Авторы

  • Sardor G’ofurov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yoitj.68099

Аннотация

Bu maqola Imom Buxoriyning siyrati, hadis ilmini o’rganishdagi say harakatlari, Imom Buxoriy haqidagi buyuk ulamolarning fikrlari hamda Imom Buxoriyning biz insonlar qaysi tomonlari bilan o’rnak bo’lishi va eng asosiysi hadis ilmiga qo’shgan hissasi tog’risida bir qator fikrlarni o’z ichiga oladi.


background image

138

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 2-SON (YOʻITJ)

IMOM BUXORIYNING HADIS ILMIGA QO’SHGAN HISSASI

G’ofurov Sardor Yigitali o’g’li

Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti

Bank ishi fakulteti 1-bosqich talabasi

gafurovsardor2063@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14888039

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi:11-yanvar 2025 yil

Ma’qullandi: 12-yanvar 2025 yil

Nashr qilindi: 18-yanvar 2025 yil

Bu maqola Imom Buxoriyning siyrati, hadis ilmini

o’rganishdagi say harakatlari, Imom Buxoriy haqidagi

buyuk ulamolarning fikrlari hamda Imom Buxoriyning

biz insonlar qaysi tomonlari bilan o’rnak bo’lishi va eng

asosiysi hadis ilmiga qo’shgan hissasi tog’risida bir qator

fikrlarni o’z ichiga oladi.

KEY WORDS

Imom Buxoriy, SAHIHI BUXORIY,

Mug’era, Qur’an, 210-xijriy yil,

tijorat, 10000 dirham, Muhammad

Ibn Ismoil, Nishopur, Samarqand,

Abu Mansur Ibn Jibrel, Poykant,

Xartang, Buxoro amiri, fitna,

halollik, ilm.

Kirish.

Imom Buxoriy hadis ilmida Amir-ul Mo’minin, Allohning kalomi Qur’an kitobidan

keyingi o’rinda turgan eng to’g’ri kitob “SAHIHI BUXORIY”ning sohibi, to’liq ismlari

Muhammad Ibn Ismoil Ibn Ibrohim Al Buxoriy Raxmatullohi Alayhdir. Imom Buxoriy o’zining

SAHIHI BUXORIY kitobini 16 yil davomida yozadi. Shuningdek aytganki shu kitobni o’zim va

alloh o’rtasida hujjat bo’lishini xohladim. Islom tarixi Imom Buxoriyday boshqa birovni

ko’rgan emas. U hammadan hadisni yodlash borasida ham, rivoyatdagi puxtalikda ham,

hadislarni izlashdagi sabr bobida ham birinchilikda bo’lgan. Bu inson hadis ilmida

talabalardan hattoki uni ustozlaridan uzib ketdi.

Asosiy qisim.

Ulamolardan biri aytadi, Imom Buxoriyday kishini avval ko’rgan emasman,

go’yoki u faqat hadis ilmini o’rganish uchun yaralgan edi. Uning katta bobosi Mug’era asli

majusiy bo’lgan va Buxoroga ko’chib kelib Buxoroning amiri Yamonni qo’lida kalima keltirib

musulmon bo’lgan. Otasi Ismoil Ibn Ibrohim ahli ilm bo’lib kibor ulamolarning suxbatida

bo’lgan kishilardan edi. Afsuski u kishi Imom Buxoriy yoshligida vafot topadi va Al Buxoriy

yoshligidanoq yetim qoladi. Otasi vafot etarkan “Bor molu dunyoyimda na xarom yo’l bilan na

shubhali nopok yo’l bilan topilgan 1 dirhamni bilmayman”. Imom Buxoriy otasining vafotidan

keyin 3 yoshida ko’zlari ojiz bo’lib qolib, bitta onasini qo’lida qoldi. Onasi ota qoldirgan barcha

mol dunyoni Buxoriyning ilmi uchun sarflaydi. Soliha ona o’z farzandining ko’zlari ojiz bo’lib

qolganidan o’ksinib ko’p yig’laydi va duo iltijo qiladi, va kunlardan bir kun uning tushiga

Ibrohim Alayhisalom kiradi va aytadiki, ko’p duo qilib yig’laganingdan Alloh o’g’lingni

ko’zining nurini qaytardi deydi, shu tariqa Muhammad Ibn Ismoil yana ko’rishni boshladi. Al

Buxoriy 9 yoshligidan katta Shayxlar orasida yuradi va u yerda hadislar o’qib boshlaydi. Ibn

