Авторы

  • Aziza Xolliyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yoitj.68101

Аннотация

Ovqat toksikoinfeksiyalari-bakteriya va ularning zaharlari bilan ifloslangan ovqat mahsulotlari iste’rnoli natijasida kelib chiqadigan o‘tkir ichak infeksiyasi boiib, klinikqisqa muddatlijunjikish, harorat ko'tarilishi, gastroenterit belgilari, toksikoz va suvsizlanish belgilari bilan tavsiflanadigan kasallikdir. Etiologiyasi. Toksikoinfeksiyalaming qo‘zg‘atuvchilari enterokoklar, proteus vulgaris, entrotoksin ishiab chiqaradigan stafilokokk va streptokokk shtamlari, spora hosil qiladigan anaeroblar, “Bakterium cereus”, galofil vibrionlar “vibrio parahaemolitucus” va boshqalar hisoblanadi.


background image

131

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 2-SON (YOʻITJ)

OVQAT TOKSIKOINFEKSIYALARINING KLINIKASI VA

DAVOLASH

Xolliyeva Aziza Askarovna

Pastdarg’om jamoat salomatligi tibbiyot

texnikumi hamshiralik ishi yo’nalishi

o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14888021

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi:11-yanvar 2025 yil

Ma’qullandi: 12-yanvar 2025 yil

Nashr qilindi: 18-yanvar 2025 yil

Ovqat toksikoinfeksiyalari-bakteriya va ularning

zaharlari bilan ifloslangan ovqat mahsulotlari iste’rnoli

natijasida kelib chiqadigan o‘tkir ichak infeksiyasi boiib,

klinikqisqa muddatlijunjikish, harorat ko'tarilishi,

gastroenterit belgilari, toksikoz va suvsizlanish belgilari

bilan

tavsiflanadigan

kasallikdir.

Etiologiyasi.

Toksikoinfeksiyalaming qo‘zg‘atuvchilari enterokoklar,

proteus vulgaris, entrotoksin ishiab chiqaradigan

stafilokokk va streptokokk shtamlari, spora hosil

qiladigan anaeroblar, “Bakterium cereus”, galofil

vibrionlar “vibrio parahaemolitucus” va boshqalar

hisoblanadi.

KEY WORDS

Ovqatdan zaharlanishga sabab boiadigan tilla rang va oq stafilokokk dumaloq, kattaligi 0,8-1

mkm to‘da-to‘da boiib ko‘rinadi. Ular harakatsiz, spora va kapsula hosil qilmaydi.

Grammusbat hamma anilin bo'yoqlari bilan bo‘yaladi. Yuqori haroratga chidamli termostabil,

enterotoksin ishiab chiqaradi. Enterotoksin kimyoviy va fizik ta’sirlarga juda chidamli boiib

qaynatilganda 1,5—2 soat, 120 darajagacha qizdirilgan avtoklavda esa 20 minutdan keyingina

faolsiz holga keladi. CL. perfringens 7-8 x 1-2 mkm kattalikdagi tayoqchasimon mikrob boiib,

harakatsiz, tashqi muhitda spora hosil qiladi. Yuqorida qayd qilingan mikroblar

toksikoinfeksiyaga sabab boigan deb, xulosa chiqarishdan oldin klinik, epidemiologik,

bakteriologik, serologik tekshiruvlar natijasiga suyangan holda salmonellyoz, ichburug1, vabo

to‘g‘risida o'ylab ko'rish lozim.

Bu kasallikning yashirin davri ancha qisqa bo‘lib, 30 rninutdan 12 soatgacha, juda cho'zilsa 24

soatgacha boradi. Bemor to‘satdan ko‘ngli aynib, qayt qiladi. Ko‘pincha qusish ketmaket

qaytarilib, bemorni holdan toydiradi. Qusishdan keyin ich ketish boshlanadi. U bir kecha

kunduzda o‘rtacha 10-15 marta hojatga boradi, ichi suyuq bo'lib keladi, najasida yalqi va qon

boMmaydi. Stafilokokk toksikoinfeksiyasida ich ketmasligi mumkin. Stafilakokklaming

enterotoksin chiqaradigan shtammlari qo‘zg‘atadigan toksikoinfeksiyada ich ketish ya’ni

diareya tezda to‘xtaydi, ammo gastrit davom etadi. Bemoming qomi qattiq og‘riydi, u ketma-

ket qayt qiladi. Bosh aylanadi, og‘riydi o‘zi ancha bo'shashib qoladi, karaxt bo‘lib yotadi, goho

hushidan ketadi. Harorat ko‘tarilmaydi ba’zan subfebril bo‘lishi mumkin. Bemorning rangi

ko'karib, oyoq qo‘llari muzlaydi. Qomi paypaslab ko‘rilganda, me’da sohasi og'riydi. Puls tez,

sust uradi va qon bosimi pasaygan bo‘ladi. Kamdan-kam hollarda kollaps boshlanishi mumkin.

