54
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 15-SON (YOʻITJ)
INFLYATSIYANING IQTISODIYOTDAGI O`RNI VA UNI
PASAYTIRISH SIYOSATLARI.
Munavvarova Zaynabxon Dilshodovna
JIDU, XIM fakulteti talabasi
munavvarovazaynabxon56@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.14515637
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 11-dekabr 2024 yil
Ma’qullandi: 13-dekabr 2024 yil
Nashr qilindi: 17-dekabr 2024 yil
Maqolada “inflyatsiya” so`zining mohiyati , uning
iqtisodiyotdagi o`rni, kelib chiqish sabablari va
turlari, eng yuqori va eng past inflyatsiya
ko`rsatkichi,
O`zbekistondagi
inflyatsiya
ko`rsatkichi va iqtisodiyotda uni pasaytirish
usullari ko`rib chiqilgan.
Inflyatsiya, Markaziy Bank, talab,
taklif, giperinflyatsiya, foiz stavkasi,
pul-kredit siyosati, valyuta islohoti,
milliy ishlab chiqarish, ekologiya,
deflyatsiya, pul emissiyasi.
Hozirgi kunda dolzarb muammolardan biri bo`lgan inflyatsiya mavzusi har bir iqtisodiyotda
o`z o`rnini egallagan. Avvalo, inflyatsiya so`zining ma`nosiga to`xtaladigan bo`lsak, ma`lum
vaqt oralig`ida narxlarning o`sish sur`ati mazmunidagi ta`rifni tushuna olishimiz mumkin. Bu
atama iqtisodiyotda ijobiy ko`rsatkich sifatida qabul qilinmaydi. Albatta, har qanday davlat
iqtisodiyoti nima sababdan bunday salbiy jarayonlarini boshdan o`tkazadi degan savol paydo
bo`lishi mumkin. Bu savolga javob berish uchun inflyatsiya kelib chiqishining sabablarini
ko`rib chiqish maqsadga muvofiq bo`ladi.
Ushbu iqtisodiy jarayonning sabablarini ko`rib chiqishda ularni asosiy 3 guruhga bo`lish
orqali o`rganish to`g`ri hisoblanadi:
1. Talab inflyatsiyasi
2. Xarajat inflyatsiyasi
3. Inflyatsiya kutilmalari
Talab inflyatsiyasi nomidan ko`rinib turibdiki, tovar va xizmatlarga bo`lgan yalpi talabning
taklifidan ortib ketishi tufayli yuzaga keladi. Ushbu jarayon iste`molchilar ko`proq tovar va
xizmatlar talab qila boshlagadan so`ng firmalar o`zlarining yuqori mehnat xarajatlarini
qondirish uchun tovarlar va xizmatlar narxini oshirishi orqali sodir bo`ladi.
Xarajat inflyatsiyasiga keladigan bo`lsak, ishlab chiqariladigan tovarlar va xizmatlarning
umumiy taklifi pasayishi orqali yuzaga keladi. Bu holatga misol qilib, mahalliy yoki import
orqali foydalaniladigan materiallar narxining oshishi har qanday ishlab chiqarish xarajatlariga
ta`sir qilishini aytish mumkin. Natijada ishlab chiqaruvchilar o`z tovarlarini narxini oshiradi
va bu narx boshqa tovarlarning narxini ham oshirib yuboradi. Masalan, neft narxining oshishi
benzinning narxiga ham ta`sir qiladi va bu jarayon transport xizmatlariga ham o`z ta`sirini
o`tkazadi.
55
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 15-SON (YOʻITJ)
Inflyatsiya kutilmalari kelajakda narxlarning oshishiga ishonch orqali paydo bo`ladi. Oddiy
qilib aytganda, ishlab chiqaruvchi korxonalar va firmalar narxlar borasidagi taxminlarini
hisobga olgan holda, o`z tovar va xizmatlari narxini tezroq oshirishlari mumkin. Bunga
javoban ishchilar ham kelajakdagi inflyatsiya ko`rsatkichini hisobga olib yuqori ish haqi talab
qilishlari mumkin. Bunday vaziyat ham inflyatsiyani oshishiga asosiy sabablardan biri bo`la
oladi.
