Авторы

  • Musaxan Muxitov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yoitj.65560

Аннотация

 

Harbiy xizmatchilarning jangovar tayyorgarligi asosida eng muhim ustuvorliklardan biri –shaxsiy tarkibning professionalligini oshirish vazifasi qo‘yildi. Muddatli harbiy xizmatchilar jangovar o‘quv mobaynida professionalga aylanadilar, bu o‘quvning ta’sirchanligi esa nafaqat harbiy xizmatchiga, uning o‘z professional mahoratini oshirib borishga bo‘lgan munosabatiga, balki uning komandiri-ofitser va serjantga, ularning uslubiy mahorati, professionalligi va bilimdonligiga bog‘liqdir.


background image

34

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 2-SON, (YOʻITJ)

“JANGOVAR MASHG‘ULOTLARGA TAYYORGARLIK

KO‘RISH VA O‘TKAZISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI “

Muxitov Musaxan Olimjanovich

Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik muhandislik bilim yurti qurollanish va

otish kafedrasi oʻqituvchisi podpolkovnik

https://doi.org/10.5281/zenodo.14845277

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 3- fevral 2025 yil

Ma’qullandi: 5- fevral 2025 yil

Nashr qilindi:10-fevral 2025 yil

Harbiy

xizmatchilarning

jangovar

tayyorgarligi asosida eng muhim ustuvorliklardan

biri –shaxsiy tarkibning professionalligini oshirish

vazifasi qo‘yildi. Muddatli harbiy xizmatchilar

jangovar

o‘quv

mobaynida

professionalga

aylanadilar, bu o‘quvning ta’sirchanligi esa nafaqat

harbiy xizmatchiga, uning o‘z professional

mahoratini oshirib borishga bo‘lgan munosabatiga,

balki uning komandiri-ofitser va serjantga,

ularning uslubiy mahorati, professionalligi va

bilimdonligiga bog‘liqdir.

Harbiy pedagogikada jangovar tayyorgarlik va uning mazmun mohiyatiga qo‘yilgan

talablar.

Qurolli Kuchlarni shakllantirish jarayonida eng dolzarb masalalardan biri-bu salohiyatli

kadrlarni tayyorlash va ularni amaliy faoliyatga tayyorlashdan iborat. Mazkur muammoni hal

etish maqsadida harbiy ta’lim sohasi tubdan isloh qilina boshlandi. Bir qator oliy harbiy ta’lim

muassasalari faoliyati yo‘lga qo‘yilib, ularda harbiy xizmatga salohiyati yetarli, “shu aziz

Vatan meniki, uni ko‘z qorachig‘indek asrab-avaylayman, kerak bo‘lsa, hatto jonimni fido

qilishga ham tayyorman, degan ahdi qat’iy, shijoatli, mard va jasur harbiy kadrlar

tayyorlashga kirishildi.

Islohot yillari mobaynida Qurollli Kuchlar hayotida o‘ta dolzarb sanalgan ushbu vazifalarning

bosqichma-bosqich amalga oshirilishi natijasida strategik, tashkiliy va taktik jihatdan bir

qator tahsinga loyiq ishlar amalga oshirildi.

Strategik jihatdan

.

Zamonaviy talablar, yuz berishi mumkin bo‘lgan harbiy haraktlar

teatrining o‘ziga xos xususiyatlari, hududimizning jug‘rofiy joylashuvidan kelib chiqqan holda,

mamlakatimiz xavfsizligini ta’minlash va uning hududiy yaxlitligini ishonchli himoya qilish

maqsadida eng muhim operatsion yo‘nalishlarda asosiy harbiy-ma’muriy birliklar sifatida

harbiy okruglar tashkil etildi. Harbiy operatsiyalar amalga oshiriladigan eng muhim

yo‘nalishlarda mamlakatimizni ehtimol tutilgan dushmanning bosqinchilik haraktlaridan

ishonchli muhofaza qilishga qodir bo‘lgan harakatchan, yaxshi ta’minlangan bo‘linmalar

to‘zildi. Qurolli Kuchlarning tashkiliy-shtat to‘zilishi prinsiplari jihatdan o‘zgartirildi, tezkor-

strategik boshqaruv, operativ tayyorgarlik va qo‘shinlarni jangovar qo‘llashning haqiqiy

markaziga aylangan Birlashgan shtab boshchiligida qo‘shin turlarini samarali boshqarish

tizimi yaratildi.

