Авторы

  • Dilshoda Saidjabbarova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yoitj.59667

Аннотация

Ushbu maqolada advokatlik instituti va yuridik yordam olish bilan bog‘liq konstitutsion normalar tahlili, bugungi kunda advokatning huquqiy maqomi bilan bog‘liq uchrayotgan muammolar, isbotlash jarayonida advokatning o‘ziga hos o‘rni va mazkur masalalarning huquqiy tartibga solish jihatlari, konstitutsiyada mustahkamlangan huquqiy himoya va mavzuga doir boshqa masalalar tadqiq etilgan. adqiqotda analiz, sintez, induksiya, deduksiya, qiyosiy-huquqiy tahlil kabi metodlar qo‘llanilgan. Tadqiqot ishida ilg‘or xorijiy tajriba, ilmiy-nazariy qarashlar va tergov hamda sud amaliyoti tahlil qilingan.


background image

160

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 15-SON (YOʻITJ)

YURIDIK YORDAM OLISH – HAR BIR SHAXSNING

KONSTITUTSION HUQUQI

Saidjabbarova Dilshoda Shuxratjon qizi

Toshkent Davlat yuridik universiteti qoshidagi

M.Vosiqova nomidagi akademik litsey, 2-bosqich, 8-guruh talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14561885

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 16-dekabr 2024 yil

Ma’qullandi: 18-dekabr 2024 yil

Nashr qilindi: 27-dekabr 2024 yil

Ushbu maqolada advokatlik instituti va

yuridik yordam olish bilan bog‘liq konstitutsion

normalar tahlili, bugungi kunda advokatning

huquqiy maqomi bilan bog‘liq uchrayotgan

muammolar, isbotlash jarayonida advokatning

o‘ziga hos o‘rni va mazkur masalalarning huquqiy

tartibga

solish

jihatlari,

konstitutsiyada

mustahkamlangan huquqiy himoya va mavzuga

doir boshqa masalalar tadqiq etilgan. adqiqotda

analiz, sintez, induksiya, deduksiya, qiyosiy-

huquqiy tahlil kabi metodlar qo‘llanilgan. Tadqiqot

ishida ilg‘or xorijiy tajriba, ilmiy-nazariy qarashlar

va tergov hamda sud amaliyoti tahlil qilingan.

konstitutsiya,

yuridik

yordam, advokat, jinoyat protsessi,

gumon

qilinuvchi,

ayblanuvchi,

miranda qoidasi, isbotlash.

Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev yangilangan konstitutsiyamiz borasida fikr bildira turib,

“Konstitutsiyada inson huquqlari kafolatlariga oid normalar ham

3 barobar ko‘paytirildi. Bu – avvalambor barcha sohada qonun ustuvorligi ta’minlanadi,

degani. Bundan buyon, qonunlardagi noaniqliklar inson foydasiga hal bo‘ladi.

Eng muhimi, “Qonun – muqaddas, har qanday holatda ham adolatni qaror toptirish shart!”

degan qarash jamiyatning har bir a’zosi, ayniqsa, mansabdorlar uchun hayot qoidasiga

aylanishi kerak”, deya ta’kidlaydi[1].

Yurtboshimiz yangilangan konstitutsiyamiz avvalo xalqimizning hohish irodasi ekanligini

alohida ta’kidlab, bu borada Konstitutsiyada inson huquqlari kafolatlariga oid normalar ham 3

barobar ko‘paytirilganligi keltiradi.

Mazkur islohotlar zamirida alohida e’tirof va e’tiborga sazovor jihat bu – advokatlik instituti

hamda shaxslarning jinoyat protsessidagi himoya huquqining konstitutsion normalar bilan

mustahkamlanganligidir.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29-moddasida “Har kimga malakali yuridik

yordam olish huquqi kafolatlanadi. Qonunda nazarda tutilgan hollarda yuridik yordam davlat

hisobidan ko‘rsatiladi.

