Авторы

  • Mo’tabar Negmatova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yoitj.68106

Аннотация

Paronimiya xodisasi jahon tilshunosligida keng miqyosda o’rganilib kelinmoqda. Jahon olimlari shu jumladan,rus,fransuz,nemis,ingliz,o’zbek tilshunosligida ushbu hodisani atroflicha o’rganishgan va uning qo’llanilishi borasida turli xil fikrlar ilgari surilgan. Ushbu maqola paronimiya xodisasi,uning tilshunoslikda qo’llanilishi va unga doir nutqdagi  xato va kamchiliklar haqida jahon tilshunos-olimlari tomonidan ilgari surilgan fikr-mulohazalr tadqiqiga bagishlanadi. Shuningdek ushbu maqolada Paronimlar haqida dastlabki qarashlar va ushbu hodisaning davrlar miqyosda ham o’rganilishi borasida ham fikrlar keltirilgan.


background image

102

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 2-SON (YOʻITJ)

JAHON TILSHUNOSLIGIDA PARONIMIYA XODISASINING

O’RGANILISHI.

Negmatova Mo’tabar Do’stmurodovna

Qarshi davlat universiteti,Xorijiy tillar fakulteti,amaliy ingliz tili

kafedrasi o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14875752

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi:11-yanvar 2025 yil

Ma’qullandi: 12-yanvar 2025 yil

Nashr qilindi: 15-yanvar 2025 yil

Paronimiya xodisasi jahon tilshunosligida keng

miqyosda o’rganilib kelinmoqda. Jahon olimlari shu

jumladan,rus,fransuz,nemis,ingliz,o’zbek tilshunosligida

ushbu hodisani atroflicha o’rganishgan va uning

qo’llanilishi borasida turli xil fikrlar ilgari surilgan.

Ushbu maqola paronimiya xodisasi,uning tilshunoslikda

qo’llanilishi va unga doir nutqdagi xato va kamchiliklar

haqida jahon tilshunos-olimlari tomonidan ilgari

surilgan fikr-mulohazalr tadqiqiga bagishlanadi.

Shuningdek ushbu maqolada Paronimlar haqida

dastlabki qarashlar va ushbu hodisaning davrlar

miqyosda ham o’rganilishi borasida ham fikrlar

keltirilgan.

KEY WORDS

paronym

so’zlar,

paronimiya,

leksemalar, morfologik birliklar,

semantik chegara, paronomaziya.

Kirish.
Paronimlar (yunoncha "para" – yaqin, "onoma" – nom) – talaffuzi va yozilishi o'xshash, lekin

ma'nosi turlicha bo'lgan so'zlardir. Ular nutqda noaniqlik yoki xatolarga olib kelishi mumkin,

shuning uchun ularni to'g'ri qo'llash muhimdir

.

Paronimlar-talaffuzi, eshitilishi va morfem

tarkibi o’xshash, leksik ma’nolari boshqa-boshqa yoki qisman yaqin bo’lgan so’zlardir. Ba’zan

ularning ko’rinishi va aytilishi o’quvchilarni chalg’itadi. Hatto so’z bilan ishlovchi professional

mutaxasislar, muharrir, musahhih, adib, jurnalistlar ham ularni qo’llashda xatolarga yo’l

qo’yadi,adashadi.Paronim-(yunon. Para – “yonida” + “oldida”) – ikki yoki undan ortiq

leksemalarning talaffuzda o’zaro o’xshash, ohangdosh bo’lishi. Bunday o’xshashlik odatda har

ikki yoki uch leksema tarkibidagi tovushlarning fizik-akustik yaqinligidan kelib chiqadi. Tilda

ana shunday so’zlarning mavjud bo’lish hodisasi “paronimiya” deyiladi. Paronimiya (yunon.

para – “yonida”, onyma – “nom”) ikki va undan ortiq leksemalarning talaffuzida o’zaro

o’xshash, ohangdosh bo’lishi.
"Paronimlar" atamasini dastlab Aristotel yasama so'z ma'nosida taklif etgan. Bundan tashqari,

shuni alohida ta’kidlash kerakki, bugungi kunga kelib ham tilshunoslikda paronimiya

hodisasining izchil mezonlari yetarli darajada ishlanmagan. Rus tilshunosligida paronimlar

odatda bir so'z turkumiga mansub, bir xil o'zakli so'zlar sifatida qaraladi, masalan, "adresat"

(qabul qiluvchi) va "adresant" (yuboruvchi). Ammo, o'zbek tilshunosligida esa ushbu tildan

farqli ravishda nafaqat bir xil o'zakli so'zlar, balki eshitilishi bir-biriga o'xshash har xil o'zakli

so'zlar ham paronimlar deb hisoblanadi, masalan, "sharaf" va "sharob", "afzal" va "abzal".

