20
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 15-SON (YOʻITJ)
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI PIRLS XALQARO
BAHOLASH DASTURIGA TAYYORLASHDA BADIIY MATN
ASOSIDA TUZILGAN MASHQ VA TOPSHIRIQLARNING
AHAMIYATI
Utanbayeva Dildora Abdixadirovna
Guliston davlat pedagogika insituti “Maktabgacha va boshlang‘ich
ta’lim metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi, p.f.f.d(PhD)
https://doi.org/10.5281/zenodo.14501686
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 11-dekabr 2024 yil
Ma’qullandi: 13-dekabr 2024 yil
Nashr qilindi: 16-dekabr 2024 yil
Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini
PIRLS xalqaro baholash dasturiga tayyorlash
metodikasini
takomillashtirish
mazmuni,
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini PIRLS xalqaro
baholash dasturiga tayyorlashning o‘ziga xos
xususiyatlari, badiiy va axborot matnlar bilan
ishlash, o‘qish savodxonligi, o‘quvchilar bilan matn
ustida ishlashda ahamiyat qaratish lozim bo‘lgan
jihatlar, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini xalqaro
baholash
dasturlariga
tayyorlashda
qo‘llaniladigan metodlar bayon qilingan.
xalqaro baholash dasturi,
PIRLS, TIMSS, PISA, TALIS, matn,
badiiy matn, axborot matni, o‘qish
savodxonligi, tushunish darajalari,
baholash tizimi, o‘quv materiallari,
onlayn maktab, matn bilan ishlash
metodi, leksik birliklar bilan ishlash
metodi, grammatik sintaktik metod.
Воshlаng‘ich sinf о‘quvchilаrining qiziquvchаnligi, bilishgа intilishi sо‘nmаgаn dаvridа,
mustаqil fikrlаshgа о‘rgаtuvchi, tаfаkkurini rivоjlаntiruvchi usullаrni qо‘llаb, о‘quvchilаrgа
chuqur bilim berish bоshlаng‘ich tа’limning аsоsiy vаzifаlаridаn biridir.
Маzkur vаzifаlаrni аmаlgа оshirish bugungi kundа umumiy о‘rtа tа’limi bоshlаng‘ich
sinflаridа bir qаtоr ishlаr аmаlgа оshirilmоqdа.
O‘quvchilarimizning egallagan bilim darajalarini baholash uchun xalqaro tadqiqotlarda
qatnashish imkoniyati yaratilganligi bu boradagi ulkan yutuqlardan biridir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi “Xalq ta’limini boshqarish
tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5538-sonli
Farmonida Xalq ta’limi tizimini boshqarishning samarali mexanizmlarini joriy etish o‘sib
kelayotgan yosh avlodni ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi
bosqichga ko‘tarishning eng muhim sharti hisoblanishi, shuningdek, o‘quv-tarbiya jarayonida
ta’limning innovatsion shakllari va usullarini qo‘llashga ko‘maklashishi qayd etilgan holda
o‘quvchilarning bilim darajasini baholash bo‘yicha xalqaro dasturlar va tadqiqotlarda (PISA,
TIMSS, PIRLS va boshqalar) umumta’lim muassasalari o‘quvchilarining ishtirokini tashkil
etish vazifasi belgilgilangan.
PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study – xalqaro o‘qish savodxonligini
o‘rganishdagi yuksalish) – bu turli mamlakatlarda boshlang‘ich sinfda tahsil oluvchi o‘quvchi
yoshlarning matnni o‘qish va tushunish darajalari sifatini baholab beruvchi xalqaro baholash
tizimidir. Ushbu sinov turi har 5 yilda bir marta o‘tkazishga mo‘ljallangan[5].
Modomiki, PIRLS xalqaro tadqiqotida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining badiiy va axborot
21
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 15-SON (YOʻITJ)
matnlarini o‘qib tushunish darajalari baholanar ekan umumiy o‘rta ta’lim maktablari ona tili
va o‘qish savodxonligi darslarida o‘quvchilarning matn bilan ishlash, matnni tahlil qilish,
matndan xulosa chiqarish ko‘nikmalarini rivojlantirishga e’tibor qaratishimiz zarur.
