139
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 15-SON (YOʻITJ)
KORRESPONDENSIYA VA UNING JANR SIFATIDAGI O`ZIGA
XOS JIHATLARI
Saparboyev Jahongir Alimbay o`g`li
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti
jurnalistika ta’lim yo`nalishi 2-kurs talabasi
Email:Soporboyevjahongir305@gmail.com
+998(93)-087-98-88
https://doi.org/10.5281/zenodo.14559544
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 16-dekabr 2024 yil
Ma’qullandi: 18-dekabr 2024 yil
Nashr qilindi: 26-dekabr 2024 yil
Mazkur
maqolada
jurnalistikaning
tahliliy
janrlaridan biri hisoblangan korrespondensiya
janri haqida gazetalar misolida ma’lumotlar
berilgan.
Undan
tashqari,
jurnalistlarga
korrespondensiya tayyorlashida qo`yilgan talablar
haqida so`z yuritilgan.
Korrespondensiya, tahliliy, matbuot,
universal jurnalist, reportaj, xabar,
sarlavha.
Bugun shiddat bilan rivojlanayotgan globallashuv, yer yuzida kechayotgan ijtimoiy, siyosiy,
iqtisodiy va ma’naviy islohotlarni yoritishda jurnalistdan katta mahoratni talab qiladi. O`zini
yetarlicha “universal jurnalistman” deb yurgan ba’zi qo`shtirnoq ichidagilarning tayyorlagan
jurnalistik materialini jurnalistik material deyish qiyin bo`lib bormoqda. Gazeta uchun
yozilgan maqola, televidenie uchun tayyorlangan reportaj va radio uchun qilingan suhbatda
qo`shtirnoq ichidagi jurnalistlarning mahoratiga qoyil qola olmaymiz.
Bu masalaning sababini aniqlashdan oldin “universal jurnalist” tushunchasiga izoh bersak.
Mazkur nomni olish uchun telejurnalist matn ustida ishlay olish bilan bir qatorda,
operatorlikni, montaj qilishni, matbuot jurnalisti bo`lsa, fotolarni to`g`ri tanlay olibgina
qolmay, ularning keraksiz qismlarini olib tashlashi, ya’ni montajlay olishi hamda radio
jurnalist faqatgina mikrofon oldida tayyorlagan matnini efirga uzatdim deb o`tirmasdan,
ovozini sozlay olishi, rejissyor pultini boshqarib va ovozlarni montaj qila bilishi kerak bo`ladi.
Shunday jurnalistni jamiyatimizda “universal jurnalist” deydi. Ammo XXI asrga kelib ba’zi
hollarda jurnalistlarning oddiy atamalarni noto`g`ri qo`llagan holatlarini, ma’lum taniqli
shaxslarning yoki uning asarining nomini noto`g`ri talaffuz qilgan holatlar ham, ming afsuski,
ko`zga tashlanadi. Ayni paytda O`zbekistonning nufuzli telekanallarida faoliyat olib boruvchi
jurnalistlar katta, qo`pol xatoliklarga yo`l qo`ymoqda. O`zbeksiton24 telekanali jurnalistining
o`tkazilgan tadbirning “Ayt, sen Ajiniyozning qo`shiqlaridan” nomini “Ayt, sen Jumaniyoz
qo`shiqlaridan” deb ishlatishi qo`pol xato sanaladi. Ajiniyaz shoir ijodini butun jahon tan
olayotgan bir paytda, jurnalist bunday xatoga yo`l qo`yayotgani uyatli holatdir. Yana bir
shunga o`xshash qo`pol xatolik Qoraqalpog`iston telekanali jurnalisti tomonidan qilindi.