Tashkiliy jihatdan.

Qo‘shinlarni boshqarishning prinsipial jihatdan yangi, yagona tizimi joriy

etildi. Boshlang‘ich jangovar bo‘linmalarning tashkiliy-shtat to‘zilishi, holati va tavsiflari


background image

35

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 2-SON, (YOʻITJ)

hamda ularning vazifalari qayta ko‘rib chiqildi. Biz katta va kam samarali bo‘linmalar hamda

jangovar boshqaruv organlaridan voz kechdik. Bu esa qism va bo‘linmalarning

harakatchanligi va jangovar qobiliyatini oshirish imkonini berdi.

Mamlakatimiz xavfsizligiga xalqaro terrorizim va diniy ekstremizim tomonidan real xatarlar

mavjudligini nazarda tutgan holda va mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni

beqarorlashtirishga, konstitutsiyaviy to‘zumni bo‘zishga yo‘naltirilgan qo‘poruvchilik-

terrorchilik aktlarini o‘z vaqtida bartaraf etish borasidagi chora-tadbirlar samaradorligini

oshirish maqsadida maxsus operatsiyalarni amalga oshiradigan, terrorchilikka qarshi

kurashadigan bo‘linmalar tashkil etildi.

Taktik jihatdan

.

Qurolli Kuchlar, barcha tur va xildagi qo‘shinlar tayyorgarligi asosida

harakatchanlik, tezkorlik va jangovar operatsiyalarni o‘tkazishda yuqori samaradorlikka

erishish vazifalari qo‘yildi. Qo‘shinlarning barcha turlari va xillari hamda kuch

to‘zilmalarining o‘zaro hamkorlikdagi tayyorgarligi va jangovar qo‘llanilishini ta’minlash

vazifalari hal etildi. Zamonaviy talablar va standartlarni hisobga olgan holda o‘quv dasturlari,

ta’lim jarayonining yo‘nalishlari qayta ko‘rib chiqildi. Xavfsizligimizga nisbatan mavjud

bo‘lgan tahdid va xatarlarni tahlil qilish, ularning rivojlanish yo‘nalishlari va ehtimoliy

oqibatlarini aniqlash bo‘yicha tizimli ishlar joriy etildi. Qurolli Kuchlarimiz tezkor, loqal

jangovar operatsiyalarni o‘tkazish, iqtisodiyotga, mamlakatning hayotiy muhim ob’ektlariga,

fuqarolarning hayoti va salomatligiga zarar yetkazishga yo‘naltirilgan qurolli kurashning turli

shakl va usullaridan foydalanishi mumkin bo‘lgan noqonuniy uyushmalar va qo‘poruvchi-

terrorchi guruhlarga qarshi samalarli kurash olib borishga doimo shay bo‘lishiga eng muhim

vazifalar sifatida qaraldi.

O‘tgan davr ichida armiyada mavjud qurol-aslahani takomillashtirish, uni yuqori malakali

kadrlar bilan ta’minlash, professional armiyani vujudga keltirish yo‘lida samarali ishlar

amalga oshirildi. Bundan asosiy maqsad armiyaning jangovar tayyorgarligi uchun sharoit

yaratishdir.

Bugungi kunda dunyodagi, shu jumladan, mintaqamizdagi harbiy-siyosiy vaziyat, turli

joylarda terrorchi va ekstremistik guruhlarning paydo bo‘lishi mamlakat mudofaa qudratini

yanada mustahkamlash, armiyada doimiy oshirish, shaxsiy tarkibning harbiy saboq va san’ati,

texnikani puxta o‘rganishini, ma’naviy-ruhiy jihatdan har tomonlama tayyorlangan bo‘lishini

talab etmoqda.

Tarixdan ma’lumki, sohibqiron Amir Temur o‘z sipohlarining doimiy jangovar shayligiga

alohida ahamiyat bergan. U tanlab olgan sarkardalar o‘zlarining harbiy mahoratlarini nafaqat

urush kezlarida, balki tinch mehnat chog‘ida ham namoyish etishini talab qilgan.

