98
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 14-SON (YOʻITJ)
MAXALLIY LINTERLAR SAMARADORLIGI. TAHLIL VA
TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLLARI.
A.A. Ungarov
Guliston davlat universiteti
O‘.A. Norboyev
Jizzax politexnika instituti
U.E Xodiyev
Guliston davlat universiteti
https://doi.org/10.5281/zenodo.14294020
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi:29-noyabr 2024 yil
Ma’qullandi: 1-dekabr 2024 yil
Nashr qilindi:7-dekabr 2024 yil
Respublikamizda tola va momiq maxsulotini sifatli
ishlab chiqarish uchun zamonaviy resurstejamkor
texnika va texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy
etish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ushbu maqolada chigit va momiqning sifatini
yaxshilaydigan ilmiy asoslangan zamonaviy
texnika va texnologiyalar haqida so‘z yuritiladi.
Tola, momiq, texnika, ishchi kamera,
resurstejamkor, chigit, texnologiya,
linter, energiya.
KIRISH.
Jahonda paxta tolasi tekstil sanoatining asosiy homashyosi bo‘lsa, paxta momig‘i kimyo
va syellyuloza-qog‘oz sanoatining asosiy xomashyosi hisoblanadi. Tola va momiq maxsulotini
sifatli ishlab chiqarish uchun zamonaviy resurstejamkor texnika va texnologiyalarni ishlab
chiqarishga joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Paxtachilik sohasi bilan
rivojlangan nafaqat xorijiy davlatlarda, balki respublikamizda ham paxtani qayta ishlashdan
ishlab chiqarilgan chigitni linterlashda linter ish unumdorligini oshirish bilan texnologiyada
linterlar sonini kamaytiradigan, elektr energiya va ehtiyot qismlar sarfini tejaydigan, korxona
xududida ekologik muxitni me’yoriy holda bo‘lishini ta’minlaydigan, ishlab chiqarilgan chigit
va momiqning sifatini yaxshilaydigan ilmiy asoslangan zamonaviy texnika va texnologiyalarini
ishlab chiqarish va ishlab chiqarishga joriy etish doirasida keng qamrovli ilmiy-tadqiqot
ishlari olib borilmoqda.
ASOSIY QISM VA NATIYJALAR
Paxta tozalash zavodlarida jinlash tеxnologik jarayonidan so‘ng chiqqan chigitlar xas-
cho‘plardan tozalanib, lintеrlash uskunalariga uzatiladi. Chigitli paxtada bo‘lgan xas-
cho‘plarning bir qismi jinlash jarayonida chigitga qo‘shilib uni ifloslantiradi. Jindan chiqqan
chigitlar tarkibida yirik qum, xas-cho‘plar, tasodifan tushgan mеtall parchalari va mayda
toshlar sog’lom bo‘lmagan (puch va yеtilmagan) chigitlar ham bo‘lib, ular vintli konvеyеrlarda
va elеvatorlardan o‘tkazilganda maydalanib, ishlanayotgan momiqning ifloslik darajasini
ko‘paytiradi. Jinlangan chigit tozalansa, momiq kam ifloslanadi, lintеrning arralari
shikastlanmay ularning ishlash muddati uzayadi. Shuning uchun chigitlarni lintеrlash
uskunalaridan oldin iflos aralashmalardan tozalanadi. Hozirgi vaqtda chigitni iflos
aralashmalardan tozalashda УСM rusumli pnеvmatik chigit tozalagichdan foydalaniladi. УСM
rusumli pnеvmatik chigit tozalagich boshqa markalarga qaraganda ixcham tuzilgan bo‘lib, uni
ishlatish oddiy va qulay. Ishlash jarayoni quyidagicha: chigit lintеrlar qatorining yiquvchi
konvеyеri bilan bеrilib kurakli baraban orqali chigitni so‘ruvchi trubadagi tеshik yordamida
ajratish kamеrasiga tushadi. Havo oqimi chigitlarni yuqoriga ko‘targanda og’ir jismlar
99
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 14-SON (YOʻITJ)
shaxtaning pastki qismiga tushib ajraladi. Tozalangan sog’lom chigitlar to‘siqlar va vakuum-
klapanga tushirilib vintli konvеyеr orqali kеrakli joyga (lintеr uskunalariga) olib boriladi. [2]
Paxta tozalash korxonalarining linterlash bo‘limiga o‘rnatilgan linterlarning asosiy
vazifasi chigitning yuzasidagi momiqni mexanikaviy, ya'ni arra tishlari bilan ajratib olishdir.
