67
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 1-SON (YOʻITJ)
ANDRONOVA MADANIYATINING VUJUDGA KELISHI VA
FARG‘ONA VODIYSIDA TUTGAN O‘RNI
Farmanova Gulnаra Komilevna
tarix fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent, Jahon tarixi kafedrasi
mudiri,Farg‘ona davlat universiteti,
O‘zbekiston Respublikasi, E-mail: farmanova.gulya@gmail.com
Abdug‘aniyev Shukurullo Tavakkaljon o‘g‘li
Farg‘ona Davlat Universiteti Magistranti
O‘zbekiston Respublikasi, abduganiyevshukurullo22@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.14684513
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi:13-yanvar 2025 yil
Ma’qullandi: 15-yanvar 2025 yil
Nashr qilindi: 18-yanvar 2025 yil
Ushbu
maqolada
Andronova
madaniyatining vujudga kelishi hamda Farg‘ona
vodiysida tutgan o‘rni haqida so‘z yuritiladi.
Andronova madaniyatinig ishlab chiqarish bilan
bog‘liq hayotiga doir ma’lumotlar ham keltiriladi.
Maqola asosan arxeoetnologik usul orqali
yoritilgan.
Yevroosiyo, Andronova, Chernikov,
kvadrat, qabriston, chorvachilik,
kulolchilik, yodgorliklar.
KIRISH
Miloddan avvalgi II ming yillikda O‘rta Osiyoning shimolida joylashgan Yevroosiyo
dashtlarida ikkita tarixiy-madaniy jamoalar, g‘arbda Yog‘ochband (srubnoy), sharqda esa
Andronova madaniyati sohiblari yashaganlar. Quyi Volgadan sharqqa tomon cho‘zilgan
dashtlarda yashagan bronza davri qabilalari ilmiy adabiyotlarda Andronova madaniyati
sohiblari deb yuritilib, bu madaniyatga oid yodgorlikni birinchi bor 1914-yilda Ya.A.Tugarinov
Achinsk stansiyasi yaqinidagi Andronova qishlog‘ida olib borilgan qazishmalar natijasida
topgan va 1920
-
1923-yillarda S.A.Teplouxov uni “Andronova madaniyati” nomi bilan fanga
kiritgan [12; 391].
Andronova madaniyati chorvadorlar madaniyati hisoblanib, juda katta hududga
yoyilgan madaniyat sanaladi. Farg‘ona vodiysida ushbu madaniyat vakillari o‘zlarining
chorvachilik, dehqonchilik va ishlab chiqarish bilan bog‘liq hayot tarzlarini davom ettirdilar.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Andoronva madaniyati sohiblarining qaysi tilli xalqlar bo‘lganligi to‘g‘rsida turli fikrlar
mavjud. Jumladan, A.A.Asqarov “Andronova madaniyatining bir qism aholisi turk tilli
bo‘lganligi” xususidagi g‘oya bilan chiqdi [3; 352].
Bu fikrni olim Abdulaxat Xo‘jayev ham o‘zining bir nechta asarlarida keltirib o‘tadi.
Qozog‘istonlik arxeolog K.M.Baybakov ham Andronova madaniyati aholisining bir
qismi turk tilli bo‘lgan, degan fikrni olg‘a surmoqda. Bu g‘oyalarning asosi Qadimgi Xitoy
yilnomalarida keltirilgan yozma manbalar hisoblanadi. Ma’lumki, ushbu yilnomalarda
Xitoyning shimolida miloddan avvalgi III-I ming yilliklarida “di” – “ti” – “tiyek” – “tiyeuk” –
“turk” xalqlari yashaganligi asos qilib olingan [1; 680].
Ushbu ma’lumotdan ko‘rinadiki Andronova madaniyati aholisining qay tilda
so‘zlashganligi Xitoy tarixchilarining diqqat markazidan o‘rin olgan. Bu doimiy aloqalar
mavjudligidan dalolat beradi.
