136
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 15-SON (YOʻITJ)
TA’LIM TIZIMINI RAQAMLASHTIRSH VA UNING
AFZALLIKLARI
Baltashev Islambek Ramanovich
Oriental universiteti magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.14555374
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 16-dekabr 2024 yil
Ma’qullandi: 18-dekabr 2024 yil
Nashr qilindi: 25-dekabr 2024 yil
Maqolada
raqamlashtirish
jarayoni
yanada keng tus olgan bugungi kunda taʼlim
jarayoni subʼektlari faoliyatiga quyiladigan
kompetentsiyalar nazariy tahlil qilingan. Shu
bilan birga pandemiya sharoitida pedagog va
talabalar faoliyatida mavjud muammo va
kamchiliklar oʼrganilgan. Mediakompetentlikni
rivojlantirish borasida amaliy takliflar ilgari
surilgan.
Raqamlashtirish,
oliy
ta’lim, onlayn ta’lim, virtual,
HEMIS tizimi, raqobat, kafedra,
kompetensiya.
Kirish.
Global pandemiya boshlanishi bilan raqamli texnologiyalarning roli sezilarli
darajada o‘sdi, bu esa raqamli transformatsiyaning, ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlar,
jumladan, Oʼzbekiston uchun muhimligini koʼrsatdi. Haqiqatan ham, raqamli
transformatsiya jamiyatni yanada modernizatsiya qilish va milliy iqtisodiyotning
raqobatbardoshligini oshirish salohiyatiga ega. Shu nuqtai nazardan, amalga oshirilayotgan
islohotlar, shuningdek, Yangi Oʼzbekistonning kelgusi besh yilga moʼljallangan Taraqqiyot
strategiyasi doirasida barcha asosiy sohalarni raqamlashtirish hamda mamlakatda haqiqiy
axborot jamiyatini barpo etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Asosiy bo‘lim.
Oʼzbekiston 2000 yillarning boshlaridanoq axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari (AKT)ni rivojlantirish va raqamlashtirishga ustuvor ahamiyat bera boshladi.
Jumladan, “2013-2020 yillarda Oʼzbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya
tizimini rivojlantirish kompleks dasturi”, “2017-2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha Harakatlar strategiyasi” hamda
“Raqamli Oʼzbekiston – 2030” va “2022-2026 yillarga moʼljallangan Yangi Oʼzbekistonning
taraqqiyot strategiyasi”da milliy iqtisodiyot, sanoat va umuman jamiyatda raqamli
transformatsiyani amalga oshirishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar koʼzda tutilgan.
Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonining xususiyatlari, shuningdek, OTMlarning
jamiyat va iqtisodiyotdagi ahamiyati jadal o‘zgarib bormoqda. Butun dunyoda OTMlar
talabalar, o‘qituvchilar va moliyaviy mablag‘larni jalb qilishda bir-biri bilan
raqobatlashmoqda. Bunday raqobatda zamon bilan hamnafas va yangi raqamli
imkoniyatlardan foydalanuvchi oliy o‘quv yurtlari boshqalarga nisbatan ustunlikka ega
bo‘lib bormoqda.
Raqamlashtirish ta’lim va boshqaruv uchun yangi imkoniyatlar yaratib, ma’lumotlar yig‘ish
va tahlil qilish, o‘zaro hamkorlik va muloqot qilishni osonlashtirdi. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining raisligida 2021-yil 16-iyun kungi “Oliy talimni
raqamlashtirishdagi islohatlar samaradorligi va yangi o‘quv yiliga tayorgarlik ko‘rish
137
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 15-SON (YOʻITJ)
haqida” gi o‘tkazilgan videoselektor majlisining 34-sonli bayannomasining 23-bantini
bajarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining
2021-yil 26-avgust kungi 372-sonli buyrug‘i qabul qilingan
. Raqamlashtirishning
afzalliklari samaradorlikni oshirish, talabalar faolligini oshirish, shaxsga qaratilgan ta’lim
va yangi o‘qitish usullaridan foydalanishni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari,
raqamlashtirish OTMlarni, o‘quv dasturlarini, professor-o‘qituvchilarni, xodimlarni va
resurslarni boshqarishni osonlashtiradi.
