89
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 2-SON (YOʻITJ)
RAQAMLI IQTISODIYOTDA TIJORAT BANKLARINING
FOND BOZORIDAGI FAOLIYATINING AMALDAGI HOLATI
TAHLILI
Bo‘riyev Jamshid Parda o‘g‘li
Markaziy bank Qashqadaryo viloyat bosh boshqarmasi Kredit
tashkilotlarda moliyaviy monitoringni muvofiqlashtirish va valyuta
nazorati bo‘limi boshlig‘i, Qarshi shahar, orcid.org/0009-0009-7645-
4934
Nasirov Ramazon To'xtayevich
Markaziy bank Qashqadaryo viloyat bosh boshqarmasi shuba mudiri
orcid.org/0009-0002-3652-7501
https://doi.org/10.5281/zenodo.14874161
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi:11-yanvar 2025 yil
Ma’qullandi: 12-yanvar 2025 yil
Nashr qilindi: 15-yanvar 2025 yil
Ushbu maqolada tijorat banklarining fond
bozoridagi faoliyatining amaldagi holati tahlil qilinadi.
Banklarning fond bozoriga integratsiyalashuvi va ular
tomonidan bajarilayotgan funksiyalar iqtisodiyotda
muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bozorning likvidligi va
barqarorligiga ta’sir ko‘rsatadi. Maqolada banklar
tomonidan
amalga
oshirilayotgan
investitsiya
strategiyalari, fond bozorida kapital jalb qilish usullari,
shuningdek, ular duch keladigan moliyaviy risklar va
ularni boshqarish mexanizmlari batafsil o‘rganiladi.
Shuningdek, banklarning fond bozoridagi faoliyatining
samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar keltiriladi.
KEY WORDS
Tijorat
banklari,
fond
bozori, investitsiya strategiyalari,
kapital jalb qilish, moliyaviy
risklar, risklarni boshqarish, bank
faoliyati, moliyaviy barqarorlik.
Kirish.
Hozirgi kunda raqamli iqtisodiyotning jadal rivojlanishi moliya sektorida chuqur
o‘zgarishlarga olib kelmoqda. Xususan, tijorat banklari faoliyati ham raqamli texnologiyalar
ta’sirida yangi bosqichga chiqib, fond bozori bilan o‘zaro aloqalarini kengaytirmoqda. Dunyo
miqyosida fond bozori tijorat banklari uchun muhim moliyalashtirish manbai bo‘lib, ularning
investitsion salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda.
O‘zbekistonda ham so‘nggi yillarda fond bozorini rivojlantirish va tijorat banklarining ushbu
bozorga integratsiyasini kuchaytirish bo‘yicha muayyan islohotlar amalga oshirilmoqda. Biroq,
mamlakatning fond bozori hali yetarli darajada rivojlanmaganligi, bank sektorining ushbu
bozor bilan integratsiya jarayonlari sust kechayotganligi kuzatilmoqda. Shu sababli, tijorat
banklarining fond bozoridagi ishtirokini tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash va
ularning rivojlanish istiqbollarini o‘rganish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri
hisoblanadi.
Mazkur tadqiqotda O‘zbekiston tijorat banklarining fond bozoridagi amaldagi holati o‘rganilib,
ularning raqamli iqtisodiyot sharoitida ushbu bozor bilan integratsiyalashuv jarayonlari tahlil
qilinadi. Shuningdek, xalqaro tajribalar asosida tijorat banklarining fond bozoridagi faolligini
oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Adabiyotlar tahlili.
Tijorat banklarining fond bozoridagi ishtirokini o‘rganish bo‘yicha
mahalliy va xorijiy olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlar moliya bozorlari, bank
tizimi va raqamli iqtisodiyot o‘zaro bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi. Quyida ushbu mavzu bo‘yicha
xorijiy va mahalliy olimlarning tadqiqotlari tahlil qilinadi.