Jigarvataloq kattalashmaydi. Cl. perfringens qo‘zg‘atgan toksikoinfeksiyada ba’zan bu

kasallikka xos belgilardan tashqari nekrotik enterit va anaerob sepsis alomatlari ko‘rinadi. Bu

kasallik qorin og‘rig‘idan boshlanadi. Qorin burab og'riydi keyin bemor ko‘ngli aynib, qusadi.

Bir kunda 15-20 martagacha ichi ketadi. Diareya ba’zan bo'lmaydi. Zaharlanish va


background image

132

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 2-SON (YOʻITJ)

gastroenterit holatlari degidrotatsiyaga sabab bo‘ladi. Nekrotik enterit boshlanganda qorin

qattiq og‘riydi, meteorizm sepsis bilan birga davom etib borishi mumkin. Harorat yuqori

ko‘tariladi, zaharlanish kuchayib, ba’zan bemor badani sarg‘ayadi. Jigar va taloq kattalashadi.

Bemorning ahvoli og‘ir bo'ladi. Ba’zan o‘lishi mumkin. Cl. perfringens sabab bo‘lgan

toksikoinfeksiya ko‘pincha engil o‘tadi, 1-4 kun davom etadi va bemor sog‘ayib ketadi.

Bakterium cereus qo‘zg‘atadigan toksikoinfeksiyada ham gastroenterit ozgina zaharlanish

ba’zan suvsizlanish belgilari ko'rinadi. Harorat normal yoki subfebril bo'ladi. Ba’zi hollarda

bemor najasida yalqi va qon ko‘rinadi. Bakterium vulgaris qo‘zg‘atgan toksikoinfeksiyada

asosan o‘tkir gastrit belgilari paydo bo'ladi. Ovqat toksikoinfeksiyalarida suv, tuz almashinuvi

buzilishlari yuzaga kelib, yo'qotilgan suyuqlik miqdori ko'pincha bemor tana massasining 3-

6 % ni tashkil qiladi.

Ovqat toksikoinfeksiyalarini davolashda avvalo me’dani bir necha marta yaxshilab

yuvish zarur. Me’da natriy gidrokarbonatning 2-4 % li eritmasi yoki kaliy permanganatning

0,1 % li eritmasi bilan yuviladi. Buning uchun katta odamlarda 18 -20°C da ilitilgan 3 litr

suyuqlik ishlatiladi. Yuvish toza yuvindi chiqquncha davom ettiriladi. Ovqat

toksikoinfeksiyasining suvsizlanish belgilari kuzatilmagan engil kechishida oshqozonni

yuvishdan so‘ng qaynoq choy berib, oyoqlariga isitkich qo‘yib isitiladi. Oshqozonni yuvgandan

so‘ng ko‘ngil aynishi, ich buzilishi saqlanib, suvsizlanish I-II darajasi yoki ozgina umumiy

zaharlanish belgilari kuzatilsa, og‘iz orqali regidratatsiya vositalari (regidron,

tsitraglyukosolan, glyukosolan, qand-tuzli eritmalari) va enterosorbentlar (bektit-M, smekta)

buyuriladi. Yuqoridagi davolash tadbiri juda qulay bo‘lib, guruhli kasallanish yuzaga kelganda,

vena ichi tuzli eritmalari tanqisligida yuqori samara beradi. Oshqozonni yuvgandan so‘ng ham

qayta-qayta qusish alomatlari va umum zaharlanish, hamda suvsizlanishning III-IV darajasi

belgilari kuzatilganda standart tuzli eritmalar (“Trisol”, “Xlosol”, “Kvartasol”) 38°C gacha

isitilib, kasallikning og‘ir kechishida 60-120 mi bemorning kg vazniga, o'rtacha og'irlikda esa

55-75ml bemoming kg vazniga, vena ichiga 60-120 ml/min tezlikda yuboriladi. Vena ichi

parenteral regidratatsiyasi qusish to‘xtagandan so‘ng, gemodinamik ko‘rsatgichlar va

buyrakning ajratish faoliyati tiklanganidan so‘ng to‘xtatiladi. Ovqat toksikoinfeksiyasining

gastrointestinal shakllarini davolashda etiotrop davo o‘tkazilishi maqsadga muvofiq emas.

