Авторы

  • Madinabonu Abdulxayeva
  • Odinaxon Parpiyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yoitj.57046

Аннотация

Ushbu maqolada gaymorit kasalligi, uning kelib chiqish sabablari, turlari, davolash hamda oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan.


background image

116

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 14-SON (YOʻITJ)

GAYMORIT KASALIGI

Abdulxayeva Madinabonu Muxammadjon qizi

Central Asian Medical Universiy xalqaro tibbiyot universiteti

1-bosqich talabasi.

Ilmiy raxbar: Parpiyeva Odinaxon Raxmanovna

Central Asian Medical Universiy xalqaro tibbiyot universiteti

dotsent v.b.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14294268

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 29-noyabr 2024 yil

Ma’qullandi: 1-dekabr 2024 yil

Nashr qilindi: 7-dekabr 2024 yil

Ushbu maqolada gaymorit kasalligi, uning

kelib chiqish sabablari, turlari, davolash hamda

oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida ma’lumotlar

keltirilgan.

gaymorit, sinus bo‘shliqlar,

allergiya, gaymorotomiya.

Kunlar sovib ketishi natijasida mavsumiy kasalliklar xavfi oshib bormoqda. Ko‘pincha

sochimizni yaxshi quritmasdan ko‘chaga, ishga va o‘qishga shoshamiz. Bu esa yuqori nafas

yo‘llarini shamollashiga olib keladi.

Gaymorit

– burun yon (yuqori jag’ bo’shlig’i) sinus shilliq qavatining yallig’lanishi bilan

ifodalanadigan kasallik, sinusitning bir turi sanaladi va eng keng tarqalgan kasallik

hisoblanadi. Kasallik kechish og’irligiga qarab,

o’tkir

yoki

surunkali

bo’lishi mumkin. Kasallik

erta tashxislansa va jiddiy shakllarga o’tmagan bo’lsa, ko’p hollarda gaymoritni uyda davolash

usuli ham samarali hisoblanadi.

Yuqori jag’ yoxud burun yon sinuslari – havoli bo’shliqlar bo’lib, ularning vazifasi atmosfera

va miyya ichi bosimini tenglashtirish, rezonator funktsiyalarni bajarish va havoni tozalash,

namlash sanaladi. Burun yon bo’shliqlarining yo’llari burun bo’shlig’iga chiqadi, ichida esa

suyakka birikib turgan shilliq qavat bilan qoplangan bo’ladi. O’sha shilliq qavatning

yallig’lanishi gaymorit kasalligi sanaladi.

Ko’pincha gaymorit kasalligining asosiy sababi yuqori nafas yo’llari infektsiyasi yoki allergiya

bo’ladi, shu sababli kuz-qish mavsumida bu kasallik rivojlanishi avj oladi. Bundan tashqari,

ba’zi bir kasalliklarni davolamaslik, zararli tashqi omillar ham gaymoritni keltirib chiqarishi

mumkin, jumladan:

Yuqori jag’ tishlari kariesi;

Immun tizimining zaiflashuvi;

Burun yon sinuslarini o’rab turuvchi shilliq qavat jarohatlari;

Havosi haddan tashqari quruq yoki yelvizak bo’lgan xonada uzoq vaqt bo’lish;

Og’iz bo’shlig’i gigienasiga rioya qilmaslik;

Shilliq qavatning zamburug’li kasalliklari;

Bekteriyalar (stafillokokklar);

Sil kasalligi;

Burun-halqum rivojlanishi anomaliyalari va uning shikastlanishlari;

O’smalar mavjudligi;

Burun bitishiga qarshi tomchilarni tez-tez ishlatish;

Rinit bilan kechuvchi allergik reaktsiyalar;


background image

117

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 14-SON (YOʻITJ)

Burun to’sig’ining deformatsiyasi (qiyshayishi) va natijada sinusda havo

aylanishining buzilishi;

Surunkali infektsiyalar: faringit, tonzillit va h.k.

Gaymoritning dastlabki belgilari tana haroratining ko’tarilishi, isitma, kuchsizlik, tumov va

burun bitishi, yuz sohasida og’riqlar bilan namoyon bo’ladi. Og’riq peshona, jag‘ va chakkaga

tarqalish xususiyatiga ega. Bundan tashqari, qovoqlarning qizarishi va shishishi qayd qilinishi

mumkin. Bolalarda gaymorit bo‘lganda ularning injiqlik qilishi va charchaganligi ham seziladi.

Shu bilan birga, gaymorit qanday rivojlanishiga qarab, kasallik alomatlari ham farqlanishi

mumkin.

