134
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 1-SON (YOʻITJ)
PUBLITSISTIK JANRLAR TILI VA USLUBI
Sveta Shamuratova
Qoraqalpoq Davlat Universiteti Noshirlik ishi va muharrirlik
mutaxassisligi 1-bosqich magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.14737854
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi:13-yanvar 2025 yil
Ma’qullandi: 15-yanvar 2025 yil
Nashr qilindi: 25-yanvar 2025 yil
Ushbu ilmiy tadqiqotimizda badiiy publitsistik
janrlar
to‘g‘risida
qisqacha
ma’lumotlarga
to‘xtalib o‘tdik. Jumladan badiiy publitsistik janrlar
sirasiga kiruvchi janrlarga keng urg‘u berilgan.
Badiiy publitsistik janrlar orasida matbuotda eng
ko‘p qo‘llaniladigan mikro janrlar qaysi ekanligi
dalillar orqali isbotlab berildi.
Lavha, ocherk, hurriyat gazetasi,
ma’rifat gazetasi, pamflet, felyeton,
esse.
Bilamizki tildan eng samarali foydalanadigan janr bu badiiy-publitsistik janr hisoblanadi. Bu
janrlar sirasiga, lavha, ocherk, esse, pamflet, felyeton kiradi. Bugungi kun matbuotimizda
ko‘proq lavha va ocherklarga tez-tez duch kelamiz. Shulardan lavha haqida to‘xtalsak.
Lavha - O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston ko‘lamida ham juda kam tadqiq qilingan janrlardan
biri hisoblanadi. Lavha matnlari alohida rukn va sarlavha talab qiladi. Lavha badiiy
publitsistik janrligi uchun, uning sarlavhasida badiiylik uchraydi. Sarlavha sifatida qo‘shma
gap, so‘z birikmalari va gaplar uslubiy ma’noga ega, e’tibor tortadigan so‘zlardan foydalanish
tavsiya etiladi. Matbuotdagi lavhalarda sarlavha sifatida sodda gaplar, aniqlovchi qurilmalar,
obrazli birikmalar, maqol va iboralar va ular asosida yasalgan til birliklari ko‘p qo‘llaniladi.
Lavhalar o‘ziga xos uslubiy xususiyati matndagi so‘z va til birliklarining uyg‘un tarzda matn
mazmunini ochishida ko‘rinadi. Lavhalarning ta’sirchanligini ta’minlashda maqol, ibora va
badiiy ifodalovchi vositalarning ahamiyati katta, shu jihatdan lavhalar tili uslubi badiiy asarlar
tili va uslubiga yaqin.
Ocherk voqeani fakt asosida adabiy til birligidan o‘rinli foydalanib, ta’sirli ifodalovchi janr.
Ocherklarning tili obrazli, o‘tkir, badiiy va u lug‘aviy birliklardan juda keng foydalanadi.
Metafora, maqol ocherk qahramonini ta’sirchan tarzda ochib berishga asqotadi. Ocherk so‘zi
rus tilidagi ochertit so‘zidan olingan bo‘lib, belgilab qo‘yuvchi, belgilab o‘tuvchi ma’nolarini
bildiradi. Ba’zi sifatlarda ocherk ruknlarni o‘sha janrning turi haqida ma’lumot beradi. Misol
uchun, ilmiy ocherk, sud ocherki kabilar. Ocherkning sarlavhasi lavha, maqola janrlaridagi
singari obrazli, ixcham, aniq, so‘z birikmalaridan tanlanadi. Quyidagi ocherk Zuhra Begim
tarafidan yozilgan, Hurriyat gazetasi
16.03.2024 sonida bosilgan. Ocherk sarlavhasi «El
duosiga musharraf bo‘lganlar» Kasbim taqozosi bilan bugungi kunda shahrimizning yanada
obodonlashishi, hayotimiz farovonligi yo‘lida o‘zining fidokorona mehnatlari bilan el olqishiga
sazovor bo‘layotgan zamondoshlarimiz haqida yozish niyatida nomi el og‘ziga tushgan,
Samarqand shahrining gullab-yashnashiga o‘zining munosib hissasini qo‘shayotgan Tal’at
Abdullaev bilan suhbatlashdimu, Tal’at ota «Shaharning Kaftarxona bekatiga kelib, biror
kishidan mening uyimni so‘rasangiz, sizga ko‘rsatishadi», dedi. Dastlab hayron bo‘ldim.
