Авторы

  • Maloxat Raximova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yoitj.59661

Аннотация

Maqolada o‘zbek tili turistik terminlarining dublet ma’nosi hamda leksik-semantik va leksikografik xususiyatlari haqida mulohazalar yuritilgan.


background image

111

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 15-SON (YOʻITJ)

O‘ZBEK TILI TURISTIK TERMINLARINING LEKSIK-

SEMANTIK XUSUSIYATLARI VA LEKSIKOGRAFIK TAHLILI

Raximova Maloxat Alloberganovna

O‘zDJTSU, O‘zbek va chet tillari kafedrasi katta o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14547708

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 16-dekabr 2024 yil

Ma’qullandi: 18-dekabr 2024 yil

Nashr qilindi: 23-dekabr 2024 yil

Maqolada o‘zbek tili turistik terminlarining

dublet ma’nosi hamda leksik-semantik va
leksikografik xususiyatlari haqida mulohazalar
yuritilgan.

termin,

turistik

,evristik,

dublet, sinonimiya, omonimiya, ko’p
ma’nolik, antonimiya.

Terminlar ilmiy bilimlarni, ilmiy natijalarni qayd qilish va ularni sistemalashtirish bilan bir

qatorda juda katta evristik vazifani ham bajaradi, ya’ni ular yangi bilimlarni ochishga ham

ko’maklashadi. Terminologiyadagi doimiy masalalardan biri terminlar sinonimiyasi,

omonimiyasi, ko‘p ma’noligi va antonimligidir. O‘zbek tili turizm terminologiyasida sinonim

yoki dublet termin juftliklar uchraydi. O‘zbek tili terminologiyasida “otel” – “mehmonxona”,

“nomer” – “xona”, “marshrut” – “yo’nalish”, “reseption”, “administratsiya” – “ma’muriyat”,

“turist” – “sayyoh”, “turizm” – “sayohat”, “agentlik” – “tashkilot”, “rekreatsion” – “ko‘ngilochar”,

“piknik” – “sayr”, “ikkinchi klass – ekonom klass”, “bronlamoq – bandlash” kabi dublet

terminlar uchraydi. Bu juftliklardagi birinchi birliklar xalqaro terminoelementlardan tashkil

topganligi uchun umumiylik kasb etsa, ikkinchilari o‘z qatlamga mansubligi uchun ularda

milliy-madaniy unsur yorqinroq ifodalanadi. “Otel” – “mehmonxona” dubletligida “otel” leksik

birligi asosan turizmga oid darsliklarga va soha mutaxassislari nutqida ko’p uchraydi.

So’zlashuv nutqida “mehmonxona” va uning ruscha “гостиница” shakli faol iste’mol qilinadi.

Shuningdek, inglizcha “hotel” varianti ham ko‘p uchraydi. Mehmonxonalardagi xonalar

raqamlanganligi uchun ularga nisbatan “nomer” termini faol ishlatiladi. Xalqaro turizm

terminologiyasini kuzatar ekanmiz, unda ham xuddi shu holat mavjudligini ko’ramiz:

accommodation - room. Har ikki termin ham xona birligi ifodalagan ma’noni bildiradi.

“Sayyoh” – “turist”, “sayohat” – “turizm” kabilarga dublet terminlar deb qaralsa-da, soha

doirasida ma’lum bir farqli jihatlarga ega. “Sohalardan hayot faoliyatining alohida jozibador

usuli sifatida yangi shakl – turizm ajralib chiqib, u o‘ziga xos xususiyatlar va xislatlar bilan

tavsiflanadi. Turizmni sayohatlardan ajratib turuvchi asosiy jihati bu uning tashkiliy jihatdan

yo‘lga qo‘yilganligida, maqsadli va ommaviyligidadir”. [1.1]

