Авторы

  • Go‘zal Karimova
  • Muxlisa Kaxarova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yoitj.59673

Аннотация

Ushbu maqolada ta’lim sohasida yangi bilimlarni o‘rganish jarayonida o‘quvchilar o‘zlashtirishning turli ko‘rinishlaridan foydalanishlari haqida fikr yuritiladi. Bu esa ma’lumotlarni qabul qilish, ularni qayta ishlash hamda amaliyotga tatbiq etish kabi jarayonlarda amalga oshadi.


background image

Page 122

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY

RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

Volume 1, Issue 18, December 2024

www.in-academy.uz

TABIIY FANLARNI O‘QITISHDA AXBOROT

TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH

Karimova Go‘zal Ibragimovna

Toshkent shahar Shayxontohur tumani

102-sonli umumta’lim maktabi ,boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi,

Kaxarova Muxlisa Xakimovna

PERFECT universiteti o‘qituvchisi , Toshkent shahar Uchtepa

tumani , 355-sonli ayrim fanlari chuqur oʻqitiladigan

sinflari mavjud umumiy oʻrta ta’lim maktabning

boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi

https://doi.org

/10.5281/zenodo.14555386

Xozirgi kunda davlatimiz tomonidan o‘qituvchilarning darslarga ijodiy yondashishini

ta'minlash, ular faoliyatiga ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini

keng joriy qilish hamda o‘quvchilarning dastlabki bilim egallash poydevori mustahkam

bo‘lishi, barcha fanlarni o‘zlashtirishga qiziqishini oshirish maqsadida zarur chora-tadbirlar

ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etib kelmoqda.

Tabiiy fanlar haqidagi bilimlar uzoq yillar davomida amaliy izlanishlar tufayli qo‘lga kiritilgan.

Tabiatni bilishda, uni anglashda ilmiy-amaliy tajriba, hamda amaliy bilimlar muhim rol o‘ynab

kelgan va kelmoqda. Ma'lumki, tabiatshunoslik keng qamrovli moddiy dunyoni rangbarang

xususiyatlari, tabiatning har xil voqea hodisalarini o‘rganuvchi fan bolib, ilmiy tajriba asosida

shakllanadi, amaliyot esa mazkur fanning poydevori hisoblanadi. Insoniyatning tabiat

qonunlari haqidagi bilimlarini, ilmiy asoslangan amaliy faoliyatlarini bilish jarayonini ilmfan

taraqqiyoti belgilaydi. Nazariy bilimlar mazmun – mohiyatini anglashga bo‘lgan ehtiyoj

amaliyotda tug‘iladi va ularning to‘g‘riligi amaliyot orqali tekshiriladi hamda tasdiqlanadi.

Shuni alohida takidlash joizki amaliy ishlarga asoslangan tajribalarni o‘tkazish jarayonida

laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarda jihozlar yetishmasa, asboblar nosoz bo‘lsa yoki

umuman mavjud bo‘lmasa, o‘tkaziladigan tajribani virtual laboratoriya orqali o‘tkazish imkoni

mavjud.

Bunday usullarning o‘ziga hos afzalligi shundaki, ular faqat o‘quvchi va o‘qituvchilarning

birgalikdagi faoliyat ko‘rsatishi orqali amalga oshiriladi. Bunday hamkorlik jarayoni o‘ziga hos

xususiyatlarga ega. Ya‘ni:

- o‘quvchilarning o‘quv jarayonida fanga bo‘lgan qiziqishlari doimiyligini ta‘minlash;

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 19

th

December 2024

Accepted:20th December 2024

Published:25th December 2024

Ushbu maqolada ta’lim sohasida yangi

bilimlarni

o‘rganish

jarayonida

o‘quvchilar

o‘zlashtirishning

turli

ko‘rinishlaridan

foydalanishlari haqida fikr yuritiladi. Bu esa
ma’lumotlarni qabul qilish, ularni qayta ishlash
hamda amaliyotga tatbiq etish kabi jarayonlarda
amalga oshadi.

KEYWORDS

tabiiy

fanlar,

axborot

texnologiyalari, metod, o‘qitish.


background image

Page 123

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY

RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

Volume 1, Issue 18, December 2024

www.in-academy.uz

- o‘quvchilarning dars davomida mustaqil fikrlash, ijod qilish va izlanishga imkon yaratish;

- o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishlarini mustaqil holda har bir masalaga ijodiy

yondashgan holda bilimga ega bo‘lgan intilishlarini kuchaytirish.