Qo‘mondonlar tarkibining harbiy ishdan talab darajasida mahorat va malakaga ega bo‘lgan

shaxslardan shakllanishiga alohida e’tibor qaratgan. Doimiy harbiy tayyorgarlik va harbiy

san’atni rivojlantirishi tufayli jahon harbiy san’ati tarixida birinchi bo‘lib qo‘shinni jang

maydonida yetti qo‘lga bo‘lib joylashtirish tartibini joriy etdi. Qo‘shin qanoatlarini jang

chog‘ida dushman hujumidan muhofaza qilish va aksincha, dushman kuchlarining yon

tomonidan aylanib o‘tib, unga ortidan zarba berish maqsadida maxsus otliq qismlar joriy etdi.

Tog‘li hududlarda jang harakatlarini olib boruvchi piyodalardan to‘zilgan maxsus harbiy

qismlar tashkil etdi. Bularning hammasi o‘z o‘rnida g‘alaba manbai bo‘lib xizmat qildi.

Jangovar tayyorgarlikning mazmuni va umumiy yo‘nalishi davlatning harbiy (mudofaa)

doktrinasi, ehtimol tutilgan urushning ehtimoliy xususiyati, jangovar nizomlar, qo‘llanmalar,

o‘quv kurslari, tegishli buyruqlar, rejalar va dasturlarda qo‘yilgan talablar bilan belgilanadi.

Jangovar tayyorgarlikda ko‘zlangan asosiy maqsad- qo‘shinlarning jangovar qobiliyati va

jangovar shayligini oshirish, harbiy xizmatchilarning jangovar harakatlarini muvaffaqiyatli

olib borishlari uchun zarur bo‘ladigan ko‘nikmalarinini shakllantirishdir.

Jangovar tayyorgarlik o‘z ichiga oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibining yakka

tartibdagi tayyorgarligi, bo‘linma va harbiy qismlarning hamjihat tayyorgarligi, ofitserlar va


background image

36

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 2-SON, (YOʻITJ)

komandirlik lavozimidagi, shtab, xizmat turi va boshqaruv organida faoliyat yuritayotgan

ofitserlar tayyorgarligini mujassam etadi.

Jangovar tayyorgarlik armiya hayotining barcha jabhalarini qamrab olgan. Ular bir-biri bilan

o‘zaro uzviy bog‘liqdir. Jangovarlikni ta’minlashga jangovar va ma’naviy-ma’rifiy

tayyorgarlikning barcha yo‘nalishlari, xizmatni tashkil etish, ichki gornizon va qorovul xizmati,

jangovar navbatchilik yo‘naltirilgan.

Chunonchi, jangovar tayyorgarlikning asosiy elementlaridan biri sergaklikdir. Sergaklik

doimo dushman tajovuzini qaytarishda bosh rolni o‘ynagan. Mana shundan kelib chiqqan

holda har bir yosh askar Qurolli Kuchlar safiga kirayotganida avvalo “doimo sergak jangchi

bo‘lishga” tantanali ravishda qasamyod qiladi.

Sergak bo‘lish-

bu komandirlar tomonidan

berilayotgan harbiy bilimlarni puxta egallash, harbiy texnika va qurol-aslaxani mukammal

egallashga kuch va g‘ayratni ayamaslik, har qanday sharoitda harbiy mahoratini oshirishga

intilish, o‘z ustida ishlash, davlat va harbiy sirlarni saqlay bilish, qism va bo‘linmalarda

amalga oshirilayotgan harbiy tayyorgarlik va umuman harbiy hayot bilan bo‘lgan

ma’lumotlarni bo‘linma qismdan tashqarida olib chiqmaslik, harbiy texnika va qurol aslaxani

ko‘z qorachig‘idek asrash, davlat mulkini talon-taroj qilishga yo‘l qo‘ymaslikdir.

Har bir harbiy xizmatchi xizmat vazifasini bajarishga kirishar ekan, sergaklik Vatani va

xalqining tinchligi, osoyishtaligi, garovi ekanligini unutmasligi lozim. Komandir va boshliqlar

bu yo‘nalishda shaxsiy tarkib bilan muntazam ravishda ish olib bormoqdalar, harbiy

Qasamyod, Nizomlar va xalqimiz talablarini o‘z qo‘li ostidagilarga doimiy ravishda

tushuntirib kelmoqdalar.