Ma`lumot sifatida shuni aytib o`tish joizki, 2022-yilda inflyatsiya ko`rsatkichi eng yuqori, ya`ni
giperinflyatsiyaga yaqin bo`lgan davlat Zimbavye hisoblanib, u 284.94% ni tashkil etadi.
Bunga qarama-qarshi ravishda ushbu ko`rsatkichi past bo`lgan davlatlar qatoriga 1.99%
inflyatsiya darajasi bilan Yaponiya yaqqol misol bo`la oladi.
Bu ko`rsatkichlarni kuzatish davomida O`zbekiston iqtisodiyotida inflyatsiyanining o`rni
qanday va u yillar davomida qanday ko`rsatkichlarni qayd etib kelmoqda degan savol paydo
bo`lishi mumkin. Bu savolni ochiqlashdan oldin quyidagi diagrammaga nazar tashlasak,
maqsadga muvofiq bo`lar edi.
Ushbu ma`lumotlar jadvalidan ko`rinib turibdiki O`zbekistonda inflyatsiya darajasi 2 yil
mobaynida pasayib brogan. Ushbu davlatda eng yuqori inflyatsiya darajasi 2018-yilda 20.1%
ni tashkil etgan va joriy yilning iyul oyida ushbu ko`rsatkich 8.96% ga yetgan.
Umuman inflyatsiya darajasini qanday qilib pasaytirish mumkinligi haqida fikrlash har bir
iqtisodchining bu mavzuga yanada chuqurroq kirishishiga olib keladi.
Avvalo, inflyatsiya Markaziy Bank yoki hukumat tomonidan nazorat qilinib,
qo`llaniladigan asosiy siyosati foiz stavkalarini o`zgartirish hisoblanadi. Inflyatsiyaga
javoban Markaziy Bank foiz stavkalarini oshirishi mumkin. Yuqori foiz stavkasi
valyuta kursining oshishiga olib kelishi orqali inflyatsiya bosimini ham kamaytiradi.
Inflyatsiyani pasaytirishning yana bir choralaridan biri davlatda importni kamaytirib,
eksportni oshirish hsioblanadi. Bu jarayon orqali davlatning ichki milliy mahsuloti
Jahon bozorida aylanadi, ya`ni davlatning ishlab chiqarish sektori rivojlanib boradi.
Iqtisodiyot xarajatlarni optimallashtirish orqali byudjet taqchilligini kamaytira
oladigan byudjet intizomiga erisha olsa, bu jarayon ham muomaladagi pul miqdorini
kamaytirishga katta hissa qo`sha oladi.
1
https://worldpopulationreview.com/country-rankings/inflation-rate-by-country
2
Uzbekistan Inflation Rate 2011-2023. Macro Trends
56
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 15-SON (YOʻITJ)
Yuqoridagi siyosatlardan ko`rinib turibdiki, ushbu iqtisodiy jarayon osonlikcha amalga
oshmaydi. Shunga qaramasdan inflyatsiya bilan kurashish orqali iqtisodiyotni rivojlantirish
mumkin. Bularga qo`shimcha qilib, valyuta islohotini ham izohlab ketish maqsadga
muvofiqdir. Inflyatsiya pul muomalasi bilan bog`liq jarayon hisoblanadi va shuning uchun
ham davlatga kirib kelayotgan valyuta miqdorini va uning inflyatsiyaga bo`lgan ta`sirini
hisobga olish kerak. O`zbekistonni misol qilib keltiradigan bo`lsak, valyuta konvertatsiyasi
ushbu davlatda ancha faol hisoblanadi. Bunga misol qilib, davlat qarzlarini yoki xorijda
ishlaydigan fuqarolarning daromadini va bundan tashqari import bo`lgan tovarlarni keltirish
mumkin.