Hozirgi davr o‘qituvchi va o‘quvchilari oldiga katta talablar qo‘ymoqda, bu talablarning eng

asosiysi - darsning samaradorligi, uning sifatliligi, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalariga,

maktablardagi turli xil o‘quv mashg‘ulotlari, ularni tashkil qilinishi va u orqali o‘quvchilarni

turli bilim va ko‘nikmalarni egallab olishidir. Bugungi kunda ta'lim jarayonini to‘g‘ri va

samarali tashkil etishda innovatsion texnologiyalar, texnik vositalarning, jumladan,

zamonaviy kompyuterlarning o‘rni beqiyosdir. Dars mavzusiga oid multimediya, animatsiya,

grafika va videofilmlardan foydalanish dars jarayonini yanada qiziqarli bo‘lishiga ko‘mak

beradi, buning uchun esa o‘qituvchi o‘z ustida ishlashi va har bir darsga «men bugungi dars

jarayoniga qanday yangilik bilan kirib, darsni qiziqarli tashkil qila olaman» deya o‘ziga savol

berishi ya'ni, an'anaviy ta'limdan qochib, noan'anaviy ta'lim berishga intilishi lozim.

Ma'lumki, ta'lim bu o‘qituvchi va o‘quvchilarning hamkorligidagi faoliyat turi bo‘lib, dars

orqali o‘qituvchi o‘z bilimi, ko‘nikma va malakalarini mashg‘ulotlar vositasida o‘quvchilarga

yetkazadi, o‘quvchilar esa uni o‘zlashtirib olishi natijasida undan foydalanish

kompetensiyalariga ega bo‘ladi. Yangi bilimlarni o‘rganish jarayonida esa o‘quvchilar

o‘zlashtirishning turli ko‘rinishlaridan foydalanishlari tabiiy hol masalan, ma'lumotlarni qabul

qilish, ularni qayta ishlash hamda amaliyotga tatbiq etish kabi jarayonlarda amalga oshadi.

Hozirgi kunda umumta'lim maktablarida zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan

foydalanish imkoniyatlarini takomillashtirish, ta'lim jarayonida zamonaviy texnologiyalar

imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalanish eng muhim ko‘rsatkichlaridan biri ekanligi yetuk

pedagog olimlar tomonidan e'tirof etilganligi xech kimga sir emas.

Shu jumladan bo‘lajak tabiiy fanlar o‘qituvchilarining o‘z mutaxassislik fanini o‘qitishda

metodik tayyorgarligini takomillashtirishda bu jarayonning maqsadi, vazifalarini yaxshi

tushunishlarida, innovatsion ta'lim, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va raqamli

texnologiyalarni har tomonlama chuqur o‘zlashtirishlari zarur bo‘ladi. Zamonaviy axborot

jamiyatida media ta'lim, ta'lim jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish, zamonaviy

o‘qituvchining ommaviy axborot vositalari bilan ishlash ko‘nikmasini shakllantishda,

ommaviy axborot vositalari yordamida ta'lim mohiyatini, ochib berish, pedagogik

salohiyatining oshishi va turli ommaviy axborot vositalaridan foydalanish shartlarini

tushunishiga, ta'lim jarayonida (axborot texnologiyalari, Internet, ijtimoiy tarmoqlar, ekran

san'ati, televizor, reklama, interaktiv o‘yinlar, kompyuter animatsiyasi va boshqalar),

pedagogik motodlar va ulardan foydalanishga tayyorligini shakllantirish vositasi sifatida

qaraladi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining tez taraqqiy etishi natijasida "mediya" atamasi

paydo boldi. "Media" atamasi lotin tilidan (media, medium so‘zidan) olinib, qollanma,

vositachi manolarini anglatadi."Media" atamasi XX asrda dastlab ommaviy madaniyatni

shakllantiruvchi vositalarga nisbatan qo‘llangan. Ko‘nikma-insonning ilgarigi tajribalari

asosida muayyan faoliyat yoki harakatni amalga oshirish qobiliyati.