Jangovar tayyorgarlikning mazmuni va umumiy yo‘nalishi davlatning harbiy

(mudofaa) doktrinasi, ehtimol tutilgan urushning ehtimoliy xususiyati.

Harbiy xizmatchilarning jangovar tayyorgarligi asosida eng muhim ustuvorliklardan biri –

shaxsiy tarkibning professionalligini oshirish vazifasi qo‘yildi. Muddatli harbiy xizmatchilar

jangovar o‘quv mobaynida professionalga aylanadilar, bu o‘quvning ta’sirchanligi esa nafaqat

harbiy xizmatchiga, uning o‘z professional mahoratini oshirib borishga bo‘lgan munosabatiga,

balki uning komandiri-ofitser va serjantga, ularning uslubiy mahorati, professionalligi va

bilimdonligiga bog‘liqdir.

Professionallikning ahamiyati juda katta. Shu sababli ham respublikamiz rahbariyati, Mudofaa

vazirligi professional harbiy xizmatchilarni tayyorlashga jiddiy e’tibor qaratmoqda va ana shu

maqsadda qo‘shinlarni barcha zaruriy vositalar-zamonaviy o‘quv-moddiy baza, eng yangi

trenajyorlar, texnik vositalar, kompyuter va axborot texnologiyalari bilan ta’minlanmoqda,

o‘quv-tarbiya jarayoniga harbiy fan va harbiy ish amaliyotining zamonaviy yutuqlari,

modellashtirish va simulyatsiya uslublarini tatbiq etmoqda. Bugun oliy harbiy ta’lim

muassasalari, poligonlar, harbiy qism va bo‘linmalarning o‘quv moddiy bazasiga bir nazar

tashlasak-barcha joylarda biz fan va texnikaning ilg‘or yutuqlari asosida jihozlangan sinflar,

kompyuter trenajyorlari hamda mustahkam kasbiy bilimlar, yuksak jangovar mahoratini

egallash uchun zarur bo‘lgan barcha vositalarni ko‘ramiz.

Jangovar tayyorgarlik (boevaya podgotovka) Qurolli kuchlar shaxsiy tarkibini belgilangan

vazifasiga muvofiq, jangovar harakat yoki o‘zga vazifalarni bajara olishi uchun o‘qitish va

harbiycha tarbiyalash borasida amalga oshiriladigan tadbirlar tizimi.

Jangovar tayyorgarlik tinchlik davrida ham, urush davrida ham o‘tkaziladi. Jangovar

tayyorgarlik shaxsiy tarkibga dala, dengiz, havo (parvoz qilish) ta’limotini berish va

mashqlarni o‘tkazishga yo‘naltirilgan bo‘lib, yuksak malaka jangovar vaziyatlarga maksimal

yaqinlashtirilgan sharoitda egallanadi.

Jangovar tayyorgarlikning asosiy tamoyillaridan biri-urush jarayonida talab etiladigan zaruriy

mahoratlarni shakllantirishdir.

Jangovar harakatlar, qurolli kuchlar turi va qo‘shin turi orasidagi hamkorlik hamda jangovar

ta’minot masalalari-umumqo‘shin mashqlar (manyovrlar) jarayonida ko‘rib, o‘rganilib chiqildi.


background image

37

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 2-SON, (YOʻITJ)

Jangovar tayyorgarlik

– bu qo‘shinlarning shunday xolatiki, har qanday vaqt va eng og‘ir

sharoitlarda ham jangovar vazifani bajara olishi, bosqinchilarning tajavo‘ziga shavqatsiz zarba

bera olishidan iborat.

Jangovar tayyorgarlikning asosiy sharti shaxsiy tarkibning ma’naviy va ruhiy

tayyorgarligi,texnika va qurollarning dushmanning kutilmagan xujumini qaytara olishi va

unga yo‘q qiluvchi zarba bera olishga tayyorligi qisqa vaqt ichida dushman bilan janga kirisha

olishi va vaziyatga qaramasdan, yilning ixtiyoriy vaqtida kunduzi va tunda ham, dushman

tomonidan ommaviy qirg‘in quroli qo‘llangan xolda ham,oddiy vositalar qo‘llangan xolda ham

qo‘yilgan vazifani bajara olish xisoblanadi.