68
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 1-SON (YOʻITJ)
So‘nggi yillarda yaratilgan ko‘plab adabiyotlarda Andronova madaniyati aholisini
oriylar bilan bog‘lash ham kuchaydi. Bu g‘oya muallifi K.F.Smirnov bo‘lib, uni Ye.Ye.Kuzmina
qo‘llagan edi. S.S.Chernikov esa Andronova madaniyatining juda keng hududda tarqalganligini
inobatga olib, har xil tilli xalqqa oidligi to‘g‘risida yozgan. Yaqinda M.H.Isomiddinov ham
S.S.Chernikovning haqligini ta’kidlab, Andronova madaniyati aholisining hammasi eron tilli
bo‘lmaganligi xususida yozdi [11]. Andronova madaniyati sohiblari chorva boqish,
dehqonchilik qilishga qulay joylarga, ya’ni daryo sohillaridagi keng o‘tloq yerlarga
o‘rnashardilar.
S.G.Klyashtorniyning tadqiqotlariga ko‘ra, Andronova madaniyati sohiblari uncha katta
bo‘lmagan daryolar bo‘ylaridagi manzilgohlarda yashaganlar. Olimning fikricha, bunday
manzilgohlarda, dastlab, 10-20 tagacha yarim yerto‘lalar mavjud bo‘lgan bo‘lsa, keyingi
davrlarda maydoni 200-300 metr kvadrat bo‘lgan turar joylar mavjud bo‘lgan. Har bir turar
joyda 30-50 kishidan iborat oila jamoalari istiqomat qilgan [8; 250].
Andronova madaniyati aholisi dastlab yerto‘lalarda so‘ngra aholi soni ortib borgandan keyin
doimiy turar joylarda istiqomat qilishganligini ko‘rishimiz mumkin.
B.Eshov ko‘chmanchi madaniyat sohiblari bo‘lgan andronovoliklarda ham davlatchilikning
ko‘chmanchilarga xos qandaydir shakllari mavjud bo‘lganligi haqidagi taxminni ilgari suradi.
Buni ularning manzilgohlaridan dehqonchilik bilan bog‘liq bo‘lgan mehnat qurollari (omoch,
bronza o‘roq, tosh yanchg‘ich va boshqalar) topilganligi bilan izohlaydi [5; 822]. Maqolani
shakllantirishda xolislik, qiyosiy tahlil va boshqa metodlardan samarali foydalanildi.
NATIJA VA MUHOKAMA
Andronova madaniyati yodgorliklari g‘arbiy Qozog‘istondan to Baykalning janubi-g‘arbiga
cho‘zilgan cho‘l va dasht hududlarda uchraydi. Ular keng tarqalgan hududlar Volgadan to
Mongoliyagacha, Ural tog‘i janubidan to O‘rta Osiyogacha cho‘zilgan cho‘l mintaqalari edi.
Yevroosiyo mintaqalariga xos bo‘lgan bu madaniyat quyi Amudaryo bo‘ylarida ham tarqalgan.
Bu hududga kelib o‘rnashgan xalq qoldirgan moddiy madaniyat arxeologiya fanida
“Tozabog‘yob” madaniyati deb yuritiladi.
Qadimgi Xorazmning Tozabog‘yob madaniyati chorvador qabilalari qisman, qadimgi
suv havzalarining pastqam va zaxkash qismlarida ibtidoiy dehqonchilik bilan ham
shug‘ullanganliklarini ko‘rsatadi. Mazkur madaniyatga xos bo‘lgan yarim yerto‘la turar joylar,
qo‘lda yasalgan va turli geometrik naqshlar bilan bezatilgan sopol idishlar Qozog‘iston va
Sibirning cho‘l zonalaridagi sopol buyumlarga o‘xshaydi. Shularga asoslanib, S.P.Tolstov
tozabog‘yobliklarni Andronova qabilalarining avlodlari deb hisoblagan. Arxeologik
manbalarda bu davrlarga oid yodgorliklardan ikki hudud aholisi o‘rtasida keskin
to‘qnashuvlar sodir bo‘lganligiga guvohlik beruvchi ma’lumotlar uchramagan [2; 358].
Bu fikr to‘g‘risida ko‘plab munozaralar davom etib kelmoqda va o‘z yechimini topgani
yo‘q. Bu haqida boshqa maqolalarda ham so‘z yuritganmiz.