Matn bilan ishlashda bir qator muhim vazifalarni bajarish talab etiladi. Badiiy matnda
idrokning ongli ravishda (intuitiv) darajasini aniqlash ularda tasavvur faolligi, tasvirlarda
fikrlash qobiliyatini rivojlantirish muhim sanaladi. Badiiy matn tilining o‘ziga xos
xususiyatlarini, badiiy adabiyot qonuniyatlarini tushunish qobiliyati va badiiy matn poetikasi
elementlari (janr xususiyatlari, ifoda vositalari, kompozitsiya, badiiy tafsilot) va ularning
o‘zaro munosabatini ko‘rish va tushunish anglashiladi:
1.
Badiiy matnda mujassamlangan asosiy g‘oya va so‘zlarning ma’nolari hamda matn
mazmuni asosida ularda axloqiy qadriyatlarni o‘stirish va badiiy g‘oya negizida mantiqli
xulosa chiqarish asosiy o‘rin egallaydi.
2.
O'quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini, individual imkoniyatlarini
hisobga olgan badiiy matnning o‘qib o‘z talqinini yaratish qobiliyatiga e’tibor qaratish va
fikrning kengligi, ijodiy fikrlashini o‘stirishga asoslanadi.
Darslarda hikoya, ertak yoki asarning boshqa turi o‘rganiladigan bo‘lsa, uni o‘quvchilarga
o‘qitib, mazmuni yuzasidan savol-javoblar o‘tkazib va ayrim o‘quvchilarga tushunchalarini
gapirtirish bilangina ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmaydi. O‘qish darslarida o‘rganiladigan
badiiy asardagi har bir obrazning o‘ziga xos xususiyatlari, ya’ni uning tashqi ko‘rinishi, xatti-
harakatlari va ichki kechinmalarini ocha bilish kerak. Har bir obrazning boshqalaridan ajralib
turadigan tomonlarini ko‘rsatish muhimdir.
Asardagi ayrim personajlar haqida quvnoq, mehnatchevar, rostgo‘y, chaqqon deb baholab
kifoyalanish yaramaydi. Bunday qilinsa, o‘quvchilar tasavvurida to‘laqonli obraz
gavdalanmaydi.
Badiiy asar ustida shunday ishlash kerakki, o‘quvchilar ongida obrazlar to‘laqonli va
mukammal o‘z ifodasini topgan. Har bir obraz qanchalik yorqin ifodalansa, tasavvur va
tushunchalari shuncha kengayadi[2].
Mazmunni tushunishda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun eng qiyin narsa muallif (g‘oya)
tushunchasini tushunishdir, bu tabiiy ravishda oz hayot va o‘qish tajribasi bilan bog‘liq.
Hodisalarni tahlil qilish darajasida mazmunni tushunishda sinfdan sinfga idrok etishning
rivojlanish surati ijobiy tendentsiyaga ega.
4-sinf o‘quvchilarida badiiy matn o‘qish madaniyatini shakllantirishning eng muhim sharti
kichik yoshdagi o‘quvchining adabiy rivojlanishini bosh maqsad va natija sifatida anglashdir,
deb hisoblaymiz. Bu o‘qituvchiga, eng avvalo, o‘quvchi kitobxonni tarbiyalashning shaxsiy va
obyektiv natijasi sifatida badiiy matnni o‘qish madaniyatini shakllantirishga yo‘naltiriladigan
metodik vositalarni tanlash va ulardan foydalanish imkonini beradi.
Badiiy o‘qish darsiga o‘quv predmeti sifatida to‘xtaladigan bo‘lsak va badiiy matnni o‘qish
madaniyatining ta’rifi va tarkibiy qismlaridan kelib chiqqan holda shuni ta’kidlash kerakki,
boshlang‘ich sinflarda zamonaviy badiiy o‘qish darsi quyidagilarga yo‘naltirilgan bo‘lishi
kerak.
O‘quvchilarning quyidagi qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirish lozim:
-
adabiy matnni to‘liq idrok etish;
-
so‘zga, intonatsiyalarga, nutq uslublariga hissiy sezgirlik;
-
badiiy so‘zni majoziy ma’noda konkretlashtirish, “so‘zni ko‘rish, eshitish va boshqa
assotsiatsiyalarga aylantirish” qobiliyati[3;4].
Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirish uchun o‘quvchilar bilan matn ustida ishlash
jarayonida interfaol metodlarni qo‘llashimiz zarur. Quyida shunday metodlardan bir
nechtasini keltirib o‘tamiz.
22
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 15-SON (YOʻITJ)
Matn bilan ishlash metodi.