Linterlarga quyidagi talablar qo‘yiladi: linterlash jarayonida chigit xamda momiq
shikastlanmasligi, momiqqa iflosliklar va aralashmalar qo‘shilmasligi kerak, momiqning
sifatini, chigitning tukdorlik darajasini va linteming ish unumdorligini boshqarib boruvchi
mexanizm ishlashi zarur. Linterlash texnologik jarayonida chigitga mexanik ta'sir qiluvchi,
chigit bilan ta'minlanish borasida yarim avtomat ishlovchi xisoblanadi, o‘zining ishi bilan
to‘g'ri oqimli mexanizmlar qatoriga kiradi. Momiqni arra tishidan ajratib olishda esa, u havo
kamerasi yordamida yuqoridan havo pudovchiga kiradi. Arralar miqdoriga qarab linterlar
160 arrali deyiladi. Lintеrlash jarayonida chigit valigi arra ta'sirida aylana olmaganligi sababli
uni aylantirishga yordam bеrish maqsadida lintеrlarning kamеrasiga arraga tеskari
aylanadigan to‘zitgich o‘rnatilgan. To‘zitgich chigit valigini aylantirish bilan bir vaqtda uni
tuzatib, tukliroq chigitlarning arra tishlariga kеlishini yaxshilaydi. Lintеrlarda momiq ajratish
usuli arralarning aylanib turgan chigit valigiga mеxanik usulda ta'sir etib, chigitlar yuzasidan
momiq qirib olishga, so‘ngra arra tishidan havo yordamida ajratilishiga va kondеnsorgacha
olib borilib, u еrda havodan ajratishga asoslangan. Lintеrning asosiy ko‘rsatkichlari-chigitdan
ajratilgan momiq miqdori va chigit bo‘yicha ish unumdorligi hisoblanadi. [3]
1-rasm
. 5ЛП linterning sxemasi
1-ta’minlovchi valik; 2-tekislovchi- tozalovchi
baraban; 3- mavjud profili ishchi kamera; 4-
aralashtirgich; 5-kolosnik, 6- arrali silindr; 7-havo
kamerasi; 8-chiqindi shnegi;
9-to‘rli yuza
Momiqni to‘liq hamda sifatli olish uchun
to‘zitqich
va
chigit
tarog‘i
ishtirok
etadi.
To‘zitqichninig asosiy vazifasi ishchi kameradagi
chigitlarni arra tishlariga yo‘naltirishdan iborat. Chigit tarog‘ini vazifasi esa kerakli miqdorda
momig‘i ajralmagan chigitlarni o‘tkazib yubormaslikdan iborat. Qirib olingan momiq arra
tishlari bilan kolosniklar oralig‘idan o‘tadi va havo yordamida arra tishlaridan ajralib olinadi.
Ajratib olingan momiq tozalanadi va preslashssexiga beriladi. Linterlar konstruksiyasi
bo‘yicha 320, 310, 300 va 288 mm li diametrga ega bo‘lgan arralardan foydalanish imkonini
beradi. Linterga boshqa diametrdagi arralarni o‘rnatishda havo kamerasining va kolosniklar
panjarasining holati qayta sozlanishi kerak bo‘ladi. Arra tishlari va havo kamerasining soplosi
orasidagi tirqish kamerani gorizontal tekislikda yo‘naltiruvchi maxsus vintlar yordamida
surib sozlanadi [4]
Keyingi yillarda linterlarni takomillashtirish, uning ish unumdorligini oshirish, arrali
valda arralar sonini oshirilishi, ishchi kameraning hajmini kattalashtirish, momiq va
chigitning sifat va miqdor ko‘rsatkichlariga ta’sirini o‘rgangan xolda arralissilindr va
100
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 14-SON (YOʻITJ)
to‘zitqichning tezlik tartiblarini ishlab chiqish yo‘nalishida ishlar olib borildi. Aniqlanishicha
xar-hil chiziqli tezlikdagi to‘zitqich va arra tishlari ta’sirida aylanma xarakat qilayotgan chigit
davriy arralissilindr tishlari ta’siri ostida bo‘ladi. Arra tishlari chigitga asosan uchta joyda
ta’sir ko‘rsatadi:
- arralarning chigit tarog‘i yonida, ishchi kameraga kiradigan joyda chigit arra tishlariga tegib
o‘z harakat yo‘nalishini o‘zgartiradi va tishlar harakati yo‘nalishida harakatlanadi. Bu paytda
zichlik kamligi tufayli chigit yuzasidan momiq qisman qirib olinadi;
- chigitlar to‘zitqich hamda arra tishlari orasidan o‘tgan paytda zich holatda bo‘ladi. Bu paytda
asosiy momiq qirib olinadi;
- arra kolosniklar oralig‘idan o‘tish paytida.