Sayyoh termini ham turist birligiga nisbatan kengroq ma’noga ega. Turizmga doir

adabiyotlarda quyidagicha ta’rif beriladi: “Sayyoh – bu birinchi navbatda, agar ta’bir joiz bo‘lsa,

kasb bo‘lib, odamlarning kun ko‘rish manbai yoki sayohatda ishtirok etuvchilarning turmush

tarziga aylanishi mumkin. Bu esa faoliyatning maqsadi bo‘lib, turizm maqsadlaridan farq

qiladi”. [2.1] Demak, turist bo‘sh vaqt va mablag‘ga ega shaxs sifatida turli hududlarga tashrif

buyuradi. Uning asosiy maqsadi sayyohdan farqli ravishda vaqtni ko’ngilli va mazmunli

o‘tkazish, yangi joylar bilan tanishishdir. Yuqoridagi terminlar dublet terminlar deb


background image

112

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 15-SON (YOʻITJ)

hisoblansa-da, semantik nuqtai nazardan farqli jihatlarga ega. Turizm sohasidagi mutaxassis

esa bu farqlarni yaxshi bilishi maqsadga muvofiqdir. Aytilganlarni hisobga olgan holda o‘zbek

tili turizm terminologiyasida sistema nuqtai nazaridan asosiy ilmiy termin sifatida

baynalminal xarakterdagi terminlarni qoldirib, ularning dubletlarini uslubiy maqsad uchun

umumadabiy til boyligi hamda texnikaviy termin sifatida foydalanish mumkin deb

hisoblaymiz. Administratsiya birligiga o‘zbekcha ma’muriyat birligi muvofiq kelsa-da, bugungi

kunga kelib uning o’zlashma shakli faol ekanligi kuzatiladi. Bundan tashqari, bu terminlarning

inglizcha “reception” shakli ma’lum tovush o‘zgarishiga uchragan holda (“resepshn”)

so‘zlashuv nutqida keng iste’moldagi birlikka aylanib bormoqda. Shu o‘rinda,

mehmonxonalarda kelib-ketuvchilarni ro‘yxatga olish bilan shug‘ullanuvchi bo‘limni

anglatgan ma’muriyat termini bir vaqtning o‘zida ikkita sinonimga (“administratsiya”,

“reception”) ega bo‘ldi. Bu holatni ijobiy deb hisoblaymiz. Retsipient tilning fonetik

xususiyatlarini hisobga olish, tilning sofligini saqlash nuqtayi nazaridan reception shakli

o‘zbek tili qonuniyatlariga muvofiq kelmaydi. “Administratsiya” shakli esa so‘zlashuv uslubida

mustahkam o‘ringa egaligi va faol iste’molda ekanligini inobatga olsak, sinonim termin

sifatida ishlatilishini salbiy holat deb hisoblamaymiz. Terminlar sinonimiyasi doimo

termonologiyaning muammolaridan biri sifatida qayd etib kelinadi. Yangi tushunchaga

berilgan nom o‘sha tilga singib, lisoniy fonddan mustahkam joy olgunga qadar uning

o‘zlashma varianti ma’lum muddat iste’molda faol qo‘llanishi bir qator tilshunoslar tomonidan

qayd etiladi. Rus va ingliz tillaridan farqli ravishda o‘zbek tili turizm terminologiyasida

polisemiya va antonimlik hodisalari uchramaydi. O’zbek tili turistik terminlarining izohli,

tarjima lug‘atlarini yaratish bugungi kundagi muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Turistik

terminlarni lug’atga qaysi tartibda joylashtirish, ma’nolari izohida qaysi tamoyillardan

foydalanish kabi masalalar dolzarbdir. O’zbek tilining 5 jilddan iborat izohli lug’atida 183ta

turistik termin tanlab olingan va mazkur qo‘llanma va yo’riqnomalarda, boshqa qo‘llanma va

tadqiqotlarda berilgan tavsiyalarga qat’iy amal qilingan. Izohli lug’atga kiritilgan har bir so‘z

yoki termin bosh so‘z hisoblanib, bosh so‘z va unga oid materiallar alohida lug‘at maqolasini

tashkil etadi. Bosh so‘zga oid materiallar esa asosan so‘zning o‘zi, u haqdagi etimologik

ma’lumot, grammatik va uslubiy belgilar, uning izohi (agar so‘z yoki termin ko‘p ma’noli bo‘lsa,

ayni ma’nolarni qayd etish va izohlash) hamda dalillovchi misollardan iborat bo‘ladi. Bosh

so’zga oid etimologik ma’lumot lug‘at maqolasining bosh so‘zdan keyingi komponenti

hisoblanadi va u o‘quvchida qiziqish uyg‘otadi, uning bilim saviyasini oshiradi,

dunyoqarashini kengaytiradi. Turistik terminlarning bir ma’noli ekanligi yoki bu holat