Cho‘l va dasht hududlarida yashagan qabilalarga xos yodgorliklar Farg‘ona vodiysida
ham bir qadar keng o‘rganilgan. Bular jumlasiga, Vodil va Qaramko‘l qishloqlaridan topilgan
qadimgi qabristonlarni, Xo‘jand viloyatidagi Qayroqqum makonlari va Dahana qabristonlarini
kiritish mumkin [13; 37, 38].
Vodil yodgorligi mozor-qo‘rg‘on shaklidagi makon sanaladi. U yerdan 273 dan ortiq
qabrlar topilgan. Qaramko‘l esa vodiyning janubidagi adirliklarida joylashgan yodgorlik
hisoblanadi.
Sirdaryo bo‘ylarida, Farg‘ona vodiysining g‘arbiy qismida A.P.Okladnikov va
B.A.Litvinskiylar tomonidan bronza va ilk temir davriga taalluqli Qayroqqum madaniyati
topildi. Olimlar tomonidan XX asrning 50-yillari o‘rtalarida taqir ustida joylashgan 60 dan
ortiq makonlar o‘rganildi [4; 254]. Bu makonlarda minglab sopol bo‘laklari, bronza va toshdan
ishlangan
mehnat
qurollari,
hayvon
suyaklari,
kullarning
qoldiqlari
topildi.
69
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 1-SON (YOʻITJ)
Qayroqqumliklarning asosiy mashg‘ulotlari chorvachilik bo‘lsa-da, qabilalar xo‘jaligida
dehqonchilik ham muhim ahamiyat kasb etgan.
Turar joy qoldiqlari, tosh o‘choqlar, jez va misdan yasalgan ro‘zg‘or buyumlari va
jangovar qurollar, sopol idishlar, bolta, pichoq, tesha, o‘q-yoylar, paykonlar, qarmoqlarning
ko‘plab topilishi aholining dehqonchilik, chorvachilik va ovchilik bilan shug‘ullanganliklaridan
dalolat beradi [17; 417]. Shu bilan birga, aholining Farg‘onadagi Chust madaniyati va
janubdagi dehqonchilik madaniyatlari bilan mustahkam aloqada bo‘lganligi kuzatiladi.
Chorvachilikda hayvonlarning tarkibi turlicha bo‘lib, poda, asosan, andronovaliklarga o‘xshab
yirik va mayda shoxli hayvonlardan iborat bo‘lgan. Chorvada ot muhim o‘rin egallab,
transport vazifasini bajargan [10; 90, 92]. Bu madaniyatda chorvachilik nasosiy o‘rinda turadi.
Aholining tirikchilik manbayi ham chorvachilik mahsulotlari bo‘lgan.
Kulolchilikda sopol idishlar qo‘lda (lepnaya) yasalib, dag‘al ishlov berilgan. Sopol idishlar
Tozabog‘yob sopollariga o‘xshasa-da, Qayroqqum sopollari ichida quloqli, ba’zan esa tarnov
jo‘mrakli xillari ham uchraydi. Sopol topilmalarining o‘ndan bir qismi chizma, taroq iz bilan
naqshlangan. Idish gullari o‘z xarakteri bilan geometrik kompozitsiyalardan iborat.
Qayroqqum madaniyatida metallurgiya hunarmandchiligining yuksak darajada bo‘lganligini
arxeologik topilmalar tasdiqlaydi. Ko‘pgina makonlar ustida olib borilgan qazishmalar paytida
oybolta va cho‘kich yasaydigan tosh shakllari, ma’dan parchalari, shlaklar va ko‘pgina bronza
predmetlari topilgan.
B. A.Litvinskiyning yozishicha, 15 ta punktda metall eritish o‘choqlari va shlaklar uyumi
topilgan. Ayniqsa, madaniy qatlami buzilib ketgan makonlarda, taqir yuzasida ikki tig‘li
yaproqsimon pichoqlar, xanjar, iskana, qarmoq, igna, bigiz, ikki parrakli bronza paykonlari
ko‘plab uchraydi.[7; 417]. Bu buyumlar madaniyatning ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan
jarayonlaridan guvohlik beradi. Mutaxassislar fikricha, Qayroqqum manzilgohlaridan
topilgan kulolchilik idishlari, bronza buyumlari O‘rta Osiyoning ushbu davrga oid Andronova,
Tozabog‘yob madaniyatlari topilmalariga juda o‘xshab ketadi. Ana shu o‘xshashliklarga
asoslangan mutaxassislar ularni Qozog‘iston-Sibir topilmalari bilan solishtirib, Qayroqqum
yodgorliklari guruhini miloddan avvalgi II ming yillikning ikkinchi yarmi – I ming yillikning
birinchi va ikkinchi choragi bilan davrlashtirdilar [9; 400].