90
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 2-SON (YOʻITJ)
Xorijiy olimlardan Banklarning fond bozoridagi roli va kapital bozorlari bilan integratsiyasini
o’rgangan bir qancha olimlar bor shulardan Mishkin F.S. (2007) o‘zining "The Economics of
Money, Banking, and Financial Markets" nomli ishida tijorat banklarining fond bozoridagi
ishtirokini muhim omil sifatida ko‘rsatadi. Unga ko‘ra, rivojlangan mamlakatlarda banklar
aksiyalar va obligatsiyalar chiqarish orqali investorlarni jalb qilishga harakat qiladi, bu esa
moliyaviy barqarorlikni oshirishga yordam beradi.[1]
Levine R. (2005) "Finance and Growth: Theory and Evidence" ishida bank sektorining fond
bozori bilan uzviy bog‘liqligini o‘rganib, fond bozorining rivojlanganligi banklarning
investitsion faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlaydi.[2]
Demirgüç-Kunt A. & Maksimovic V.lar (1998) tadqiqotlarida bank tizimi va fond bozorining
o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilinib, yaxshi rivojlangan fond bozorlariga ega mamlakatlarda banklar
uzoq muddatli moliyalashtirish imkoniyatiga ega ekanligi qayd etiladi.[3]
Raqamli iqtisodiyot sharoitida bank va fond bozori integratsiyasi bo’yicha esa Schindler J.W.
(2017) o‘zining “Fintech and Financial Market Infrastructure” ishida banklarning fond
bozoriga integratsiyasi sun’iy intellekt, blokcheyn texnologiyalari va raqamli platformalar
orqali tezlashayotganini ko‘rsatadi.[4]
Philippon T. (2019) "The FinTech Revolution" nomli ishida fintech kompaniyalar va
banklarning fond bozorida o‘zaro raqobati banklar uchun raqamli texnologiyalarga
asoslangan yangi moliyaviy vositalarni joriy qilish zaruriyatini yuzaga keltirayotganini
ta’kidlaydi.[5]
Carney M. (2018) raqamli iqtisodiyotda banklarning transformatsiyasi haqida gapirib, fond
bozori orqali banklar tomonidan obligatsiya va boshqa qimmatli qog‘ozlarni chiqarish
bo‘yicha zamonaviy yondashuvlarni tahlil qiladi.[6]
Ushbu tadqiqot ishi doirasida mahalliy olimlarimiz ham ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishgan
bo’lib, O‘zbekiston bank sektorining fond bozori bilan integratsiyasini Xodjayeva D. (2020)
o‘zining "O‘zbekiston bank tizimining transformatsiyasi va fond bozoridagi ishtiroki" nomli
maqolasida mamlakatdagi fond bozori rivojlanishining bank sektori uchun ahamiyatini tahlil
qilib, O‘zbekiston banklari uchun fond bozorining rivojlanishida institutsional islohotlar
zarurligini ta’kidlaydi.[7]
Tursunov U. (2021) "O‘zbekistonning fond bozorida tijorat banklarining roli" nomli
maqolasida banklarning IPO va obligatsiyalar chiqarish jarayonlarini rivojlantirish zarurligini
ilgari suradi.[8]
Yunusov B. (2019) o‘zining "O‘zbekistonning fond bozori: rivojlanish tendensiyalari" nomli
ishida fond bozorining o‘sishi banklarning uzoq muddatli resurslarga ega bo‘lishiga xizmat
qilishini ta’kidlab, tijorat banklari kapital bozorida faol ishtirok etishi uchun qulay investitsion
muhit yaratish lozimligini qayd etadi.[9]
Tadqiqot metodlari
. Mazkur tadqiqotda raqamli iqtisodiyot sharoitida tijorat banklarining
fond bozoridagi faoliyatini tahlil qilish uchun quyidagi ilmiy metodlar qo‘llanildi:
Nazariy-tahliliy metod yordamida tijorat banklarining fond bozori bilan integratsiyasi,
raqamli iqtisodiyot sharoitida moliyaviy institutlarning transformatsiyasi bo‘yicha xorijiy va
mahalliy adabiyotlar tahlil qilindi. Xususan, bank va fond bozori o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik,
kapital bozorining rivojlanishi va bank tizimiga ta’siri kabi jihatlar ilmiy manbalar asosida
o‘rganildi.
Statistik tahlil metodi yordamida O‘zbekiston va xorijiy davlatlarda tijorat banklarining fond
bozoridagi ishtiroki bo‘yicha statistik ma’lumotlar o‘rganildi. Xususan:
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari;
Jahon banki, Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi (IMF), Bank for International Settlements
(BIS) va boshqa xalqaro moliyaviy institutlarning hisobotlari tahlil qilindi.
