Авторы

  • Zulfiya Ortiqova
  • Dilshodaxon Nurmuhammedova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yoitj.68100

Аннотация

 Mazkur maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi kasbiga tayyorlashning ahloqiy-kasbiy jihatlari, pedagogik deontalogiya va kompetentlik tushunchalarining mazmuni nazariy jihatdan yoritilib, fanining nazariy metodologik asoslari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, kompetensiya nuqtai nazardan yondashuvlar, sohada tadqiqot ishlarini olib borgan olimlar va ularning pedagog g‘oyalari nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilishga e’tibor qaratilib, pedagogik deontalogiya va kompetentlik fanining ilmiy-nazariy asoslarini o‘rganish, metodologik yondashuvlarni izohlashga harakat qilingan.


background image

134

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 2-SON (YOʻITJ)

BO‘LAJAK O‘QITUVCHILAR UCHUN PEDAGOGIK

DEONTOLOGIYANING AHAMIYATI

Ortiqova Zulfiya Nurmahamatovna

Farg‘ona davlat universiteti o‘qituvchisi (PhD)

Nurmuhammedova Dilshodaxon Zaynobiddin qizi

Farg‘ona davlat universiteti magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14888026

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi:11-yanvar 2025 yil

Ma’qullandi: 12-yanvar 2025 yil

Nashr qilindi: 18-yanvar 2025 yil

Mazkur maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf

o‘qituvchisi kasbiga tayyorlashning ahloqiy-kasbiy

jihatlari, pedagogik deontalogiya va kompetentlik

tushunchalarining mazmuni nazariy jihatdan yoritilib,

fanining nazariy metodologik asoslari to‘g‘risida

ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, kompetensiya

nuqtai nazardan yondashuvlar, sohada tadqiqot

ishlarini olib borgan olimlar va ularning pedagog

g‘oyalari nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilishga

e’tibor

qaratilib,

pedagogik

deontalogiya

va

kompetentlik fanining ilmiy-nazariy asoslarini o‘rganish,

metodologik

yondashuvlarni

izohlashga

harakat

qilingan.

KEY WORDS

pedagogik

deontalogiya,

kompetentlik, fan, metodologik

yondashuvlar, bo‘shlang‘ich sinf

o‘qituvchisi,

odob-axloq,

pedagogok, kasbiy etika, xulq-

atvor, deontalogiya, kompetentlik,

konsepsiya, ta’lim, ta’limot.

Kirish.

Pedagogik deontalogiya va kompetentlik tushunchasi XXI asrda jamiyatimizda

ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti va ma’naviy-ma’rifiy sohada islohotlar jadal amalga oshirilishi,

ta’lim tizimining bosqichma - bosqich rivojlanishi, o‘qituvchi faoliyatida pedagogik madaniyati

va kasga loyiqligi davr talabiga aylanishi natajasida vujudga keldi. Shunday vaziyatda

mamlakatimiz ta’lim tizimining asosiy maqsadi huquqiy demokratik davlat va fuqarolik

jamiyati talablariga javob beradigan barkamol fuqarolarni voyaga yetkazishdan iboratdir.

Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari faoliyatda kasbiy kompetentligini shakllantirish orqali

yoshlarni mehnatga, shaxsiy hayotga, ijtimoiy munosabatlar va muloqotga tayyorlash

bugunning muhim pedagogik hodisasi hisoblanadi.

Shunday ma’suliyatli vazifani amalga oshirishda pedagogik deontalogiya va kompetentlik fani

muhim o‘rin tutadi. Zero, bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy fazilatlari, pedagogik mahorat va

pedagogik madaniyat, kasbiy kompetentlikni rivojlantirish pedagogik jarayonda yuzaga

keladigan muammoli vaziyatlarni muvaffaqiyatli hal qila olishni ta’minlovchi metodologik

yondashuvlar, amaliy ko‘nikmalar va hissiy sifatlar, o‘z-o‘zini axloqiy tarbiyalash, kasbiy

mahoratni rovojlantirish har qachongidan ham dolzarb.

Muhokama va natijalar.

Mamlakatimiz kelajagi bo‘lmish yosh avlodga vatanparvarlik,

insonparvarlik, milliy g‘urur, mehnatsevarlik kabi fazilatlarni singdirish vazifasini o‘qituvchi-

muallimlar amalga oshirishar ekan, pedagogik deontalogiya va kasbiy kompetentlik fani

o‘rganish talab etiladi.