1
“Hurriyat” gazetasi
135
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 1-SON (YOʻITJ)
Shahar katta bo‘lsa, manzilni topish oson bo‘lmasa kerak, degan o‘ylar bilan Kaftarxona
bekatiga yetib keldim. O‘sha yerda savdo qilayotgan non sotuvchi yigitdan sekingina otaning
uyini so‘radim.
Ushbu ocherkda, birinchi jumlada «el og‘ziga tushgan» iborasi qo‘llanilgan. Va shu qatorda,
nuroniy chehra, anvoyi ne’mat kabi so‘z birikmalari uchraydi.
Keyingi qatorlarda «boshini biriktirish» iborasi qo‘llanilgan. Filologiya fanlari nomzodi,
dotsent Yulduz Ortiqovaning «Zamonaviy telejurnalistikada etika muammolarining
dolzarbligi» maqolasida, bugungi kundagi teleko‘rsatuvlar haqida birmuncha achinarli
holatlar real keltiriladi. Lid sifatida quyidagi so‘zlar keltirilgan. «Turli xil qarashlarga ega
bo‘lgan kommunikatsiya subyektlarining studiyada bahslashuvini shakllantirilishda dastur
muallifining o‘rni muhim» lid mazmunan to‘g‘ri tanlangan, ammo grammatik xatoga yo‘l
qo‘yilgan. Ya’ni «shakllantirilishda» so‘zi ham birgalik nisbatida, ham mavhum nisbatda
keltirilyapti, vaholanki so‘zda ega ham, kesim ham mavjud. Demak bu so‘zni quyidagicha
yozish kerak edi. «Turli xil qarashlarga ega bo‘lgan kommunikatsiya subyektlarining studyada
bahslashuvini shakllantirishda dastur muallifining o‘rni muhim».
Maqolada telejurnalistning sitatasi ham keltiriladi: «Ma’naviyat erkinlikni cheklaydi,
jumladan so‘z erkinligini ham. Bu ta’kid ayniqsa, auditoriyani tahqirlaydigan so‘zga taalluqli.
Shaxsni xo‘rlash, insonning qadr-qimmatini kamsitish, uning shaxsiy hayotini omma oldida
muhokama qiladigan so‘zdan foydalanish mumkin emas. Hech qaysi tarbiyali inson bunday
so‘z va harakatlarni o‘ziga munosib ko‘rmaydi. Ushbu maqolada ko‘rsatuvdagi shaxslarning
shevada gapirgan gapi, shundayligicha kiritilgan: « Munoq qiluvrasan, qulog‘ing
eshitmayaptimi? Sluxi yo‘q artistmisan? Nima qip chiqding sahnaga bo‘masam? Sansirayman,
menga boy bo‘y ne imeyet znachenya. Molxonadan chiqmagan molsan! Erkak bo‘lsang tur
manbetta» Ushbu sheva so‘zlar kiritilishi matnga alohida ruh bergan, ya’ni etika qoidasiga
rioya qilmagan ko‘rsatuvni shafqatsizlarcha ochib tashlagan desak bo‘ladi. Sitata sifatida
Platforma.uz muharririning maqolasidan parcha keltiriladi. «Erkinlik, maynavozchilik qilaver
degani emas. Xususiy telekanal degani yaratib berilgan erkinlikni suiiste’mol qilib, efirni katta
xolasining uyiga aylantirib, og‘ziga kelganini gapirsa bo‘ladigan joy degani emas.» Bu parcha
78 so‘zdan iborat, ya’ni juda ko‘p qismini keltirgan, sitata odatda 10, 12 so‘zdan iborat bo‘lishi
kerak.