Statistik ma’lumotlar asosida tijorat banklarining fond bozoridagi ulushi, IPO va obligatsiyalar
chiqarish hajmi, aksiyadorlik kapitalining tuzilishi kabi ko‘rsatkichlar tahlil qilindi.
91
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 2-SON (YOʻITJ)
Komparativ tahlil metodi asosida Tijorat banklarining fond bozori bilan aloqalari bo‘yicha
xalqaro tajribalar o‘rganildi. Jumladan:
AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya kabi rivojlangan mamlakatlar tajribasi;
Rossiya, Qozog‘iston, Turkiya kabi iqtisodiyoti rivojlanayotgan davlatlar amaliyoti;
O‘zbekistonning fond bozorini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar
qiyosiy tahlil qilindi.
Bu metod orqali O‘zbekistonning fond bozorini rivojlantirishda qaysi xalqaro tajribalar
samarali bo‘lishi mumkinligi baholandi.
Ekspert so‘rovlari va intervyu metodi yordamida O‘zbekiston tijorat banklari, moliya
bozorining tartibga soluvchi organlari va investorlar bilan intervyular va ekspert so‘rovlari
o‘tkazildi. So‘rov natijalariga ko‘ra:
Banklar uchun fond bozorida ishtirok etishdagi asosiy muammolar;
Tijorat banklarining fond bozoridagi faolligini oshirish imkoniyatlari;
Raqamli texnologiyalarning ushbu jarayonga ta’siri kabi jihatlar o‘rganildi.
SWOT-tahlil metodi orqali Tijorat banklarining fond bozoridagi ishtirokiga ta’sir qiluvchi
omillar SWOT-tahlil orqali baholandi:
S (Strengths - Kuchli tomonlar): Tijorat banklarining mavjud moliyaviy salohiyati va
uzoq muddatli moliyalashtirish imkoniyatlari;
W (Weaknesses - Zaif tomonlar): Fond bozorining rivojlanmaganligi va tartibga solish
tizimidagi kamchiliklar;
O (Opportunities - Imkoniyatlar): Raqamli texnologiyalar va xalqaro investitsiyalarni
jalb qilish imkoniyatlari;
T (Threats - Xatarlar): Moliyaviy tavakkalchiliklar va global iqtisodiy beqarorlik ta’siri.
Tadqiqotda yuqoridagi metodlardan foydalanish orqali O‘zbekistonda tijorat banklarining
fond bozoridagi faolligini oshirish yo‘llari o‘rganildi. Empirik ma’lumotlar va xalqaro tajribalar
asosida fond bozorida banklarning ishtirokini kengaytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.
Natija va muhokama.
Tijorat banklarining fond bozoridagi faoliyatini tahlil qilish orqali
ularning fond bozoridagi faolligi yildan-yilga ortib borayotganligini ko‘rishimiz mumkin.
Xususan, «O‘zsanoatqurilishbank» ATB tomonidan 1998-2019 yillar davomida amalga
oshirilgan aksiyalar emissiyasini 1-jadvalda keltirilgan.
1-jadval
«O‘zsanoatqurilishbank» ATB aksiyalar emissiyasi tahlili
Chiqarilish raqami,
joylashtirish tartibi
Ro‘yxatga
olingan
sana
Aksiya soni, ming dona
Nominal
bahosi
Emissiya
hajmi, mln.
