142
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 2-SON (YOʻITJ)
ABDURAUF FITRAT-ZULLISONAYR IJODKOR
Nizomova Kamola Vohid qizi
BuxDU 1-kurs magistri
https://doi.org/10.5281/zenodo.14888057
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi:11-yanvar 2025 yil
Ma’qullandi: 12-yanvar 2025 yil
Nashr qilindi: 18-yanvar 2025 yil
Qadimiy Buxoro farzandi Abdurauf Fitrat Milliy
uyg'onish davri o'zbek adabiyotida sezilarli oʻringa ega.
Ushbu maqolada ijodkorning zullisonayr qalam egasi
ekanligi haqida fikr yuritiladi. Tojik tilida yozilgan
asarlari tahlilga tortilgan .
KEY WORDS
zullisonayr,
fors-tojik
tili,
jadidchilik, "Sayha"," Munozara",
Buxoro, islomiy ta'limot .
Abdurauf Fitrat 1886-yili islomiy madaniyatning markazlaridan biri Buxoroda tavallud
topgan . Dastlab eski maktabda, so'ngra Buxorodagi mashhur "Mir Arab" madrasasida tahsil
ko'rgan bo'lsa-da ilmga chanqoqligi, kitob shaydosi bo'lganligi bois mustaqil mutolaa orqasida
aksar madrasadoshlaridan ancha ilgarilab ketgan edi . Bunday muhit Fitratning ijodini yaqqol
ko'rsatishga sabab bo'ldi . Ma'lumki buxoroliklarning aksariyati tojik tilida so’zlashadilar va
bu jihat yozuvchilarning o'z asarlarida ham namoyon bo'ladi. Abdurauf Fitrat ham Buxoroning
asl farzandi sifatida fors-tojik tilini mukammal bilgan va bu keyingi ijodga ham o'z ta'sirini
ko'rsatgan.
Fitrat badiiy ijodga she'riyat orqali kirib kelgan . Uning sheʼriy asarlari "Buxoroi sharif",
"Sadoiy Turkiston" va boshqa vaqtli matbuot sahifalarida alohida toʻplam holida xorijda
Istanbulda 1911-yili "Sayha" (“Bongsoʻz”) nomi ostida fors tilida eʼlon qilingan. Sadriddin
Ayniy "Namunai adabiyoti tojik " majmuasini tuzganda yuqoridagi nashrlarga asoslanib
Fitratning forscha she'rlaridan saylab toʻplamga kiritgan.
Sadriddin Ayniy Abdurauf
Fitratning "Sayha" to'plamiga “elektr quvvat kabi kuchli ta'sir etdi” deya munosabat bildiradi.
Chunki to'plamda ijodkor birinchilardan bo'lib mustaqillik, hurriyat tuygʻularini singdirgan
misralar keltirgan edi . U bir jadid sifatida o'z sheʼrlari bilan milliy istiqlol targ'ibotga
kirishgan edi. Fitratning nasrdagi ilk asari "Munozara" ("Hindistonda bir farangi ila buxorolik
bir mudarrisning bir necha masalalar ham usuli jadid xususida qilgan munozarasi") asari ham
fors tilida 1909 yili yozilib o'zbekchaga 1911 yilda oʻgiriladi. Asar 20-asr boshlarida
Turkistondagi Milliy uygʻonish harakatining norasmiy dasturi bo'lib xizmat qilgan va yoshlar
dunyoqarashini keskin o'zgarishi va ularning jadidlar safiga kelib qo'shilishiga sabab bo'lgan.
Shuning uchun tom maʼnoda "Munozara"ni jadidchilik harakati rivoji yo'lidagi ilk nazariy
asardir desak adashmaymiz. Abdurauf Fitrat Buxoro va Istanbul oliy madrasalarda o'qiydi,
Qur'onni xatm qilib, "Muxtasari tarixi islom" nomli fors-tojik tilida kitob yozadi. Kitob islomiy
1
Hamidulla Boltaboyev “Fitrat va jadidchilik” Toshkent, Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston milliy kutubxonasi
nashriyoti-2007, 6-bet.
143
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 2-SON (YOʻITJ)
ta'limot to'g'risida bo'lib unda yozuvchi dinshunos olim sifatida o'z fikr-mulohazalarni bayon
etadi.