O’tkir gaymorit O’RVI belgilari fonida rivojlanadi va quyidagi alomatlar bilan ifodalanadi:

isitma, bo’g’imlardagi og’riqlar, yuqori jag’ va burun sohasidagi og’riq, kuchli tumov, bosh

og’rig’i, ko’z sohasidagi og’riqlar.

Surunkali gaymorit esa asta-sekin rivojlanadi va quyidagi alomatlar kuzatiladi: davomli

kechayotgan rinit, ko’z soqqasidagi og’riqlar, konyuktivit, ko’pincha bosh og’rig’i.

Bugungi kunda shifokorlar gaymorit kasalligining quyidagi turlarini ajratishadi:

Kataral gaymorit.

Kasallik shilliq qavatning yallig’lanishi, burun bo’shlig’ining shishishi va

qizarishi bilan tavsiflanadi. Kataral gaymorit bolalar orasida ko’proq tarqalgan. Sabablari

virusli infektsiyalar, allergik tumov va burun shilliq qavatining jarohatlari hisoblanadi.

Xarakterli alomatlari ishtaxa yo’qolishi, isitma va umumiy intoksikatsiya belgilari sanaladi.

Ikki tomonlama gaymorit.

Yuqori jag’ sinuslarining yallig’lanishi asoratlanishida ko’proq

uchraydi. Uning yorqin belgilaridan shish, burundan ko’p ajralma kelishi, burun bitishi, tana

haroratining ko’tarilishi, umumiy intoksikatsiya, shuningdek ko’zlarning yoshlanishi va apatik

holatlarni ajratib ko’rsatish mumkin. Kasallikning ushbu turi rivojlanishiga infektsion va

yallig’lanish jarayonlari sabab bo’lishi mumkin. Ikki tomonlama gaymoritga shubha

qilinganda otolaringolog kompleks davolash (dori vositalari va fizioterapiya) muolajalarini

buyuradi.

Allergik gaymorit.

Buning sababi burun sinuslarining ta’sirlanishi hisoblanadi. Uning

alomatlari ko’z yoshlanishi, shishganlik, tana harorati ko’tarilishi, bosh og’riqlari va umumiy

holsizlikdir. Kasallik asosan kuz va bahor oylarida kuzatiladi. Allergik gaymoritni davolash

uchun dastavval allergenni aniqlash va u bilan bemorning aloqa qilishini cheklash kerak.

Davolovchi shifokor to’liq tekshiruv o’tkazishi natijasida antiallergen terapiya, so’ng umumiy

qo’llab-quvvatlovchi preparatlar buyuradi.

Yiringli gaymorit.

Ko’pincha yuqori nafas yo’llarining davolanmagan yoki o’tkazib yuborilgan

infektsion kasalliklari oqibati hisoblanadi. Ushbu turdagi gaymorit sababchilari patogen

mikroorganizmlar va ularning hayotiy faoliyati mahsulotlari sanaladi. Agar kasallikning

yiringli turiga yetarli e’tibor qaratilmasa va uni davolash ortga surilsa, u suyaklar va yaqin

atrofdagi to’qima va a’zolarga tarqalishi mumkin.

Odontogen gaymorit.

Qo’zg’atuvchining kasallangan yuqori jag’ tishlari va og’iz bo’shlig’idan

burun yon bo’shliqlariga o’tishi oqibatida rivojlanadi. Qo’zg’atuvchilari ichak tayoqchasi,

stafilokokklar, streptokokklar va ularning kombinatsiyasi sanaladi. Odontogen gaymoritning

perforativ va noperforativ shakllari ham farqlanadi. Birinchisi yuqori jag’ tishini sug’urish

natijasida og’iz bo’shlig’i va yuqori jag’ sinuslari orasida fissura hosil bo’lishida kuzatiladi.

Aynan shu fissura orqali patogenlar sinuslarga yetib boradi.

Bundan tashqari, gaymorit infektsion, vazomotor, ekssudativ, produktiv, nekrotik va atrofik

bolishi mumkin.

Gaymorit kasalligini davolash: Ayni paytda gaymoritni davolashning ko‘p usullari mavjud,

lekin qay darajada samarali ekanligi haligacha noma’lum. Gaymoritni davolash usullari:

antibiotiklar, shilliq ajralishini sekinlashtiruvchilar; burun bo‘shliqlarini yuvish; burun

bo‘shliqlarini teshish; gaymorotomiya (bo‘shliqlarni tozalash uchun o‘tkaziladi).


background image

118

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 14-SON (YOʻITJ)

Jarrohlik amaliyoti: Gaymorotomiya – og‘ir hollarda gaymor bo‘shlig‘ini sanatsiya qilish va

yiringli massadan, poliplardan, zamburug‘ va boshqa infeksiyalardan tozalash uchun

qo‘llaniladi. Bu amaliyot o‘ta samarali, murakkab emas va ortiqcha asoratlar qoldirmaydi.

