18
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 2-SON, (YOʻITJ)
SOG‘LIQNI SAQLASH TIZIMIDA BOSHQARUVNING ROLI
VA AHAMIYATI
Mirzayev Muhammadjon
Central Asian Medical University xalqaro tibbiyot universiteti вavolash
ishi yo‘nalishi talabasi,
Ilmiy raxbar: O.R.Parpiyeva
Central Asian Medical University xalqaro tibbiyot universiteti dotsent
v.b., e.mail: parpieva.odinahon@yandex.ru,
ORCID: 0000-0001-6223-103X
https://doi.org/10.5281/zenodo.14835560
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 3- fevral 2025 yil
Ma’qullandi: 5- fevral 2025 yil
Nashr qilindi:8-fevral 2025 yil
Ushbu maqolada bugungi kunda aholi
salomatligini muhofazalash faqat sog‘liqni saqlash
tashkilotlarining vazifasi bo‘libgina qolmay balki
bu davlat, jamiyat ishi ekanligi, bu jarayonni
boshqarishda sog‘liqni saqlash tizimi muhim
birlashtiruvchi, koordinatsiyalashtiruvchi rolni
egallashi to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan.
Sogʻliqni saqlash tizimi, QVP, malakali tibbiy
yordam, tibbiy kadrlar tayyorlash.
Sogʻliqni saqlash tizimi, QVP,
malakali tibbiy yordam, tibbiy
kadrlar tayyorlash.
Sogʻliqni saqlash tizimi aholi sogʻligʻini muhofaza qilishga yoʻnaltirilgan ijtimoiy, iqtisodiy va
tibbiy tadbirlar tizimidir. Sogʻliqni saqlash kasalliklarning oldini olish va davolash, sogʻlom
turmush va mehnat sharoitini yaratish, yuqori mehnat qobiliyatini hamda uzoq umr koʻrishni
taʼminlashga qaratilgan umumiy tadbirlarni koʻzda tutadi. Uning asosiy vazifasi bemorlarga
zamonaviy, ixtisoslashgan hamda mos tarzda yordam koʻrsatishdan iborat.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ning ta‘rificha Sog‘liqni saqlash tizimi – bu uyda, ta‘lim
muassasalarida, ish joyida, jamoada, jismoniy va ruhiy ijtimoiy doiralarda, hamda sog‘liqni
saqlash va u bilan bog‘liq muassasalarda amalga oshiriladigan, salomatlikni mustahkamlashga
yordam beruvchi bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan chora-tadbirlar yig‘indisidir.
Ozbekiston Respublikasida sog‘liqni saqlashning davlat, xususiy va boshqa tizimlari
yig‘indisidan iborat yagona sog‘liqni saqlash tizimi amal qiladi. Har qaysi davlat o‘z aholisining
salomatligini saqlash masalalariga alohida e‘tibor beradi. Aholining salomatligi nafaqat davlat
tomonidan qo‘llab quvvatlanishi bilan bir qatorda, davlatning sog‘liqni saqlash tizimi oqilona
va rejalashtirilgan tizimda faoliyat olib bormog‘i lozim. Bu tizimni olib borish uchun sog‘liqni
saqlashda boshqaruv faoliyati alohida ahamiyat kasb etadi. Sog‘liqni saqlash tizimini
monopoliyadan chiqarishning asosiy ko‘rinishlaridan biri turli mutaxasisliklar bo‘yicha
shifokorlar uyushmasini, assotsiatsiyasini tashkil etilayotganligidir.
Tarixdan bizga ma‘lumki, buyuk bobokalonimiz Amir Temur ham aholining salomatligini
saqlash uchun oqilona rejalashtirilgan sog‘liqni saqlash tizimini ishlab chiqib, uni bajarilishini
nazorat qilgan. Sohibqiron Amir Temur boshqa maʼrifiy ishlar qatori aholi salomatligini
muhofaza qilish ularning salomatligiga alohida eʼtibor bergan. Boshqa mamlakatlardan
mashhur tabiblarini poytaxt Samarqandga olib kelib, maxsus shifoxonalar ochgan.
19
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 2-SON, (YOʻITJ)
Sogʻliqni saqlash sharqda, xususan Oʻzbekistonda uzoq tarixga ega. Ayniqsa oʻrta asrda bu
hududda tabobat ilmida yuqori bosqichlarga erishildi. Ayni vaqtda sharq mutafakkirlari
tabobat ilmidan olamshumul asarlar yaratganlar. Bu borada Abu Rayhon Beruniyning
“Tibbiyotda dorishunoslik” (“Kitob assaydana fittib”), Abu Ali Ibn Sinoning “Tib qonunlari”
(“Al Qonun fittib”) asarlari mashhur boʻlib, jahon tabobatida uzoq davrlar mobaynida asosiy
qoʻllanma boʻlib kelgan. Ayniqsa, Abu Ali Ibn Sino davolashning yangi usullarini qoʻllab tabib
(hakim) sifatida oʻz davrida juda mashhur boʻldi.