Ismoil judayam kuchli zehn va xotira egasi bo’lib, minglab hadislarni yodlash uchun bir marta

eshitish kifoya qilgan. U dastlab Buxorada ta’lim oldi va bu bilan cheklanib qolmay, 16 yoshida

ilm talabi bilan Basraga, keyin Nishopur hamda Rayga safar qildi va u yerdagi jamiki

ulamolarni hadislarini yod oldi, ammo baribir hadis yerlarining markazi arab yerlari edi,


background image

139

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 2-SON (YOʻITJ)

xususan, Iroq. Shuningdek, 210- xijriy yil oxirlarida Al Buxoriy Iroqga safar qildi va u yerdagi

mashoyiqlardan ilm o’rgandi. Al Buxoriy aytadiki, Bog’dodga 8 marta kirdim va har

kirganimda Imomi Ahmad Ibn Hambal huzuriga kirdim va suxbatida o’tirdim. Bu zot Al

Buxoriyning ustozi edi va Buxoriy ustozidan ilmlarni o’rganib ketmoqchi bo’lganda Ibn

Hambal aytadiki, ilmni va uni odamlarini tashlab Xurosonga ketasizmi. Ya’ni ustozi uni shu

yerda qolib ilmini ziyoda qilishini xohlardi. Shu tariqa Al Buxoriy Makkaga keldi, u yerdagi ilm

egalaridan hadislar o’rgandi, keyin Madinaga keldi, u yerdagi ilmlarni ham oldi. Buxoriy

ustozlardan hadis eshitarkan, bilmagani chiqsa darrov yodlab olardi, agarda biladigani chiqsa

qaysi yo’l bilan qaysi san’at bilan ekanligini bilib olar edi. Keyinchalik Misrga safar qildi

shuningdek, Shomga. Deyarli Ummati Muhammadiya bor bo’lgan barcha hadislarni yodlab

bo’lgan edi. U yod olgan jamiki hadis ilmlarini o’zining eng ulug’ kitobi “SAHIHI BUXORIY”ga

jamlaydi. Allohning kitobidan keyingi o’rinda turadigan eng to’g’ri kitob, odam bolasini

qo’lidan yozilgan kitoblarni eng to’g’risi aynan shu kitob edi. Imom Buxoriy o’zining Sahihi

Buxoriy kitobini ta’rif qilishida aytadiki, “16 yoshligimda Isxoq Ibn Roxuvayyaning huzurida

edim va shu yerda o’tirganlardan biri dedi, payg’ambarimiz Muhammad Mustafo sollollohi

alayhi vassalamni hadislarini sunnatlarini o’zida jamlagan kichkinagina bir muxtasar kitob

yozsangizlar” dedi, aynan shu gapni eshitganimda shu ish qalbimga o’rnashib qoldi vas hu

kitobni jamlashga kirishdim. Ya’ni Imom Buxoriy “Sahihi Buxoriy”ni 16 yoshligidan yozishni

boshlagan, va shu gaplarni keltirgan, “Sahihi Buxoriy”ni 600 ming hadis ichidan ajratib oldim

va undagi har bir hadisni yozishdan avval g’usul qildim va ikki rakat nomoz o’qidim va kitobga

faqatgina sahih bo’lgan hadislarni kiritdim hamda cho’zilib ketmasligi uchun ayrim sahih

hadislarni unga yozmadim. Muhammad Ibn Abu Xotim Imom Buxoriydan so’radi, siz

kitoblaringizga kiritgan barcha hadislarni yoddan bilasizmi, Buxoriy javob qildi, kitobga

nimani yozgan bo’lsam hammasi yodimda va har bir kitobimni 3 martadan yozib chiqganman

va shu bir kitobga 16 yil vaqtim ketgan. Imom Buxoriy hadis jamlashdagi say harakatlari

haqida shunday deydi, “men boshqalarga o’xshab hadis yozmaganman agar bir kishidan hadis

yozgan bo’lsam, imkon bo’lsa shu kishini ismini, nisbatini, hadisni tushunishini va bu hadisni

kimdan o’rganganligini so’raganman”. Ya’ni Imom Buxoriy hadisni tog’ridan tog’ri eshitmagan

kishilardan olmaganlar va bu shart tarixda faqatgina Imom Buxoriyda mavjud. Abbos Abduriy

aytadilar, “Muhammad Ibn Ismoil kabi hadisni diqqat bilan talab qiladigan boshqa kishi

ko’rmadim”. Abdul Asqardan rivoyat qilinadi, Samarqandda payg’ambarimiz hadisini talab

qiladigan, ahli hadis bo’lgan ilmli kishilardan 400 tasi 7 kun davomida Imom Buxoriyni sinab

adashtirmoqchi bo’ladi. Shomliklardan bo’lgan hadislarni tanlashdi va ularni Iroqliklarni

hadislari bilan aralashtirishdi, ularning hammasi sahih hadis lekin aralashtirilgan edi. Imom