Qism va bo‘linmalar uchun jangovar tayyorgarlikning bir necha bosqichlari mavjud xar bir

keyingi bosqich qism va bo‘linmaning vazifani zudlik bilan bajarish tayyorgarligiga ketadigan

vaqtni qisqartiradi.

“Jangovar tayyorgarlik” tushunchasi shaxsiy tarkibning istisnosiz barcha faoliyat soxalarini

qamrab oladi.U bir tomandan turgan vazifalarning shaxsiy tarkib tomonidan bajarilishini

ta’minlaydi,boshqa tomondan shaxsiy tarkib faoliyatining natijasi xisoblanadi.

Uning birinchi tomoni jangovar tayyorgarlikning muxim sharti bo‘lib xisoblangan quyidagi

ob’ektiv ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi.

-qism (bo‘linma)larning shaxsiy tarkib, qurol-yaroq, moddiy zaxiralar bilan ta’minlanganligi;

- jangovar texnika va qurolning xolati;

- shaxsiy tarkibning bilim darajasi;

- qo‘shinlar xizmatining tashkillashtirilishi;

- shaxsiy tarkibning ma’naviy ruhiy xolati, harbiy intizom xolati.

Uning sub’ektiv xolati har bir harbiy hizmatchining jangovar tayyorgarlikni oshirish

masalalari bilan bog‘liq majburiyatlarini bajarishga munosabati xisoblanadi.

Qism va bo‘linmalarning jangovar tayyorgarligini oshirish har bir ofitser, ixtiyoriy darajadagi

boshliqning eng muxim vazifasidir. Harbiy xizmatchilarning tinchlik davrida jangovar

tayyorgarlik asosiy kundalik hayotidir. Dala o‘quv mashg‘ulotlari jangovar tayyorgarlikning

asosiy mashg‘ulotlaridan biri xisoblanadi; shaxsiy tarkibni «yigin» marsh signali ostida

kutarish, belgilangan rayonga yetib borgunga kadar bo‘lgan masofani «jang» xolatida bosib

utish. Xar bir bosqichda serjantlarga va faollarga tarbiyaviy va mafkuraviy ishlarni tashkil

qilishda anik vazifani qo‘yish kerak. Xar bir bosqich tugagandan so‘ng kilingan ishlar

to‘g‘risida xisobotlarni eshitish lozim.

Bunda asosiy e’tibor tashkiliy va tarbiyaviy ishlarni yaxshilashga, xarbiy xizmatchilarning

qasamiyotga sodikligiga nizom talablari va komandir, boshliklar buyruklarini so‘zsiz

bajarishlariga, qurollar bilan ishlash hamda texnika xovfsizligi va qoidalariga rioya qilishga

qaratilishi kerak. Xarbiy intizomni mustaxkamlashning asosiy shartlaridan biri

komandirlarning o‘z kul ostidagi shaxsiy tarkibni yaxshi bilishi va ular bilan yakka tartibda

tarbiyaviy ishlarni o‘tkazishidir.ular orasida o‘zaro jipslikni vujudga keltirish, xarbiy jamoani

birlashtirish va soglom muxitni yaratish kerak.

Jangchilarni ongli ravishda intizomli bo‘lish ruhida tarbiyalash, komandirlarning shaxsiy

o‘rnak bo‘lishlarini yo‘lga qo‘yish, intizom va talabchanlikni uyg‘unligiga ishontirish, qo‘l

ostidagilarning insoniylik tug‘ularini xurmat qilish va ular haqida g‘amxo‘rlik qilish lozim.

Xarbiy intizomni mustaxkamlashda ijtimoiy-siyosiy, xarbiy texnikaviy, ruhiy kunikmalarni

e’tiborga olish, intizom axvolini taxlil qilib borishni takomillashtirish va uni xaqqoniy baholab

borish kerak.