Keyingi davrlarda ham tabiblik Turkistonda sogʻliqni saqlashning asosiy shakli boʻlib keldi.
Tabiblar madrasalarda taʼlim olishgan yoki ustoz-shogirdlik yoʻli bilan turli kasalliklarga,
singan-chiqqanlar, yara-chaqalarga davo qilishni, xastaliklarning oldini olishni oʻrganishgan.
Ularning koʻplari nafaqat bemorlarni davolash, balki dori-darmonlar tayyorlash bilan ham
shugʻullanganlar.
Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlaridan biri tibbiy yordam
modelining tashkiliy strukturasi bilan bog‘liq bo‘lgan jamiyatning bevosita va bilvosita
yo‘qotishlarini kamaytirish maqsadida sog‘liqni saqlash tizimini intensiv rivojlantirish va
mavjud resurslardan samarali foydalanish maqsadida yangi iqtisodiy mexanizmlarni ishlab
chiqishdir. Bu esa o‘z navbatida tibbiy xizmatni restrukturizatsiya qilish va tibbiy xizmat
ko‘rsatishning yangi usullarini keng tadbiq etishni talab qiladi.
Bozor munosabatlariga oʻtish sogʻliqni saqlash sohasiga ham yangi talablar qoʻydi. Xususan,
maʼmuriy boshqarish sarf-harajatlarini kamaytirish, bemorlarni davolash jarayonida
kunduzgi kam harajat va samarali usullardan foydalanish, shifoxonalar ish hajmining bir
qismini poliklinikaga koʻchirish, kam samarali oʻrinlar sonini qisqartirish, shartnoma asosida
bajariladigan ishlar uchun haq olish va boshqa choralar koʻrilmoqda.
Sogʻliqni saqlashning birlamchi boʻgʻinini mustahkamlash va umumiy shifikorlik amaliyotini
rivojlantirish tadbirlari amalga oshirilib kelinmoqda. Barcha viloyatlarda QVP ning keng
tarmoqlari tashkil etildi, natijada ikki bosqichli, yaʼni QVP hamda tuman markaziy shifoxonasi
orqali tibbiy yordam koʻrsatish yoʻlga qoʻyildi. Bu esa sogʻliqni saqlashning birlamchi boʻgʻini
muassasalarini boshqarish va moliyalashtirishning yangi usullarini ishlab chiqish, tibbiy
xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash va umumiy amaliy tibbiy xodimlar tayyorlash imkonini
berdi. Shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish tizimining yangi shakli joriy etildi. Natijada
mamlakatning barcha hududlarida shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatishga, uyga shifikor
chaqirish bilan malakali tibbiy yordam koʻrsatish oʻrtasidagi vaqtni ancha qisqartirishga
muvaffaq boʻlindi.
Tibbiy kadrlar tayyorlashda ijobiy oʻzgarishlar roʻy berdi. Tibbiyot oliy oʻquv yurtlarida oʻqish
muddati uzaytirilib, bakalavr va magistrlar, shuningdek, oliy malakali tibbiy hamshiralar –
hamshiralar ishi bakalavrlari tayyorlanadigan boʻldi. O‘zbekistonda aholi salomatligini
saqlash va yanada mustahkamlash davlatning muhim tibbiy-ijtimoiy vazifalaridan biri
hisoblanadi. Ushbu masala O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyasi va davlatning boshqa
qonunchilik hujjatlarida o‘z aksini topgan.
Xulosa.
Sog‘liqni saqlashni tashkil qilish sog‘liqni saqlashni boshqarishning ilmiy asoslangan
optimal usullarini, turli tibbiy muassasalar ish faoliyatining yangi uslublarini, tibbiy xizmat
sifatini yaxshilashni, iqtisodiy va boshqaruvdagi muammolarni hal qilish yo‘llarini ishlab
chiqadi va jamoat salomatligining uzluksiz bir bo‘lagi hisoblanadi.
Shunday qilib, jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlashni tashkillashtirish – bu jamiyat
salomatligi bo‘lib, uning asosiy yo‘llanmasi bu aholi salomatligi holatini ilmiy asoslab berish,
jamoat salomatlik holatini darajasini ko‘tarish va ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat sifatini
yaxshilash maqsadida sog‘liqni saqlash tizimini samarali boshqaruvini tashkillashtirishdir.
Foydalanilgan adabiyolar:
1. Mamatkulov B. Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlashni boshqarish, Darslik. Toshkent,
2013 y.
20
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 2-SON, (YOʻITJ)
2. Медик В.А., Юрьев В.К. “Общественное здоровье и организация здравоохранения”,
Учебник. Россия. 2009 г.
3. Кучеренко В.З. Применение методов статистического анализа для изучения
общественного здоровья и здравоохранения, Учебное пособие. Москва. 2011 г.
4. Sh.T.Iskandarova, N.M.Maxmudova. Jamoat salomatligi, sog‘liqni saqlashni tashkillashtirish
va boshqarish bo‘yicha o‘quv qo‘llanma-T,2011.