Ushbu jarayon yuqori ko`rsatkichlarga erishganda, makroiqtisodiy maummolardan
tashqariga chiqishi va ijtimoiy muammolarga aylanishi kutiladi. Shuning uchun ham har
qanday davlat yuqori inflyatsiyaning oldini olishi yoki u bilan kurashishi orqali
rivojlanayotgan yoki rivojlangan iqtisodini zararsiz holda davom ettirishi kerak.
Inflyatsiyaning jamiyatdagi ta`sirini PESTEL bo`yicha tahlil qiladigan bo`lsak, uni bir qancha
yo`nalishlarda ko`rib chiqamiz.
Avvalo, ushbu jarayonning davlat siyosatiga qanday ta`siri borligini o`rganib chiqish
maqsadga muvofiqdir. Albatta, inflyatsiya pulning o`sishiga bog`liq bo`lgani uchun ham u
aynan pul-kredit siyosatida o`zini namoyon qiladi. Ushbu atamaning ma`nosiga qaytadigan
bo`lsak, pul o`z xarid qobiliyatini yo`qotadi va shuning uchun ham bu jarayon pul hodisasi deb
ataladi. Bundan tashqari pulning qadrsizlanishi davlat siyosatida bir necha o`zgarishlar
kiritishga olib keladi. Masalan, milliy valyutaning qiymati tushib ketishi natijasida bu holatga
qarshi bo`lgan bir qancha chora-tadbirlar, siyosiy o`zgarishlar ishlab chiqishga to`g`ri keladi.
Ushbu masalani iqtisodiy jihatdan tahlil qiladigan bo`lsak, ushbu mavzuga yanada chuqurroq
kirgan bo`lamiz. Nomidan ko`rinib turibdiki, ushbu atama iqtisodiy atama va u bilan bog`liq
bo`ladigan hodisalar ham iqtisodiy hodisalardir. Inflyatsiyaning o`sishi har qanday davlat
iqtisodiyotga ta`sir qilmasdan qolmaydi. Ayniqsa, ishlab chiqarish sektoriga ta`sir qilishi
orqali butun bozor munosabatlarini o`zgartirib yuboradi va shu bilan birga ishsizlik degan
muammoni ham keltirib chiqaradi. Bu hodisa ketma-ket ravishda amalga oshadi: avval
narxlar ko`tariladi, so`ngra bu holat jamiyatning xarid qobiliyatini susayishiga olib keladi. Bu
bosqichdan so`ng ishlab chiqaruvchilar mahsulotlar hajmini o`zgartiradi va ishchilar sonini
qisqartiradi. Natijada esa, davlatda ishsizlik ko`payadi va bu bevosita iqtisodiyotga salbiy
ta`sir o`tkazadi.
Ijtimoiy-madaniy jihatdan qaraydigan bo`lsak, inflyatsiyaning ushbu yo`nalishga ta`sirini
ishsizlikdan keltirib chiqarsak bo`ladi. Masalan, ishsizlik ko`payishi natijasida insonlar
o`zlariga har qanday ishni munosib ko`ra boshlaydilar. Buning natijasida esa, jamiyatda
o`g`rilik, qalloblik va yana shunga o`xshash bir qancha salbiy oqibatlar vujudga keladi. Aynan
shu holat necha asrlardan beri avloddan avlodga o`tib kelayotgan madaniyatimizga ta`sir qilib,
insonlar o`rtasida ishonchsizlikni kuchaytirib yuboradi. Bundan tashqari ushbu iqtisodiy
hodisa jamiyatning tabaqalashuviga ham olib keladi. Narxlarning oshishi natijasida ba`zi
insonlar boyib boraveradi va ba`zi qismi esa kambag`allashib boradi. Ushbu jarayon aholi
o`rtasida tengsizlikni va shu orqali bir qancha ijtimoiy munosabatlarga ta`sir qiladi.