Shaxsiy tarkib yuksak ma’naviy – jangovar va ruhiy sifatlarini rivojlantirishda tinchlik

davridagi jangovar o‘qishning aloxida roli bor. Xozirgi zamon janggida yaxshi ukitilgan,

dushmanga karshi turishi mumkin bo‘lgan, olis masofadan, xar kanday obi-xavo va xar

kanday joyda, kun va tunda nishonni bir uk urishdayok yakson kila oladigan, katta ma’naviy

va ruhiy og‘irlikni va jismoniy keskinlikni yenga oladiganlargina g‘alabaga erishadi. Ishonib


background image

38

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 2-SON, (YOʻITJ)

topshirilgan qurol va xarbiy texnikani mukammal egallagan, undan jangda moxirona qo‘llay

oladigan, jangovar kasb ustasi, o‘ziga ishongan jangchi so‘zsiz g‘alabaga erishadi.

Tinchlik davrida shaxsiy tarkibni jangovar xarakatlarga ma’naviy va ruhiy tayyorlash jarayoni

ularda xarbiy nitizom, shaxsiy tarkibning ijrochilik ruhida tarbiyalashni ham taqozo etadi.

Tajriba shuni ko‘rsatadiki, janglarda g‘alabaning muhim manbai sifatida aynan mustahkam

intizom, mardlik va matonatning misli ko‘rilmagan namunalari zarurdir. Tinchlik davrida

intizomli jangchini tarbiyalash birinchi navbatda kism va bo‘linmalarda qat’iy nizom tartibini

saqlash, kun tartibini o‘z vaqtida bajarishga aloqador bo‘lib, bu jangchilarda intizomlik, xozir

javoblik, ijrochilik kabi ma’naviy-jangovar sifatlarini shakllantiradi.

Jangovor tayyorgarlik harbiy xizmatchilarning tinchlik davridagi kundalik faoliyatining asosiy

mazmunidir. Jangovar tayyorgarlik jarayonida shaxsiy tarkibda yuksak jangovar va axloqiy –

ruhiy sifatlarni shakllantirish uchun keng imkoniyatlar ochiladi. Shu imkoniyatlardan

foydalanish maqsadida har bir bo‘linma komandiri o‘quv jarayonini ma’naviy-ruhiy jixatdan

ta’minlay olishi shart. Bu vazifan bajarish uchun komandir dastavval o‘z bo‘linmasining

jangvar tayyorgarlikdagi vazifasini, ya’ni uning bo‘linmasi jangovar xolat, yoki xarbiy qism,

qo‘riqlanayotgan ob’ktiga noqonuniy xarakatlar yuz berganida nima vazifani bajarishlarini

bilishi kerak. Shu bilan bir qatorda komandir jangovar tayyorgarlikning maqsadini, uning

tashkillashtirilishi tartibini o‘zlashtirgan bo‘lishi kerak

Jangovar tayyorgarlikning maqsadi – har bir harbiy xizmatchini xozirgi zamon jangining

murakkab vaziyatlarda bo‘linmalarda o‘zining jangovar vazifasini muvaffaqiyat bilan

bajarishga o‘rgatish va unda yuksak axloqiy-jangovarlik sifatlarini shakllantirishdir.

Mana shu jarayonlarning amalda bajarilishi natijasida jangovar tayyorgarlikni ma’naviy-ruhiy

ta’minlashning asosiy vazifalari hal etiladi.

Bo‘linma komandiri jangovar tayyorgarlik vazifalarini hal etishga yo‘naltirilgan tarbiyaviy

ishlarni olib borar ekan, buning ikkita muxim jixatini (yo‘nalishini) hisobga olishi zarur.

Birinchi jixat (yo‘nalish) - jangchining o‘z vazifasini bajarishining eng maqbul usullarini

belgilovchi texnologik g‘oyalar kashf etish. Bu jangchidan jangovar tayyorgarlikning barcha

soxalarini mukammal bilishni, komandirdan esa bundan tashqari jangovar tayyorgarlik

mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazish uslubiyatini bilishni talab qiladi.

Ikkinchi jixat (yo‘nalish)- jangchilarda jangovar tayyorgarlikni zarur ekanligini, uning yuksak

ahamiyati, jangovar ko‘nikmalarni o‘rganish soxasidagi ijobiy munosabatlarni, dunyoqarashni

shakllantirish.