Fitrat dramaturg sifatida inqilobiy-tarixiy mavzuda “Vose qo’zgʻaloni” nomli tojik tilida
drama yaratgan. Drama 1927-yilda yozilgan bo'lib, Dushanbeda nashr qilinadi. To'rt pardadan
tashkil topgan ushbu dramada tarixiy voqea tilga olinib ijtimoiy tuzum xalqning ahvoli
realistik uslubda ifoda etiladi. Muallif mavzudan so'ng “Buxoro amiri hukmronligi ostida
yashagan tojiklar hayotidan tarixiy fojia” deya asar janri va mohiyati xususida o'z fikrini aytib
o'tgan.
Abdurauf fitrat 1918-yildan e'tiboran Toshkent dorilmualimida dars berishni boshlaydi va
shu davrlarda maktab islohoti o’laroq birinchi boʻlib ona tili darsligini yozadi. Bu darsliklar
1924-30-yillar davomida 5 marotaba nashr etilgan. Samarqand, Buxoro va Tojikiston
jumhuriyati ehtiyoji hisobga olgan holda “Tojik tilining qoidalari” (“Qoidaxoi zaboni tojiki”)ni
yozdi. Unda ona tilining goʻzalligi nafosati nazariy asosda asoslab berilgan. Bundan tashqari u
Samarqandda ishlagan paytlari talabalarga tojik tilida ma'ruzalar ham o'qigan.
Fitrashunoslikda Abdurauf Fitrat ijodidagi tojik tilidagi asarlar alohida o'rganilgan. Hattoki
tadqiqotchilar orasida tojik millati vakillarini ham uchratamiz. Tojikiston fanlar
akademiyasining akademigi Muhammadjon Shukurov “Fitrat va tojik adabiyoti” nomli
maqolasida adibning asr boshi ijodida tojik adabiyotning yangi ijtimoiy mazmuni
vatanparvarlik va ma'rifat ohangi publitsistik yo'nalishi o'zining munosib o'rnini topganligini
ta'kidlagan. “Haqiqatan,- deydi M.Shukurov,- mazkur povesti (“Munozara”, “Sayyohi hindi”,
“Rahbari najot”)dan boshlab tojik prozasidan chinakam yangilanish boshladi”.
Bu ta’rif Fitrat
ijodiga berilgan yuksak baho hisoblanadi. Darhaqiqat, Milliy uyg'onish davri adabiyoti
vakillari adabiyotga yangi janr, shakl, mazmunni olib kirishdi, bu tarix sahifalarga muhrlandi.
Binobarin Fitrat ijodi bu borada birinchilardan bo'lib tiliga olinadi.
Fikrimiz soʻngida oʻz xulosalarimizni aytar ekanmiz, Abdurauf Fitrat ko’p va xo’p ijod qildi,
davr, ijtimoiy ehtiyojlar tufayli asarlar yaratdi, undan bizga kattagina ilmiy-adabiy meros
qoldi. Bu meros tarkibida fors-tojik tilidagi namunalar ham bisyor. Ularning yaratilishi go'zal,
shu sabab haligacha turli tillarga o'girilib mutolaa qilinyapti. Yuqorida sanab o'tgan
asarlarimizda Fitrat tojik tili orqali oʻziga xos poetik yo’lda kashfiyotlar qiladi. Fikrlarni o'ziga
qulay usulda kitobxonga yetkazmoqchi boʻladi. Mazmunan yuksak, uslub jihatdan ravon,
ifodasi aniq boʻlgan bunday namunalarni qayta-qayta oʻqiymiz, o'rganamiz, tahlil qilamiz.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
:
1.Abdurau Fitrat “Najot yo’li” Toshkent, Ma'naviyat-2022;
2.Hamidulla Boltaboyev “Fitrat va jadidchilik” Toshkent, Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston
milliy kutubxonasi nashriyoti- 2007;
3. Hamidulla Boltaboyev “Jadidlar, Abdurauf Fitrat” Toshkent, Yoshlar nashriyot uyi-2022;
4.Ilhom G’aniyev “Fitrat va Fitratshunoslik” Toshkent, O'zbekiston Respublikasi fanlar
akademiyasi Fan nashriyoti-2005.
2
Ilhom Ganiyev “Fitrat va Fitratshunoslik” Toshkent, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Fan-2005,59-bet