Bugungi kunda pedagogik deontalogiya va kompetentlik fanining nazariy metodologik

asoslarini ilmiy yoritish ta’lim tizimida muhim vazifa darajasiga ko‘tarildi. Dastavval

deontalogiya, pedagogik deontalogiya va kasbiy kompetentlik tushunchalarini ilmiy-nazariy

jihatdan yoritish lozim.


background image

135

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 2-SON (YOʻITJ)

Ushbu atamalardan asosiysi bo‘lmiz “deontalogiya”ni ingliz huquqshunosi J.Bentham o‘zining

“Deontologiya” yoki “Axloqshunoslik to‘g‘risida” asarida axloq nazariyasini axloq haqidagi

xususiyatlarni izohlash uchun ishlatgan. Keyinchalik, kasbiy burchni axloqiy tomonidan

berilgan majburiyat sifatida ko‘rib, insoniy burch muammolarini tavsiflash bilan cheklandi.

C.D.Brod tomonidan 1930 yilda nashr etilgan “Axloq nazariyasining beshta turi” kitobida

atamaning mohiyati zamon talablariga mos tarzda bayon etilgan.

Deontologiya, yoki deontologik etika (qadimgi yunoncha “deontos” va logos iboralardan kelib

chiqqan bo‘lib, axloq va axloq muammolari to‘g‘risidagi ta’limot, axloqning bir shakli.

Deontalogiya pedagogik mahoratning tarkibiy qismi bo‘lib, pedagogik madaniyat, pedagogik

axloq-odob degan ma’nolarni anglatadi. Ba’zi manbalarda burch axloqi (yoki majburiyat) yoki

xulq-atvor qoidalariga asoslangan axloqiy tizim deb qayd etilgan.

So‘nggi paytlarda “deontologiya” atamasi ta’lim tizimi xodimlari orasida iste’moldagi so‘zga

aylandiki, yunon tilidan olingan ushbu atama zamirada kasb, axloq-odob turadi. So‘zning

lug‘aviy ma’nosiga to‘xtaladigan bo‘lsak, uni “burch haqidagi ta’limot”, boshqacha aytganda –

“huquq to‘g‘risidagi ta’limot” yoki “huquq haqidagi fan” deb tarjima qilishdi. Shuni aniq aytish

mumkinki, har qanday soxa xodimlarining, shu jumladan, pedagoglarning kasbiy burch yoki

majburiyat tushunchasi deb atash mumkin. Deontologiyaning tamoyillari aynan shu

maqsadga qaratilganligi ayni haqiqat.

Pedagogik deontalogiya va kompetentlik haqida to‘xtalar ekanmiz, quyidagi fikr juda o‘rinli.

“Har doim sabrli, diqqatli va xushmuomala, aqlning temir mantig‘iga bo‘ysungan holda,

kamtar bo‘ling, Kasallarga shifo berishga harakat qiling, o‘zingiz uchun hech qanday qurbonlik

va foyda talab qilmang”.

Ta’lim tizimi xodimlari faoliyatini axloqiy va huquqiy tartibga solish masalalari bo‘yicha

adabiyotlarning ko‘pchiligida bu masalalar o‘z dolzarbligini yo‘qotmaganligini va so‘nggi

yillarda ularga tobora ko‘proq e’tibor qaratilayotganidan dalolat beradi, garchi pedagog etika

– “pedagogning ruhi”, “ta’lim beruvchining donoligi”- ta’lim rivojlangan davrda paydo bo‘lgan

va unga parallel ravishda va ta’lim tarbiyani takomillashtirish bilan rivojlangan.

Yuqorida qayd etilganlarni pedagogika tiliga ko‘chirib qayd etadigan bo‘lsak, u kasb etikasi

yoxud pedagogik axloq degan mazmunni beradi. Pedagogik deontalogiya va kompetentlik

haqida sharq mutafakkirlari Al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Byeruniy, Ibn Sino,

Yusuf Xos Xojib, Ahmad Yugnakiylar XIV-XVI asrlarda Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Alisher

Navoiy, Abduraxmon Jomiy, Voiz Koshifiy, Z.M. Bobur kabi mutafakkirlarning asarlarida

umuminsoniy, milliy axloqqa doir g‘oyalar sifatida o‘z ifodasini topgan bo‘lib, ularda asosan

ta’lim beruvchilarning kasb axloqiga alohida urg‘u berilgan. Shuningdek, keyingi asr

pedagogikasida kasbiy pedagogik axloqqa, pedagogik madaniyatga alohida e’tibor qaratilib,

turli g‘oyalar maydonga keldi. XX-asrda kasbiy xulq-atvor yoxud pedagogik axloq, pedagogik

madaniyat ya’ni, pedagogik deontalogiya masalalariga bag‘ishlangan rus olimasi

V.N.Chernokozovaning “Etika uchiteliya” va I.Ya Pisarenkoning “Pedagogichiskaya etika”

nomli asarlar maydonga keldi.