Har bir shaxs jinoyat protsessining har qanday bosqichida, shaxs ushlanganida esa uning

harakatlanish erkinligi huquqi amalda cheklangan paytdan e’tiboran o‘z tanloviga ko‘ra

advokat yordamidan foydalanish huquqiga ega.

Huquqbuzarliklardan jabrlanganlarning huquqlari qonun bilan muhofaza qilinadi. Davlat

jabrlanganlarga himoyalanishni va odil sudlovdan foydalanishni ta’minlaydi, ularga

yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.”, deya belgilangan[2].

Mazkur moddaning o‘z o‘rnida jinoyat jarayoni bilan bevosita bog‘liqliligini inobatga olgan

holda belgilanishiga bir qancha omillar mavjud. Xususan, O‘zbekiston Respublikasida


background image

161

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 15-SON (YOʻITJ)

istiqomat qilayotgan har bir shaxsning huquqlari uning bevosita davlat bilan vujudga

keladigan munosabatlarida ko‘proq namoyon bo‘ladi.

“Jahon odil sudlov loyihasi” (World Justice Project) xalqaro nohukumat tashkilotining Huquq

ustuvorligi indeksi – huquq ustuvorligi sohasidagi ma’lumotlarni ekspertlar va aholi o‘rtasida

o‘tkaziladigan so‘rovlar orqali tadqiq etib, 8 indikator va 44 subindikator bo‘yicha dolzarb

ma’lumotlarni aks ettiradi.

2023-yil oktyabrda e’lon qilingan Huquq ustuvorligi indeksida dunyoning 142 ta davlati

orasida O‘zbekiston 78-o‘rinni egalladi. Ta’kidlash lozimki,

2016-yildan 2023-yilga qadar mamlakatimiz huquq ustuvorligi eng tez yaxshilangan davlatlar

orasida 8,9 foiz o‘sish ko‘rsatkichi bilan birinchi o‘rinni egallagani e’tirof etildi[3].

Demak, mamlakatimizda inson huquqlarini ta’minlashdagi har bir ijobiy islohotlar o‘z o‘rnida

yurtimizning xalqaro imidjida ham namoyon bo‘ladi.

Jinoyat protsessi mamlakatimizda istiqomat qilayotgan har qanday shaxsga nisbatan uning

huquqlarini qonuniy yo‘l bilan cheklash imkonini beradigan munosabatlar tizimini tartibga

soladi. Shunday ekan bunda uning huquqlarini himoya qilinganlik darajasi o‘z navbatida

mamlakatda yashayotgan har bir shaxsni huquqlarini ta’minlaganlik darajasi sifatida

baholanishi tabiiy hisoblanadi. Mazkur munosabatlarga Konstitutsiya darajasida qoidalar

mustahkamlanishi esa, bu borada jinoyat protsessual normalarning inson huquqlariga oid

o‘zgarmas talablari shakllanishiga xizmat qiladi. Soddaroq qilib aytganda, endilikda jinoyat va

jinoyat protsessual qonunchilikka kiritilishi mumkin bo‘lgan har qanday o‘zgartirish yoki

qo‘shimchalar aynan Konstitutsiyamizda belgilangan qoidalarga mos bo‘lishni talab etadi.

Eski amaliyot advokatura instituti yoki shaxslarning jinoyat jarayonida himoyalanish hamda

huquqiy yordam olish bilan bog‘liq masalalarga panja ortidan qaralishiga omil sifatida xizmat

qilgan. O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga

ko‘ra, 2016-yilda 32 nafar,

2017-yilda 29 nafar, 2018-yilda esa 9 nafar advokatlar jinoiy javobgarlikka tortilgan bo‘lib,

ularning aksariyati firibgarlik yoki pora olish-berishda vositachilik qilganlik uchun jinoyat

subyekti sifatida ishga jalb etilgan[4].

Yuqoridagi statistik ma’lumotlar tahlili yildan-yilga shaxslarni himoya huquqini ta’minlash

hamda advokatura institutini huquqiy jihatdan mustahkamlashga oid bo‘lgan islohotlar o‘z

samarasini berayotganligini isbotlaydi.