Bundan tashqari huquqiy sohaga o`z ta`sirini ko`rsatishini ham ishsizlik darajasi bilan
bog`lash mumkin. Shunday bir paytda insonlar o`z manfaati yo`lida o`zgalarning huquqlarini
poymol qilib, bir necha jinoiy ishlarga qo`l uradilar. Natijada esa, jamiyatda adolat, tenglik va
xavfsizlik tushunchalari o`z kuchini yo`qotadi.
Ekologiya sohasi iqtisodiy termin bilan bog`liq bo`lishi mumkinmi degan savol ham o`rinlidir.
Bir qancha tajribalarga ko`ra, inflyatsiya darajasining beqarorligi
atrof-muhit sifatini
57
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 15-SON (YOʻITJ)
yaxshilaydi. Moliyaviy rivojlanish orqali ifloslanish emissiyasini rag`batlantiriladi va atrof-
muhit holatini yomonlashtiradi. Bu jarayonni tahlil qiladigan bo`lsak, iste`mol bilan bog`lash
zarur. Masalan, mahsulotlar narxi o`rtacha yoki past bo`ladigan bo`lsa, iste`molchilar ularni
muqobil ravishda sotib oladilar va ba`zida keragidan ortiqcha ham bo`lishi mumkin. Misol
qilib, avtomobil sotuvini keltirsak, narxlar barqaror bo`lganda, iste`molchilar keragidan ortiq
ham sotib oladi va aynan shu mahsulot orqali ekologiyaga yetarlicha zarar keltiradi. Agar
avtomobil narxi qimmat bo`lsa, iste`molchilar velosipeddan foydalanishga ham tayyor bo`ladi.
Hozirgi kunda, jamiyatimizda avtomobildan boshqa ekologiyaga zarar keltiradigan boshqa
turdagi tovarlar ham juda ko`p.
Yuqorida asosan inflyatsiyaning salbiy holatlari ko`rib chiqildi. Albatta, bu iqtisodiy termin
salbiy oqibatlarga ega, biroq, inflyatsiya bo`lmasa, iqtisodiyotda qanday jarayon yuzaga
kelishi mumkinligini tahlil qilish zarurdir.Inflyatsiyaga qarama-qarshi ravishda bu sohaga
deflyatsiya
atamasi kiritilgan. Avvalo, bu so`zning ma`nosiga to`xtaladigan bo`lsak, mahsulot
va xizmatlar narxining umumiy tushib ketishini tushunish mumkin. Bu ta`rifga ko`ra
deflyatsiya iqtisodiyotda ijobiy ko`rinishga ega ekan deb o`ylash faqat bir tomonlama
fikrlashning oqibati hisoblanadi.
Bir qarashda ushbu jarayon iste`molchilarga foydali ko`rinadi, chunki vaqt o`tishi bilan bir xil
nominal daromad bilan bir qancha mahsulot va xizmatlarni sotib olishlari mumkin. Biroq,
narxlarning pastligi hammaga ham bir xil foyda keltirmaydi. Misol qilib, narxlarning oshishi
bog`liq bolgan jarayonlarga sarmoya kiritgan tadbirkorlar va qarz oluvchilar ham zarar
ko`radi. Bunga qo`shimcha ravishda ishsizlikning ortishiga ham olib keladi va bu holat bir
tomondan texnologiyaning rivoji bilan bog`lansa, ikkinchi tomondan mahsulot narxining
pasayishi orqali ishlab chiqaruvchilar o`z xodimlarini ishdan bo`shata boshlaydi.
Ushbu jarayonning sabablarini ko`rib chiqish maqsadga muvofiq bo`ladi:
Inflyatsiyaga sabab tovarlarning yetishmovchiligi natijasida narxlarning oshishi bo`lsa,
deflyatsiya, aksincha, mahsulot va xizmatlarning o`sib borayotgan taklifi orqali yuzaga
keladi.