Raqamlashtirishning asosiy afzalliklaridan biri bu talabalarning faolligini oshirish
imkoniyatlaridir. Onlayn ta’lim platformalari, ijtimoiy tarmoqlar va mobil ilovalar kabi
raqamli vositalardan foydalangan holda OTMlar o‘quvchilarni motivatsiya va yo‘lda ushlab
turadigan interaktiv hamda qiziqarli ta’lim tajribalarini yaratishi mumkin. Shuningdek,
raqamlashtirish OTMlarga o‘yin va virtual haqiqat kabi yangi o‘qitish usullaridan
foydalanish imkonini beradi. Bu usullardan talabalarga murakkab tushunchalar va
nazariyalarni tushunishni osonlashtiradigan interaktiv ta’lim tajribasini yaratish uchun
foydalanish mumkin.
Talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini oshirish, ularda zarur kompetensiyalarni
shakllantirish orqali ishga joylashish ko‘rsatkichlarini ko‘paytirish hamda turli vositalar
orqali ma’lumotlarni yetkazish va tushuntirish usullarini qo‘llagan universitetlar nufuzi
oshishi hamda ularda mazkur imkoniyatlar orqali qo‘shimcha foyda olishi uchun shart-
sharoitlar yaratilishi orqali boshqalarga nisabatan ustunlik shakllanadi.
Mazkur yo‘nalishda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filialida ham bir qator
yutuqlarga erishilganlikni ko‘rsatib o‘tish mumkin. Xususan, mamlakatimiz prezidentining
2021-yil 5-aprelda “O‘zbekiston Respublikasi vazirlar Makhamasining 186-sonli qarori”ga
asosan O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali tashkil qilingan
bo‘lib, shaffof,
sub’yektivlik va suiiste’molchiliklardan xoli bo‘lgan ta’lim muhitini yaratish vazifasi
ko‘rsatilgan. Shunga asosan, filialda tizimli ishlar amalga oshirilib, bir qator elektron
tizimlar ishlab chiqildi va joriy etildi. Jumladan, talabalar uchun har qanday masala
yuzasidan elektron murojaat qilish imkoniyati yaratildi hamda yagona darcha tamoyili
asosida faoliyat yurituvchi maxsus Talabalarga xizmat ko‘rsatish markazi joriy etildi,
bitiruv malakaviy ishlarida ilmiy rahbarlarni tanlash elektron tizimi yaratildi, to‘lov-
shartnomasini elektoron ravishda olish hamda to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlikni onlayn
nazorat qilib borish mexanizmi ishga tushirildi.
O‘quv jarayoniga bog‘liq eng asosiy natija masofaviy ta’lim platformasi ya’niy HEMIS tizimi
joriy etildi. Filial HEMIS tizimi (https://uzdknf.e-edu.uz/) Jumladan, ma’ruza
mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun “Zoom” dasturiy vositasi, nazorat ishlarini topshirish
hamda ularni antiplagiat tizimidan o‘tkazish mexanizmlari integratsiya qilindi, ta’lim
platformasiga 13 mingdan ortiq elektron kontentlar (videoma’ruza, audio, elektron
abaiyotlar, kazus materiallar) joylashtirildi.
Shuningdek, baholash jarayoni ham to‘liq shaffof bo‘lib, bunda nazorat ishlari elektron
tizim orqali topshirilishi va baholanishi yo‘lga qo‘yildi. Mazkur tizimda nazorat yozma
ishlari talaba tomonidan elektron shaklda topshiriladi, ya’ni tizimga yuklanib undan so‘ng
avtomatik ravishda shifrlanadi va tegishli kafedraga tekshirish uchun elektron shaklda
jo‘natiladi. Kafedralarda mazkur ishlar professor-o‘qituvchilar o‘rtasida taqsimlanib
tizimning o‘zida tekshiriladi, baholanadi hamda qo‘yilgan baho yuzasidan sharh yoziladi,
ya’ni nima sababdan shunday baholangani hamda talaba qanday kamchiliklarga yo‘l
1
Lex.uz manbasi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining raisligida 2021-yil 16-iyun
kungi “Oliy talimni raqamlashtirishdagi islohatlar samaradorligi va yangi o‘quv yiliga
tayorgarlik ko‘rish haqida”
2
Lex.uz manbasi: “O‘zbekiston Respublikasi vazirlar Makhamasining 186-sonli qarori”
138
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 15-SON (YOʻITJ)
qo‘ygani ko‘rsatiladi. Tekshirilgan ishning bahosi va ishga yozilgan taqriz talabaning
shaxsiy kabinetida ko‘rinadi.