Har bir o‘quvchiga quyidagi matnli topshiriqlar tarqatiladi
va ularning topshiriqqa bergan javoblari umumlashtiriladi
.
“ONLAYN MAKTAB” SABOG‘I
– Mana, ta’til tugashiga ham oz qoldi. Yana ikki kundan so‘ng maktab boshlanadi, – deb
suyundi Muslima. – Do‘stlar davrasi, qiziqarli darslar maktab bag‘rida-da.
Sumkasini tozalab artib, kitoblarini joylayotgan Muslimaning quvonchi bir soniyada yo‘q
bo‘lib qoldi. Televideniye, ijtimoiy tarmoqlarda darslar onlayn boshlanadi, degan xabarlar
tarqaldi.
– Maktabga bormaymizmi? Nima uchun? Men maktabga borishni xohlayman, – dedi Muslima
xafa bo‘lib.
– Qizim, bilasan, hozir dunyo bo‘ylab koronavirus tarqalgan. Shu sababli yurtimizda karantin
e’lon qilingan. Davlatimiz meni, onangni, seni va ukalaringni – barchaning sog‘lig‘ini
o‘ylamoqda. Vaqtincha “Onlayn maktab”da o‘qiysan. Onlayn maktab ham maktab ta’limidan
qolishmaydi, – dedi dadasi.
– Dadajon, nima uchun onlayn maktab ham yaxshi deyapsiz? Maktabda ustozdan ta’lim olish
yaxshiroq-ku? – dedi Muslima.
Maktabda ustozdan ta’lim olish yaxshi. Chunki qiziqqan savollarga ustozdan bemalol javob
olish mumkin. Sinfdoshlar bilan o‘qish juda zavqli. Fanlar bo‘yicha topshiriqlarni bajarish
uchun vaqt yetarlicha. Vazifalarni tushunmagan paytda sinfdoshlar bilan maslahatlashish,
darsdan tashqari vaqtda qiziqqan fan to‘garaklariga qatnashish, ustoz bilan jonli muloqot
qilish imkoniyati bor.
Ammo onlayn maktabda ta’lim olish ham karantin vaqtida o‘quvchilarning bilim olishdan
ortda qolmasliklari uchun yaxshi choradir. Uning ham o‘ziga yarasha afzalliklari bor. Masalan,
bo‘sh vaqtdan unumli foydalanish uchun ko‘proq kitob o‘qish, turli onlayn to‘garaklar, onlayn
tanlov va olimpiadalarda qatnashish mumkin.
Oradan kunlar o‘tdi. Muslima onlayn darslarga kirishib ketdi. Ustozi sinf uchun ochilgan
ijtimoiy tarmoq guruhlarida tashkil qilgan tanlovlarda faol ishtirok etdi. Ota-onasi ustozi
onlayn kundalik.com veb-saytiga qo‘yayotgan Muslimaning baholarini ko‘rib, xursand
bo‘ldilar.
Shu kundan boshlab “Onlayn maktab” dasturlarini ko‘rib, vazifalarini bajarib bo‘lgach,
Muslima onasidan to‘qish sirlarini o‘rgana boshladi. Hatto o‘z qo‘llari bilan ukasiga kamzul
ham to‘qib berdi. Ota-onasi farzandining uyda sog‘lom holda, ham ilm olib, ham hunar
o‘rganayotganidan xursand edi[6].
Topshiriqlar:
1.Muslima nimadan xafa bo‘ldi?
A) Koronavirus tarqalganidan
B) Maktabga bormasligidan
D) Ta’til tugaganligidan
E) Sinfdoshlarini ko‘ra olmasligidan
2.Muslimaning dadasining fikricha davlat nima uchun karantin e’lon qilgan?
______________________________________________________________
23
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 15-SON (YOʻITJ)
3.An’anaviy ta’limda qanday imkoniyatlar bor?
______________________________________________________________
4.Karantin davrida Muslima qaysi hunarni o‘rgandi?
A)
B)
D)
E)
5. Muslimaning ota-onasi nimadan xursand bo‘ldi?
A) darslar onlayn bo‘lganligidan
B) farzandining tanlovlarda g‘olib bo‘lganligidan
D) karantin e’lon qilinganligidan
E) farzandining ham o‘qib, ham hunar o‘rganayotganligidan
6. Siz onlayn tarzda ta’lim olganmisiz? Sizningcha, onlayn tarzda ta’lim olishning ijobiy
tomonlari bormi? Fikringizni bildiring.