Mediako‘nikma-axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilimlarini amalda qo‘llay bilishga

oid faoliyatning tarkibiy qismidir. "Media savodxonligi"- ommaviy axborot vositalarini ishlab

chiqish, tahlil qilish/tahlil qilish va yaratish qobiliyati.

Media ta'limning asosiy vazifasi-yangi avlodni zamonaviy axborot sharoitida hayotga

tayyorlash, turli axborotlarni qabul qilish insonni psixikasiga ta'siri oqibatlarini tushunishga

o‘rgatishdir. Mediakompetentlik tushunchasi (media competence) ta'limga kirib kelayotgan

yangi atama hisoblanib, u mediama'lumotlarni turli ko‘rinishda uzatish va baholash, o‘rganish

yetkaza bilish kabi ma'nolarni o‘z ichiga oladi.

Bo‘lajak tabiiy fanlar o‘qituvchilari mediatexnologiyalardan foydalanish usuli o‘quv jarayonida

ta'limning dolzarb masalalalarini samarali yechish imkoniyatini yaratadi jumladan:


background image

Page 124

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY

RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

Volume 1, Issue 18, December 2024

www.in-academy.uz

-o‘quv jarayonini qizqarli va mahsuldot qilish hisobiga o‘quvchida materialni anglab olish

motivatsiyasi ortadi;

-mustaqil ishlash va o‘zini-o‘zi nazorat qilish ko‘nikmasi rivojlanadi; -darsning

samaradorligini va har bir o‘quvchining o‘zlashtirilishini ta'minlaydi;

-har bir o‘quvchining fikrlashini, bilish hissiyotini, maqsad sari intilishlarini, ma'naviy

tassavurlarini rivojlantirish hisobiga umumiy faol rivojlanishga erishiladi;

-sinfdagi barcha o‘quvchilarning faol ishlash ta'minlanadi.

Mediatexnologiyalarni o‘quv jarayoniga kirib kelishi, pedagoglar hayotida misli ko‘rilmagan

darajada

o‘qitishning

yangi

turlarini

shakllarini

keltirib

chiqardi.

Darslarda

mediatexnologiyalarda foydalanish pedagoglar oldiga quyidagi talablarni qo‘yadi:

-zamonaviy pedagog kompyuterdan foydalanishni bilishi;

-kompyuter yordamida o‘qitish vositalaridan foydalana olish va uni o‘quv jarayoniga tadbiq

qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;

-o‘z bilimini kompyuterli o‘qitish bo‘yicha doimo takomillashtirib borish;

Media ta'lim usullari quyidagilarga ko‘ra tasniflanishi mumkin:

- olingan bilim manbalari: og‘zaki (ma'ruza, hikoya, suhbat, tushuntirish, munozaralar);

-ko‘rgazmali (mediatekstlarning (mediatexistlarning tasvirlari va namoyishi);

- amaliy (media materiallarida turli xil amaliy vazifalarni bajarish).

Kognitiv faoliyat darajasiga ko‘ra:

tushuntirish-tushuntirish (o‘qituvchi tomonidan ommaviy axborot vositalari haqida aniq

ma'lumot, auditoriya tomonidan ushbu ma'lumotni qabul qilish va assimilyatsiya qilish);

reproduktiv (o‘quvchilarni hal qilish usullarini o‘rganish uchun media materiallarida turli

mashqlar va topshiriqlarni o‘qituvchi tomonidan ishlab chiqish va qo‘llash), muammoli

(tanqidiy fikrlashni rivojlantirish uchun muayyan vaziyatlarni yoki ommaviy axborot

vositalarini muammoli tahlil qilish);

qisman qidirish yoki evristik, tadqiqot (tadqiqot va ijodiy faoliyatni tashkil etish).

Shu bilan birga, turli xil ijodiy vazifalarni o‘z ichiga olgan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar

ustunlik qiladi. Mamlakatimizdagi deyarli barcha umumta'lim maktablari zamonaviy

kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan. Bu esa, o‘z navbatida,

boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning o‘z mehnat faoliyatlariga yangicha yondashuvlarini talab

etadi. Boshlang‘ich sinf darslari o‘quv jarayoniga yangi texnologiyalarni joriy etilishi,

o‘qituvchini texnik vositalar tomonidan siqib chiqishiga emas, balki yangicha yondashuv

orqali uning vazifasi va rolini o‘zgartirib, o‘qituvchilik faoliyatini yanada serqirra, ijodiy va

kreativ yondashuvga asoslangan kasbga aylantiradi.