Shuning uchun bir xil hodisaga har xil baho berish holatlari tez-tez uchrab turadi. Bu

masalaning muammoli jihatlari hali anchagina bo’lib, ularni maxsus tadqiq qilish

tilshunoslikning navbatdagi asosiy vazifalaridan biri bo’lmog’i kerak. Ana endi ushbu

hodisaning turli tillarda turlicha o’rganilishi haqidagi fikrlarni ko’rib chiqamiz.


background image

103

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 2-SON (YOʻITJ)

Rus tilshunosligida paronimlarni o’rganish va ularnu izohlash XX asr oxirlarida

boshlanganbo’lsada, faqat XX asrning 60-yillaridan paronim va paronimiya haqida maxsus

tadqiqotlar yaratishga kirishila boshlangan. Xuddi shu davrlardan o‘zbek tili leksikologiyasi

va frazeologiyasi bo‘yicha chiqarilgan ba’zi adabiyotlarida leksik va frazeologik paronimlarga

ta’rif berildi. Keyinchalik o‘zbek tili paronym atamasi uni qo’llashda yo’l qo’yiladigan xató va

kamchiliklar haqida bir qatorilmiy maqolalar e’lon qilindi. Umumiy paronimlar jamlangan

maxsus “Paronimlar lug'ati” nashr qilindi. Eng muhimi, paronim va paronimiya haqidagi

ma’lumot “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” darsligidan va O‘zbek tili leksikologiyasi”

monografiyasidan ham joy oldiki, bu holat, o‘z navbatida, o'zbek lingvistik terminlari

sistemasida “paronim” va “paronimiya” terminlarining mustahkam o‘rin olishi uchun zamin

yaratdi.
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili.
Ammo shunisi ma’lumki paronimlar haqida tilshunos olimlar tomonidan turlicha ta’riflar

keltirilgan,shu jumladan, O.S.Axmanovaning “Lingvistik terminlar lug‘ati”da “paronimlar

talaffuzining o‘xshashligi va morfem sostavining qisman mos kelishi tufayli nutqda yo xato, yo

so‘z o'yini sifatida qo'llaniladigan so‘zlardir” deyiladi. Ta’rifda paronimlaming morfem,

morfologik, semantik jihatlardan bo‘lgan chegarasi aniq belgilanmaydi. Natijada fonetik

tuzilishi qisman o‘xshash bo‘lgan barcha birliklar — turli turkumga va morfem strukturaga

ega bo‘lgan so‘zlar ,leksemalar,grammatik formalar ,so‘z formalar. Yana bir rus tilshunosi,

paronimlarga oid ko'plab ilmiy maqolalar va o‘quv qo‘llanmalari muallifi

O.V.Vishnyakova

esa paronimlarga quyidagicha ta’rif bergan: “Paronimlar talaffuzi yaqin, ammo bir xil

bo‘lmagan, urg‘usi aynan bir bo‘g‘inda tushadigan, bir so‘z turkumiga mansub va qo'shimcha

ma’no- mazmuni bilan farqlanib, fikr aniqligi uchun xizmat qiladigan tushunchalarni

ifodalovchi o‘zakdosh so‘zlardir” deya ta’rif keltirgan.. T.G.Ponomarenko paronimlarga

shunday ta’rif beradi: “Paronimlar strukturasi va tovush o'xshashligi shuningdek, bir tildagi

urg‘u olish, bir so‘z turkumiga mansubligi bilan birlashgan o'zakdosh so‘zlar bo'lib, ular m

a’nosiga ko‘ra aynan yoki farqli bo‘lishi mumkin”.
N.P.Kolesnikov paronimlaming faqat o'zaro formal yaqinligini emas, balki semantik

munosabatini ham hisobga olib, ularni quyidagicha ta’riflaydi: “Paronimlar deb tovush

jihatidan o‘xshash, mazmunga ko'ra farqli va biri o‘rnida boshqasi yanglish qo‘llanadigan

so'zlarni atash to'griroqdir”. Bu ta’rifda paronimlar doirasi ancha torayadi, ya’ni har qanday

o‘xshash so‘zlar emas, balki ma’nosi farqli va o‘zaro yanglish ishlatiladigan leksemalargina

paronimlar hisoblanadi. Misol tariqasida ham o'zakdosh / здравица “tabriknoma” va