Taniqli fransuz yozuvchisi Antuan de Sent Ekzuperining “Kichkina shahzoda” asarining
qoraqalpoq tilidagi kitobining nashr qilinganligi yuzasidan o`tkazilgan kitob taqdimotini
jurnalist quyidagicha talqin qiladi: “Antuan de Sent Ekzuperning Qora shahzoda asari
taqdimoti bo`lib o`tmoqda”. Bu kabi xaot va kamchiliklar uchrayversa qonunchilikka muvofiq
jazo ko`riladi. Xususan, O`zbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari
to`g`risida”gi qonunining 5-moddasida quyidagilar keltirilgan:
140
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 15-SON (YOʻITJ)
Ommaviy axborot vositalari qonunchilikka muvofiq axborotni izlash, olish, tadqiq etish,
tarqatish, undan foydalanish, uni saqlash huquqiga ega hamda tarqatilayotgan axborotning
xolisligi va ishonchliligi uchun belgilangan tartibda javobgar bo`ladi.[
]
Insoniyat yaralibdiki, informatsiyaga, haqiqiy axborotga muhtoj bo`lib, yangidan-yangi
axborotni qabul qilgisi keladi. Ya’ni, yolg`on ma’lumotlarni eshitkisi yoki o`qigisi kelmaydi.
Shu sabab, ko`pgina yoshi ulug`lar gazeta va jurnallardan foydalanishadi. Internetga keladigan
bo`lsak, ko`pgina ma’lumotlar feyk ma’lumotlar bo`lib chiqadi. Bugungi kunda internet orqali
uzatilayotgan ma’lumotlarning 75 foizi axborot manbasi aniq ko`rsatilmagan holda
foydalanuvchilar e’tiboriga havola qilinayotganligi sababli ishonchli emasdir[3.126]. Ammo
zamonaviy jurnalistikada shunday janr bor, u orqali insonlar siyosiy axborotni ham osongina
tushuna oladi. Bu janr, shubhasiz, korrespondensiyadir.
Matbuotda korrespondensiya janri tahliliy janr hisoblanadi. Matbuotda bu janrda faoliyat
yurituvchi jurnalistlar ko`pchilikni tashkil qiladi. Masalan, “Yangi O`zbekiston” gazetasining
jurnalistlarini oladigan bo`lsak, ulardan G.Durdiyeva, B.Xidirovalarni aytib o`tish mumkin. O`zi
bu janr qanday ma’noni anglatadi? korrespondensiya nima? bu janrni foydalanishdan maqsad
nima? degan savollarga quyida javob axtaramiz.
“Korrespondensiya” so`zi lotincha “correspondeo” yoki “correspondentia” so`zlaridan olingan
bo`lib, “javob beraman, bildiraman” degan ma’nolarni anglatadi. U ma’lum davr va o`rindagi
aniq ijtimoiy jarayonni qamrab olishi bilan boshqa janrlardan farq qiladi. Chunki, mazkur
janrda jamiyatning yangi o`zgarishlari tahlil qilinadi, solishtiriladi, xulosa chiqariladi yoki
xulosani o`quvchining o`z zimmasiga yuklaydi. Jamiyatda sodir bo`layotgan voqea hodisalar
haqida ma’lumot berish bilan birga, uni tahlil qilish, hozirgi jarayonlarni o`tgan haftaga, yilga
yoki yaqin besh, o`n, yigirma va h.k yillarga nisbatan solishtiriladi. Reportajning
korrespondensiyadan farqi shundaki, reportajda jurnalist voqea o`rniga borib, o`rganib ish
tutadi. Xabardan o`zgachaligi bo`lsa, xabarda bo`lib o`tgan voqea-hodisa, holat yuzasidan
ma’lumot beriladi. Korrespondensiyada bo`lsa yuqoridagilarning hammasi berilib o`tiladi. Shu
jihati bilan ham boshqa janrlardan farqlanadi. Yana ma’lumotlarni aytib o`tadigan bo`lsak,
korrespondensiyani o`qiganda satrlar ichidan “ nima uchun?”, “sabab nimada?”, “kim aybdor?”,
“qanday oqibatga olib keladi?” kabi savollarga javob axtarsakgina bu janr turini ilg`ay olamiz.