Kompyuter dasturi orqali oddiy didaktik materiallar tayyorlashda va ularni kompyuter

sinflarida o‘tiladigan darslarda o‘quvchilarga mustaqil ishlash uchun taqdim etish mumkin.

Bunday didaktik material izohli matn sifatida, rasmlar bilan bezalgan holda, nazorat savollari

bilan o‘quvchilarga beriladi va o‘quvchilar tomonidan bajarilishi nazorat qilinadi. O‘qituvchi

faoliyatida eng muhim jihatlardan biri bu o‘quvchilarning bilimini baholab borishdir. Barcha

umumta’lim fanlarining turli bo‘limlariga oid nazorat testlarini kompyuter yordamida tuzish

mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. Bahromov A. va boshqalar. Tabiiyot. 5 sinf uchun darslik. Toshkent, 1995 y

2. Gorelov A.A. Konsepsii sovremennogo yestestvoznaniya. Moskva, 1999 y.

3. Mamatazimov M. Astronomiya. 11 sinf darslik. Toshkent, 2005 y.

4. Solopov Ye.F. Konsepsii sovremennogo yestestvoznaniya. Moskva, 1999 y.

5. To‘raqulov Yo.H. va boshqalar. Umumiy biologiya. Toshkent, 1996 y.

6. Hamdamov I.H. Tabiat ilmining zamonaviy konsepsiyasi. Ma‘ruza matni. Samarqand, 2000y

7. Hamdamov I.H. va boshqalar. Таbiiy fanlar zamonaviy konsepsiyasi. Т., 2007 y.

8. D.Sharipova, D.Xodiyeva, M.Shirinov “Tabiatshunoslik va uni o‘qitish metodikasi” darslik.

2018 yil.


background image

Page 125

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY

RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

Volume 1, Issue 18, December 2024

www.in-academy.uz

9. M.Nuritdinova. Tabiatshunoslik o‘qitish metodikasi. T.:O‘qituvchi 2005.

10. Suyarov K. [va boshq.] Tabiiy fanlar: 1-sinf uchun darslik. – Toshkent: Respublika ta’lim

markazi, 2021.- 88b

11. Suyarov K. [va boshq.] Tabiiy fanlar: 2-sinf uchun darslik. – Toshkent: Respublika ta’lim

markazi, 2021.- 120b

12. Sangirova Z. [va boshq.] Tabiiy fanlar: 3-sinf uchun darslik. – Toshkent: Respublika ta’lim

markazi, 2022.- 136b

Библиографические ссылки

Bahromov A. va boshqalar. Tabiiyot. 5 sinf uchun darslik. Toshkent, 1995 y

Gorelov A.A. Konsepsii sovremennogo yestestvoznaniya. Moskva, 1999 y.

Mamatazimov M. Astronomiya. 11 sinf darslik. Toshkent, 2005 y.

Solopov Ye.F. Konsepsii sovremennogo yestestvoznaniya. Moskva, 1999 y.

To‘raqulov Yo.H. va boshqalar. Umumiy biologiya. Toshkent, 1996 y.

Hamdamov I.H. Tabiat ilmining zamonaviy konsepsiyasi. Ma‘ruza matni. Samarqand, 2000y

Hamdamov I.H. va boshqalar. Таbiiy fanlar zamonaviy konsepsiyasi. Т., 2007 y.

D.Sharipova, D.Xodiyeva, M.Shirinov “Tabiatshunoslik va uni o‘qitish metodikasi” darslik. 2018 yil.

M.Nuritdinova. Tabiatshunoslik o‘qitish metodikasi. T.:O‘qituvchi 2005.

Suyarov K. [va boshq.] Tabiiy fanlar: 1-sinf uchun darslik. – Toshkent: Respublika ta’lim markazi, 2021.- 88b

Suyarov K. [va boshq.] Tabiiy fanlar: 2-sinf uchun darslik. – Toshkent: Respublika ta’lim markazi, 2021.- 120b

Sangirova Z. [va boshq.] Tabiiy fanlar: 3-sinf uchun darslik. – Toshkent: Respublika ta’lim markazi, 2022.- 136b