terminologiyaning ideali bo‘lganligi sababli izohlash umumiste’moldagi, ayniqsa, ko‘p ma’noli

so‘zlarni izohlashdan ko‘ra osonroq kechadi. Albatta, izohda muayyan terminning barcha

semalari (belgilari)ni qamrab olishning imkoni bo‘lmaydi. Aks holda, lug‘at izohli lug‘atdan

ko‘ra ensiklopedik lug‘atga o‘xshab qoladi. Turistik terminlarni izohlashda ularning eng

muhim jihati – termin ifodalab kelgan ma’no asos qilib olinadi. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ga

bir qator turistik terminlar kiritilgan bo‘lib, “O‘zbek tili turistik terminlari izohli lug‘ati” ni

yaratishd ham shu tamoyillar saqlab qolinishi lozim. Izohli lug‘atda gid termini quyidagicha

keltiriladi: Gid (fr. Quide – yo‘lboshlovchi; o‘tkazgich) Turistlarni, sayyohlarni shaharning yoki

biror hududning xushmanzara, diqqatga sazovar joylari bilan tanishtiradigan shaxs. [3.2]

Termin qisqa, aniq, tushunarli izohlangan. Turist – (fr.touriste -touriste) Turizm bilan

shug‘ullanuvchi shaxs; turistik sayyoh, yurish qatnashchisi. [4.2] Bu termin ham izohlashdagi

barcha talablarga muvofiq holatda keltirilgan. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ga kiritilmagan

kelgusida yaratiladigan “O‘zbek tili turistik terminlarining izohli lug‘ati”ga kiritilishi lozim

bo‘lgan ayrim terminlar ifodasini taklif sifatida taqdim etmoqchimiz. Treking – [ingl. raking –

“izidan quvish, axtarish qidirish”] tog’li hududlar bo‘ylab piyoda yurishga asoslangan turizm

shakli. Rafting – [ingl.rafting – solda suzish] mahalliy tez oqar daryolarda, sharsharalar, tez

oquvchi qiyaliklar, sayoz toshli, qoyali oqimlarda suzish. Villa – [lot.villa – qishloq uyi]

O‘rtayer dengizi uslubida quriluvchi dengiz qirg‘oqlarida joylashgan shahar tashqarisidagi


background image

113

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 15-SON (YOʻITJ)

hashamatli uy. Shamol syorfingi – [ingl.windsurfing, wind – shamol, surfing – to‘lqin] suv

sportining yelkanli maxsus doska (syorf)da suziladigan ko‘rinishi. Botel – [ingl.boat – qayiq,

kema; hotel - mehmonxona] – suzib yurivchi mehmonxona. Karaoke – [yapon.kara- bo’sh, oke

- orkestr] – jo‘rlik ostida qo‘shiq aytishga asoslangan ko‘ngilochar mahsulot turi. Piknik –

[ingl.picnic - sayr] ziyofat maqsadida tabiat qo‘yniga uyushtiriladigan jamoaviy sayr. Масштаб

- Xaritada muayyan joy tasvirining kichraytirilgan darajasi, o‘lchami. Sanoqli masshtab –

joyning o‘lchami qay darajada kichraytirib berilgani sanoq sonlarida ifodalanadi. Tabiiy

masshtab – o‘lchamning so‘z bilan ifodalanishi (bir sm. kartada 25ming sm.li so‘z mujassam

bo‘ladi). Chiziqli masshtab – joyning har qarichi, metri yo kilometri to‘g‘ri chiziq bilan

tasvirlanadi.

Маятник - Sayyohlik musobaqalaridagi sahna tebranadigan arqoncha bilan jihozlangan bo‘lib,

yuqori uchi bilan mahkamlangan nuqtada yopiladi, Ishtirokchi harakatlanuvchi pastki uchini

ushlab, bir qirg‘oqdan itarib, to‘siqni (oqim, ariq va boshqalarni) yengib o‘tishi kerak.

