Авторы

  • Raygul Alimbetova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yoitj.68094

Аннотация

Maqolada huquqshunoslik fanlarini o‘qitishda yangi pedagogik texnologiyalarning  ahamiyati, ularni qo‘llashning muhimligi, o‘qituvchining pedagogik mahorati va o‘quv  mashg’ulotlarini samaradorligiga erishish pedagogik texnologiyalarga qanchalik bog’liqligi  keltirilgan. Konstitutsiyada inson va fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va burchlarini  qay darajada mustaxkamlanganligi masalasi, davlatimiz asosiy qomusini isloh etish va unda inson huquqlarining o’rni borasida so’z yuritildi.


background image

147

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 2-SON (YOʻITJ)

“YANGI KONSTITUTSIYADA TA’LIM TIZIMI XUSUSAN

HUQUQSHUNOSLIK FANLARI O’QITISH TIZIMI”

Alimbetova Raygul Nasratdiynovna

O'zbekiston Respublikasi IIVning Qoraqalpoq akademik litseyi

Huquqshnoslik fani oqituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14898049

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi:11-yanvar 2025 yil

Ma’qullandi: 12-yanvar 2025 yil

Nashr qilindi: 20-yanvar 2025 yil

Maqolada huquqshunoslik fanlarini o‘qitishda

yangi pedagogik texnologiyalarning ahamiyati, ularni

qo‘llashning muhimligi, o‘qituvchining pedagogik

mahorati va o‘quv mashg’ulotlarini samaradorligiga

erishish

pedagogik

texnologiyalarga

qanchalik

bog’liqligi

keltirilgan. Konstitutsiyada inson va

fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va burchlarini qay

darajada mustaxkamlanganligi masalasi, davlatimiz

asosiy qomusini isloh etish va unda inson huquqlarining

o’rni borasida so’z yuritildi.

KEY WORDS

Demokratiya,

huquq,

davlat, erkinlik, himoya qilish,
jamiyat,

kafolat,

O‘zbekiston,

Konstitutsiya, mamlakat, islohot,
qonunchilik,

Insoniyat rivojlangan dunyoda yashar ekan, hamisha erkinlik va o`z huquqlarini

ta'minlanishiga intilib kelgan. Tarixda adolatli davlat haqida qarashlar bayon etilgan asarlar

bisyor. Ayrim davlatlar tarixiy kurashlar natijasida mamlakatda inson huquqlarini himoyasini

ta'minlovchi qonunlarga ega bo`lganlar. Jumladan, antik davlatlardagi 12 jadval qonuni,

Angliyada erkinlik xartiyasi, Fransiyada inson va fuqarolarning huquq va erkinliklari

Dekloratsiyasi va boshqa shu kabi inson huquqlari bilan bog`liq qonunlarni misol keltirish

mumkin.
Sohibqiron Amir Temur bobomizning «Qayerda qonun hukmronlik qilsa, o`sha yerda erkinlik

bo`ladi», - degan o`giti sharqona huquqiy davlat qurishda asos bo`lib xizmat qiladi. Bu hikmat

bugun ham o`ziga xos ma'no kasb etmoqda. Tarixning yangi davri konstitutsionalizm davri

bo`lib, davlatlarda inson huquqlarini ta'minlash vositasi ushbu normada aks etgan. Hozirgi

dunyoda inson huquqlari yetakchi o`rinni egallashi umume'tirof etilgan dalildir. Inson

huquqlari masalasining har qanday sivilizatsiyalashgan, adolatli

fuqarolik jamiyatini

qurishdagi rolini kamaytirib bo`lmaydi. Demokratik, huquqiy davlat qurishning bosh sharti

asosiy huquq va erkinliklarni rag`batlantirish va himoya qilish hamda jamiyatda har bir

insonning huquqlarini kafolatlashning haqiqiy tizimini yaratish hisoblanadi, deydi akademik