Shu tomonlari bilan ham boshqa janrlarga o`xshamaydi. Korrespondensiyani yozishda
ko`pgina jurnalistlarda bir qator kamchiliklarni ko`rishimiz mumkin, buni kamchilik emas,
texnik xato desak ham bo`ladi. Qoraqalpog`iston matbuotida bir qator jurnalistlarning
gazetalarga bergan korrespondensiyalarida tinish belgilarining noo`rin qo`llanilganlik
holatlari ya’ni, “Erkin Qoraqalpog`iston” gazetasining jurnalisti G.Saparovaning 20.07.2024
sanasidagi gazetaning 87-sonida chop etilgan “Xotin-qizlarni bosim va zo`ravonlikdan himoya
qilish–muhim masala”[8.4] sarlavhali korrespondensiyasida xotin-qizlarga bo`lgan e’tibor
davlat siyosati darajasiga ko`tarilgani, inson qadri muhim bo`lgan jamiyatda yashayotganimiz
haqida ma’lumotlar berilgan va ichki ishlar xodimi bilan suhbat olib borgan. Albatta, unda bu
masalaning oqibati haqida ham fikr yuritilgan. Shu bilan birga, soha xodimlari tomonidan
o`tkazilayotgan tadbirlarning nomlaridagi his-hayajon gaplar, buyruq gaplarga tinish
berlgilarining qo`yilmaganligini ko`rish mumkin. Ammo, ko`pgina hollarda o`tkazilgan chora-
tadbirlar, tanlovlar nomlariga tinish belgilar kam ishlatilinadi. Shunday bo`lganda ham,
jurnalistni aybdor qilmaslik zarur, chunki tayyorlanayotgan har bir jurnalistik material
tahririyat tomonidan ham tahrir qilinadi, qisqartiriladi, o`zgartiriladi.
Korrespondensiya tahlil orqali bir mavzu yoki muammoga aloqador alohida hodisaning
rivojlanish qonuniyatlarini aniq, hayotiy vaziyat misolida o`rganadi. Professor Galina
Melnikning fikricha: “Korrespondensiya muayyan bir dolzarb muammoni tor doirada tahliliy
o`rganadi. Va bu uni ko`rsatib beradigan tahliliy janr” [ 1:141]. Chindan ham, hozirgi paytda
korrespondensiya, maqola va xabarni bir-biridan ajratish qiyin, ammo korrespondensiyani
141
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 15-SON (YOʻITJ)
ma’lum bir muammoga yechim topish yo`lida tahliliy faoliyat olib borishi bilan ahamiyatli.
Korrespondensiyani gazetada uchratganimizda xabarga o`xshashligiga nazarimiz tushadi,
ammo korrespondensiyaning asosiy vazifasi o`quvchiga oson va sodda, tushunishi qiyin
bo`lmagan holda o`qilishi kerak ekanligini unutmaslik lozim. Uning yana bir xususiyatlaridan
biri asosiy sarlavhadan tashqari bir necha kichik-kichik sarlavhalar ham uchrashadi. Mazkur
jihati bilan xabardan farq qiladi. Quyida “Yangi O`zbekiston” gazetasining 23.10.2024 sanasida
chop etilgan 214-sonidagi “O`z ovozingda hayqir, tilim!” sarlavhali korrespondensiyani misol
sifatida olishimiz mumkin. Unda asosiy sarlavhadan boshqa yana to`rtta kichik sarlavhalarni
ko`rish mumkin: “Amallar niyatga bog`liq”, “Til haqidagi qonun ijrosining faol imkoniyati va
unga zid xudbin kayfiyat”, “Biz har kuni davlat bilan gaplashamiz”, “Buzg`uvchi emas,
saqlovchilardan bo`laylik”. Xuddi shunday kichik sarlavhalar jurnalistikaning qaraganda
korrespondensiya ko`proq uchraydi. Sarlavhalar ichidagi sarlavhalar ko`lami yog`idan
kichkina bo`lsa ham, ma’no jihatdan olib qaraganda, teran ma’noni kasb etadi. Chunki,
korrespondensiyada sarlavha ma’lum bir narsaga turki berishi, undashi kerak. O`zi
korrespondensiyani jurnalistikada ikki turga bo`lib o`rganish maqsadgamuvofiq. Bunga
alohida to`xtalamiz. Ayni paytda bo`lsa, korrespondensiyaning informatsion va tahliliy turini
o`rgana olamiz. Informatsion korrespondensiyaga to`xtaladigan bo`lsak, mazkur janr
informatsion janrlar tipiga kiruvchi reportaj janri bilan bir xildek ko`rinadi. Lekin
reportajning o`z xususiyatlari mavjud, ya’ni voqea, hodisa o`rnidan jurnalist axborot beradi.