____________________________________________________________________________________________________________
________________________
7. Onlayn tarzda ta’lim olishning salbiy tomonlari bormi? Fikringizni yozing.
____________________________________________________________________________________________________________
________________________
8. Sizningcha qaysi rasm hikoya mazmuniga mos keladi?
A)
B)
D)
E)
9. Siz hikoya sarlavhasi uning mazmuniga mos deb o‘ylaysizmi?
24
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 15-SON (YOʻITJ)
______________________________________________________________
10. Hikoyadan qanday xulosa chiqardingiz?
____________________________________________________________________________________________________________
______________________________________________
Leksik birliklar bilan ishlash metodi.
“Ona tili o‘qish savodxonligi ”darsligidan
birorta matn o ‘qituvchi tomonidan o ‘qib eshitiriladi va ularning qo ‘liga quyidagi jadvalni to
‘ldirish topshiriladi.
Grammatik sintaktik metod.
O‘zbek tilining grammatikasi va tilshunoslikning sintaksis bo‘limi yuzasidan ma’lumotlarni
yoshiga nisbatan egallab, to‘g‘ri gap tuzish malakalari inobatga olinadi.
1-bosqich
Mavzuga oid so‘zlarnining lug‘aviy ma’nosi leksik birliklar
silsilasini tanlash
2-bosqich
3-4-5 ta so‘zni bitta jumlaga biriktirish.
3-bosqich
Sarlavhaga oid mazmunni o‘zida mujassam qilgan 5 ta gap
tuzish
4-bosqich
Matnni xatboshidan boshlash. Kiritmalardan unumli
foydalanish
PIRLS tadqiqotida O‘zbekiston Respublikasining ishtirok etishi ta'lim sifatini oshirish, xalqaro
miqyosda mamlakat nufuzini mustahkamlash bilan birga, o‘quvchilar bilimini xalqaro talablar
darajasiga olib chiqishga xizmat qiladi.
Shuningdek, Milliy ta’lim tizimini isloh qilish, ta’lim mazmunini, pеdagog kadrlar tayyorlash
va ularning malakasini oshirish dasturlarini takomillashtirish hamda mutaxassislar
tomonidan darsliklarning yangi avlodini yaratishda qo‘llaniladi. Xalqaro tadqiqotlar ta’lim
sohasidagi milliy tadqiqotlarni sifatli o‘tkazishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Xalqaro standartlar
darajasida yuqori iqtisodiy samaraga asoslangan milliy baholash tizimini yaratish imkonini
bеradi. Milliy ta’lim sifatini baholashdagi nazorat matеriallarini xalqaro tadqiqotlarda
qo‘llaniladigan nazorat matеriallari sifati darajasida ishlab chiqish imkonini bеradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limini boshqarish tizimini
takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5538-sonli Farmoni.
2018-yil 5-sentabr. https://lex.uz
2.
Azizxo‘jayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. - Toshkent,2003.-
176 b.
Tushunchalar tahlili, lug‘at bilan
ishlash
Berilgan matn mazmuni, og‘zaki suhbat olib
borish
Matnni qayta o‘qiganimdan keyingi mantiqqa
asoslangan mening xulosam
Matn mazmunidan kelib chiqqan
holda mening fikrim ifodasi
25
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 15-SON (YOʻITJ)
3.
Маранцман, В.Г. Труд читателя: От восприятия литературного произведения к
анализу / В.Г. Маранцман. - М. : Просвещение, 1996. - 124 с.
4.
Методика преподавания литературы: Учебник для пед. вузов / Под ред. О.Ю.
Богдановой, В.Г. Маранцмана : В 2 ч. - Ч. 1. - М. : Просвещение, 1994. - 286 с.
5.
Omanova M.A. PIRLS xalqaro dasturi asosida 4-sinf o‘quvchilarida matnni o‘qish va
tushunish malakasini rivojlantirish. Maqola. PIRLS xalqaro baholash dasturi: nazariya va
tatbiq etish istiqbollari. Xalqaro ilmiy konferentsiyasi materiallari.
Toshkent, 13 mart 2020 yil
6.
Ona tili va o‘qish savodxonligi. 3-sinf. Darslik. USAID/“O‘zbekiston barkamollik uchun
ta’lim dasturi” doirasida ishlab chiqilgan va Creative Commons Attribution 4.0 xalqaro
litsenziyasiga ega asl nusxa asosida qayta ishlangan. Toshkent-2022.