Andronova madaniyatining yodgorliklari asosan Farg‘ona vodiysining janubiy
adirliklarida joylashgan. Bu yodgorliklar arxeolog olimlar tomonidan bir necha bor tadqiq
etilganligini asarlar orqali ko‘rishimiz mumkin.
XULOSA
Farg‘ona vodiysi cho‘l va dasht qabilalari madaniy xo‘jalik faoliyatida chorvachilik
dehqonchilikka nisbatan yuksak rivojlangan. Ammo, ular qadimgi Xorazm Tozabog‘yob
qabilalari singari dehqonchilikda sezilarli xo‘jalik taraqqiyotiga ko‘tarila bilmagan. Bronza
davri cho‘l va dasht hududlari qabilalarining madaniyatini S.P.Tolstov va M.A.Itina
Xorazmning Tozabog‘yob madaniyati deb atasa, Farg‘ona vodiysi yodgorliklarini
B.A.Litvinskiy “Qayroqqum madaniyati” deb ataydi. A.A.Asqarov esa cho‘l va dasht hududi
bronza davri yodgorliklarini Andronova madaniyatining Tozabog‘yob varianti, Ye.Ye.Kuzmina
Andronova madaniyatining O‘rta Osiyo qabilalarining madaniy merosi qanday nom bilan
aytilishidan qat’i nazar, materiallarining bir-biriga aynan o‘xshashligi, xronologik bir davrga
tegishli ekanligi masalasida ko‘pchilik olimlar bir xil fikrda qolmoqdalar.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. Асқаров А. Ўзбек халқининг келиб чиқиш тарихи. – Т.: O`zbekiston, 2015.
– 680 б.
70
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 1-SON (YOʻITJ)
2. Асқаров А. Ўзбекистон тарихи (Энг қадимги даврлардан эрамизнинг V асригача). – Т.,
1994. Б. 358.
3. Асқаров А.А. Ўзбек халқининг этногенези ва этник тарихи. – Т.: Университет, 2007.
Б.352.
4. Асқаров А. Жўрақулов. Энеолит ва бронза даврида Ўрта Осиё. –Самарқанд, 1984. Б.
254.
5. Эшов Б.Ж. Кўчманчи давлатчилик ҳақида айрим мулоҳазалар. ЎЗМУ хабарлари.
Махсус сон. – Т.: Университет, 2013. Б. 822.
6. Литвинский Б.А. Кайрак-кумская культура Северного Таджикистана. В.кн.: История
таджикского народа. Т.1., - Душанбе, 1998. С. 151.
Литвинский Б.А., Окладников А.П., Ранов В.А. Древности Кайрак-Кумов. – Душанбе. 1962.
С. 250-258.
7. Литвинский Б.А., Окладников А.П., Ранов В.А. Древности Кайрак-кумов. – Душанбе,
1962. 262 с.
8. Кляшторный С.Г. Савинов Д.Г. Степные империи Азии, Снб 1994. С. 250.
9. Заднепровский Ю.А. Древнеземледельческая культура Ферганы. – М. – Л. 1962. С. 400.
10. Алохунов А. Фарғона водийсининг Қайроққум маданияти ёдгорликлари. ФарДУ
Илмий Хабарлар, 5/2017. Б. 90-92.
11. Шайдуллаев Ш.Б. Ўзбекистон ҳудудида давлатчиликнинг пайдо бўлиши ва
ривожланиш босқичлари (Бақтрия мисолида). Тарих фанлари доктори илмий
даражасини олиш учун ёзилган диссертация. –Самарқанд, 2009.Ўзбекистон миллий
энциклопедияси.
12. “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти. 1-
жилд. А-Бешбалиқ. – Т., 2000. Б. 391.
13. Alokhunov A. Thoughts In Regard To Location Of Pastoralists Monuments In Fergana
Valley. European Journal of Business & Social Sciences. (EJBSS), Vol-07, Issue-10 July 2019. P.
37-48.