A.Saidov.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — jamiyat tayanchi va yurtimiz taraqqiyotining

huquqiy kafolati, davlatimiz mustaqilligining yorqin ramzi, ko`p millatli xalqimiz xohish-

irodasining qonuniy ifodasi hisoblanadi.Mustaqil davlatimizni rivojlantirish istiqbollari har

tomonlama bilimli, yoshlar qo‘lida bo‘lib, bu ulardan yuksak huquqiy ong va huquqiy


background image

148

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 2-SON (YOʻITJ)

madaniyatga ega bo‘lish huquqni puxta bilishni talab qiladi. Huquqiy bilim berish orqali

huquqiy madaniyatning yuksalishiga erishiladi va huquqqiy ong shakllantiriladi.
O‘quvchi-yoshlarga huquqiy bilim berish, ularda milliy huquq tizimi to‘g’risida tasavvur

uyg’otish, huquqiy madaniyatni yuksaltirish, qonun ustuvorligini anglash, huquqiy davlat va

fuqarolik jamiyatini yuzaga keltirishda ta’lim muassasalarining hamda biz pedagoglarning

o‘rni alohida mazmun kasb etadi. Ta’lim muassasalarida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan

huquqiy ta’limning asosiy maqsadi aynan bir vazifa, o‘quvchilarga bilim berish bilan bir

qatorda, ularning qonun va qoidalarga itoatkorlik bilan ko‘nikma va malakalarni

shakllantirishga qaratilishi lozim. Bu o‘rinda har bir darsga alohida yondoshgan holda,

o‘quvchilarga ta’lim tarbiya berishning ilg’or usullaridan foydalanish maqsadga muofiq bo‘lar

edi. “2017-2021- yillar harakatlanish strategiyasi” da Yurtboshimiz Sh. Mirziyoyev ta’lim

tizimini, ayniqsa huquqiy tizimni rivojlantirish orqali aholi hiqiqiy ong va madaniyatini

yuksaltirishga erishish zarurligi, buning uchun ta’lim tizimida islohatlarni yanada

chuqurlashtirish haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.
Huquqiy ta’limni inovatsion metodlar vositasida tashkil etish orqali huquqiy madaniyatning

yuksalishiga erishiladi. Umumta’lim maktablarida huquqiy ta’limni samaradorligini oshirish

orqali o‘quvchilirni mustaqil faoliyat yuritishga tayyorlanish, hayotiy maqsadni belgilay olish,

ma’naviy-axloqiy xulq-atvorini takomillashtirish, kasbiy faoliyat yo‘nalishini belgilab olishga

nisbatan jiddiy munosabatda bo‘lishga erishish mumkin. O‘quvchilar ongiga ijtimoiy

munosabatlarning huquqiy me’yorlarni singdirish, ularni nobaqbul hatti-harakatlar sodir

etishdan himoya qilivchi mezonlar ekanligi haqida tasavvur hosil qilish, o‘quvchilarda

quyidagi holatlarning rivojlanishiga zamin yaratadi:
1. Yoshlarda huquqqiy me’yorlar, qonunlarning nafaqat davlat, balki shaxs manfaatlarini

birdek himoya qilishiga nisbatan ishonchning shakllanishiga erishish;
2. O‘quvchilarni huquqqa oid bilimlarni o‘zlashtiurishga bo‘lgan ichki ehtiyoj va qiziqishining

yuzaga kelishini ta’minlash;
3. O‘quvchilarda ijtimoiy-huquqiy me’yorlar, qonunlarga nisbatan hurmat va itoatkorlikni

qaror toptirish;
4. O‘quvchilarda har qanday ko‘rinishdagi huquqbuzarlikka qarshi kurashish tuyg’usini

tarbiyalsh;
5. O‘quvchilarda ijtimoiy –huquqiy madaniyat va faollikni qaror toptirish;
Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida o‘qitishning zamonaviy metodlari keng qo‘llanilmoqda.

O‘qitishning zamonaviy metodlarini qo‘llash o‘qitish jarayonida yuqori samaradorlikka

erishishga olib keladi. Ta’lim metodlarini tanlashda har bir darsning didaktik vazifasidan kelib

chiqish maqsadga muofiq sanaladi. Buning uchun dars jarayonini oqilona tashkil qilinishi,

ta’lim beruvchi tomonidan ta’lim oluvchilarni qiziqishini orttirish, ularning ta’lim jarayonida

faolligi mustaqil rag’barlantirib turilishi, o‘quv materiallarini kichik-kichik bo‘laklarga bo‘lib,

ularni mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, baxs-munozara,

muammoli vaziyat, yo‘naltiruvchi matn, loixa, rolli o‘yinlar kabi metodlarni qo‘llash va ta’lim

oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi.
Yurtimizda 2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan referendumda yangi tahrirdagi O‘zbekiston

