Авторы

  • Kamoliddin Egamqulov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yoitj.57026

Аннотация

Baxshichilik san’atida Janubiy Oʻzbekiston dostonchilik maktablari oʻziga xos oʻringa ega boʻlib, uning badihagoʻyligi, aytish usulining shoʻxligi va repertuaridagi dostonlarning boshqa dostonchilik maktablarida uchramasligi kabi diqqatga sazovor jihatlari bor. Mazkur maqolada Chiroqchi dostonchilik maktabi vakili Shomurod shoirning “Nurali” dostoni varianti haqida soʻz boradi.


background image

24

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 14-SON (YOʻITJ)

“NURALI” DOSTONINING SHOMUROD SHOIR VARIANTI

Egamqulov Kamoliddin Samad oʻgʻli

ToshDOʻTAU tayanch doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14272127

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi:29-noyabr 2024 yil

Ma’qullandi: 1-dekabr 2024 yil

Nashr qilindi:4-dekabr 2024 yil

Baxshichilik san’atida Janubiy Oʻzbekiston

dostonchilik maktablari oʻziga xos oʻringa ega

boʻlib, uning badihagoʻyligi, aytish usulining

shoʻxligi va repertuaridagi dostonlarning boshqa

dostonchilik maktablarida uchramasligi kabi

diqqatga sazovor jihatlari bor. Mazkur maqolada

Chiroqchi dostonchilik maktabi vakili Shomurod

shoirning “Nurali” dostoni varianti haqida soʻz

boradi.

an’ana,

baxshi,

doston,

repertuar, badihagoʻylik, nag‘ma,
terma.

“Nurali” dostoni “Go‘ro‘g‘li” nasliy turkum dostonlar sirasiga kiradi. “Go‘ro‘g‘li” turkum

dostonlarda, asosan, Go‘ro‘g‘li, o‘g‘illari Hasanxon va Avazxon, nevaralari Nurali va

Ravshanlarning sarguzashtlari tasvirlanadi. Shunga ko‘ra M. Mirzayeva “Go‘ro‘g‘li” nasliy

turkum dostonlarni ikki qismga, Go‘ro‘g‘lining ikki asrab olgan o‘g‘illari “Hasanxon” va

“Avazxon” nomli dostonlar, ularning farzandlari bilan davom etadigan ikki tarmoqqa ajratadi

1

.

“Nurali” dostoni “Avazxon” dostonining nasliy turkumliligini davom ettiradi.

“Nurali” dostoni “Go‘ro‘g‘li” dostonining nasliy turkumiga kirishidan tashqari “Nurali”

biografik turkumlikni ham tashkil qiladi. Folklorshunos olim T. Mirzayev o‘zining “Xalq

baxshilarining epik repertuarlari” deb nomlangan ilmiy risolasida asosiy “Go‘ro‘g‘li” turkumi

va u o‘z ichida kichik, “Hasanxon”, “Avazxon”, “Nurali”, “Ravshan” biografik turkumlarni

tashkil etishini aytadi

2

. Folklorshunos Qayum Mamashukurov “Nurali” turkum dostonlarining

g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlaydi. Q.

Mamashukurov dissertatsiyasida “Nurali” biografik turkumni asosiy uchta doston “Nurali”,

“Nuralining yoshligi”, “Malla savdogar” dostonlari tashkil etishini aytib, Nurali bilan bog‘liq bir

qancha dostonlarni shu uchta dostonning variant va boshqacha nomlanishi (“Gulgun pari”,

“Avaz va Oyzaynab”, “Mayda savdogar”, “Nurali bilan Gulnor”) deb beradi

3

. T. Mirzayev esa

“Nurali” beografik turkumga “Nuralining yoshligi”, “Jorxun maston”, “Nurali”, “Nurali va qari

Ahmad”, “Nuralining yutilishi”, “Malla savdogar” dostonlarini sanab o‘tadi.

“Nurali” dostonining bir qancha baxshilar tomonidan kuylagan variantlari mavjud. Bu doston,

asosan, Qashqadaryo va Surxondaryo baxshilari orasida kengroq ommalashgan. Uning Tog‘ay

shoir Maxmon o‘g‘li (Akromov Xolmirza 1931), Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li (Buyuk Karimov 1937),

Umir Safarov (M. Alaviya 1957), Ro‘ziyev Qo‘zi (M. Alaviya 1957), Tosh shoir Chorshanba

1

Мирзаева М. Ўзбек халқ достонларида туркумлик. – Тошкент: Фан, 1985.