Statistik ma’lumotlar gaymoritni xalq tabobati yordamida davolashda samaradorlik foizi

yuqori ekanligini ko’rsatadi. Ko’p tomchilar, damlamalar va malhamlar retseptlari mavjud va

ular gaymorit davosi hisoblanadi. Shu bilan birga, ular asosiy terapiya usuli emas va faqatgina

kompleks terapiya sifatida qo’llanilishi mumkin. Bemorda allergiya chaqirishi mumkin

bo’lgan mahsulotlardan foydalanish tavsiya etilmaydi.

Agar kasallik avj olib borayotgan va alomatlari kuchayib borayotgan bo’lsa, shifokorga tashrif

buyurishni kechga qoldirmang, xalq tabobati faqat o’rta va yengil hollarda samara berishi

mumkin.

Propolis bilan ingalyatsiya. Idishda 2 litr suvni qaynating. Qaynagan suvga propolisni spirtli

eritmasidan ikki choy qoshiq qo’shing (dorixonalarda shifokor retseptisiz beriladi). Idish

ustiga egilib, boshingizni sochiq bilan idishni qo’shgan holda yoping va bug’dan nafas oling.

Agar asalarichilik mahsulotlariga allergik reaktsiyangiz bo’lsa, u holda bu usuldan foydalanish

tavsiya etilmaydi.

Kartoshka bilan ingalyatsiya. Bu usulda yangi qaynatilgan kartoshkaning bug’lari bilan nafas

olinadi. Davomiyligi 15 daqiqani tashkil etadi.

Asal asosida tomchi. Miqdori teng bo’lgan asal va aloe sharbatini aralashtiring. Biroz suv

qo’shing va kuniga 2-3 marta 1-2 tomchidan burunga tomizing (ikki tomonlama). Qarshi

ko’rsatmalar yuqoridagi kabi.

Bundan tashqari chakanda (oblepixa) moyi; lavr yaproqlari yordamida kompresslardan

foydalanish mumkin.

Har qanday kasallikni davolagandan ko’ra oldini olish afzalroq. Gaymoritni oldini olish uchun

o’z vaqitda stomatolog ko’rigidan o’tib turish, sovuq havoda ko’p yurmaslik, sovuqda bosh

kiyimisiz ko’chaga chiqmaslik, shamollash va grippni o’z vaqtida davolash tavsiya etiladi.

Sport bilan hech bo’lmaganda kuniga 10-20 daqiqa shug’ullanish immuntitetni

mustahkamlash uchun foydalidir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Лопатин А.С., Быкова В.П., Арцыбашева М.В. Современные принципы диагностики и

лечения хоанальных полипов // Вестник оториноларингологии. - 1997. - № 1. - С. 8-12.

2. Лопатин А.С., Пискунов Г.З., Горячкина Л.А. и др. Ведение пред- и

послеоперационного периодов при функциональных внутриносовых хирургических

вмешательствах: Учебное пособие. - М., 1998. - 12 с.

3. Пальчун В.Т. Противоречивая лечебная тактика при ряде основных заболеваний

ЛОР-органов (опыт ЛОР-клиники РГМУ) // Вестник оториноларингологии. Материалы

Российской конференции оториноларингологов (19- 20 ноября 2002). - М., 2002. - С. 16-

22.

4. Пискунов С.З. О хирургическом лечении хоанальных полипов // Труды ХV съезда

оториноларингологов России. - СПб., 1995. - Т. 2. - С. 87-90.

Библиографические ссылки

Лопатин А.С., Быкова В.П., Арцыбашева М.В. Современные принципы диагностики и лечения хоанальных полипов // Вестник оториноларингологии. - 1997. - № 1. - С. 8-12.

Лопатин А.С., Пискунов Г.З., Горячкина Л.А. и др. Ведение пред- и послеоперационного периодов при функциональных внутриносовых хирургических вмешательствах: Учебное пособие. - М., 1998. - 12 с.

Пальчун В.Т. Противоречивая лечебная тактика при ряде основных заболеваний ЛОР-органов (опыт ЛОР-клиники РГМУ) // Вестник оториноларингологии. Материалы Российской конференции оториноларингологов (19- 20 ноября 2002). - М., 2002. - С. 16-22.

Пискунов С.З. О хирургическом лечении хоанальных полипов // Труды ХV съезда оториноларингологов России. - СПб., 1995. - Т. 2. - С. 87-90.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)