177
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 2-SON (YOʻITJ)
JISMONIY SALOMATLIK DARAJASINI BAHOLASH
USULLARI
Saxibova Go‘zaloy Alisher qizi
Andijon davlat tibbiyot instituti, Ijtimoiy Gigiyena Kafedrasi, assistent.
https://doi.org/10.5281/зенодо.14910329
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi:11-fevral 2025 yil
Ma’qullandi: 12-fevral 2025 yil
Nashr qilindi: 22-fevral 2025 yil
Rivojlangan mamlakatlarda sog‘liqni saqlash
tizimlari sog‘lom odamlarning salomatligini saqlash
bo‘yicha tadbirlarni faol rivojlantirmoqda. Individual
salomatlik darajasini baholash va uni nazorat qilish bu
jarayonning asosiy bosqichlaridan biridir. Amaliy
tibbiyotda odatda inson jismoniy salomatligi faqat
kasalliklarning yo‘qligi sifatida baholanadi.
KEY WORDS
jismoniy salomatlik, matematik
model,
moslashuv
potentsiali,
salomatlik darajalari, himoya-
moslashuv,
kompensatsion
reaksiyalar, adaptatsion potentsial,
donozologik holat.
Jismoniy salomatlik - bu shaxsning hayot faoliyatining kompleks ko‘rsatkichi bo‘lib, uning
organizmining moslashish imkoniyatlari darajasi bilan tavsiflanadi. Bu darajada organizmning
asosiy gomeostaz parametrlari atrof-muhit faktorlarining ta’sirida saqlanib turadi. Jamoat
salomatligini himoya qilishning muhim vazifalaridan biri – donozologik diagnostika
vositalarini topish va ularni ijtimoiy sohada xizmatlar taqdim etishda yangilik sifatida e'lon
qilishdir. Bu, deyarli sog‘lom odamlarni tekshirishni maqsad qilib, xavf guruhlarini (XG),
latent va tan olinmagan kasalliklarni aniqlash, ularning oldini olishni o‘z ichiga oladi, bu esa
rivojlanayotgan kasalliklarni klinik belgilari paydo bo‘lguncha oldindan aniqlashga imkon
beradi va bu jamoat salomatligi uchun dolzarb muammo hisoblanadi. Abu Ali Ibn Sino
tadbiriga ko‘ra sog‘likni saqlash san’ati, odam tanasini unga munosib va yoqadigan narsalarni
saqlash orqali o‘sha “tabiiy ajal” deb ataladigan yoshga yetkazishdan iboratdir. Ibn Sino inson
sog‘ligini saqlashda asosiy narsa, umumiy va zaruriy sabablarni mo’tadil qilishni asos qilib,
bunda yeyiladigan va ichiladigan narsalarni mo’tadil qilishga ko‘proq e’tibor berish
kerakligini ta’kidlaydi. Abu Ali ibn Sino o‘zining tabiblik faoliyatida kishilarning salomatligini
saqlash va kasallikning oldini olishdan iborat vazifani birinchi o‘ringa qo‘yib, bu vazifaning
yechimini topish uchun ko‘plab o‘ta muhim tadbirlar ishlab chiqqan va amalga oshirish yo
‘llarini bayon etgan. Ibn Sino sog‘likni saqlash ishini san’at deb biladi. Hozirgi vaqtda sog‘liqni
saqlash fanining faol rivojlanishi bilan prenozologik diagnostika, jamoat salomatligi
profilaktikasi tibbiyotning asosiy qismiga aylandi, chunki u hali kasal bo‘lmagan sog‘lom odam
tanasining turli funksional holatidagi salomatlik darajasini baholashni ta’minlaydi.
Nozologikgacha bo‘lgan holatlarning funksional diagnostikasining fundamental ahamiyati,
birinchi navbatda, deyarli sog‘lom odamning individual sog‘lig‘i holatida morfologik emas,
balki funksional jihatdan qaytariladigan anormalliklarning mavjudligi bilan bog‘liq bo‘lib,
ularni osongina tiklash mumkin. Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, prenozologik diagnostika
deganda kasallikning aniq belgilari hali mavjud bo‘lmagan davrda tananing funksional
holatini va uning moslashish qobiliyatini baholash, normal va patologik chegaradagi
sharoitlarni tan olish tushunilishi kerak
178
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 2-SON (YOʻITJ)
Kuchni rivojlantirish. Odam salomatligini o'rganishga bag'ishlangan tadqiqotlar doimiy
ravishda kuchni oshiruvchi mashqlar bajarish kuchni va mushak massasini ko'paytiradi
hamda yog' komponentini kamaytiradi.