Bemorlarga kasallik boshida № 4, so‘ngra esa № 13 parhezli stol buyuriladi. Iste’moldan

me’da-ichak shilliq qavatini mexanik va kimyoviy ta’sirlovchi mahsulotlar (sut, konserva,

dudlangan, o‘tkir, ho‘l mevalar va sabzavotlar) inkor qilinadi. Parhez sekin-asta kengaytirilib,

kasallik boshlanishidan kamida 30 kun mobaynida buyuriladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

OʻzME

. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

2. Эргашева, О. А. К. (2022). РОЛЬ ФИЗИЧЕСКОГО ВОСПИТАНИЯ КАК УЧЕБНОЙ

ДИСЦИПЛИНЫ.

Вестник науки и образования

, (10-2 (130)), 58-61.

3. qizi Ergasheva, O. A. (2023). OLIY TA’LIM MUASSASASI TALABALARI BILAN O

‘TKAZILADIGAN YENGIL ATLETIKA BO ‘YICHA TO ‘GARAK MASHG ‘ULOTLARINING

MAZMUNI. Educational Research in Universal Sciences, 2(14), 155-158
4. Ergasheva, O. A. (2022). 11-12 YOSHLI O’QUVCHILARNING TEZKORLIK SIFATINI YENGIL

ATLETIKA MASHQLARI YORDAMIDA TAKOMILLASHTIRISH. IJODKOR O'QITUVCHI, 2(24),

150-153.
5. Ergasheva, O. A. (2021). Psychological characteristics of movements of primary

schoolchildren. ISJ Theoretical & Applied Science, 11 (103), 956-959.

6. Ergasheva, O. (2024). Potential glycolytic mechanism of endurance in athletics in female

group students. In

E3S Web of Conferences

(Vol. 538, p. 05027). EDP ​ ​ Sciences.


background image

133

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 2-SON (YOʻITJ)

7.

Hamroyev, A. R., & Ergasheva, O. A. (2023). THE EFFECT OF ACTION GAMES ON THE

PHYSICAL DEVELOPMENT AND LEVEL OF PHYSICAL FITNESS OF ELEMENTARY SCHOOL

STUDENTS. FORMATION OF PSYCHOLOGY AND PEDAGOGY AS INTERDISCIPLINARY

SCIENCES, 2(18), 67-71.
8. Axmedova M.D. A90 Yuqumli kasalliklarda hamshiralik ishi: Tibbiyot institutlarining

bakalavriat ta ’lim yo‘nalishi talabalari uchun darslik / M.D. Axmedova, A.R. Obloqulov, S.N. B

oboxo‘jayev; — Ozbekiston Respublikasi oliy va o ‘rta maxsus ta ’lim vazirligi. — T., «Iqtisod-

Moliya», 2008. - 244 b. Obloqulov A.R., Boboxo‘jayev S.N.

Библиографические ссылки

OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Эргашева, О. А. К. (2022). РОЛЬ ФИЗИЧЕСКОГО ВОСПИТАНИЯ КАК УЧЕБНОЙ ДИСЦИПЛИНЫ. Вестник науки и образования, (10-2 (130)), 58-61.

qizi Ergasheva, O. A. (2023). OLIY TA’LIM MUASSASASI TALABALARI BILAN O ‘TKAZILADIGAN YENGIL ATLETIKA BO ‘YICHA TO ‘GARAK MASHG ‘ULOTLARINING MAZMUNI. Educational Research in Universal Sciences, 2(14), 155-158

Ergasheva, O. A. (2022). 11-12 YOSHLI O’QUVCHILARNING TEZKORLIK SIFATINI YENGIL ATLETIKA MASHQLARI YORDAMIDA TAKOMILLASHTIRISH. IJODKOR O'QITUVCHI, 2(24), 150-153.

Ergasheva, O. A. (2021). Psychological characteristics of movements of primary schoolchildren. ISJ Theoretical & Applied Science, 11 (103), 956-959.

Ergasheva, O. (2024). Potential glycolytic mechanism of endurance in athletics in female group students. In E3S Web of Conferences (Vol. 538, p. 05027). EDP ​​Sciences.

Hamroyev, A. R., & Ergasheva, O. A. (2023). THE EFFECT OF ACTION GAMES ON THE PHYSICAL DEVELOPMENT AND LEVEL OF PHYSICAL FITNESS OF ELEMENTARY SCHOOL STUDENTS. FORMATION OF PSYCHOLOGY AND PEDAGOGY AS INTERDISCIPLINARY SCIENCES, 2(18), 67-71.

Axmedova M.D. A90 Yuqumli kasalliklarda hamshiralik ishi: Tibbiyot institutlarining bakalavriat ta ’lim yo‘nalishi talabalari uchun darslik / M.D. Axmedova, A.R. Obloqulov, S.N. B oboxo‘jayev; — Ozbekiston Respublikasi oliy va o ‘rta maxsus ta ’lim vazirligi. — T., «Iqtisod-Moliya», 2008. - 244 b. Obloqulov A.R., Boboxo‘jayev S.N.