Biroq shu bilan mazkur institut o‘z-o‘zidan ravnaq topib qolmaydi, albatta. Davlatimiz rahbari

bu borada “Asosiy qonunga kiritilgan bu ilg‘or yangiliklarni amalda joriy etish oson bo‘lmaydi,

ko‘p jamiyatlar bunday o‘zgarishlarni faqat orzu qiladi.

Buning uchun sud-huquq idoralarining kadrlar salohiyatini yaxshilash va moddiy-texnik

bazasini mustahkamlash zarur. Eng muhimi, tergovchi, prokuror, sudya, advokatlarning bilim

va malakasi, ma’naviy dunyosini yuksaltirish bilan birga aholining ham huquqiy madaniyatini

oshirish, hammamizning dunyoqarashimizni o‘zgartirish talab etiladi.

Qanday og‘ir bo‘lmasin, bu ishlarni amalga oshirishni zamonning o‘zi taqozo etmoqda”[1],

deya juda o‘rinli ta’kidlaydi.

Demak, ushbu konstitutsion islohotlarni mazmun-mohiyatiga to‘la tushunib yetish ham bu

boradagi ishlarning samaradorligini yanada oshiradi. Shu bois, O‘zbekiston Respublikasi

Konstitutsiyasi 29-moddasida belgilangan qoidalarni qisqacha tahlil etamiz.

Chunonchi, moddaning birinchi qismida har kimga malakali yuridik yordam olish huquqi

kafolatlanishi bayon etilgan bo‘lib, bu nafaqat jinoyat jarayoni, balki fuqarolik, iqtisodiy,

ma’muriy yoki boshqa munosabatlarda ham inobatga olinishini anglatadi. O‘z o‘rnida jinoyat

protsessida yuridik yordam olishga ehtiyoj sezuvchi qatlam sifatida eng avvalo gumon

qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi gavdalanadi. Biroq Konstitutsiyada bu borada huquqiy

kafolat har kimga ekanligi aniq belgilab qo‘yilgan, shu bois kelgusida har bir jarayonni

tartibga soluvchi kodeks yoki tegishli qonunchilikka tegishli o‘zgartirish kiritish lozim bo‘ladi.


background image

162

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 15-SON (YOʻITJ)

Moddaning ikkinchi qismida “Har bir shaxs jinoyat protsessining har qanday bosqichida,

shaxs ushlanganida esa uning harakatlanish erkinligi huquqi amalda cheklangan paytdan

e’tiboran o‘z tanloviga ko‘ra advokat yordamidan foydalanish huquqiga ega.”ligi belgilangan

bo‘lib, aynan o‘z tanloviga ko‘ra advokat yordamidan foydalanish juda muhim ekanligini qayd

etish lozim. Bunda davlat rahbarining yuridik yordam olish bilan bog‘liq masalalarni

raqamlashtirish orqali amalga oshirish tashabbusi muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek moddaning to‘rtinchi qismida belgilangan qoida har bir huquqni qo‘llovchi uchun

juda mas’uliyatli majburiyatni yuklaydi. Jumladan moddada “Qonunni buzgan holda olingan

dalillardan odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.”, deya qayd

etilgan.

Bu borada jinoyat protsessida dallilarni baholashga oid normalar mavjudligini keltirishimiz

mumkin, lekin mazkur qoidalar doimiy takomillashishni talab etishini unutmaslik lozim.

Ma’lumki, ko‘plab inson huquqlari bo‘yicha yutuqlarga erishgan davlatlarda, jinoyat

jarayonida juda kichik protsessual buzilishlar aniqlangan hollarda ham sud bunday dalillarni

nomaqbul dalil sifatida e’tirof etadi va ish bo‘yicha oqlov e’lon qiladi.