Aynan tovar va xizmatlarning yuqori taklifi texnologik taraqqiyot va bir qancha
resurslarning ochilishi natijasida mahsuldorlikni oshiradi.
Iqtisosiy tilda gapiradigan bo`lsak, yalpi talabning pasayishi deflyatsiyaga asosiy sabab
bo`la oladi. Aynan talabning pasayishi natijasida, ishlab chiqaruvchilar mahsulot
narxlarini pasaytira boshlaydilar.
Siyosiy qarorlar yoki voqealar ham ushbu jarayonga sabab bo`la oladi. Agar davlat
iqtisodiyotga kamroq sarmoya kirita boshlasa va byudjetni qisqartirishni boshlasa, bu
holat iste`mol talabiga ta`sir qila boshlaydi. Agarda markaziy bank asosiy foiz
stavkalarini oshirsa, kreditlar qimmatlashadi va korxonalar hamda iste`molchilar
kamroq pul sarflashadi.
Deflyatsiyaga qarshi qanday choralar qo`llanishini ko`rib chiqamiz:
Ushbu jarayonning oldini olish uchun markaziy banklar nol foiz stavkasi siyosatiga
amal qiladi. Chunki past foiz stavkasi kreditlarni arzonlashtiradi va unga talabni saqlab
qoladi.
Yangi ish o`rinlarini yaratish kabi chora-tadbirlar deflyatsiyaga qarshi kurashishda
samarali hisoblanadi.
Soliqlarni kamaytirish orqali iste`molchilarning xarid qobiliyatini oshirish.
Valyuta nazorati orqali xorijiy va milliy valyutalarni almashtirish natijasida pul taklifini
oshirish.
58
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 15-SON (YOʻITJ)
Urushdan keyingi davrda 1998-yildan beri davom etayotgan deflyatisiyani Yaponiyada
ko`rishimiz mumkin. Bu deflyatsiya kuchli tarzda namoyon bo`lmadi, chunki 1998-2012-yillar
oralig`ida istemol narxi 4% ga tushgan xolos.
Shu bilan birgalikda 10 yil davom etgan. Avval
ulush va yer narxining pasayishi kuzatilgan, so`ngra esa, aktivlar narxining pasayishi bank
balanslarini yomonlashtirdi. Bu ko`rsatkichlarni bir grafikda tasvirlansa, maqsadga muvofiq
bo`lar edi.
Inflyatsiyani pasaytirish choralari mavzusiga yanayam chuqurroq kirish maqsadida shu
yo`nalishda faoliyat olib borayotgan ma`lum bir guruh insonlardan so`rovnoma o`tkazildi.
So`rovnoma o`tkazilishidan avval 5 ta ekspert: Jo`rayeva Ra`no, Bekmuradova Feruza,
Murtazoyev Sardor, Imamova Maftuna, Qutbiddinova Kamola tomonidan tekshirildi va
xatolardan holi deb topildi. Natijalarni DELPHI usulida tahlil qilib chiqish orqali mavzuni
yanada keng va anniqroq yoritish mumkin.
Savollar quyidagilardan iborat:
1. Inflyatisya deganda nimani tushunasiz?
2. Hozirgi kunda O`zbekistonda inflyatsiya ko`rsatkichi qanday?
3. Inflyatsiya ko`rsatkichi qanday muvozanatlashtiriladi?
4. Valyuta konvertatsiyasining inflyatsiyaga ta`siri bormi?
5. Deflyatsiya iqtisodiyot uchun xavflimi?
6. O`zbekistonda eksport hajmi qanday?
7. Inflyatsiyaning ishsizlikka qanday ta`siri bor?
8. Eng yuqori inflyatsiya ya`ni giperinflyatsiyaga ega bo`lgan davlat qaysi?
9. Inflyatsiyani pasaytirish siyosatlari qatoriga qanday usulni kiritgan bo`lar edingiz?
10. Inflyatsiyani oldini olish uchun nimalarni o`zgartirishni tavsiya qilasiz?
Ma`lumot sifatida aytib etish joizki, so`rovnoma 2023-yilning 18-noyabr kuni o`tkazildi va
unda iqtisodiyot sohasida bilimga ega bo`lgan 20 kishi qatnashdi.