Местность (joy) - Har qanday belgilarning (tabiiy, tarixiy yoki boshqa) umumiyligi bilan

ajralib turadigan hududning bir qismi. Yotoq qopi (мешок спальный) - Dala sharoitida ikki

qavatli yengil to‘qilgan matodan qilingan, orasi yoyilgan - sintetik qishlash moslamasi, suvda

uchadigan qush pati bilan jihozlangan uxlash qopi. Микрорельеф -Kichik tebranishlarga

asoslangan relyef shakli (tepaliklar, past qiyaliklar, chuqurlar va boshqalar). Sayyohlik

ko‘pkurashi (многоборье туристское) - Sayyohlik turlari bo‘yicha musobaqalar, u sayyohlik

ko‘pkurashi qoidalariga muvofiq o‘tkaziladi. Joy - Muayyan mo‘ljallarga ega bo‘lmagan joy, yer

uchastkasi. Муфта - Karabinning ochilishini oldini olish uchun ishlatiladigan detal. Ta’mirlash

to‘plami (набор ремонтный) - Sayohat qilish uchun zarur bo‘lgan uskuna va inventarlarni

ta’mirlash uchun ishlatiladigan asboblar, materiallar va mahkamlagichlar. Himoya niqobi

(накомарник) - Bosh va bo‘yinni chivin va pashsha chaqishidan himoya qilish uchun yuqori

qismi halqa bilan ingichka to‘rdan yasalgan maxsus g‘ilof. Sayyohlik yurishida asalarichining

to‘ridan va himoyalanuvchi preparatlar singdirilgan doka niqobidan ham foydalanish mumkin.

Sayyohlik ko‘nikmalari (навыки туристские) - Sayohat davomida orttirilgan ,bilim, malaka,

ko‘nikma va mahorat. Нарты – Tog‘ chang‘i sayohatida yuk yoki shikastlangan (kasal)ni

tashish uchun moslama. Наст - Qor yaxshi erimagan paytda hosil bo‘lgan qattiq qobiq.

Носилки - Bemorlarni yoki jarohat olganlarni tashish moslamasi. Sayyohlik paytida ular turli

xil qo‘lbola vositalardan - ustunlar, chang'ilar, bo‘ronli etiklar, arqonlar yordamida quriladi.

85 Sovuqda tunash (ночевка холодная) - Chodirlar va uxlash qoplarisiz sovuq havoda

(noldan past yoki noldan yuqori haroratlarda) majburiy tunda uxlash. Muzlamaslik uchun

bunday tunda sayyohlar olov o‘chib qolmasligi uchun qo‘riqlab, navbat bilan uxlashadi. Ustun

(стойка) - Chodirni o‘rnatishdagi tayanch element. Yig‘iladigan ustunlar diametri 1-1,5 sm,

uzunligi 40-45 sm bo‘lgan duralumin naychalarining bo‘laklaridan tayyorlanadi, odatda

chodir bilan birga g‘ilofda tashiladi. Shamolga qarshi tomon (сторона подвертренная) -

shamoldan himoyalangan taraf. Sayyohlik sug‘urtasi (страховка туристская) - Sayyohlarning

xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar majmui. Tog‘ sayyohlari musobaqasida

murakkab joyda qaltis harakatlangan ishtirokchini saqlash jarayonida sug‘urta usullari jamoa

a’zolari tomonidan arqon va karabin yordamida amalga oshiriladi. Sublimat (сублимат) -

Mahsulotning tashqi ko‘rinishini, ta'mini, hajmini, xushbo‘yligini va ozuqaviy qiymatini saqlab,

vazni va namlikni kamaytiradigan, salbiy harorat va vakum sharoitida namlikni bug‘lanishiga

asoslangan quritish usuli. Ko‘p kunlik sayohat vaqtida quritilgan go‘sht, tvorog, sabzavot

tavsiya etiladi. Tagan (taганок) - Olovda pishirishda idish-tovoq tayyorlash uchun tayanch

vazifasini bajaradigan metall. Uchburchakli metaldan yasalgan oyoqli, moslamali halqa.

Harakat tempi (темп движения) – Yo‘nalish bo‘ylab sayyohlik guruhining harakat tezligi.

Odatda piyoda sayrda 12-15 daqiqada 1 km ga teng (yerning tabiati va ob-havoga qarab).

