Авторы

  • Laylo Qayumova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yoitj.63851

Аннотация

   Shukur Xolmirzayev XX asr o‘zbek  adabiyotining taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan taniqli yozuvchidir. U o‘zining yuksak badiiy mahorat bilan yaratgan asarlari bilan o‘zbek xalqining qalbidan joy oldi. Sh. Xolmirzayev A. Qahhor, J London, E. Xeminguey, S. Tompson kabi jahonning mashhur yozuvchilari qatorida bir qancha nodir asarlarni yaratdi. Ushbu maqolada Shukur Xolmirzayevning ijodida  badiiy tasvir va badiiy mahoratni birlashtirgan holda  insoniyatning eng murakkab, nozik va kengaygan his-tuyg‘ularini ifodalashga muvaffaq bo‘lganligi tadqiq etilgan.


background image

157

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 1-SON (YOʻITJ)

SHUKUR XOLMIRZAYEV “DINOZAVR” ROMANIDA BADIIY

TASVIR VA MAHORAT

Qayumova Laylo Isokjon qizi

Termiz Davlat Pedagogika Instituti O‘zbek tili

va adabiyoti yo‘nalishi 1 kurs magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14750360

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi:23-yanvar 2025 yil

Ma’qullandi: 25-yanvar 2025 yil

Nashr qilindi: 27-yanvar 2025 yil

Shukur Xolmirzayev XX asr o‘zbek adabiyotining

taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan taniqli

yozuvchidir. U o‘zining yuksak badiiy mahorat

bilan yaratgan asarlari bilan o‘zbek xalqining

qalbidan joy oldi. Sh. Xolmirzayev A. Qahhor, J

London, E. Xeminguey, S. Tompson kabi jahonning

mashhur yozuvchilari qatorida bir qancha nodir

asarlarni yaratdi. Ushbu maqolada Shukur

Xolmirzayevning ijodida badiiy tasvir va badiiy

mahoratni birlashtirgan holda insoniyatning eng

murakkab, nozik va kengaygan his-tuyg‘ularini

ifodalashga muvaffaq bo‘lganligi tadqiq etilgan.

hukur Xolmirzayev, Surxon koloriti,

Dinozavr, obraz, inson ruhiyati,

badiiy mahorat.

O‘zbekiston xalq yozuvchisi, Hamza nomidagi Respublika davlat mukofoti sovrindori,

“Mehnat shuhrati” ordeni sohibi Shukur Xolmirzayev o‘zining rang – barang ijodi bilan o‘zbek

adabiyotining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan zabardast adibdir. XX asr o‘zbek nasrini

Shukur Xolmirzayev ijodisiz tasavvur qilish qiyin.

Yozuvchi ijodida badiiy mahoratning yuksakligini uning asarlarida ko‘rishimiz mumkin.

Adibni boshqa yozuvchilardan ajratib turuvchi bir qirrasini, yani o’z asarlariga “Surxon

koloritini – o‘zi tug‘ulib o‘sgan Boysun tog‘larining manzaralarini, surxondaryoliklar hayotini,

udumlarini, betakror so‘zlash tarzini - dialektini olib kirganligi bilan ajralib turadi”. Bu

xususiyat ko‘pincha yozuvchining hikoyalarida uchraydi. Ammo yozuvchi ijodida badiiy

tasvirlarning sezilarli darajada xilma-xiligini uning romanlarida ham ko‘rishimiz mumkin.

Adabiyotda badiiy tasvir tushunchasi muhim jihatlardan biri bo‘lib, u mohiyatni, hissiyotlarni

va voqelikni tashkillashtiruvchi qobiliyatdir. Shukur Xolmirzayev asarlarida badiiy tasvir

ko‘plab qatlamlarga ega. U o‘z romanlarida aks ettirgan qahramonlar, ijtimoiy voqealar, o‘sha

davr muhiti orqali o‘quvchini o‘z dunyosiga, asar ichiga tortadi. Misol uchun adibning

“Dinozavr” romanida asar qahramonlarining xarakterini, o‘sha davr muhitini, tabiat tasvirini

o‘zgacha tasvirlaydi. Yozuvchi qahramonlarni shunday tasvirlaydiki, kitobxon ularni yaqinda

tanigandek his qiladi. Shukur Xolmirzayevning ijodida boshqalarda uchramaydigan yana bir

qirrasi bu asarlarida hamisha tabiatni, hayvonlarni, o‘simliklarni sevuchi qahramonning

shakillanishidir. Ushbu “Dinozavr” romanidagi bosh qahramon Mahkam obrazi fikrimizning

yaqqol misolidir. Shukur Xolmirzayevni o‘qitish va fikrlashga undaydigan mahorat egasi deb

ayta olamiz. Adibning badiiy mahorati nafaqat badiiy tasvirda, balki qahramonlarning ichki

holatini ochib berishda ham namoyon bo’ladi.Yozuvchi qahramonlarning fikrlari, his-