Yuqoridagi 10 ta savol ichidan 4, 5, 7, 9 va 10-savollar ya`ni:
3
https://www.bis.org/publ/qtrpdf/r_qt1503e.pdf
4
0Inflation%20Rate%20is%20at,long%20term%20average%20of%202.42%25
59
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 15-SON (YOʻITJ)
Valyuta konvertatsiyasining inflyatsiyaga ta`siri bormi?
Deflyatsiya iqtisodiyot uchun xavflimi?
Inflyatsiyani ishsizlikka qanday ta`siri bor?
Inflyatsiyani pasaytirish siyosatlari qatoriga qanday usulni kiritgan bo`lar edingiz?
Inflyatsiyani oldini olish uchun nimalarni o`zgartirishni tavsiya qilasiz?
ko`rinishidagi savollar yuqori baholandi. Shu asnoda eng yaxshi 5 ta javob ham aniqlandi:
1. Inflyatsiyaning oshishi valyutaning sotib olish qobiliyatini pasaytiradi
2. Deflyatsiya narxlarning pasayib ketishi hisoblanib, unda qarz beruvchilar doim yutadi.
3. Ushbu iqtisodiy hodisa davrida ishsizlik daarjasi narxlarning ko`tarilishi hisobiga oshib
ketadi.
4. Milliy ishlab chiqarishni rag`batlantirish, foiz stavkalarini tushirish.
5. Inflyatsiyani oldini olish uchun hukumatlar o`zaro kapital harajatlari va iste`molchilarning
sotib olish qobiliyatini cheklash orqali pul mablag`larini tartibga soladilar. Bundan tashqari,
moliyaviy siyosatlar, xorijiy valyutalarning iqtisodiyotdagi ro`li, to`lovlar tizimi, hisob-
kitoblarni nazorat qilish va investitsiyalar kabi asosiy o`zgarishlarni amalga oshirish bilan
inflyatsiyani nazorat qilish mumkin.
Kelasi qismda esa har bir savol bo`yicha tahlil qilib chiqish maqsadga muvofiqdir:
1-savol ya`ni “Inflyatsiya deganda nimani tushunasiz ?” degan savolga 100% inson “Ma`lum
vaqt oralig`idagi narxlarning o`sish sur`ati” deb javob bergan.
2-savol ya`ni “Hozirgi kunda O`zbekistonda inflyatsiya ko`rsatkichi qanday?” degan savolga
70% inson 15%, 20% inson 9% va 10% inson 21% deb javob bergan.
3-savol: “Inflyatsiya ko`rsatkichi qanday muvozanatlashtiriladi?” degan savolga ko`pchilik
ya`ni 60% inson “Markaziy Bank tomonidan” 40% i esa “Hukumat tomonidan” deb javob
bergan.
4-savol: “Valyuta konvertatsiyasinig inflyatsiyaga ta`siri bormi?” ko`rinishidagi savolga 99%
inson “ha” va 1% inson “yo`q” deb javob bergan.
5-savol: “Deflyatsiya iqtisodiyot uchun xavflimi?” savolida 20% belgilovchi qarshi fikrda
ekanligini va shu bilan birgalikda 80% kishi tasdiqlaganini ko`rish mumkin.
60
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 15-SON (YOʻITJ)
6-savol: “O`zbekistonda eksport hajmi import hajmidan ko`pmi?” mazmunidagi savolga
belgilovchilarning to`liq qismi “yo`q” deb javob bergan.