so‘m
Oddiy
Imtiyozli
1, ochiq
25.06.1998
1120
280
1500
2100
2, ochiq
19.03.1999
1280
320
1500
2400
3, ochiq
20.07.2000
1000
-
1500
1500
4, ochiq
11.01.2001
1800
200
1500
3000
5, ochiq
13.11.2002
400
400
1500
1200
6, ochiq
31.10.2005
800
-
1500
1200
7, ochiq
21.04.2006
4400
-
1500
6600
8, ochiq
01.03.2007
-
300
1500
450
9, ochiq
24.08.2007
4500
500
2000
10000
10, ochiq
28.12.2007
30000
-
2000
60000
11, yopiq
06.10.2008
32700
-
2000
65400
12, yopiq
17.05.2010
48000
2000
2360
118000
13, yopiq
20.08.2010
48000
2000
2475
123750
14, ochiq
28.11.2011
9800
-
2475
24255
92
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 2-SON (YOʻITJ)
15, yopiq
28.06.2012
57800
2000
2785
166543
16, yopiq va ochiq
02.08.2012
54578,1
-
2785
152000
17, yopiq
2014
112378,1
2000
2 917
333641
18, yopiq
02.09.2014
112378,1
2000
3252
371958
19, ochiq va yopiq
30.09.2014
100000
-
3252
325200
20, yopiq
31.12.2015
204365,135
2000
3382
697927
21, ochiq
05.03.2016
65000
-
3382
219830
22, yopiq
18.07.2017
36376994,03
356000
19
697927
23, yopiq
02.08.2017
1430555,945
14000
19
27447
24, yopiq
05.09.2017 33144578,947
-
19
629747
25, yopiq
22.12.2017
8158000
-
19
155002
26, yopiq
30.10.2018 15789473,684
-
19
300 000
27, yopiq
25.12.2018 23684210,527
-
19
450000
28, yopiq
18.10.2019 133 000 000
-
19
2 527 000
«O‘zsanoatqurilishbank» ATB tomonidan 1998 yildan buyon o‘tgan davr mobaynida 28 marta
aksiyalar emissiya qilgan. Bevosita aksiyalar emissiyasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, birinchi va
ikkinchi emissiyalarda bank 20 foizlik doirada imtiyozli aksiyalar joylashtirish imkoniyatidan
maksimal foydalangan. Bunda birinchi emissiyaga qadar bank ustav kapitali 1 mlrd. so‘mga
teng bo‘lgan va aksiyalariga 2578 ta yuridik hamda 8014 ta jismoniy shaxslar egalik qilishgan
bo‘lib, hech bir shaxsning ulushi 5 foizdan oshmagan. Birinchi emissiyada 2,1 mlrd. so‘m
aksiyalar muomalaga chiqarilgan bo‘lib, bunda taqsimlanmagan foydani dividendga
yo‘naltirish maqsadida 1000 so‘mlik aksiya nominali 1500 so‘mga oshirilgan va qo‘shimcha
ravishda yana 600 mln. so‘mlik aksiya muomalaga chiqarilgan. Bunda yana bir alohida
xususiyati bir aksiyador ulushi 35 foizdan oshishi mumkin emasligi belgilab qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 6 oktabrdagi
PQ-944-son «O‘zbekiston aksiyadorlik tijorat sanoat-qurilish bankining kapitallashtirish
darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan o‘n birinchi
aksiyalar
emissiyasi
2008
yil
13
avgustda
amalga
oshirilgan.
Qarorda
«O‘zsanoatqurilishbank»ning aksiyadorlari tomonidan umumiy qiymati 65,4 mlrd. so‘m
miqdoridagi qo‘shimcha aksiyalarni emissiya qilish hamda bankning ustav kapitalini 100 mlrd.
so‘mga yetkazish belgilangan. Qaror ijrosi ta’minlanishi natijasida bank ustav kapitali 100
mlrd. so‘mga yetkazildi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 35 foiz ulushga,
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi esa 26 foizlik ulushga egalik
qila boshladi. Natijada emissiyaga qadar 17,4 foiz ulushga egalik qilgan «British Glass Group»
MCHJ QK, 14,5 foiz aksiyaga egalik qilgan «Absolute Investments Trust» MCHJ ulushi mos
ravishda 6,0 foiz va 5 foizga qadar pasaydi.
Taqsimlanmagan foydani reinvestitsiyaga yo‘naltirish hisobiga bank aksiyasi nominali 12-
emissiyada 2360 so‘mga, 13-emissiyada 2475 so‘m, 15-emissiyada 2785 so‘mga, 17-
emissiyada 2917 so‘mga,18-emissiyada 3252 so‘mga, 20-emissiyada 3382 so‘mga oshirilgan.
2017 yil 18 iyuldagi bank aksiyalarining 22-emissiyasi natijasida 3382 so‘mlik aksiya
nominalini 19 so‘mga pasaytirish amalga oshirilgan, mazkur emissiya bo‘yicha ustav
kapitalida o‘zgarish bo‘lmagan.