здравница “shifoxona”/, ham o'zakdosh bo‘lmagan /инфекция va инъекция “ukol”/ so‘zlar

keltiriladi. Paronim va paronimiyaga bo'lgan bunday munosabatni o'zbek tadqiqotchilari

asarlarida ham uchratish mumkin. Chunonchi, M.Toshaliyev va M.Jo'raboyevalar shunday deb

yozadilar. “Paronimiya shaklan yaqin, yondosh so'zlarning nutqda xato ravishda bir-birining

o'rnida qo'llanilishiga, shuningdek, shu tip so'zlaming ba’zan so‘z o‘yini, qochiriq vositasi

sifatida ishlatilishiga nisbatan qo’llanadi. Paronimlar esa shunday xususiyatga ega bo'lgan

so'zlar bo'lib, paronomaziya paronimlaming nutq jarayonidagi yaqinlashivuni anglatadi.

Anglashiladiki, bu o'rinda til hodisasi paronimiya nutq hodisasi paronomaziya bilan

qorishtirib yuborilgan. Leksik—semantik kategoriya bo‘lgan paronimiya va nutqiy hodisa —

paronomaziyaning o'zaro farqi, qiyosi bir qator ishlarda maxsus yoritilgan.Ma’lumki, har

qanday so'zning, jumladan, paronimlaming ham leksik ma’nosini faqat kontekstda, uning

boshqa so'zlar bilan mumkin bo'lgan potentsial bog'lanishlari yordamida aniqlash mumkin.

Kontekst uni faqat to'ldiradi, uning ikkinchi, uchinchi yoki tamomila yangi m a’nosini birinchi

planga olib chiqad. Demak, o'zbek tilida mavjud bo'lgan ayrim va ajrim, jamoat va jamiyat,

kemtik va kemshik, tanti va tantiq, diplomat va diplomant, ekonomika va ekonomiya kabi

yuzlab paronimlaming ma’nolarini kontekstsiz ham tushunish va tushuntirish mumkin. Shuni


background image

104

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 2-SON (YOʻITJ)

ta’kidlash kerakki, talaffuzi yaqin, ma’nosi farqli so'zlar nutqda adashtirilishi ham,

adashtirilmasligi ham mumkin. Bu so'zlovchining bilim va ko'nikmalari, uning nutq

madaniyati darajasiga bog'liq. Paronimlaming xato qo'llanishi yoki ularning xato qo'llanish

imkoniyatiga ega bo'lishi paronimik munosabat uchun asosiy kriteriya bo'lolmaydi. Chunki

adashtirish — paronimlarni bilmaslik belgisi, lekin ularning mohiyatini belgilovchi prinsip

emas. Paronimiya va bu hodisa haqidagi ta’riflarga yakun yasashdan oldin yana bir muhim

masalaga to'xtalmoqchimiz. Ma’lumki, har bir konkret tilda obyektiv ravishda faqat til

faktlarigina emas, balki bu faktlarga doir kategoriyalar ham mavjud bo'lib, ular obyektiv

mavjud bo'lmagan sof abstraktsiyalar yoki hozirgi zamonaviy talqinda til kategoriyalarining

modellaridir. “Paronimiya” termini boshqa tilshunoslik terminlari singari ikki m ’noda

qo'llaniladi. U, bir tomondan, konkret tilda mavjud bo'lgan turli ma’nodagi o'xshash talaffuzli

o'zakdosh so'zlarning o'zaro leksik-semantik munosabatini bildirsa, ikkinchi tomondan, ana

shunday munosabat haqidagi nazariyani bildiradi. Bundan ma’lum bo'ladiki, paronimlar

munosabati har bir tilda o'ziga xos nisbiy yopiq sistemaga ega va bu sistemani o'rganish

tilshunosdan so'zlarning shakl va ma’no munosabatiga asoslangan leksik-semantik

kategoriyalaga e’tibor talab qiladi. Demak paronimlaming etimologik aloqadorligi o'zining

tarixiy asosiga ega. Talaffuzi (fonetik ifodasi) o'xshash, ammo lug'aviy ma’nosi farqli

o'zakdosh leksemalar paronimlar deyiladi. Paronimlaming o'zaro leksik-semantik

munosabatda bo'lishi esa paronimiyadir.
Tadqiqot metodologiyasi.
Shuningdek,so'z tarkibidagi bir tovush bilan farqlanish doimo paronimiyaga olib

kelavermavdi. Aks holda tildagi kvaziomonimlarning (minimal juftliklarning) barchasini

paronimlar deb baholashga to'g'ri kelardi: boy-poy-toy, bosh-tosh-mosh, til-tish, ish-in-ip kabi.