Respublikasi Konstitutsiyasi ishtirok etgan fuqarolarning 90,21 foizi tomonidanyoqlab ovoz

berish orqali qabul qilinganligi unda xalqimizning Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha

orzu-umidlari va intilishlari o‘z aksini topganligidan dalolat beradi.Yangi tahrirdagi

Konstitutsiya Yangi O‘zbekiston strategiyasini amalga oshirishning siyosiy-huquqiy asoslarini


background image

149

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 2-SON (YOʻITJ)

yaratib, milliy davlatchilik taraqqiyotining tarixiy muhim bosqichida davlat va jamiyatni

yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi.
Referendum ko‘p millatli buyuk xalqimizning birdamligi va hamjihatligi, suveren, demokratik,

huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat qurishga qat’iy qaror qilganligining ishonchli ifodasi

bo‘ldi .
Hammamizga ma’lumki, Konstitutsiyamizda jami moddalar soni amaldagi 128 tadan 155 taga,

bundan tashqari qat’iy belgilangan normalar soni 275 tadan 434 taga oshdi. Ya’ni, Asosiy

qonunimiz

matni

qariyb

65

foizga

ortdi

va

normalar

yangilandi

va

mustahkamlandi.Konstitutsiyada barcha sohalarga oid asosiy normalar takomillashtirildi,

jumladan kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash, ishsizlikdan himoya qilish,

sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot sohasiga bir qator yangi normalarda davlat tomonidan

majburiyatlar olishi belgilanmoqda.
Umuman davlatning ijtimoiy sohadagi majburiyatlari va mas’uliyati ko‘paytirildi. Ta’kidlash

lozimki, Yangi tahirdagi Konstitutsiya orqali ta’lim olish huquqi va imkoniyati kengaytiriladi,

o‘qituvchilar konstitutsiyaviy maqomga ega bo‘ldilar.Ta’lim-tarbiyaga qaratib kelinayotgan

e’tibor va mamlakat taraqqiyotining garovi va kafolati hisoblanadi.
Ta’lim - ta’lim oluvchilarga chuqur nazariy bilim, malakalar va amaliy ko‘nikmalar berishga,

shuningdek ularning umumta’lim va kasbiy bilim, malaka hamda ko‘nikmalarini

shakllantirishga,

qobiliyatini

rivojlantirishga

qaratilgan

tizimli

jarayon

hisoblanadi.Konstitutsiyada ijtimoiy davlatga xos bo‘lgan qarashlar va yondashuvlar ta’lim

sohasiga oid ko‘plab modda va normalarda ham o‘z ifodasini topmoqda. Ta’lim va ilm-fanga

oid normalar qariyb 2 barobarga oshmoqda.
Konstitutsiyaning 50-moddasida taʼkidlanadki, har kim ta’lim olish huquqiga ega. Davlat

uzluksiz ta’lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari

rivojlanishini ta’minlaydi.Mazkur moddada nodavlat ta’lim muassasalariga ham e’tibor

qaratilmoqda. Ya’ni davlat tomonidan nodavlat ta’lim muassasalari uchun ham rivojlanishi

kafolatlanmoqda. Shuningdek, Konstitutsiyada davlat maktabgacha ta’lim va tarbiyani

rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratishi va bepul umumiy o‘rta ta’lim va boshlang‘ich

professional ta’lim olishni kafolatlaydi.
Ushbu Konstitutsiyada umumiy o‘rta ta’lim majburiy ekanligi, maktabgacha ta’lim va tarbiya,

umumiy o‘rta ta’lim davlat nazoratida bo‘lishi va ta’lim tashkilotlarida alohida ta’lim

ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim va tarbiya ta’minlanishi ta’kilab

o‘tilgan.
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, Konstitutsiyada fuqarolarning oliy ta’lim muassasalarida davlat

granti hisobidan o‘qish huquqi qat’iy belgilab qo‘yildi. Bu bilan davlat granti kelgusida ham

mavjud bo‘lishi qat’iy norma bilan belgilab qo‘yilmoqda.Asosiy qonundayoshlarning bepul

boshlang‘ich kasb-hunarga o‘qitilishi ham belgilanmoqda. Bu yoshlarni qo‘llab quvvatlar va

ularning ta’lim jarayoniga jaob etishning huquqiy asoslari hisoblanadi. Ta’kidlash lozimki,

nogironligi bor bolajonlarga ham o‘z tengdoshlari bilan bir xil ta’lim olishi uchun barcha