Mazkur emissiyalar va davlat nomidan «O‘zsanoatqurilishbank» ATBga ulush kiritish
amaliyotlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8 fevraldagi PQ-2764-sonli,
2017 yil 16 iyundagi PQ-3066-sonli, 2018 yil 13 noyabrdagi PQ-4015-sonli, 2019 yil 9
oktabrdagi PQ-4487-sonli qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 10
sentabrdagi tegishli Farmoyishiga asosan amalga oshirilganligini ham shu o‘rinda ta’kidlab
o‘tishimiz lozim. Bugungi kunda bank ustav kapitalida O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va
taraqqiyot jamg‘armasi ulushi 82,09 foiz, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ulushi 13,4
foizni tashkil etib, ikkala yirik aksiyadorning davlat nomidan umumiy ulushi 95,49 foizni
93
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 2-SON (YOʻITJ)
tashkil etmoqda. Vaholanki, 1998 yilda hech bir yirik aksiyadorning ulushi 5 foizdan
oshmagan.
Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya faoliyati nuqtai nazaridan
O‘zsanoatqurilishbank ATB ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Valyuta birjasining 11,13
foiz, Toshkent respublika fond birjasining 6,25 foiz, «Qurilishmashlizing» RILK AJ, «ELSIS-
SAVDO» AJ, «UzMED-lizing» AJ va «Chilonzor buyum savdo kompleksi» AJlar 5 foizdan ortiq
aksiyalariga egalik qiladi.
Tijorat banklari o‘z faoliyatida moliyaviy resurs jalb qilish maqsadida korporativ
obligatsiyalar muomalaga chiqarishlari va joylashtirish amaliyotlaridan keng foydalanadi.
Tijorat banklarining aksiyalar bozorida investor sifatida ishtirok etishiga nisbatan ma’lum bir
cheklovlar mavjud bir sharoitda obligatsiyalar bozorida investor sifatida faoliyat yuritishiga
nisbatan hech qanday cheklov mavjud emas. Shu bois obligatsiyalar portfeliga nisbatan
diversifikatsiyalash amaliyotiga jiddiy e’tibor qaratish maqsadga muvofiq. Keltirilayotgan
jihatlar asosida tijorat banklarining obligatsiyalar bozoridagi faoliyatini 2-jadvalda keltirilgan.
2-jadval
«O‘zsanoatqurilishbank» tomonidan muomalaga chiqarilgan korporativ obligatsiyalar
tahlili
Chiqarilish
raqami
Ro‘yxatga olish
sanasi
Obligatsiyalar
soni, dona
Nominal
qiymati, so‘m
Umumiy hajmi,
ming so‘m
2
09.03.2010
60 000
100 000
6 000 000
3
29.12.2010
170 600
100 000
17 060 000
4
10.08.2012
100 000
100 000
10 000 000
6
19.11.2019
50 000
1 000 000
50 000 000
7
19.11.2019
50 000
1 000 000
50 000 000
8
19.11.2019
50 000
1 000 000
50 000 000
Respublikada korporativ obligatsiyalar bozorida eng yuqori ulushga O‘zsanoatqurilishbank
egalik qiladi. Umumiy holda «O‘zsanoatqurilishbank» ATB korporativ obligatsiyalar bozorida
muntazam faoliyat yuritishini
3-jadval ma’lumotlaridan ham ko‘rishimiz mumkin.
Obligatsiya nominal bahosi 1 mln. so‘m belgilanganligi bizningcha biroz munozarali. Bunday
amaliyot boshqa tijorat banklariga ham tegishli. Chunki har qanday qimmatli qog‘oz bir
donasi bahosi qanchalik yuqori bo‘lsa, unga qiziqish bildiruvchi investorlar doirasi shunchalik
tor bo‘ladi. Aksincha holatda esa kichik investorlarning ham qiziqishi yuqoriligi kuzatiladi.
Ayniqsa korporativ obligatsiyalar bo‘yicha daromad aniq bo‘lib turgan holatda jozibadorlik
yanada oshadi.