Agarda sizni tunda uxlashingiz qiyin bo'lsa, kunduzgi mashqlar bunda juda yaxshi yordam
beradi. Jismoniy mashqlar bilan shug'ullangandan so'ng 5-6 soat o'tib, tana haroratini tabiiy
pasayishi yuzaga keladi.
Suyaklarning mustahkamligi. Faol turmush tarzi suyaklar zichligiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
Og'ir yukni ko'tarish bilan doimiy bajariladigan jismoniy mashqlar osteogenezni stimullaydi,
suyak massasini yo'qotilishini sekinlashtiradi va yosh bilan bog'liq bo'lgan suyak massasini
yo'qotish shakllaridan biri bo'lgan-osteoporozdan himoya qilishi mumkin. Jismoniy mashqlar
tayanch-harakat tizimini stimullaydi va yoshga bog'liq bo'lgan suyak massasini parchalanishni
to'xtatadi. Biroq ayollarda menopauza boshlangandan so'ng besh yildan keyin suyaklar
sinishini rivojlanish havfi va jismoniy faollik o'rtasidagi aloqalar aniqlanmadi. Yanada kechroq
yuzaga keladigan postkoimakterik davrda kunda piyoda yurish son suyagi bo'ynini sinish
ehtimolini 18%ga pasaytiradi.
Shaxsiy sifatlarning o'zgarishi. Jismoniy mashqlar ko'pincha bir qator shaxsiy sifatlarni
noordinar namoyon bo'lishini talab etadi. Jismoniy mashqlar bilan shug'ullaish jarayonida
turli qiyinchilarni yengib o'tish va o'zining xis tuyg'ularini boshqarish natijasida insonlar
o'zlarida xarakterlarida hayot uchun sifatli va qimmatli bo'lgan qirralarni ishlab chiqadilar
(mardlik, qat'iylik, mehnatsevarlik, qaror qabul qilish va boshqalar).
Shuning uchun salomatlikni miqdoriy baholash esa, uning dinamikasini kuzatish va sog‘liqni
mustahkamlash uchun ilmiy asoslangan tadbirlarni rejalashtirish talab qiladi. Ishlab chiqilgan
matematik model yordamida aniqlangan, 190 nafar amalda sog‘lom, sport bilan
shug‘ullanmaydigan, har ikki jinsdagi yoshlarning jismoniy salomatligining integral
darajalarini miqdoriy baholash natijalari keltirilgan. Taniqli olimlar tomonidan taklif etilgan
zamonaviy salomatlikni miqdoriy baholash usullarining ayrimlari keltirilgan.
Harakat faolligini pasayishi gipokineziya bo'lib, u organizmning fiziologik yetilmaganligi,
o'ziga xos bo'lgan chegaralangan bo'shliqdagi maxsus mehnat sharoiti va bir qator boshqa
sabablar bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Ba'zi xolatlarda (gipsli bog'lam, o'rindan qimirlay
olmaslik) harakatning butunlay bo'lmasligi yoki akineziya yuzaga kelishi mumkin, bu esa
organizm tomonidan yanada og'ir o'tkaziladi. Unga yaqin bo'lgan tushuncha-gipodinamiya
ham mavjud. Bu mushaklar zo'riqishini pasayishi bo'lib, bunda harakat amalga oshiriladi
ammo bunda mushak apparatiga juda oz darajada yuklama tushadi. Har ikki xolatda ham
skelet mushaklari mutlaqo kam miqdorda yuklamaga ega bo'ladi. Harakatga bo'lgan biologik
ehtiyojning juda katta yetishmasligi yuzaga keladi, bu esa funksional xolatni va organizmni
mehnat qobiliyatini keskin pasaytiradi.