sharoitlarni yaratish ko‘zda tutildi. Shuning uchun, bunday imkoniyatlar inklyuziv ta’lim

sifatida Konstitutsiyaga kiritildi. Bu shunday nuqsonlarga ega bolalarimizning yakkalanib

qolmasligi, jamiyatning to‘laqonli a’zosi sifatida shakllanishi va kamol topishi uchun muhim

kafolatdir.
Inklyuziv ta’lim alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini

hisobga olgan holda barcha ta’lim oluvchilar uchun ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishga bo‘lgan

teng imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan бўлади. Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy


background image

150

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 2-SON (YOʻITJ)

nuqsonlari bo‘lgan bolalar (shaxslar) uchun ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’lim tashkil

etiladi. Inklyuziv ta’limni tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

tomonidan belgilanadi .
Konstitutsiyada belgilanayotgan eng muhim normalardan biri, davlatning o‘qituvchilar sha’ni

va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan

o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish majburiyati kuchaytirildi. Bu qoidalar mamlakatimizdagi

barcha o‘qituvchilarning professional o‘sishi hamda ijtimoiy va moddiy qo‘llab-quvvatlanishi

ularning jamiyatdagi ijtimoiy maqomi, obro‘sini yanada oshirishga xizmat qiladi.Oliy ta’lim

tashkilotlariga akademik erkinlik, o‘zini o‘zi boshqarish, tadqiqotlar o‘tkazish va o‘qitish

erkinligi huquqi taqdim etildi.
Konstitutsiyamizga ushbu normaning kiritilishi professor-o‘qituvchilar va talabalarning o‘quv

jarayonidagi mustaqilligini ta’minlashga xizmat qiladi. Yuqoridagilarga ko‘ra ta’kidlash

lozimki, mamlakatimiz taraqqiyotini yangi, yuqori bosqichga ko‘tarishda ta’lim sohasini ham

muhim o‘rin tutadi. Ta’lim va tarbiya masalasi har qanday jamiyat va davlat rivojining

pirovard yo‘nalishlaridan biri sanaladi. Ta’lim sohasining huquqiy jihatdan Asosiy

qonunimizda mustahkamlanishi buning isbotidir.
O‘qituvchi zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanar ekan, albatta bunda birinchi

navbatda fan, mavzu, o‘quvchilar yoshi, kasbiy yo‘naltirilganligi va shu kabi bir necha

jihatlarga e’tibor berishi kerak. Masalan VIII-sinf “ Davlat va huquq asoslari” darsligidagi

“Jamiyat”, “Davlat” mavzularini o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan:

“ Muammoni hal qilish texnologiyasi” dan foydalanishimiz mumkin. Muammoni hal qilish

uslubi – muammoni aniqlash va uni hal qilishning eng maqbul yo‘llarini topishga o‘quvchining

tayyorgarligini tekshirib ko‘rish uchun qo‘llaniladi. O‘quvchi bunda birinchi bo‘lib muammoni

aniqlab oladi. So‘ngra muammoni yechish uchun axborotlarni izlaydi. Izlanish chog’ida kerakli

jurnallar, monografiyalar, darsliklar, qo‘llanmalardan foydalanish mumkin. Bu bilan o‘quvchi

olgan ma’lumotlaridan xulosa chiqarishi va uni amalda tadbiq etish etish ko‘nikmalariga ega

bo‘ladi. Darslarni zamonaviy texnologiyalar asosida o‘tish orqali o‘quvchilarda qonunlar,

yuridik adabiyotlar bilan mustaqil ishlay olish ko‘nikmsini shakllantirish, ularni erkin fikrlash

mavzu yuzasidan o‘zining mustaqil fikrini bildira olish, mavzuni nazariy jihatini xolisona ilmiy

taxlil etish xususiyatlarini rivojlanishga yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Mirziyoyev Sh.M ,, Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quram-iz.-

T.:”O‘zbekiston”2017
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini

yanada rivojlantirish bo‘yicha harahatlar strategiyasi to‘g’risida”gi 4947-sonli farmoni
3. WWW.uzedu.uz
4. X.T.Odilqoriyev “ Davlat va huquq nazariyasi ”

Библиографические ссылки

Mirziyoyev Sh.M ,, Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quram-iz.-T.:”O‘zbekiston”2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harahatlar strategiyasi to‘g’risida”gi 4947-sonli farmoni

WWW.uzedu.uz

X.T.Odilqoriyev “ Davlat va huquq nazariyasi ”