Buxoriy ularni har birini adashmasdan to’g’rilab aniq qilib aytib berdi. Imom Buxoriy hikmat

sohibi, nur egasi edi, uning ilm yo’lida aytgan so’zlari shunday, “muhtoj bo’lingan narsa borki

u bas Qur’anda bor”, ya’ni inson nimaga muxtoj bo’lsa Qur’anda bor sunnatda bor. Imom

Buxoriy o’zi haqida aytadiki, “sahih hadisni saqim hadisdan ajratmagunimcha, Fiqh, Ray,

Mantiq kitoblarini o’qimagunimcha, ko’rmagunimcha hadis aytgani o’tirmadim” yana

keltiradiki, “dunyo zikridan bo’lgan so’zlarni ham allohga hamd aytish bilan boshlayman”.

Imom Buxoriy buyuk hikmat sohibi ekanligining yaqqol namunasi qilib Muhammad Ibn

Isroilning shu so’zlarini o’qish kifoya, “ Alloh meni g’iybat qilganim uchun jazolamaydi degan

umiddaman”. Bilamizki, g’iybat eng katta gunohlardan biridir va Imom Buxoriy biror marta

g’iybat qilmagan, ya’ni insonlarga berayotgani bahosi ham hikmatli bo’lgan. Masalan Imom

Buxoriy biror kishidan hadis olish mumkinmasligini bilsa kazzob yoki yolg’onchi demasdi,

aytardiki u munkar-ul hadis(so’zi inkor qilingan) yoki u kishi haqida mulohaza bor. O’zining

shogirtlariga ham shuni o’rgatgan, “agar men bir kishi haqida mulohaza bor dedimmi, bilingki

bu kishi muddaham va yolg’onchi ekan”. Ma’lumki har bir sohada biror peshqadam odamga

nisbatan hasad qilguvchilar bo’lgani kabi Muhammad Ibn Ismoilga ham usha davrda hasad

qilganlar talaygina edi. Kunlardan bir kun Imom Buxoriy Nishopurga borib jomeda

o’tirganlarida Amri Ibn Zarora hamda Isxoq Ibn Rohivayalar Nishopurning amiriga meni


background image

140

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 2-SON (YOʻITJ)

kelganligimni, hadis ilmidagi bilimimni xabarini yetkazishdi, Imomdan ilm olishlikni taklif

qilishganda Nishopur amiri to’g’ri kelgan begona kishidan ilm olmayman degan javobni beradi.

Shuningdek, Imom Buxoriyga hasad qilguvchilarning u xatto namozni ham to’g’ri o’qiy

olmaydi degan gaplari u zotning qulog’iga yetib kelganida, eshitib turib kuldi va men haqimda

shunday degan bo’lsa, xohlasam o’rnimdan turib ketmasdan 10000ta faqat nomoz haqidagi

hadislarni aytib beraman deydi. Xusayin Ibn Muhammad aytadilar, Imom Buxoriyning ko’p

yaxshi sifatlar bore di va ularga yana 3 xil sifat qo’shilgan edi. Ulardan birinchisi oz gapirar edi,

ikkinchisi odamlarni qo’lidagi narsalarga ta’ma qilmas edi, uchinchisi odamlar bilan ovora

bo’lmas edi.