Har bir davrda barcha kasblarning axloqiy xususiyatlarga alohida e’tibor qaratishgan. Chunki

axloq, axloqiy fazilatlar, pedagogik odob, pedagogik madaniyat ijtimoiy ong shakllarini tashkil

qilib, inson hayotining barcha sohalarida uning xulqi, hatti-harakatlarni tartibga solib,

boshqarib turuvchi vosita hisoblangan. Shu nuqtai nazardan, bo‘lajak boshlang‘ich sinf

o‘qituvchilarni ham axloqiy-estetik jihatdan tarbiyalashni davr taqozo etgan. Yurtimizda

mazkur masalaga XX-asrning 70-yillarida e’tibor qaratilgan. Jumladan, professor M.Ochilov

“O‘qituvchining axloqiy shakllanishi” mavzusida monografiya yozib, hatto 1978-yilda

doktorlik dessertasiyasini himoya qildi. Ushbu muallifning 1997-yilda N.Ochilova bilan

hamkorlikda chop etilgan “O‘qituvchi odobi”, 2001-yilda “O‘qituvchi” nashriyotidan nashr

etilgan “Muallim - qalb me’mori" nomli kitobi o‘qituvchilik kasbining axloqiy jihatlariga

bag‘ishlangan.


background image

136

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 2-SON (YOʻITJ)

XX asrda jahonning turli mamlakatlarida tibbiyot deontalogiyasiga e’tibor qaratilib,

deontalogiya tushunchasiga tibbiy stomotologiya nuqtai nazaridan yondashildi. Tibbiyot

xodimlari kundalik faoliyatda aholi sog‘lig‘ini yaxshilash, bemorlarni azob-uqubatlaridan,

manfaatdorlikdan xalos etish ishlarini amalga oshirdilar. Biroq, ba’zi shifokorlar bemorni o‘z

daromadlarining bevosita yoki bilvosita manbai deb bilardilar. Bunday holat stomatolog

shifokor va bemorlar o‘rtasida nostandart axloq va axloqiy munosabatlar paydo bo‘lishiga

sabab bo‘ldi.

Shunday qilib, tibbiy deontologiya tibbiyot xodimlarining kasbiy vazifalarini bajarishda

axloqiy me’yorlar va xatti-harakatlarni ifodalovchi tibbiy madaniyatni yaratishga erishdilar.

“Kompetentlik” (ingl. “competence” so‘zidan olingan bo‘lib, “qobiliyat” ma’nosini anglatadi.

Kompetentlik bo‘lajak kasb egasi tomonidan egallanadigan va o‘z faoliyatida qo‘llaniladigan

nazariy bilimlardan unumli foydalanish demakdir. Ya’ni yuqori darajadagi kasbiy malaka,

mahoratni iqtidorli namoyon eta olish tushunchasi bilan izohlanadi. Kompetentlik tizimida

kasbiy kompetentlik asosiy metodologik hodisa bo‘lib, mutaxassis tomonidan kasbiy

faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning egallanishi

va ularni amalda yuqori darajada qo‘llay olinish demakdir. Kompetensiyalar faoliyatning

samarali bajarilishini ta’minlaydigan harakatlarning umumlashtirilgan usullari. Bu insonning

o‘z malakasini amalda qo‘llash qobiliyatidir.

Xulosa.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, mamlakatimiz ta’lim tizimini jahon standartlari

darajasida ko‘tarishda munosib o‘rniga ega bilimli, qobiliyatli va iste’dodli bo‘lajak

o‘qituvchilarmizda, pedagogik deontalogiya va kompetentlikni rivojlantirish, raqobat muhitini

shakllantirish, shuningdek, ta’lim olish shakli, metod, vositalarini tanlay olish, ta’limning

insonparvarlik, demokratik, shaffoflik, oshkoralik, tenglik, prinsiplarga amal qilish, ta’lim va

tarbiya jaroyiniga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarni singdirish jamiyat kelajagi bo‘lgan

yosh avlod tarbiyasida xato va kamchiliklarga boshqalar tomonidan kamsitishlarga yo‘l

qoymaslik, ijtimoiy jihatdan himoya qilish bugungi kun jamiyat oldida turgan sharafli vazifa

ekanligini unitmagan holda, o‘qituvchi-pedagoglar uchun yaratilgan keng imkoniyatlardan

unumli foydalanish, yetuk intelektual salohiyatli kadr bo‘lish kabi tavsiyalarga amal qilishlari

darkor.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

I. O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-son

qonuni. - https://lex.uz

3. Ochilov M. Muallim - qalb me’mori. - T.: “O‘qituvchi”, 2001. 34-35 betlar

4. Bentham J. Deontology // Bentham J. Deontology together with a Table of the Springs of

Action and the Article of Utilitarianism. - Oxford: Clarendon Press, 1983, p. 119-281.