2

Мирзаев Т. Халқ бахшиларининг эпик репертуари. - Т.: Фан. – 1979

3

Мамашукуров Қ. Нурали туркум достонларининг ғоявий-бадиий хусусиятлари: Филол. фан. номз. ... Дисс. –

Тошкент, 1986.


background image

25

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 14-SON (YOʻITJ)

o‘g‘li (M. Afzalov, Muhammad Saidov 1957), Mulla Xolnazar (Hazratqul baxshi Xudoyberdi

o‘g‘li 1981) kabi baxshilardan yozib olingan variantlarining qo‘lyozma nusxasi O‘zR FA Alisher

Navoiy nomidagi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutining arxivida saqlanadi. Dostonning

faqatgina Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li varianti nashr etilgan.

Shomurod Shoirdan Nuriddin Aminjonov yozib olgan “Nurali” dostonining audio varianti

tadqiqotchi folklorshunos O‘ktam Hakimovning shaxsiy fondida saqlanadi. Biz uni O‘.

Hakimovdan olib matnga ko‘chirdik. Chiroqchi dostonchilik maktabi vakili hisoblangan

Shomurod shoirning otasi Tog‘ay shoirdan yozib olingan variantini ham O‘zR FA Alisher

Navoiy nomidagi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutiga borib o‘rganishga harakat qildik,

lekin husnixat jihatidan o‘qish uchun muammo tug‘ildi. Tushunganimizcha qiyoslasak, Tog‘ay

shoir va Shomurod shoir variantlari aynan o‘xshash, bir xil qolip, bir xil shakl va mazmunga

ega ekanligini ko‘ramiz. Tog‘ay shoir kuylagan “Nurali” dostoni variantidan keltirilgan

quyidagi parcha Shomurod shoir variantida ham ko‘rishimiz mumkin.

Oyag‘imdi qo‘yamana, zinama-ya bo‘l zina,

Menga ixlas mo‘minlarga tag‘in bermagin guna,

Rasul egam chiqar bir kun Meraja,

Ravzaya pakingaya qo‘shilsa tanamaya bul tanang,

Otingnan aylanay yo Muhammad Mustafo

4

.

“Nurali” dostonining Shomurod shoir variantini boshqa baxshilar variantlari nashr

etilmaganligi, badiiy mukammalligi jihatidan muqobil hisoblanganligi sababli Fozil Yo‘ldosh

varianti bilan qiyosladik.

Fozil yo‘ldosh kuylagan “Nurali” dostonining qisqacha bayoni quyidagicha:

Doston “Go‘ro‘g‘li” turkum dostonlarining deyarli hammasida keladigan asosiy boshlanma

Go‘ro‘g‘lining farzandsizligi motivi bilan boshlanadi. Hasanxon va Avazxonni farzand qilib olib,

balog‘atga yetgach Go‘ro‘g‘li Hasanxonga Xon Dallini, Avazxonga buvish Intizorni olib beradi.

Bular ikkalasidan ikki o‘g‘il dunyoga kelib, Hasanxonning o‘g‘lini ismini Ravshanxon,

Avazxonning o‘g‘lini ismini Nurali qo‘yadi. Go‘ro‘g‘li bu ikkisini savodsiz avom bo‘lib qolmasin

deb madrasadan bir mulla topib o‘qitishga beradi. Ravshanxon o‘qimay qochib keladi.

Avazxon o‘qishni tugatib kelib bobosining oldida yurgan kunlardan birida tush ko‘radi.

Tushida Oqtosh elidan Mahmud podshohning qizi Marg‘umonni ko‘rganini, oshiq bo‘lganini

Go‘ro‘g‘li bobosiga aytib otini so‘raydi.

Ketsin boshingdan qayg‘uli tuman,

So‘zima quloq sol, jonim, bobojon!

Qizlarning sarasi pari Marg‘umon,

Shunday dilbar edi mening tushuma.

Ustiga kiygani gulgun qirmizi,

Aqlimni olgandir jodugar ko‘zi.

Bu tushimda bir-bir qilib so‘radim,

Oqtosh elda Mahmud poshshoning qizi.

Jonim bobo, eshit aytgan dodimni:

Xafa qilma mendayin farzandingni!

Menga bersang nazarkarda otingni.

Nurali Marg‘imon yorini izlab safarga otlanadi, shunday qilib keyingi voqeliklar dostondagi

asosiy qahramon Nurali bilan davom etadi.