3-jadval
«O‘zsanoatqurilishbank» ATB tomonidan muomalaga chiqarilgan korporativ
obligatsiyalar tahlili
Muddatlari
Yillik ustama
foiz miqdori
Emissiya hajmi
(mln. so‘m)
Foiz to‘lash
tartibi
10 yillik (16.03.2020 gacha)
*QMS
6 000
Har yarim yilda
10 yillik (23.11.2020 gacha)
QMS
17060
Har chorakda
10 yillik (03.05.2022 gacha)
QMS – 1
10 000
Har chorakda
3 yillik (02.12.2022 gacha)
QMS + 2
50 000
Har chorakda
5 yillik (29.11.2024 gacha)
QMS + 3
50 000
Har chorakda
7 yillik (27.11.2026 gacha)
QMS + 4
50 000
Har chorakda
*
QMS – qayta moliyalash stavkasi
«O‘zsanoatqurilishbank» ATB tomonidan muomalaga chiqarilgan korporativ obligatsiyalar
foiz stavkasi qayta moliyalash stavkasida belgilanishi jozibadorlikka xizmat qilgan. Bunda
2019 yilda muomalaga chiqarilgan obligatsiyalar muddatidan kelib chiqqan holda foizlarning
94
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 2-SON (YOʻITJ)
yuqori belgilangan. Inflyatsiya darajasidan kelib chiqqan holda qayta moliyalash stavkasidagi
o‘zgarishlar istiqbolda foiz to‘lovlaridagi o‘zgarishlarga ham sabab bo‘lishini shu o‘rinda
alohida qayd etib o‘tishimiz lozim.
«O‘zsanoatqurilishbank» ATB bugungi kunda xalqaro fond birjalarida yevroobligatsiya
joylashtirgan ilk korporativ emitent hisoblanadi. 2019 yil
26 noyabrda bank 300 mln. dollarlik korporativ yevroobligatsiyalarini London fond birjasida
yillik 5,75 foizlik foiz stavkada joylashtirishga erishdi. Aynan 5 yillik suveren
yevroobligatsiyalar 4,75 foizdan muomalada bo‘lib turgan bir vaqtda korporativ obligatsiyalar
foiz stavkasi risk uchun mukofot asosida 5,75 foizga joylashtirilishi nisbatan muvaffaqiyatli
hisoblanadi. Mazkur yevroobligatsiya bo‘yicha foiz to‘lovlari har 6 oyda amalga oshiriladi.
Buni 1-rasmda ko‘rish mumkin.
1-rasm. «O‘zsanoatqurilishbank» ATBning oddiy va imtiyozli aksiyalar bo‘yicha
dividendlari dinamikasi, foizda
Oddiy aksiyalar bo‘yicha dividend pastligi sabablarini aniqlash uchun bankning foydasi
taqsimlanish amaliyotiga va unda birinchi navbatda oddiy va imtiyozli aksiyalar bo‘yicha
dividendlarga yo‘naltirilgan foyda 2-rasmda tahlil qilingan.
2-rasm. «O‘zsanoatqurilishbank» aksiyalari kesimida dividendlarga yo‘naltirilgan sof
foyda ulushi, foizda
2-rasm ma’lumotlariga ko‘ra 2012 yil yakunlari bo‘yicha taqsimlanishi lozim bo‘lgan
foydaning 47 foizi dividendlarga yo‘naltirilgan bo‘lsa, 2013-yil yakunlari bo‘yicha bu
ko‘rsatkich 2,48 foizga teng bo‘lgan. Qolgan davrlar bo‘yicha esa 30-34 foiz atrofidagi foyda
dividend sifatida aksiyadorlarga to‘lab berilgan. Tahlil qilinayotgan davrda oddiy aksiyalar
bo‘yicha dividend depozit va omonat foizlaridan ham keskin past. Bunday sharoitda
«O‘zsanoatqurilishbank» ATB aksiyalariga qiziqish keskin past bo‘lishi tabiiy va mavjud
minoritar aksiyadorlar ham o‘z aksiyalaridan tezroq qutilishga intiladi. Daromadlilikning
ta’minlanmaganligi sharotida zarar birinchi navbatda minoritar investor zimmasiga tushishi,
manfaatdorligi ta’minlanmasligini ham shu o‘rinda qayd etib o‘tishimiz lozim. 2019 yil yakuni
bshyicha 50,1 foiz sof foyda dividendga yo‘naltirilgan. 2020 yil yakuni bo‘yicha esa bu miqdor
95
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 2-SON (YOʻITJ)
nolga teng. Bu jihat qo‘shicha emissiya qilinadigan aksiyalarni ochiq joylashtirishga to‘sqinlik
qiladigan omilga aylanadi. Foydaning katta qismini dividendlarga yo‘naltirish emitent
aksiyalari uchun reklama vazifasini o‘tab beradi hamda aksiya kursining oshishiga hamda
keyingi har qanday qimmatli qog‘ozlar emissiyalari muvaffaqiyati uchun xizmat qiladi. Shu
boisdan istiqbolda har bir emitent mazkur jihatga e’tibor qaratishi lozim.