Agar jurnalist voqea yoki hodis o`rniga bormay turib, u bo`yicha ma’lumotlarni to`plasa, uning
nima haqidaligini, reportajdagi respondendlar so`zlarisiz, faqat mazkur hodisa tagida turgan
ma’lumotlarni ochib bersa bu korrespondensiyadir.
Korrespondensiyadan foydalanishdagi maqsad bu – gazetada chop etilgan reportajlarda
o`rganilgan mavzu ba’zi hollarda jonli chiqmay qoladi. Korrespondensiyada esa voqeani
keltirib chiqargan sabablar o`rganiladi, sabablari ko`rsatiladi, baho beriladi, rivojlanishi
taxmin qilinadi. Shu sababdan ham “Yangi O`zbekiston”, “Xalq so`zi”, “Erkin Qoraqalpog`iston”
kabi gazetalarda bu janrdan ko`proq foydalaniladi. Shu sababli gazetalarning o`uvchilari soni
ham ko`payadi.
Endilikda “korrespondensiya janri nechaga bo`linadi?” degan savolga javob izlaymiz.
Filologiya fanlari doktori M.Kim korrespondensiyani beshta turga ajratgan:
informatsion,
tahliliy, muammoli, postanovkali, o`ylab topilgan
. A.Tertichniyning fikriga qaraganda,
korrespondensiya ikkiga bo`linadi:
informatsion
va
tahliliy korrespondensiya
. Ammo, har
ikkala olimning fikriga qaraydigan bo`lsak, hozirgi zamon jurnalistikasida korrespondensiya
ikkiga ajraladi. Chunki, yuqorida aytilganidek korrespondensiya janrini tushunish, uni
matbuot orasidan topa olish juda murakkab ishdir. Shuning uchun ham, bu janr ikkiga:
informatsion va tahliliy turlarga ajratiladi. Undan tashqari, hozirgi zamonaviy jurnalistikada
korrespondensiyaning ikkita turiga ko`proq nazarimiz tushadi. “Xalq so`zi” gazetasining
16.09.2024 sanasida chop etilgan 190-sonidagi ayrim maqolalarni muhokama qiladigan
bo`lsak, korrespondensiya janriga o`xshash, mavzuni ochib beruvchi elementlar mazkur
janrning savollariga javob beruvchi satrlarni ko`rish mumkin:
O`ZBEKISTON-GERMANIYA MUNOSABATLARI:
FAOL VA PRAGMATIK TASHQI SIYOSATIMIZ SAMARASI
Germaniya – O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqidagi yetakchi iqtisodiy hamkorlaridan biri.
So‘nggi yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqalar izchil rivojlanmoqda. Prezident Shavkat
Mirziyoyevning 2019-yil yanvar oyida Germaniyaga rasmiy tashrif bilan borishi va o‘sha yilning
may oyida Germaniya Federativ Respublikasi Federal Prezidenti FrankValter Shtaynmayerning
O‘zbekistonga kelishi ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichda rivojlantirishda muhim
qadam bo‘ldi.
142
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 15-SON (YOʻITJ)
Davlatimiz rahbari 2023-yilning may va sentabr oylarida ikki marta rasmiy tashrif bilan
Germaniyada bo‘lib, Federal Prezident Frank-Valter Shtaynmayer, Kansler Olaf Shols va yetakchi
nemis kompaniyalari rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazdi, shuningdek, “Markaziy Osiyo –
Germaniya” formatidagi birinchi sammitda ishtirok etdi.
Hamkorlik aloqalarining mustahkamlanishi natijasida tovar ayirboshlash hajmi keyingi yillarda
ancha oshdi. Germaniyaga xizmatlar, to‘qimachilik, oziq-ovqat va boshqa mahsulotlar eksport
qilinayotgan bo‘lsa, o‘z navbatida, nemis diyoridan mexanik asbob-uskunalar, transport
vositalari va ular uchun ehtiyot qismlar, farmatsevtika hamda kimyo mahsulotlari va
xizmatlarini import qilyapmiz.
Keyingi yillarda mehnat migratsiyasi sohasidagi aloqalar Germaniya bilan hamkorlikning
istiqbolli yo‘nalishiga aylandi. Shuningdek, sog‘liqni saqlash sohasidagi keng ko‘lamli va o‘zaro
manfaatli aloqalar ham bugun izchil rivojlanmoqda[8:1].