tuyg‘ulari va xatti-harakatlarini chuqur o‘rganadi. Chunki qahramonlarning shaxsiy fikrlari,

orzu-istaklari, o‘y-hayollari kitobxoni qiziqtiradi va o‘ziga jalb qiladi. Shukur Xolmirzayev o‘z


background image

158

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 1-SON (YOʻITJ)

ijodida real hayot muammolarini yoritadi. Asarlardagi qahramonlar hayotidagi shaxsiy

muammolar, oilaviy muhit, qahramonlar hayoli va aqli o‘rtasidagi kurashlar hamisha

kitobxonni o‘ziga tortib turadi. Aynan “Dinozavr” romanida ham bu jarayonlarni yaqqol

ko‘rishimiz mumkin. Asar bosh qahramoni Mahkam jamiyatdagi turli o‘zgarishlarga

qaramasdan o‘zligini saqlab qola olgan shaxs sifatida gavdalangan. Uning birgina oilasi bilan

bo‘lgan suhbatlarida ayoli Shahlo bilan munosabatlari yaxshi emasligini, bu holat ancha

Mahkamning g‘ashiga tegishini, shunga qaramasdan farzandi Sobit uchun,hamda bu holat

vaqtlar o‘tib,yana avvalgi holatga qaytishiga ishonardi. Bu kabi tasvirlar kitobxon o‘quvchini

hayot muammolarni anglashga va hayotning asl ma’nosini o‘rganishga undaydi.

Shukur Xomirzayev o‘z asarlarida kichik bir detallar va ularning turli xil ko‘rinishlari orqali

voqealar rivojini ko‘rsatadi. Har bir qahramonni, har bir sahnani ehtiyotkorlik bilan

rejalashtiradi. Unda ma’no va tasvir bir-birini to‘ldirdi. Qahramonlarni, ular atrofidagi muhitni,

tabiatni, o‘sha davr voqealarini, o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan urf-odatlarni juda chiroyli

tasvirlaganligi asarlarni yanada jonli qiladi. Mahkamning shaxsiy fazilatlari e’tiborimizni

tortadi. Uning o’zbeklarga xos bo’lgan mardligi, oilaparvarligi, qo‘rqmasligi, tabiatni,

hayvonotni sevuchanligi, mehribonligi kabi xislatlari kitobxonni o‘ziga bog‘lab qo’yadi. Adib

tabiat tasvirini berakan, u bilan birgalikda Mahkamni shahar odami bo‘lsada undan halicha

qishloq isi ketmagan inson sifatida tasvirlaydi. Inson va tabiat tasvirlarini bir joyga

birlashtirish orqali adib bir nechta hikmatlarni aytmoqchidek tuyuladi.

-

tabiat insonga zavq, kuch quvvat berishini;

-

tabiatni kuzatib, insonda yashashga bo‘lgan shijoat, atrofga bo‘lgan qiziqish ortishini ;

-

insoniyat tabiatsiz, hayvonlar olamisiz, o‘t-o‘lanlarsiz xuddi toshdek qotib qolishini

uqtiradi.

Ko‘rinadiki, yozuvchi yaratgan qahramonlar tabiatga bevosita bog‘lanib qolgan insonlardir.

Shukur Xolmirzayev asarlaridagi tabiat o‘zgacha bir dunyo bo‘lsa, ulardagi qahramonlar

o‘zgacha dunyo insonlari edi. Ular hamisha ezgulikni xohlaydilar. Uning asarlarini o‘qiganda

adibning naqadar sodda, samimiy ekanligini anglaymiz. Balki asarlarini buqadar kitobxonlar

qalbidan tez joy olishining sababi ham shu bo‘lsa kerak.

Ummuman olganda, Shukur Xolmirzayevning badiiy tasviri va mahorati o‘zbek adabiyotida

alohida o‘ringa ega. U o‘z asarlari orqali inson ruhini, hayolot kurashlarini, va tabiat bilan

bo‘lgan ichki bog‘liqligini kuchli tarzda ko‘rsatadi. Shu bilan birgalikda uning asarlari nafaqat

o‘quvchilarni o‘ziga tortadi, balki ularni fikrlashga, his qilishga undaydi. Shukur Xolmirzayev

badiiy mahoratini mukammal tarzda birlashtirgan asarlari orqali o‘zbek adabiyotida o‘z o‘rni

va ahamiyatiga ega adiblar biri hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Xolmirzayev Sh. “Dinozavr”. – Toshkent: Ziyo nashr, 2023

2. Quronov D. “Adabiyot nazariyasi asoslari”. – Toshkent: Navoiy unversiteti, 2018

3. www.ziyonet.uz

Библиографические ссылки

Xolmirzayev Sh. “Dinozavr”. – Toshkent: Ziyo nashr, 2023

Quronov D. “Adabiyot nazariyasi asoslari”. – Toshkent: Navoiy unversiteti, 2018

www.ziyonet.uz