Ma’rifat gazetasining
28.02.24 sonida «Pisa natijalari atrofidagi o‘ylar» nomli maqola chop
etilgan. Bunda quyidagicha til uslublaridan sitatalar qo‘llanilgan.
a) Kimning fikr yuritishga qurbi yetmasa, u ahmoqdir. Kimki fikr yuritishni istamasa, u
so‘qirdir. Kimki fikr yuritishga urinmasa, u quldir. Endryu Karnegi.
b)Haqni gapirishdan to‘xtamang! Chunki og‘zingizga yugan urishayotgan paytda orqangizga
egar tashlayotgan bo‘lishadi. Molik ibn Nabiy rahimahulloh.
Quyidagicha maqol keltiriladi.
«Do‘sting kimligini aytsang, sening kimliging ma’lum bo‘ladi».
Bu sitata va maqol maqolani yanada to‘liqroq ochib berishga hissa qo‘shgan.
Shu sondagi yana bir maqola, Feruza Sobirovaning «O‘zbek tili-mening tilim» sarlavhali
maqolasida, quyidagicha maqol keltirilgan: « Oshpaz ko‘p bo‘lsa, sho‘rva ham tagiga oladi».
Behbudiyning quyidagicha sitatasi keltirilgan. «Har bir millatning dunyoda borligini
ko‘rsatadurg‘on oyinayi hayoti til va adabiyotdir. Milliy tilni yo‘qotmak millat ruhini
yo‘qotmakdur».
Ushbu sondagi Elyor Haydarning «Janri yo‘q kitob» maqolasida til uslublaridan to‘laqonli
foydalangan. Ya’ni, iboralar, so‘z birikmalari, sitatalar, maqollar kabi vositalardan unumli
foydalangan.
a) Tishga tegmaydigan.
b)Shirali jumla.
2
“Ma’rifat” gazetasi 2023-2024-yil sonlari asosida
136
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 1-SON (YOʻITJ)
c)So‘zi o‘lmagan.
d)Buloq ko‘zi ochilishi.
e)Piyozning po‘stidek kitob.
f)Mag‘zi to‘q kitob.
Ma’rifat gazetasining 21.02.24. Sonida jurnalist Olim Toshboyevning «Quvkallaning Sobir
bolasi» maqolasi chop etilgan. Undagi lug‘aviy birliklar, so‘z birikmalari, badiiy unsurlar
maqola ko‘rkiga yanada zeb berib turibdi. Quyida maqolada keltirilgan badiiy ifodalar
keltirilgan.
a)Juqmoxo‘r.
b)Qo‘shrabotning mo‘lasi.
c)Lalmi joy
d)Sabrni sinovchi sariq saraton
e)Dashtning qip-qizil to‘shi.
f)Mixday asar.
g)Romanga tagpaxsa tashlaganman.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, media tilida eng ko‘p imkoniyatlarni badiiy publitsistik
janrlar o‘z ichiga oladi. Tadqiqot daomida yana shu narsa ma’lum bo‘ldiki, media tili orqali
adabiy til lug‘ati boyib boradi. Ko‘pgina chet el so‘zlari va kasbga oid terminlar eng avvalo OAV
larda yoritilib, xalq orasida keng targ‘ib qilinadi, pirovardida adabiy til kengayadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Ixtisoslashgan jurnalistika. IX-jild Toshkent. «O‘zbekiston» НМИУ, 2019.
2. Bosma ommaviy axborot vositalarida janrlar va mahurat masalalari. V-jild Toshkent
«O‘zbekiston» 2019.
3. Hozirgi zamon jurnalistikasi. Toshkent «Aloqachi» 2008.
4. Tarawliq Gazeta materiallarinin tili ham stillik o‘zgeshelikleri. No‘kis «Ilimpaz» 2022.
5. Ma’rifat gazetasi 28.02.24
6. Hurriyat gazetasi 16.03.24
7. Orif Tolib telegram kanali.