XULOSA VA TAKLIFLAR.
Linterlash jarayoniga mashinaning ishchi kamerasi katta ta’sir ko‘rsatadi. Zamonaviy
5LP rusumli linterlash mashinalarida arralissilindrdagi arralarning chiziqli tezligi 12,3m/s,
to‘zitqich parraklarining chiziqli tezligi esa 4,2m/s ni tashkil qiladi. SHundan kelib chiqib arra
tishlari chigit massasiga 8,1m/s tezlik bilan ta’sir ko‘rsatadi deb hisoblash mumkun. Bunday
yuqori tezlikda arrani chigitga ta’siri hamda to‘zitqichni chigit valigiga zarbi natijasida chigit
sirtidan momiqni qirib olish jarayonida chigitlar shikastlanadi. Chigit valigining zichligi kam
bo‘lsa to‘zitqich parraklari chigitga bosim ko‘rsata olmaydi. Bu holatda momiq qirib olish
samaradorligi pasayib ketadi, shu bilan birga chigit mexanik ta’sirga ko‘p uchrashi natijasida
shikastlanishi ortadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI.
1.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7
fevraldagi PF-4947 sonli Farmoni.
2.
I.D. Madumarov, M.A. Gapparova, T.O. Tuychiеv. Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash
uslubiy qo’llanma. Toshkent 2013.
3.
Р.Ш. Сулаймонов, Б.Я. Кушакеев, Д.У. Мадрахимов. Изыскание путей повышения
эффективности процесса
линтерования
семян. Отчет АО «Пахтасаноат илмий
маркази». Ташкент. 2011.-65 с
4.
. Р.Ш. Сулаймонов. Совершенствование базовых звеньев пильного линтера и его
освоение в производстве. Отчет ОА “Папхтасаноат илмий маркази”. Ташкент. 2016. – 51
с
5.
Т.М. Кулиев, Р.Ш. Сулаймонов и др. Пахтани дастлабки ишлаш бўйича қўлланма.
Тошкент- “Afvto-nashr”. 2019. -477 б
6.
Сулаймонов Р.Ш., Маруфханов Б.Х., Каримов У.Қ. Аррали линтернинг ишчи
қисмларини такомиллаштириш ва ишлаб чиқаришга тадбиқ этиш. Илмий ҳисобот.
“Пахтасаноат илмий маркази” АЖ. Тошкент. 2016.- 51 б
7.
Сулаймонов Р.Ш., Лугачев А.Е., Мардонов Б., Ахмедов М.Х., Маруфханов Б.Х. Пахта
тозалаш корхоналарида пахта чигитини линтерлаш ва момиқни тозалаш жараёнини
энергия-ресурстежамкор технологиясининг назарий асосларини ишлаб чиқиш. Илмий
ҳисобот. «Paхtasanoat ilmiy markazi» АЖ, Тошкент, 2019.- 62 б.
8.
O’zDst 644:2006. Пахта. Намликни аниқлаш усуллари. Тошкент, 2006.- 17 б.
9.
O’zDst 592:2006. Пахта. Ифлосликни аниқлаш усуллари. Тошкент, 2006.- 17 б.
101
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 14-SON (YOʻITJ)
10.
O’zDst 601:2016. Пахта. Техник чигит.Техникавий шартлар. Тукдорликни
аниқлаш усуллари. Тошкент, 2016.- 11 б.