Qolaversa, turli o'zakdan bir xil affiks bilan so'z yasash paronimiyaga olib keladi deb qarash

masalan

«bog'», «dog'», «yo'g» o'zak so'zlaridan yasalgan bog'lamoq, dog'lamoq, yog'lamoq

so'zlarini, shuningdek, «qaraq» va «qada» o'zak so'zlaridan yasalgan qaroqchi va qadoqchi

leksemalarini ham paronimlar deb tan olishga majbur qiladi, vaholonki, ularning birortasida

paronimlik darajasidagi talaffuz uyg'unligi yo'q. Paronimiyada ba’zan leksemalar tarkibidagi

fonemalar miqdori teng bo'lmasligi ham mumkin, ammo ularning talaffuzida bir-biriga

yaqinlik, ohangdoshlik bo'lishi shart: amr(3 ta fonema) - amir (4 ta fonema), asr(3 ta fonema)

— asir(4 ta fonema), abonent (7 ta fonema) , diplomat (8 fonema) - dimlomant (9 ta fonema)

kabi.
Ingliz tilshunosligida paronimiyaga oid tadqiqotlar olib borgan bir qator olimlar va

tilshunoslar mavjud,jumladan:

1. Noam Chomsky: Chomsky, tilshunoslikning asosiy nazariyalaridan biri bo‘lgan universal

grammatikani ishlab chiqishi bilan tanilgan. U paronimiyalar va lingvistik strukturalarning

o'zaro aloqasi haqida o'z fikrlarini bildirdi.
2. Roman Jakobson: Jakobson, tilning semantik va fonetik jihatlari bo‘yicha chuqur tadqiqotlar

olib borgan. U paronimiyalarni tahlil qilishda muhim o‘rin tutadi va tilning o‘zaro aloqalarini

o‘rganishga e’tibor qaratadi.
3. M. A. K. Halliday: Halliday, tilshunoslik va tilning ijtimoiy kontekstdagi rolini o‘rganishga

bag‘ishlangan ishlari bilan tanilgan. U paronimiyalarni tilning semantik strukturasida muhim

omil sifatida ko‘rdi.
4. Jean Aitchison: Aitchison, tilshunoslik va tilning rivojlanishi haqidagi ko‘plab asarlar yozgan.

U paronimiyalarni til o‘rganish jarayonida xatolar va muammolar sifatida tahlil qilgan.


background image

105

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 2-SON (YOʻITJ)

5. David Crystal: Crystal, tilshunoslik va lingvistika bo‘yicha ko‘plab kitoblar va maqolalar

muallifi. U paronimiyalar va ularning tilshunoslikka ta’siri haqida fikrlar bildirdi.
Tahlil va natijalar.

Bu olimlar paronimiyalarni o‘rganishda turli yondashuvlar va nazariyalarni qo‘llab-

quvvatlagan. Paronimiyalar, til o‘rganishda ko‘p uchraydigan xatolarni aniqlashda va tahlil

qilishda muhim o‘rin tutadi. Ularning tadqiqotlari, paronimiyalarni to‘g‘ri tushunish va

foydalanish uchun zaruriy asos yaratatadi.
Paronimiyalar asosan ikki turga bo‘linadi:
1. Fonetik Paronimiyalar: Bu turdagi paronimiyalar talaffuzga ko‘ra o‘xshash, lekin ma'nolari

farq qiladigan so‘zlardir. Misol uchun, ingliz tilida "affect" (ta’sir qilish) va "effect" (ta’sir)

so‘zlari.
2. Morfologik Paronimiyalar: Bu paronimiyalar esa yozilishida o‘xshash, lekin morfologik

jihatdan turlicha bo‘ladi. Masalan, "complement" (to‘ldirish) va "compliment" (maqtov)

so‘zlari.
Paronimiyaning o‘rganilishi lingvistika, psikolinguistika, va sotsiolingvistika sohalarida katta

ahamiyatga ega. Tilshunoslar paronimiyalarning quyidagi jihatlarini tadqiq qiladilar:
-Semantik Farqlar: Paronimiyalar orasidagi ma'no farqlarni aniqlash va ularning kontekstda