Bundan tashqari filial elektron kutubxonasi ham tashkil etilib unda 6000 dan ziyod
manbalar joylashtirildi va mavjud adabiyotlarni to‘liq raqamlashtirish ishlari davom
ettirilmoqda. Musiqashunoslar uchun mo‘ljallangan WestLaw, LexisNexis va JSTOR kabi
xalqaro ma’lumotlar bazasiga ulanib, xalqaro manbalardan foydalanish imkoniyati yaratildi.
Boshqaruv nuqtai nazaridan, raqamlashtirish filialga o‘z resurslari va akademik
dasturlarini boshqarishni osonlashtiradi. Masalan, raqamli vositalardan talabalarning
o‘quv jarayonini boshqarish, professor-o‘qituvchilar va xodimlar faoliyatini kuzatish va
resurslarni samarali taqsimlash uchun foydalanish mumkin.
Ta’kidlash kerakki, hozirgi vaqtda talabalar oldingilarga qaraganda nihoyatda farq qiladi.
Endilikda ularning zamonaviy talablari va extiyojlari mavjud bo‘lib, zamonaviy oliy ta’lim
xizmatini ko‘rsatuvchilar ularga munosib bo‘lishlari lozim. Bugungi kunga kelib, zamonning
asosiy talabiga ko‘ra ta’lim tashkilotlari, ayniqsa oliy ta’lim tashkilotlari o‘z faoliyatini
rivojlantirishda quyidagi kabi yangi texnologiyalarga tayanishi lozim: moslashuvchan
o‘qitish, sun’iy intellekt, UX-dizayn, virtual yoki kibermakon, kengaytirilgan voqelik. Shu
o‘rinda, oliy ta’lim tashkilotlari bosiqma-bosqich “raqamli OTM” yoki “aqlli OTM” deya
tavsiflanuvchi konsepsiyaga o‘tishi zarur.
Demak, zamonaviy raqamli OTM talabalarga va o‘qituvchilarga o‘qitish jarayonini va
kommunikatsiyalarni tashkillashtirish, byurokratiyadan xoli avtomatlashtirilgan raqamli
qayd va tahlil qilish, individual ta’lim trayektoriyalarini savodli tuzish, yuzaga kelishi
mumkin bo‘lgan muammolarga tezkorlik bilan munosabat bildirishga yordam beradigan
qulay imkoniyatlar va xizmatlar taqdim qilishi lozim.
Mohiyatan, zamonaviy OTMning barcha bog‘liq jarayonlari raqamli texnologiyalar asosida
barpo qilinishi lozim. Bu abituriyentlar bilan ishlash, o‘quv jarayoni va ta’lim sifatining
tahlilidan boshlab bitiruvchilarning ishga joylashishi monitoringi va ishda ko‘tarilish bilan
tugaydigan katta hajmdagi ma’lumotlarni boshqarishga o‘tishni talab qiladi.
Xulosa.
Bugungi kunda mamlakatimizda tizimli va izchil ravishda olib borilayotgan ta’lim
sohasidagi islohotlar o‘z natijasini ko‘rsatmoqda, OTMlarimiz akademik va moliyaviy
mustaqillikka erishdi, o‘zining maqsad va vazifalarini belgilab, zamon talablariga
moslashish hamda bugungi kun va kelajak uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash
imkoniyatiga egadir. Amalga oshirilayotgan islohotlarning shu asnoda davom ettirilishi,
ta’lim tashkilotlari tomonidan qabul qilingan qonun va qonunosti hujjatlari hamda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan oliy ta’lim tizimidagi
ustuvor vazifalar ijrosi sifatli ta’minlanishi mamlakatimizda ta’limning yuqori cho‘qqilarga
chiqishiga va eng asosiysi yoshlarimiz xalqaro miqyosda raqobatbardosh bo‘la oladigan
yuqori malakali kadr bo‘lib yetishishiga xizmat qiladi.
Adabiyotlar ro‘yxati
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining raisligida 2021-yil 16-iyun kungi “Oliy
talimni raqamlashtirishdagi islohatlar samaradorligi va yangi o‘quv yiliga tayorgarlik
ko‘rish haqida”
2.
“O‘zbekiston Respublikasi vazirlar Makhamasining 186-sonli qarori”