7-savol: “Inflyatsiyaning ishsizlikka qanday ta`siri bor?” Ushbu savolga “salbiy” deb javob
berganlar katta qismni tashkil etadi.
8-savol: “Eng yuqori inflyatsiya ya`ni giperinflyatsiyaga ega bo`lgan davlat qaysi?” Ushbu
savolga 45% inson “Zimbavye”, 25% inson “Venesuella”, 15% inson “Sudan” va 15% inson
“Turkiya” deb javob bergan.
9-savol: “Inflyatsiya pasaytirish siyosatlari qatoriga qanday usulni kiritgan bo`lar edingiz?” Bu
savolga turli xil javoblar berilgan va ulardan ko`p takrorlangani “ishlab chiqarish sohasiga
investitsiya kiritish” va “milliy ishlab chiqarishni rivojlantirish” degan javoblar bo`ldi.
10-savol: “Inflyatsiyani oldini olish uchun nimalarni o`zgartirishni tavsiya qilasiz?” Ushbu
savolga keng ko`lamda javob berilgan:
-Pul emissiyasini to`xtatish va ishlab chiqarishni rag`batlantirish
-Foiz stavkalarini tushirish
-Valyuta qadrini oshirish
-Eksport hajmini oshirish
-Mahsulot hajmini oshirish shunda narx pasayadi
-Bozor tizimida davlat aralshuvini kamaytirish
-Milliy valyutalar sonini oshirmaslik
61
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 15-SON (YOʻITJ)
Ushbu o`tkazilgan so`rovnoma natijalaridan ko`rinib turibdiki, inflyatsiya iqtisodiyotda
muhim o`ringa ega uni mo`tadil saqlab turish uchun bir qancha siyosatlar ya`ni usullarni
qo`llash mumkin. Masalan, yuqorida ta`kidlanganidek, asosiy e`tiborni milliy ishlab chiqarish
sektoriga qaratish kerak va shuni aytib o`tish lozimki, aynan iqtisodiyotning shu sektori uning
asosini tashkil qiladi. Albatta, milliy pul birligini qadrini oshirish uchun unga bo`lgan talabni
oshirish muhim va bu jarayon bozorda milliy mahsulot taklifini oshirish bilan amalga
oshiriladi.
Xulosa qiladigan bo`lsak, har bir iqtisodiyot har xil jarayonlar bilan to`qnash keladi va
iqtisodiyotda ularning o`ziga yarasha o`rni va chegarasi bor. Inflayatsiya ham ana shunday
jarayonlardan biridir va rivojlanayotgan davlatlarning iqtisodiyotida uchrashi tabiiy holdir. U
bilan kurashish uchun ichki milly ishlab chiqarishni rivojlantirish, ya`ni bozor mexanizmlarini
faollashtirish orqali kichik biznes va tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash, kapitalning sanoatdan
sanoatga erkin o`tishini ta`minlash va bozorda monopoliya bo`lishini oldini olish zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:
1. “Monetarizm siyosati, inflyatsiya, biznes sikli” (Jordi Gali). 2015.
2. “Leading through inflation” ( Ram Charan, Geri Willigan). 2022. Ideapress
3. “ Ertangi kunning narxi” (Jef Booth). 2020.
4. “Deflyatsiya” (Richard C. K). 2014. Kembridj
5. “Inflyatsiya haqidagi haqiqat” (Paul Donovan).2015. Routledge
6. “Deflyatisya, Nega va Qanday” (Edwin Walter Kemmerer).2022.
7.
https://www.investopedia.com/ask/answers/111314/what-methods-can-
government-use-control-inflation.asp
8.
https://www.vedantu.com/commerce/control-of-inflation
9.
https://www.forbes.com/advisor/
1.
https://corporatefinanceinstitute.com/resources/economics/deflation/
ucture – 2018