Nurali Oqtosh eliga borib, Mahmud shohning qizi Marg‘imon parini olib qochadi va yo‘lda

shohning lashkarlari bilan jang qiladi. Jangda Avazxonga Qayqam dev yordam beradi. Oradan

vaqt o‘tib Nurali va Marg‘umonlarning o‘g‘il farzandi bo‘ladi. Farzandiga Jahongirxon deb ism

qo‘yadi. Ular yo‘ldan adashib Maskan degan daryoning oldidan chiqadi. Daryodan

4

Tog‘ay shoir. Nurali dostoni. Qo‘lyozma. O‘zR FA Alisher Navoiy nomidagi O’zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

arxivida saqlanadi.


background image

26

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 14-SON (YOʻITJ)

o‘tayotganda ularni har tarafga oqizib ketadi. Jahongirxonni esa, baliq yutib ketadi. Baliqchi

Jahongirni baliq qornidan chiqarib olib, keyingi sarguzashtlar Jahongirxon bilan davom etadi.

Dostonning yakuni Jahongirxon onasi va otasini topib, bobosining yurtiga olib qaytadi.

Go‘ro‘g‘li ularga to‘y-tomosha qilib berib doston yakunlanadi.

“Nurali” dostonining Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li va Shomurod shoir kuylagan variantlari g‘oyaviyligi

va tuzilish jihatidan katta farq qiladi. Shomurod shoir variantida sarguzashtlar, asosan, Nurali

bilan kechadi.

Har bir baxshining doston kuylashda o‘z epik qolipi bo‘ladi. Shomurod shoir kuylagan “Nurali”

dostonida ham, “Alpomish” dostonida ham qahramonlarni yo‘lga chiqish tasviri bir xil qolipda

ifodalanadi:

Kechayu kunduz demadi,

Charchashni hech bilmadi.

Koʻring endi Boychibor,

Havolaba uchadi.

Bulutlarding pasidan

Uchib oʻtib boradi.

[Alpomish dostoni]

Kechaya-kunduz demadi,

Ot jonuvor boradi.

Osmondag‘i julduzay

Jer-u ko‘kti bilmadi.

Qanotini jozdiya,

Ga jerlarga tiyadi,

Ga tiymayin boradi.

[Nurali dostoni]

Yoki “Nurali” dostonida Xiromon pari tilidan aytilgan quyidagi parcha ham Shomurod shoir

kuylagan “Avazxon”, “Alpomish” dostonlaridan parchasida aynan malikalar tilidan kuylanadi.

Dugonalar dugana,

Qilmang meni begana.

Men seni suydim dugana,

Bir maydona uchaya.

Palaktiya qilsaya

Bo‘layimisha yagana.

Duganajon dugana

Nuralidan men bo‘mayman begana.

Doston Go‘ro‘g‘li va G‘irotni ta’riflash bilan boshlanadi:

Oov, omon omonda, Taka tomonda, Chambilning elida, Turkmanning belida Go‘ro‘g‘li o‘tdi.

Dong‘i Dog‘iston ketdi, ovozasi olamni tutdi. Ol Go‘ro‘g‘li kelishsa, beshikda bolalar yig‘lashmay

jotdi. Ol G‘irot kelishsa, momolar ko‘rpa o‘ralishib jotdi.

“Nurali” dostonining Shomurod shoir variantida asosan qahramonning o‘lib-tirilish g‘oyasi

(o‘lib-tiriluvchi tabiat kultlari haqidagi miflar), dualistik (ezgulik va yovuzlik kuchlari

o‘rtasidagi kurash haqidagi asotiriy qarashlarni o‘zida aks ettirgan miflar) qarashlar

yetakchilik qiladi. Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li variantida esa, ishqiy kechinmalar va qahramonlik

asosan yetakchilik qiladi. Misol uchun, Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li variantida yetakchi qahramon dev

bilan kurashmaydi, aksincha, qahramonga yordam beradi. Bu yerda dev obrazi ijobiy

ko‘makchi obraz bo‘lib keladi. Shomirod shoir variantida esa, dev salbiy obraz qilib

tasvirlanadi, ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi kurash ifodalanadi. Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li variantida

dostonning yarmidan keyin Jahongirxon yetakchi obraz vazifasiga chiqadi. G‘oyaviy jihatdan

“Alpomish” dostoniga o‘xshab ketadi. Jahongirxonning ikkiga ayrilib ketgan onasi va otasini

topish va birlashtirish birinchi planga chiqadi. “Alpomish”da ham Hakimbekka shu vazifa

(g‘oya) yuklanadi.


background image

27

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 14-SON (YOʻITJ)

Shomurod shoirning “Nurali” variantida ko‘makchi obrazlarning o‘rni katta ahamiyat tutadi.

Ulardan eng asosiysi ot obrazidir. Samoviy, mifologik ot hisoblangan G‘irot dostonda eng

yetakchi o‘rinlarda namoyon bo‘ladi. Qahramonni eng og‘ir vaziyatlardan olib chiqadi.

Nuralini chohdan chiqishi uchun ham asosiy vazifani bajaradi. Ot bilan bog‘liq keyingi yana bir

epezod, mayib bo‘lgan Nuralini sherlar hujumidan qutqarishda ko‘rinadi.