Xususan, anglo-sakson huquq oilasida sudga qadar ish yurituvi bosqichida, gumon

qilinuvchiga uning himoyalanish huquqi mavjudligi, sukut saqlash huquqi hamda bergan har

bir ko‘rsatmasi o‘ziga qarshi dalil sifatida foydalanishi mumkinligi to‘g‘risidagi (Miranda

qoidasi) ogohlantirilishi lozimligi, ushbu qoidalarga asossiz amal qilmaslik gumon

qilinuvchini zudlik bilan ozod etilishiga asos sifatida xizmat qilishi mumkin [5, 38-41-betlar].

Demak, konstitutsiyamizda belgilangan ushbu qoidalar jinoyat protsessida shaxs huquq va

erkinliklarini cheklash bilan bog‘liq jarayonlarda yuksak mas’uliyat va javobgarlik talab

etayotganligi, bundan keyin ham ushbu qoidalar takomillashishi va faqat inson huquqlariga

xizmat qilishi anglatadi.

Shunday ekan bu borada advokatlarning ham himoyasi ostidagi shaxslarni huquq va

manfaatlarini malakali ta’minlashi muhim ekanligi, ularning bilim va malakalari yuqori

bo‘lishi hamisha dolzarb ekanligini anglatadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazida

2020-yilda 700 nafar, 2021-yilda 800 nafar va 2022-yilda 1000 nafar advokat malaka

oshirgan. Demak, uch yil ichida atigi 2500 ta. Holbuki, respublikamizda bugun 4600 dan ortiq

advokat faoliyat ko‘rsatmoqda. Joriy yilda advokatlikka talabgarlarga yuridik soha bo‘yicha

ikki yillik ish stajiga ega bo‘lish haqidagi talab bekor qilindi. Shuningdek, advokatura

institutining yangi konstitutsiyaviy maqomi belgilanayotganligi bois sohaning jozibadorligi

oshib, yaqin bir necha yilda advokatlar soni 6000 tadan oshishi kutilmoqda[6].

Demak yuqoridagilar ma’lum bo‘ladiki, huquqiy yordam ko‘rsatuvchi advokatlarni o‘qitish va

malaka oshirish tizimini ham qayta isloh qilish zarur.

Shuningdek, advokatning kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi

litsensiyasining amal qilishini muayyan muddatga to‘xtatib qo‘yish yoki tugatish bilan bog‘liq

intizomiy jazoni qo‘llash mexanizmi juda chalkash va tushunarsiz. Malaka komissiyalari

to‘g‘risidagi nizomda advokat litsenziyasining amal qilish muddatini to‘xtatib qo‘yish haqidagi

malaka komissiyasi qarori tegishli adliya boshqarmalariga yuborilishi, adliya idorasi esa

ma’muriy sudga ariza bilan murojaat qilishi belgilangan bo‘lsa, advokat litsenziyasining amal

qilishini tugatish mexanizmi bundan ham murakkab: bunda komissiya qarori Oliy malaka

komissiyasi orqali Adliya vazirligiga yuborilishi, vazirlik esa, o‘z navbatida, tegishli hududiy

adliya idorasiga yo‘llashi va bu idora ma’muriy sudga ariza bilan murojaat qilishi lozim[7].

O‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovlar davomida mazkur faoliyat bilan shug‘ullanuvchi advokatlarning

aksariyat mazkur tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, intizomiy ta’sir chorasi sifatida advokatlik

litsenziyasining amal qilishini ma’lum muddatga (6 oygacha) to‘xtatib qo‘yish amaliyotidan

voz kechish lozimligini ta’kidlamoqdalar.

Haqiqattan ham, intizomiy ta’sir chorasi sifatida advokatlik litsenziyasining amal qilishini

ma’lum muddatga to‘xtatib qo‘yish amaliyoti nazoratsiz mexanizm ekanligini ko‘rsatmoqda,


background image

163

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 15-SON (YOʻITJ)

binobarin litsenziyasi to‘xtatilgan advokatning o‘z faoliyatini davom ettirmayotganligini

nazorat qilish imkoniyati mavjud emas. Masalan, bir advokatga nisbatan bunday jazo

qo‘llanilgan bo‘lsa, ushbu davr mobaynida u fuqarolik yoki iqtisodiy sudlarga ishonchnoma