qanday ishlatilishini tushunish.
- Talaffuz Qiyinchiliklari: Paronimiyalarni talaffuz qilishdagi qiyinchiliklar va ularning nutq

jarayonidagi o‘rni.
- Yozuvdagi Xatolar: Paronimiyalarning yozuvda sodir bo‘ladigan xatolar sababi va ularni

kamaytirish usullari.
Psikolinguistik asoslar. Psikolinguistika sohasida paronimiyalar, til o‘rganish jarayonida

qiyinchiliklarga olib kelishi mumkin. O‘rganayotgan tilni o‘zlashtirishda paronimiyalarni

farqlash, o‘rganish jarayonini murakkablashtiradi. Psikolinguistlar, paronimiyalarni to‘g‘ri

tushunish va ulardan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun turli strategiyalarni

ishlab chiqmoqda.
Sotsiolingvistik Asoslar.Sotsiolingvistika nuqtai nazaridan, paronimiyalar til ijtimoiy

kontekstda qanday foydalanilishini va turli guruhlar orasida qanday farqlar mavjudligini

o‘rganadi. Masalan, ma'lum bir ijtimoiy guruhda paronimiyalarning ishlatilishi va bu

guruhning lingvistik identifikatsiyasi o‘rtasidagi aloqalar.

Xulosa.

Jahon tilshunosligida paronimiya hodisasi, til o‘rganishda muhim rol o‘ynaydi va turli tillarda

keng tarqalgan. Paronimiyalarning o‘rganilishi, tilshunoslikning turli sohalarida yangi

yondashuvlar

va

metodlarni

rivojlantirishga

yordam

beradi.

Til

o‘rganishda

paronimiyalarning to‘g‘ri farqlanishi, nafaqat nutq va yozuvda, balki ijtimoiy muloqotda ham

muhim ahamiyatga ega. Shunday qilib, paronimiyaning o‘rganilishi, til va muloqot

jarayonlarini yanada chuqurroq tushunishga imkoniyat yaratadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati :

1.

Вишнякова О.В. Паронимы в русском языке. (Учебное пособие для пединст. по

спец. “Русский язык и литература”). –М.: Высшая школа, 1974. – С.7.


background image

106

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 2-SON (YOʻITJ)

2.

Abdurakhmanov G'. Modеrn Uzbеk litеrary languagе. - Tashkеnt: Tеachеr, 2007. - 320

p.

3.Turabov. A. “ Umumiy Tilshunoslik”,- Samarqand-2020,98-115 b

4.Normatov Sh. Stylistics of thе Uzbеk languagе. - Tashkеnt: Sciеncе, 2015. - 278 p.

4.Vasiliеv L.P. Slovar Paronimov Russian languagе. - St. Pеtеrsburg: Nauka, 2016. - 312 p.

5.Safoеv B. Basics of lеxicology and lеxicography. - Tashkеnt: National Еncyclopеdia of

Uzbеkistan, 2013. - 290 p.

6.Akhmеdov U. Paronyms and issuеs of thеir usе // Issuеs of Philology. – 2020. – No. 2. - B.

65–72.

7.Sidorov A.A. Problеmy usagе of paronyms in contеmporary languagе // Voprosy

yazykoznaniya. – 2017. – No. 4. - S. 89–95.

Библиографические ссылки

Вишнякова О.В. Паронимы в русском языке. (Учебное пособие для пединст. по спец. “Русский язык и литература”). –М.: Высшая школа, 1974. – С.7.

Abdurakhmanov G'. Modеrn Uzbеk litеrary languagе. - Tashkеnt: Tеachеr, 2007. - 320 p.

Turabov. A. “ Umumiy Tilshunoslik”,- Samarqand-2020,98-115 b

Normatov Sh. Stylistics of thе Uzbеk languagе. - Tashkеnt: Sciеncе, 2015. - 278 p.

Vasiliеv L.P. Slovar Paronimov Russian languagе. - St. Pеtеrsburg: Nauka, 2016. - 312 p.

Safoеv B. Basics of lеxicology and lеxicography. - Tashkеnt: National Еncyclopеdia of Uzbеkistan, 2013. - 290 p.

Akhmеdov U. Paronyms and issuеs of thеir usе // Issuеs of Philology. – 2020. – No. 2. - B. 65–72.

Sidorov A.A. Problеmy usagе of paronyms in contеmporary languagе // Voprosy yazykoznaniya. – 2017. – No. 4. - S. 89–95.