Harakat faoligini pasayishi mushak apparati va ichki organlarni uyg'unlikda ishlashini
buzilishiga olib keladi. Gipokineziyada skelet mushaklari va miokard tuzilmasi o'zgaradi,
immunologik faollik, shuningdek organizmni isib ketish, sovuq qotish, kislorod
yetishmasligiga chidamliligi pasayadi. 7-8 kun davomida harakatsiz yotishdan so'ng
odamlarda: apatiya, tez unitish, jiddiy mashg'ulotlarda diqqatni bir joyga jamlay olmaslik,
uyquni buzilishi paydo bo'ladi; mushak kuchi keskin pasayadi, nafaqat murakkab, balki oddiy
harakatlar uchun ham koordinatsiya buziladi; skelet mushaklarining qisqaruvchanligi
yomonlashadi, mushak oqsillarining fizik-kimyoviy xususiyatlar o'zgaradi; suyak to'qimasida
kalsiy miqdorini kamayishi kabi funksional buzilishlar kuzatiladi.
Xulosa qilib shuni ta'kidlash lozimki, gipokineziya va gipodinamiya inson organizmidagi
barcha jarayonlar uchun amaliy jihatdan salbiy ta'sir ko'rsatadi. Kam harakatli hayot tarzida
yurak qon-tomir va nafas tizimi, tayanch-harakat apparati aziyat chekadi, modda almashinuvi
va asab tizim Harakat faoligini pasayishi mushak apparati va ichki organlarni uyg'unlikda
ishlashini buzilishiga olib keladi. Gipokineziyada skelet mushaklari va miokard tuzilmasi
o'zgaradi, immunologik faollik, shuningdek organizmni isib ketish, sovuq qotish, kislorod
179
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 2-SON (YOʻITJ)
yetishmasligiga chidamliligi pasayadi. 7-8 kun davomida harakatsiz yotishdan so'ng
odamlarda: apatiya, tez unitish, jiddiy mashg'ulotlarda diqqatni bir joyga jamlay olmaslik,
uyquni buzilishi paydo bo'ladi; mushak kuchi keskin pasayadi, nafaqat murakkab, balki oddiy
harakatlar uchun ham koordinatsiya buziladi; skelet mushaklarining qisqaruvchanligi
yomonlashadi, mushak oqsillarining fizik-kimyoviy xususiyatlar o'zgaradi; suyak to'qimasida
kalsiy miqdorini kamayishi kabi funksional buzilishlar kuzatiladi.
Xulosa qilib shuni ta'kidlash lozimki, gipokineziya va gipodinamiya inson organizmidagi
barcha jarayonlar uchun amaliy jihatdan salbiy ta'sir ko'rsatadi. Kam harakatli hayot tarzida
yurak qon-tomir va nafas tizimi, tayanch-harakat apparati aziyat chekadi, modda almashinuvi
va asab tizim.
Foydalangan adabiyotlar royxati:
1. Avezova G.S. Noinfeksion kasalliklar epidemiologiyasi va profilaktikasi// O'quv qo'llanma -
Toshkent, 2022; 210 bet
2. MamatqulovB., Nodirov T. Sog'lom turmush tarzi va oila salomatligi. O'quv qo'llanma.
Qarshi, 2018.
3. Guloyim Sattarovna Avezova, Zarnigor Beshimova, Gulshod Sattarovna Avezova. Means and
problems of forming a healthy lifestyle among the population. The Americcan journal of
medical sciences and pharmaceutical research, (2021) 3(05), 73-77
4. Irgashev Sh.B. "Valeologiya". Darslik. Toshkent, 2015.
5. Sultanova, N. S., Bobomuratov, T. A., Mallaev, S. S., & Xoshimov, A. A. (2022). THE ROLE OF
BREASTFEEDING IN THE PSYCHO-SOCIAL ADAPTATION OF CHILDREN IN SOCIETY. British
Medical Journal, 2(6).
6. Bobomuratov, T. A., Nurmatova, N. F., Sultanova, N. S., Mallaev, S. S., & Fayziev, N. N. (2022).
Brestfeeding and Genetic Features of Juvenile Rheumatoid Arthritis. Journal of
Pharmaceutical Negative Results, 1983-1988.