6. Musurmonova O. Pedagogik texnologiyalar ta’lim samaradorligining muhim omili. -T.:

“Yoshlar tashkiloti”, 2020. 52-bet.

7. Олимов Ш. Ш., Сайфуллаева Н. З. Основные принципы развития духовно-

нравственного мировоззрения у студентов //Инновационная экономика: перспективы

развития и совершенствования. - 2015. - №. 5 (10).

8. Олимов Ш. Ш. Педагогическое мастерство преподавателя и его профессионализм в

системе образования //Научные школы. Молодежь в науке и культуре XXI в.:

материалы междунар. науч.-творч. форума. - 2017. - Т. 31.

9. АБДУЛЛАЕВ К. Ф. Мыслители востока о педагогической профессии //Культура мира

и ненасилия подрастающего поколения: ракурсы интерпретации и педагогические

условия развития. - 2020. - С. 117-120.

10. Гулбоев А. Т. Педагогик ташхис воситасида укитувчилар малакасини узлуксиз

ошириш.. Педагогика. фан. ном. - 2010.

II. OOybek Rustamovich Ortiqov O‘QITUVCHI FAOLIYATIDA PEDAGOGIK DEONTALOGIYA VA

KOMPENTLIKNING ROLI VA AHAMIYATI // Scientific progress. 2021. №5.


background image

137

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 2-SON (YOʻITJ)

12. Oybek Rustamovich Ortiqov GLOBALLASHUV JARAYONIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA

MAFKURAVIY IMMUNITETNI RIVOJLANTIRISH OMILLARI // Scientific progress. 2021. №5.

13. Shodmonovich A. O. Education in the emirate of bukhara (based on the life and work of the

rulers) //Academicia: an international multidisciplinary research journal. -2020. - Т. 10. - №.

12. - С. 1224-1227.

Библиографические ссылки

I. O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-son qonuni. - https://lex.uz

Ochilov M. Muallim - qalb me’mori. - T.: “O‘qituvchi”, 2001. 34-35 betlar

Bentham J. Deontology // Bentham J. Deontology together with a Table of the Springs of Action and the Article of Utilitarianism. - Oxford: Clarendon Press, 1983, p. 119-281.

Musurmonova O. Pedagogik texnologiyalar ta’lim samaradorligining muhim omili. -T.: “Yoshlar tashkiloti”, 2020. 52-bet.

Олимов Ш. Ш., Сайфуллаева Н. З. Основные принципы развития духовно-нравственного мировоззрения у студентов //Инновационная экономика: перспективы развития и совершенствования. - 2015. - №. 5 (10).

Олимов Ш. Ш. Педагогическое мастерство преподавателя и его профессионализм в системе образования //Научные школы. Молодежь в науке и культуре XXI в.: материалы междунар. науч.-творч. форума. - 2017. - Т. 31.

АБДУЛЛАЕВ К. Ф. Мыслители востока о педагогической профессии //Культура мира и ненасилия подрастающего поколения: ракурсы интерпретации и педагогические условия развития. - 2020. - С. 117-120.

Гулбоев А. Т. Педагогик ташхис воситасида укитувчилар малакасини узлуксиз ошириш.. Педагогика. фан. ном. - 2010.

II. OOybek Rustamovich Ortiqov O‘QITUVCHI FAOLIYATIDA PEDAGOGIK DEONTALOGIYA VA KOMPENTLIKNING ROLI VA AHAMIYATI // Scientific progress. 2021. №5.

Oybek Rustamovich Ortiqov GLOBALLASHUV JARAYONIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA MAFKURAVIY IMMUNITETNI RIVOJLANTIRISH OMILLARI // Scientific progress. 2021. №5.

Shodmonovich A. O. Education in the emirate of bukhara (based on the life and work of the rulers) //Academicia: an international multidisciplinary research journal. -2020. - Т. 10. - №. 12. - С. 1224-1227.