Xulosa.
Xulosa qilib aytganda, ma’lumotlarni tahlil qilish jarayonida, tijorat banklarning fond
bozoridagi faoliyatining amaldagi holati bo‘yicha quyidagilarga amin bo‘ldikki,
«O‘zsanoatqurilishbank» ATB tomonidan oddiy aksiyalar uchun beriladigan dividend foiz
stavkalari nisbatan ancha past foiz qilib belgilanganligini bu esa o‘z navbatida ularni bozorda
joylashtirishda bir qator muammolarga duch kelishi mumkinligini ko‘rdik. Aksincha, imtiyozli
aksiyalar bo‘yicha taklif etiladigan divident foiz stavkalari anchagina yuqori va ularni
joylashtirishda muammo tug‘dirmasli ko‘rib chiqildi.
Bundan tashqari, nominal bahoning pastligi hisobiga aksiyalar sonining yuqori bo‘lishi
banklar qatori har qanday aksiyadorlik jamiyatlarida aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tashkil
etish, sanoq komissiyasi faoliyatida murakkablik kasb etadi. Bir so‘mlik aksiya bo‘yicha
to‘langan dividend miqdori haqida xorijiy investorga ma’lumot berishni tasavvur qilish
holatning murakkabligini o‘zida yaqqol namoyon qiladi. Ushbu jihatlar tijorat banklarining
aksiyalari nominal qiymatini belgilashda inobatga olinmaganligini ko‘rishimiz mumkin.
Tijorat banklari o‘z faoliyatlari davomida moliyaviy resurs jalb qilish maqsadida korporativ
obligatsiyalarni muomalaga chiqarish va joylashtirish amaliyotlari orqali fond bozorida
ishtirok etadi. Shuningdek, mamlakatimizda tijorat banklarining aksiyalar bozorida investor
sifatida ishtirok etishiga nisbatan ma’lum bir cheklovlar mavjud bir sharoitda obligatsiyalar
bozorida investor sifatida faoliyat yuritishiga nisbatan hech qanday cheklov mavjud emas.
Bunda faqat obligatsiyalar portfeliga nisbatan diversifikatsiyalash amaliyotiga jiddiy e’tibor
qaratish maqsadga muvofiq.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
1.
Mishkin, F. S. (2007).
The Economics of Money, Banking, and Financial Markets
. Pearson
Education.
2.
Levine, R. (2005).
Finance and Growth: Theory and Evidence
. In Handbook of Economic
Growth, Vol. 1A, Elsevier.
3.
Demirgüç-Kunt, A., & Maksimovic, V. (1998).
Law, Finance, and Firm Growth
. Journal of
Finance, 53(6), 2107–2137.
4.
Schindler, J. W. (2017).
Fintech and Financial Market Infrastructure: Evolution or
Revolution?
BIS Working Papers.
5.
Philippon, T. (2019).
The FinTech Revolution
. Annual Review of Financial Economics,
11, 153–175.
6.
Carney, M. (2018).
The Future of Money: New Technologies and Global Finance
. Bank of
England Reports.
7.
Xodjayeva, D. (2020).
O‘zbekiston bank tizimining transformatsiyasi va fond bozoridagi
ishtiroki
. Tashkent: Iqtisodiyot va moliya.
8.
Tursunov, U. (2021).
O‘zbekistonning fond bozorida tijorat banklarining roli
.
O‘zbekiston Milliy Universiteti Ilmiy Jurnali, 4(2), 45–58.
9.
Yunusov, B. (2019).
O‘zbekistonning fond bozori: rivojlanish tendensiyalari va
istiqbollari
. Tashkent: Iqtisodiyot Instituti Nashriyoti.
10.
Karimov, A. (2022).
Raqamli iqtisodiyotda tijorat banklarining fond bozoridagi faoliyati
.
Toshkent: Moliya va Bank Islohotlari Markazi.
11.
Saidov, N. (2023).
Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligi va raqamli texnologiyalar
.
Innovatsion Iqtisodiyot Jurnali, 5(3), 89–102.