bilan vakil sifatida qatnashish, huquqiy maslahatlar berish, advokat so‘rovi orqali tegishli

hujjatlarni olish, ariza va shikoyatlar yozib berish bilan bog‘liq advokatlik faoliyatini davom

ettirishi mumkin. Bu kabi holatlarda advokatning litsenziyasini to‘xtatib qo‘yish bilan bog‘liq

qo‘llanilgan intizomiy jazo ijrosini nazorat qilish imkoniyati yo‘q yoki bunaqa mexanizm

ishlab chiqilmagan. Bundan tashqari, litsenziyasi to‘xtatib qo‘yilgan advokat yurituvidagi

ishlarning to‘xtalishi u bilan shartnoma tuzgan mijozlar manfaatlariiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi

va ular boshqa advokat yollashga majbur bo‘ladilar. Bu esa ularning sarson-sargardon

bo‘lishlariga olib keladi va aholining haqli e’tirozlarini keltirib chiqaradi. Shu bois intizomiy

ta’sir chorasi sifatida litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib qo‘yish o‘rniga “jarima” jazosini

belgilash va jarimadan tushadigan mablag‘larni malaka komissiyalari faoliyatini

takomillashtirishga yo‘naltirish maqsadga muvofiq.

Yuqoridagi tahlillarga xulosa o‘laroq, konstitutsiyamizda himoya huquqi kafolatlanishi aniq

aks etishi, alohida bir bob hamda 141 va 142-moddalar advokatura institutiga bag‘ishlanishi

yurtimizda bugungi kun talabi bo‘lgan – inson qadrini ulug‘lash va mazkur jarayonning bosh

mezoni sifatida aynan inson qadrini belgilash kabi vazifalarni bajarishga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar, sud

va ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari hamda jamoatchilik faollari bilan referendum

yakunlariga bag‘ishlangan uchrashuvidan nutqi //

https://t.me/Press_Secretary_Uz/3095

2.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi //

https://lex.uz/docs/6445145

3.

O‘zbekistonning

xalqaro

reyting

va

indekslardagi

o‘rni

qanday?

//

http://nhrc.uz/uz/news/ozbekistonning-xalqaro-reyting-va-indekslardagi-orni-qanday

4.

2018

yilda

9

nafar

advokat

jinoiy

javobgarlikka

tortilgan

//

https://advokatnews.uz/xabar/970.html

5.

Stepanov K.V. // Opravdatelnыy prigovor kak suщestvennыy defekt sovremennogo

ugolovnogo protsessa // EURASIAN 4 (41) 2019 ADVOCACY s. 37-41

6.

O‘zbekiston

advokaturasi:

istiqbol

haqida

o‘ylar

//

https://advokatnews.uz/xabar/1937.html

7.

O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari huzuridagi

malaka komissiyalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi

Adliya vazirining buyrug‘i [O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 14-

martda 1921-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan] O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar

palatasi hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari to‘g‘risida Nizom //

https://lex.uz/acts/1458647

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar, sud va ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari hamda jamoatchilik faollari bilan referendum yakunlariga bag‘ishlangan uchrashuvidan nutqi // https://t.me/Press_Secretary_Uz/3095

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi // https://lex.uz/docs/6445145

O‘zbekistonning xalqaro reyting va indekslardagi o‘rni qanday? // http://nhrc.uz/uz/news/ozbekistonning-xalqaro-reyting-va-indekslardagi-orni-qanday

yilda 9 nafar advokat jinoiy javobgarlikka tortilgan // https://advokatnews.uz/xabar/970.html

Stepanov K.V. // Opravdatelnыy prigovor kak suщestvennыy defekt sovremennogo ugolovnogo protsessa // EURASIAN 4 (41) 2019 ADVOCACY s. 37-41

O‘zbekiston advokaturasi: istiqbol haqida o‘ylar // https://advokatnews.uz/xabar/1937.html

O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining buyrug‘i [O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 14-martda 1921-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan] O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari to‘g‘risida Nizom // https://lex.uz/acts/1458647