻITJ)
MAKTABDA VUJUDGA KELADIGAN NIZOLARNING
PSIXOLOGIK MEXANIZMLARI
Jumaboyeva Nargiza Murodilovna
Quvasoy shahar Maktabgacha va maktab
ta’limi bo‘limi metodist-psixologi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14294046
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi:29-noyabr 2024 yil
Ma’qullandi: 1-dekabr 2024 yil
Nashr qilindi:7-dekabr 2024 yil
Maktab ta'lim jarayonida o‘ziga xos ijtimoiy
muhit sifatida o‘quvchilar, o‘qituvchilar va boshqa
xodimlarning faoliyat olib boradigan joyi
hisoblanadi. Ushbu muhitda turli shaxslar va
guruhlar o‘rtasida manfaatlar, qadriyatlar va
ehtiyojlarning to‘qnashuvi tabiiy hodisadir. Nizo
nafaqat muammoni keltirib chiqaradi, balki uni hal
etish orqali o‘sish va rivojlanish imkoniyatini
yaratadi. Shu bois, nizolarni chuqur tahlil qilish,
ularning psixologik mexanizmlarini tushunish va
ularni boshqarishning samarali usullarini qo‘llash
pedagogik va psixologik jarayonlarning muhim
tarkibiy qismidir.
Nizo,
rahbar,
mexanizm,
stress, ijtimoiy rol, kommunikatsiya,
status, shaxslararo nizo.
Psixologiyada nizo ikki yoki undan ortiq tomonning bir vaqtda bir xil maqsadga erishishga
bo‘lgan harakati natijasida yuzaga keladigan qarama-qarshilik sifatida tavsiflanadi. Nizolar
tabiiy jarayon bo‘lib, ular ijtimoiy muhitda shaxslararo munosabatlarning tarkibiy qismi
hisoblanadi. Ammo maktab muhitidagi nizolar ko‘pincha quyidagi sabablar bilan izohlanadi:
1.
Manfaatlar to‘qnashuvi:
O‘quvchi yoki o‘qituvchining o‘z maqsadiga erishishga
intilishi boshqalarning manfaatlariga zid kelishi.
2.
Kommunikatsiya muammolari:
Muloqotda noto‘g‘ri tushunishlar va noto‘g‘ri
fikrlarni yetkazish nizolarni keltirib chiqaradi.
3.
Ijtimoiy rol va status masalalari:
O‘quvchilar yoki o‘qituvchilarning jamiyatdagi
mavqei bilan bog‘liq ixtiloflar.
Maktabda uchraydigan nizolar turlari:
- Ichki nizolar -
bu shaxsning o‘zidagi qarama-qarshiliklar natijasida yuzaga keladi. Masalan,
o‘quvchi o‘zining maqsadi va imkoniyatlari o‘rtasidagi farqni his qilganda, ichki stress va
tashvishlar paydo bo‘ladi. Ushbu turdagi nizolar o‘z vaqtida aniqlanmasa, ular salbiy
psixologik oqibatlarga olib kelishi mumkin.
-
shaxslararo nizolar -
shaxslar o‘rtasidagi bevosita qarama-qarshiliklardir. Masalan,
o‘quvchilar o‘rtasidagi munosabatlarda kelishmovchiliklar yoki o‘qituvchi bilan o‘quvchi
o‘rtasidagi tushunmovchiliklar bunga misol bo‘la oladi.
- guruhlararo nizolar -
turli sinf yoki guruhlar o‘rtasidagi raqobat yoki ziddiyatlarni qamrab
oladi. Bu turdagi nizolar ijtimoiy rollar va mavqe uchun kurashdan kelib chiqadi.
- ma’muriy nizolar -
o‘qituvchilar va maktab ma'muriyati o‘rtasidagi farqli qarashlar yoki
qarorlar bilan bog‘liq nizolar.
Maktabdagi nizolarni tahlil qilishda quyidagi psixologik mexanizmlar ko‘rib chiqiladi:
103
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 14-SON (YOʻITJ)
1.
Shaxs xususiyatlari va xulq-atvor omillari:
Ayrim o‘quvchilarning o‘zini qanday
tutishi yoki muammolarga qanday munosabatda bo‘lishi nizolarning rivojlanishida muhim rol
o‘ynaydi. Masalan, tajovuzkorlik yoki passivlik nizolarni kuchaytirishi mumkin.
2.
Ehtiyojlarning qondirilmasligi:
Har bir o‘quvchining psixologik va ijtimoiy
ehtiyojlari mavjud. Tan olinmaslik yoki e'tibor yetishmasligi nizolarni paydo qiladi.
3.
Rol va maqom to‘qnashuvlari:
Maktabda har bir shaxsning ma’lum bir roli bor.
Masalan, o‘quvchining o‘qituvchiga nisbatan hurmat qilish kerakligi kutiladi. Agar ushbu
rollar buzilsa, nizo yuzaga keladi.
4.
Stress omillari:
Akademik bosim, oilaviy muammolar yoki ijtimoiy tengsizliklar
stressni oshiradi va nizolarni keltirib chiqarishi mumkin.
5.
Stereotiplar va stigmalar:
O‘quvchilarning bir-biriga yoki o‘qituvchilarga nisbatan
noto‘g‘ri tasavvurlari qarama-qarshiliklarga olib keladi.
Nizolar maktabdagi ijtimoiy muhitga va ta'lim jarayoniga ijobiy yoki salbiy ta'sir ko‘rsatishi
mumkin.
Ijobiy oqibatlar:
o
O‘quvchilarning muammoni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
o
Yangi fikr va yondashuvlarni shakllantirishga yordam beradi.
Salbiy oqibatlar:
o
Stress va depressiya keltirib chiqaradi.
o
O‘quvchilar va o‘qituvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni yomonlashtiradi.
Nizolarni boshqarish usullari:
1.
Kommunikatsiya ko‘nikmalarini rivojlantirish:
O‘quvchilar va o‘qituvchilarni ochiq
va samimiy muloqot qilishga o‘rgatish. Muloqotdagi to‘siqlarni bartaraf etish muhim
ahamiyatga ega.
2.
Nizolarni oldini olish bo‘yicha dasturlar:
Maxsus psixologik treninglar va
mashg‘ulotlar orqali o‘quvchilar va o‘qituvchilarni nizolarni hal etish ko‘nikmalariga o‘rgatish.
3.
Mediatorlik (vositachilik):
Psixologlar yoki vositachilar yordamida nizolarni hal
qilish uchun maxsus amaliyotlarni joriy etish.
4.
Stressni kamaytirish strategiyalari:
Maktab muhitida stressni kamaytirish uchun
dam olish mashg‘ulotlari, sport va ijodiy faoliyatlarni tashkil qilish.
5.
Jamoaviy yechim izlash:
Nizoni birgalikda muhokama qilish va har ikki tomon uchun
qoniqarli yechim topish.
Maktab muhitida nizolarni boshqarish nafaqat ta'lim jarayonining samaradorligini oshirish,
balki sog‘lom ijtimoiy munosabatlarni shakllantirish uchun ham zarur. Nizolarni hal qilishda
individual va ijtimoiy yondashuvlar, pedagogik strategiyalar va psixologik mexanizmlar
muhim ahamiyatga ega. Maktab psixologlari va o‘qituvchilarning bu boradagi faol ishtiroki
maktab iqlimini ijobiy tomonga o‘zgartiradi.