Bo‘linma komandiri jangovar tayyorgarlik yoki xizmatni o‘tash yo‘riqnomalari jarayonida

tarbiyaviy ishlarni tashkillashtirar ekan, tarbiyaviy ishning ommaviy shakllaridan faqatgina

biron-bir zaruriy vazifani hal etishda foydalanishi, asosiy e’tiborni esa har bir jangchining

shaxsiy tayyorgarligi haqida axborot to‘plash. Har bir jangchiga ularning professionalligini

yuksaltirish bo‘yicha shaxsiy ta’sir ko‘rsatishga qaratishi, ya’ni yakka tartibdagi tarbiyaviy ish

yuritishi maqsadga muvofiqdir.

Jangovar tayyorgarlik bo‘yicha o‘qish turli jabhalarni o‘z ichiga oladi va bo‘linma

komandiridan har bir soxaga (jismoniy tayyorgarlik, jangovar mashinalarni boshqarish,

jangovar o‘q otish mashqlari, taktik dala mashg‘ulotlariga) o‘ziga xos tarbiyaviy ta’sir

qo‘llashni talab qiladi.

Asosiy adabiyotlar:

1. Abdurahimova D.A., Harbiy pedagogika. – T.:Akadnmiya, 2022. –370 b

2. Sotib-Oldiev A., Karimjonov A., Harbiy pedagogika. – T.: Sharq, 2005. – 209 b

3. Avazova A.I., Ismadiyorova Y.U. Kasbiy pedagogika. – T.: Cho‘lpon NMIU, 2014. – 320 b

4. B.Ziyomuhammadov. Pedagogik mahorat asoslari. – T.: “Tib-Kitob”, 2009. – 182 b.

5.T. Atamatova, X. Ergasheva, M. Qurbonov. Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi. – T.:

“Yangi asr avlodi” 2008. – 180 b.

6. Ishmuhammedov R., Abduqodirov A., Pardaev A. Ta’limda innovatsion texnologiyalar. – T.:

Iste’dod. 2008. -180 b.


background image

39

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 2-SON, (YOʻITJ)

7. Ishmuhammedov R., Abduqodirov A.,Pardaev A. Tarbiyada innovatsion texnologiyalar. – T.:

Iste’dod. 2010. -180 b. (8 ta)

8. O‘rinov O‘.R./O‘quv qo‘llanma/. Toshkent: O‘R QK 2008. – 38 b.

9. Ro‘zimov U.B. Pedagogik mahorat. Pedagogik texnologiyalarning oliy harbiy ta’limda

qo‘llanilishi. Ilmiy-uslubiy qo‘llanma. Toshkent OUQBYu. 2015. – 120 b.

10. Nasriddinov Ch. Harbiy pedagogika. – T.: Sharq, 2004. – 152 b.

11. Karimova V.M. Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy amaliyot.O‘quv qo‘llanma.

T., 1999 g. 95 bet.

Библиографические ссылки

Abdurahimova D.A., Harbiy pedagogika. – T.:Akadnmiya, 2022. –370 b

Sotib-Oldiev A., Karimjonov A., Harbiy pedagogika. – T.: Sharq, 2005. – 209 b

Avazova A.I., Ismadiyorova Y.U. Kasbiy pedagogika. – T.: Cho‘lpon NMIU, 2014. – 320 b

B.Ziyomuhammadov. Pedagogik mahorat asoslari. – T.: “Tib-Kitob”, 2009. – 182 b.

T. Atamatova, X. Ergasheva, M. Qurbonov. Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi. – T.: “Yangi asr avlodi” 2008. – 180 b.

Ishmuhammedov R., Abduqodirov A., Pardaev A. Ta’limda innovatsion texnologiyalar. – T.: Iste’dod. 2008. -180 b.

Ishmuhammedov R., Abduqodirov A.,Pardaev A. Tarbiyada innovatsion texnologiyalar. – T.: Iste’dod. 2010. -180 b. (8 ta)

O‘rinov O‘.R./O‘quv qo‘llanma/. Toshkent: O‘R QK 2008. – 38 b.

Ro‘zimov U.B. Pedagogik mahorat. Pedagogik texnologiyalarning oliy harbiy ta’limda qo‘llanilishi. Ilmiy-uslubiy qo‘llanma. Toshkent OUQBYu. 2015. – 120 b.

Nasriddinov Ch. Harbiy pedagogika. – T.: Sharq, 2004. – 152 b.

Karimova V.M. Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy amaliyot.O‘quv qo‘llanma.

T., 1999 g. 95 bet.