Imom Buxoriy tijorat bilan shug’ullanar edi. Albatta u kishining tijorati hallollik va

pokizalik ustiga qurilgan edi, savdosida halol inson bo’lgan. Kunlarning birida o’zining

o’g’lidan bir mol keldi, savdogarlar shu molni sotib olishlik uchun 5000 dirham foyda taklif

qilishdi. Xaridorlarning bu berayotgan foydasi oz edi va Imom ertaga kelinglar bir o’ylanib

ko’ray dedi. Ertasi kuni boshqa xaridorlar kelishdi va 10000 dirham foyda taklif qilishdi,

shunda Imom Buxoriy kecha kelganxaridorlarga molni 5000 dirhamga beraman deb niyat

qilganman dedi. Shuningdek, Imom Buxoriyga berilgan ta’riflardan eng go’zali shuki, Ibn

Xuzayn buyuk muxaddislardan biri aytadilar, men bu samo ostida Muhammad Ibn Ismoildan

ko’ra Rosulolloh sollollohi alayhi vassallamning hadisini bilimdonrog’i va hofizrog’i bo’lgan

boshqa birovni ko’rmadim. Shu tariqa Imom Buxoriyni davro’g’i doston bo’lib ketdi. Lekin bu

Buxoriyga nisbatan fitna bo’lishiga sabab bo’ldi. Kunlardan bir kun Ibn Ismoil o’z yurtiga

Buxoroga keldi u yerda xalq uni judayam chiroyli intiqlik bilan kutib oldi, kelishi bilan Imom

ustida pullar sochishdi. Ammo bu Buxoro amiriga yoqmasdi va xalqga Imom Buxoriydan

uzoqroq yurishini takidlar, xalq esa amir fikriga e’tibor qaratmasdi, aksincha Imomni himoya

qilshdi. Buxoro amiri Ibn ismoilni yomon ko’rishiga sabab payg’ambarimiz hadislarini

o’rganishlikga qiziqish amirda ham bor edi. Bir kuni Imom Buxoriy saroyga kelib unga va

uning o’g’illariga Sahihi Buxoriyni kitobini alohida dars berishini talab qildi. Imom Buxoriy

amirdan kelgan elchiga qarab men ilmni xor qilib uni hukmdorlarni eshigiga olib bormayman,

ilm ziyorat qilinadi ziyorat qilmaydi dedi. Bu javobdan amir g’azablanib allomani shahardan

chiqarib yuborishlik yo’lini izlay boshlaydi, bir guruh nopok kimsalarni topib Imom ustidan

yolg’on tuxmatlarni tarqatishni buyurdi. Shunday qilib Buxorada Ibn Ismoil haqida buxtonlar

ko’paydi va shunday amir Imomdan bu shaharni tashlab chiqib ketishlikni talab qildi. Imom

Buxoriy qarshilik qilishi mumkin edi, ammo meni deb xalq o’rtasida ixtilof bo’lishini

xohlamayman dedi. Imom Buxoriy Buxorodan chiqib ketib Poykantga keldi, afsuski,

Buxorodagi to’qilgan fitna Poykantga Imomdan oldin kelgan edi va xalq ikkiga bo’linib qolgan

edi, yarimi Imomni oqlar edi, qolganlari esa qoralar edi. Poykantdagi ahvolni ko’rib

Muhammad Ibn Ismoil bu yerda ham qolishni istamadi. Samarqand ahli Imom Buxoriy bilan

bog’liq Buxoro va Poykantdagi vaziyatni biladi va Imomni chaqiradi, muqim bo’lib istiqomat

qiling bizni ichimizda deyishdi va Imom Buxoriy rozi bo’ldilar va Samarqanddagi Xartang

qishlog’iga kelib joylashdi, u yerda uning qarindoshi Abu Mansur Ibn Jibrel uyida turdi va

vafot topdi. Imom Buxoriydek zot o’z yurtiga sig’madi va allohga duo qildi, “ ey allohim

qanchalar keng bo’lgani bilan bu dunyo menga torlik qilib qoldi, endi meni o’z rahmatinga

qabul et”

Xulosa.

Muhammad Ibn Ismoil Ibn Ibrohim Al Buxoriy Raxmatullohi Alayh hadis ilmlarini

mukammal o’rganib unga rioya qilguvchilardan edi. U umri davomida ilm o’rganib uni targ’ib

qilib uni himoya qilib yashadi. Biz bugungi kunda shunday ajdodlarimizni say harakatlarini

qadirlovchi uni davom ettiruvchi, aqlan va ruhan yetuk farzandlar bo’lishimiz lozim. Biz Imom

Buxoriydan har tomonlama andoza olsak arziydi. Agarda biz jamiki sohalarda xususan, tijorat,

ta’lim va boshqa sohalardagi yondashuvimizda Imom Buxoriydik harakat qilsak dunyoda

O’zbekistondan peshqadam biror mamlakat qolmaydi.


background image

141

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 2-SON (YOʻITJ)

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

https://youtu.be/Rp0iMYIjFnc?si=yh7ovIGf9ChvMkp3

Библиографические ссылки