G‘irot to‘yib-to‘yib ichib olib, qaytib kelsa, to‘rtta sher Nuralini olaman deb turipti. Nurali yolg‘iz

qolgan bola, yuragida yo‘qdir og‘i-ola, qilichini qinidan sug‘irib, sherlardan o‘zini himoya qilib

jotipti. Yarim tanasi Nuralini mayib edi. Uchalari sinib ketgan edi. Xudoga nola qilib:

“Ey yolg‘iz Xudoyim, beparzandga parzand bergin ilayim. Bandi bo‘ldim, Ahmad sardor menga

qilig‘ini bildirdi. Xudoyjon O‘zing quvvat bermasang, endi Taqdirim yomon keldi, naylayin”, – deb

turgan joyi ekan.

Shunda ko‘ring Nuralini sherlardan qo‘riqlab, G‘irot kelib sherlarni tepib, oldidan kelganini

tishlab otdi, keyinidan keganini tuvrilab tepdi.

Dostonlarda qahramonga ot boshidan oxirigacha ko‘makchi obraz bo‘lib kelishi an’anaviy

shakl hisoblanadi. Epik ot ko‘makchi obraz bo‘lib kelishi bir tarafdan totemizm ildizi

hisoblansa, bir tarafdan tarixiy ildizga taqaladi. Zamonaviy texnikalargacha bo‘lgan davrda

manzilga yetkazish jihatdan ham, harbiy jihatdan ham ot eng afzali hisoblangan. Ot obrazini

folklorshunos, filologiya fanlari nomzodi Abdumurod Tilavov o‘zining “O‘zbek xalq

dostonlaridagi ot obrazining tarixiy asoslari va badiiy talqini” mavzusidagi nomzodlik

dissertatsiyasida juda yaxshi tahlil qilib bergan.

Shomurod shoirning “Nurali” variantida ko‘makchi obraz hisoblangan Soqibulbul boshqa

o‘rinlarda kelsa ham, sayis vazifasini bajarmaydi. Sayislik vazifasida hamisha uning o‘rnida

Aqilxon to‘ra maydonga chiqadi. Dostonda u G‘irot va uning ukasi Manjimko‘kni

tarbiyalovchisi hisoblanadi. Bu kabi obraz va epezodlar “Go‘ro‘g‘li” turkum dostonlarda

kelmaydi. Shomurod shoirning o‘ziga xosligi ana shu jihatlarda ham namoyon bo‘ladi.

Adabiyotlar:

1.

Афзалов М. Ўзбек халқ шоирлари // Шарқ юлдузи, 1946.

2.

Ergashev A. Qashqadaryo-Surxondaryo dostonchiligi. – Toshkent: Fan, 2008.

3.

Мирзаев Т. Халқ бахшиларининг эпик репертуари. – Tошкент, 1979.

4.

ALPOMISH MEDIA. Ovsar dev bilan Gupsar dev. Shomurod baxshi Tog‘ayev

5.

You tube. Favvora Film. Shomurod shoir Tog‘ayev. 2016.

6.

ALPOMISH MEDIA. Boysun bahori. Shomurod shoir Tog‘ayev. 2002.

7.

Турдимов Ш. Ўзбек мифологияси ва фолъклори. Илм ва фан. – Тошкент 2023.

Б.142

8.

ALPOMISH MEDIA. Nurali dostoni. Shomurod baxshi Tog‘ayev

9.

Турдимов Ш. Халқ қўшиқларида рамз. – Тошкент, 2020.

10.

Эшонқулов Ж. Миф ва бадиий тафаккур. – Тошкент: Фан, 2019.

Библиографические ссылки

Афзалов М. Ўзбек халқ шоирлари // Шарқ юлдузи, 1946.

Ergashev A. Qashqadaryo-Surxondaryo dostonchiligi. – Toshkent: Fan, 2008.

Мирзаев Т. Халқ бахшиларининг эпик репертуари. – Tошкент, 1979.

ALPOMISH MEDIA. Ovsar dev bilan Gupsar dev. Shomurod baxshi Tog‘ayev

You tube. Favvora Film. Shomurod shoir Tog‘ayev. 2016.

ALPOMISH MEDIA. Boysun bahori. Shomurod shoir Tog‘ayev. 2002.

Турдимов Ш. Ўзбек мифологияси ва фолъклори. Илм ва фан. – Тошкент 2023. Б.142

ALPOMISH MEDIA. Nurali dostoni. Shomurod baxshi Tog‘ayev

Турдимов Ш. Халқ қўшиқларида рамз. – Тошкент, 2020.

Эшонқулов Ж. Миф ва бадиий тафаккур. – Тошкент: Фан, 2019.