Tezlik guruhning eng yosh va zaif a'zosiga qarab belgilanadi. Tent (тент) - Sayyohlarning

yuklari, xaltasi, oziq-ovqatini tabiat ofatlari, quyosh nuridan saqlash, guruh a’zolarining dam

olishini ta’minlashga xizmat qiluvchi mato yoki polietilendan tayyorlangan yengil yopinchiq.


background image

114

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 15-SON (YOʻITJ)

Sayyohlik uskunalari (техника туристская) - Chodirlarni o‘rnatishda, tabiiy to‘siqlardan

o‘tishda va boshqalarda qo‘llaniladigan texnikalar to‘plami. 86 O‘tish (переход) - Turizmda

bir kun mobaynida bosib o‘tiladigan masofa, kunlik yurish harakatining normasi. Sug‘urta

arqoni (перила страховочные) -Sayyohlik vaqtida daryo bo‘ylab sayyohlar o‘tayotganda

ushlab turadigan arqon tortilgan moslama. Xuddi shu arqonlar jarliklarni, baland daraxt

tanalari bo‘ylab oqadigan ariqlarni, ingichka daralarni, tik ko‘tarilishlarni va tushishlarni

kesib o‘tishda ham foydalanishga mo‘ljallangan. Turistik musobaqalarda texnik bosqichlarda

xavfsizlik tutqichlari ishlatiladi. Пикет-Sayyohlik musobaqalari masofasida joylashgan va

masofani bosib o'tishni boshqarish uchun xizmat qiluvchi nuqta. Safar oziq-ovqati (питание

походное) - Yo'nalishdagi sayyohlarning energiya sarfini qoplaydigan yuqori kaloriyali oziq-

ovqat zahirasi. Reja (план) -Muayyan joyning uncha katta bo‘lmagan maydon yoki

ob'ektlarining qog'ozdagi tasviri. Xaritada aksini topmagan ma’lumotlar rejada batafsil

berilishi mumkin. Sababi – xarita masshtabining kichraytirilishi hisobiga ma’lumotlar

qisqarishi mumkin. Планшет - Turizmda suratga olish uchun kompas va qog'oz yopishtirilgan

planshet yoki papka. Tog' chang'isida xarita va kompas uchun stol vazifasini bajarib, u

ko'krakka bog'lanadi va xohlagan paytda xaritaga qarashga imkon beradi. Плащ-палатка-Suv

o'tkazmaydigan matodan tayyorlangan, yomg'irda chodir yoki plash sifatida ishlatiladigan

mato. Плот - Odamlar va yuklarni quyi oqim bo’yicha tashishga mo’ljallangan cho’kmaydigan

predmetlar bilan o'zaro bog'langan (taxta, bochkalar va boshqalar) platforma. Pishirish idishi

(посуда варочная) - Dala sharoitida ovqat pishirish uchun chelaklar, kostryulkalar va boshqa

idishlar: sayyohlarning guruh uskunalariga kiritilgan. Ovqat pishirish uchun ruhlangan

idishlardan foydalanish taqiqlanadi. O’quv maydoni (полигон) - O'quv mashg'ulotlari yoki

musobaqalarni o'tkazish uchun jihozlangan sayyohlik yo'li, shuningdek o'quv mashg'ulotlari

yoki yo'nalish bo'yicha musobaqalar o'tkaziladigan maydon, 87 Xulosa qilib aytganda, izohli

lug’atlarda, turistik terminlar uchun tuziladigan maxsus lug’atlarda terminlarning berilishi va

izohlanishi o’quvchining shu fanga doir eng zaruriy va umumiy tushunchalar bilan tanishishga,

uning bilim saviyasini oshirishga xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-1947-son «O‘zbekiston

Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmoni.

2. Mirzayev M., Aliyeva M. Turizm asoslari. – Toshkent, 2011. – B. 66.

3. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. – T.O’z.milliy ensiklopediyasi, 2006. -4-j.-b-195

4. Арутюнова, Н. Д. Язык и мир человека Текст. / Н. Д. Арутюнова. М.: Язык ўзбекской

культуры, 1999. - 896 с

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-1947-son «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmoni.

Mirzayev M., Aliyeva M. Turizm asoslari. – Toshkent, 2011. – B. 66.

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. – T.O’z.milliy ensiklopediyasi, 2006. -4-j.-b-195

Арутюнова, Н. Д. Язык и мир человека Текст. / Н. Д. Арутюнова. М.: Язык ўзбекской культуры, 1999. - 896 с