Yuqoridagi gazetada chop qilingan jurnalistik material namunasida “nima uchun?”, “sabab
nimada?”, “qanday oqibatlarga olib keladi?” degan savollar o`rtaga tashlangan va o`quvchi
korrenspondensiya ekanligini bilishi mumkin. Lekin, jurnalistika janrlarini tushunmay turib
korrespondensiya ekanligini anglash qiyin. Chunki, gazeta o`qish bilan zehnini mustahkamlab
boradigan ziyolilarning hammasi ham jurnalist yoki jurnalistika janrlaridan xabardor emas.
Ko`p o`quvchilar gazeta yoki jurnallarda chop etilgan badiiy-publitsistik, information va
tahliliy materiallarning barchasini maqola deb atashadilar. Umumiy nom olgan holda maqola
nomini olgan. Lekin har bir tayyorlangan materialni maqola deb bo`lmaydi. U feleton bo`lishi
mumkin yoki ocherk,sharh yoki reportaj bo`lishi ham mumkin.
Jurnalistikada uchta asosiy janr mavjud: Axboriy (yangilik, reportaj, hisobot, intervyu, xabar),
tahliliy (korrespondensiya, maqola, taqriz, jurnalistik suristiruv, sharh), va badiiy-publitsistik
(ocherk, feleton,pamflet, esse, xat) janrlar. Bu janrlarning ommaviy axborot vositalaridagi
funksiyalari turlichadir. Shu jihatlari bilan ham bir-birini takrarlamagan holda farqlanadi.
Ta’kidlash joizki, korrespondensiya hozirgi jurnalistikaning rivojlanishiga sababchi janrlardan
hisoblandi. Ayniqsa, matbuotda korrespondensiya janrning ishlatilishi yangi zamonaviy
matbuotimizning o`zgacha ko`rinishlarini kasb etadi va matbuotda korrespondensiya janrini
qo`llash orqali, ma’lum bir mavzu yoki muammoga yechim topishga imkon yaratadi. Ammo,
zamonaviy jurnalistika jurnalistdan o`tkir qalamli bo`lishini ham talab qilmoqda.
Korrespondensiya tayyorlayotgan jurnalist, dastavval, voqealikni to`g`ridan-to`g`ri o`rganishi,
qo`shimcha o`rganilgan ma’lumotlar kiritishi, so`rovlar o`tkazishi, faktlarni izohlashi kerak
bo`ladi. Korrespondensiya janridan matbuotda foydalanishda yuqoridagilarga amal qilgan
holda, xato va kamchiliklarsiz, faktlar bilan ishlagan holda tayyorlash maqsadga muvofiqdir.
Korrespondensiya janri orqali, nafaqat matbuot, balki televidenie, radio, qolaversa internet
ham rivojlansa ajab emas. Chunki bu janrning boshqa janrlarga qaraganda o`ziga xos jihatlari
bilan farqalanib turadi. Shu sababdan ham bugungi kunda korrespondensiyadan ko`pgina
jurnalistlar foydalanishadi. O`zlarining tayyorlagan materialida qaysidir mavzu xususidagi
ma’lumotlarni aniqlaydi va o`quvchi, tinglovchi hamda tomoshabinga tezkor, xolis yetkazadi.
Shu jihatlari bilan XXI asr o`zbek jurnalistikasida alohida o`rin egallaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Melnik.G.S.Vinogradova K.E.,Litseev R.P. Osnovi tvorcheskoy deyatelnosti jurnalista.Sank-
Peterburg.2013, 141 bet.
2.
Do`stqarayev B. O`zbekiston jurnalistikasi tarixi. Toshkent. 2009. 198 bet.
3.
Qosimova N. Alimova N. Gender va media. Toshkent.2022, 126 bet.
4.
Tertichniy A.A. Analiticheskaya jurnalistika. Moskva.2010. 48 bet.
5.
Streltsov B.V. Osnovi jurnalistiki. Janri. Minsk.1990.113 bet.
143
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 15-SON (YOʻITJ)
6.
7.
8.
9.
www.erkinkarakalpak.uz