15
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 2-SON, 2-QISM (YOʻITJ)
YURAK QON TOMIR TIZIMI VA UNING VAZIFALARI
Xudoyberdiyeva Fazilat Alisher qizi
Toshkent tibbiyot akademiyasi 2-son davolash fakulteti
1-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14947598
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi:20-fevral 2025 yil
Ma’qullandi: 25-fevral 2025 yil
Nashr qilindi: 27-fevral 2025 yil
Mazkur maqola yurak qon tomir tizimi, uning tarkibiy
tuzulishi, funksiyasi va asosiy vazifalarini yoritadi.
Shuningdek, maqolada yurak qon tomir tizimi
kasalliklarining bugungi kunda dolzarb muommoga
aylanganligi haqida fikrlar keltirilgan.
KEY WORDS
yurak funktsiyasi, yurak-qon tomir
tizimi kasalliklari, ichki sekretsiya
bezlari, arteriya qon tomiri, venoz
Kirish:
Yurak tanamizning asosiy organidir. Bu qanday ishlashiga, qanday holatda ekanligiga
va inson salomatligiga bog'liq. Yurak funktsiyasi esa juda keng mavzu bo'lib, uni hamma hech
bo'lmaganda yuzaki bilishi kerak. Yurak-qon tomir tizimi kasalliklari dunyo bo‘yicha hozirgi
kunga qadar nogironlik va o‘limning asosiy sababi ekanligicha qolmoqda. Jahon sog‘liqni
saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko‘ra, barcha o‘lim holatlarining 56 foizi yurak-qon tomir
tizimi kasalliklari oqibatida kelib chiqadi. Yevropa mamlakatlarida yurak-qon tomir
kasalliklari yiliga 4,3 mln (48%) aholi o‘limiga sababchi bo‘ladi. Davlat statistika qo‘mitasi
xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida 2019 yilning yanvar-iyun oylarida vafot etgan
fuqarolarning 62,1 foizi holatda aynan qon aylanish tizimi kasalliklari sabab qilib ko‘rsatilgan.
Qon tomirlar tizimi: yurak, arterial, vena, limfadan iborat. Tomirlar ichida harakat qilayotgan
qon, modda va gaz almashinuvini ta’minlaydi. Ichki sekretsiya bezlaridan ajralgan garmonlar
xam qon orqali organizmga tarqaladi. Arteriyalar qoni yurakdan a’zolarga yo’naltirsa, venalar
uni a’zolaridan yurak tomonga xarakatini ta’minlaydi. Arteriya qon tomiridan arterial qon
oladi, lekin o‘pka arteriyasi va embrionda kindik arteriyasidan venoz qon oqadi. Lekin o‘pka
venasida va embrion kindik vena tomiridan arterial qon oqadi. Boshqacha aytganda yurakdan
chiquvchi barcha tomirlar arteriya, yurakka kelib quyuluvchi tomirlar vena tomirlar deyiladi.
Tomirlar tarmoqlangan sayin ularning diametri kichrayib, devori yupqa tortadi. Yurakka
yaqin joylashgan qon tomirlar devori katta bosim ta’sirida chidamli bo’lishi kerak, chunki
o’rtadagi bosim 200 mm simob ustuniga teng. Shu sababli, bu qon tomirlar devorida elastik
tolalar ko’p bo’lib, uni elastik turkumli qon tomirlar deyiladi. O’rta va kichik qon
tomirlargacha bosim bir oz pasayadi. Natijada qonning yunalishi uchun qon tomir devoridagi
mushaklarning uzini xam qisqarilishiga extiyoj bo’ladi. Shu sababli yurakdan uzoqroqqa
joylashgan o’rta va kichik qon tomirlarda silliq mushak qavati yaxshi taraqqiy etgan bo’lib, uni
mushak turkumidagi qon tomir deyiladi. Arteriya va venalar orasida mikroskopda kurish
mumkin bo’lgan mikrotomirlar joylashgan. Ularning eng maydasi kapillyar deyiladi.
Organizmda qon yopiq doira ichida harakat qilib, katta va kichik qon aylanish doirasi tafavut
etiladi. Katta qon aylanish doirasi yurak bilan a’zolar orasidagi qon haraktini ta’minlab,
yurakning chap qorinchasidan aorta bo’lib boshlanadi va o’ng bo’lmachaga yuqorigi hamda
pastki kovak venalari sifatida yakunlanadi. Kichik qon aylanish doirasi esa yurakning o’ng
16
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 2-SON, 2-QISM (YOʻITJ)
qorinchasidan o’pka arteriyasi nomi bilan boshlanib, o’pka qon tomirlari ishtirokida, o’pka
venasi nomi bilan chap bo’lmachada yakunlanadi. Qon tomirlarni a’zodan tashqarida
joylashgan va a’zo ichida yo’naladigan qismlarga bo’linadi. Bu bo’linish nisbiy bo’lib, asosan
qon tomirlar uzluksiz birbiriga davom etadi. A’zo ichidagi qon tomirlardan va undan ham
kichikroq qism tuzilganligini aniqlash mumkin. Asosan o’pka, jigar, buyrak, taloq kabilar
kichik qismlarga bo’linadi. Arterial tomirlar birin-ketin mayda tomirlarga bo’linadi: nixoyat
eng mayda arteriolalar hosil bo’lib, ular devorida bir qavat mushak hujayralar bo’ladi. O’z
navbatida prekapilyarlarga bo’linadi. Prekapilyar esa ko’plab kapilyarlarga bo’linadi. Kapillyar
devorida mushak hujayrasi uchramaydi, ular faqat bir qavat endoteliy hujayrasidan tuzilgan
bo’ladi. Kapillyar postkapilyarni hosil qilib, ular esa o’z navbatida venulaga aylanadi. Kapillyar
devori orqali kislarod va oziq moddalar qondan a’zo to’qimalarga o’tsa, karbonad angidrid va
modda almashinuvi natijasida hosil bo’lgan moddalar qonga o’tadi. O’pka kapilyari esa
aksincha karbonat angidridni chiqarib, kislorodni qabul qiladi. Buyrakning birlamchi kapilyari
esa modda almashinuvi natijasida hosil bo’lgan moddalarni chiqaradi. Kapillyar orqali ichki
sekretsiya bezlari ishlab chiqargan garmonlarni kerakli a’zo va to’qimalarga olib borilishi
natijasida organizmning bir butunligi saqlanadi. Yuqorida keltirilgan mikrotomirlar tizimi
1957 yil «mikroserkulyator» atamasi qabul kilingandan so’ng, Kipriyanov va shogirdlari
mikrotomirlar tizimini kashf qiladi. Filogenezda suvda yashovchi hayvonlarda jabralar bo’lib,
quruqlikda yashovchilarda o’pkaning hosil bo’lishi natijasida kichik qon aylanish doirasi
paydo bo’ladi. Qon tomirlar taraqqiyoti filogenetik taraqqiyotni qisqa muddat ichida qaytarib
utadi. Taraqqiyot boshlangich davrida chap qorinchadan arteriya poyasi tomon yo’naladi. Bu
poya 2 ta ventral aortaga bo’linadi. Arteriya poyasi frontal to’siq vositasida bo’linib, old
tarafda joylashgan o’pka poyasiga va orqa tarafga ko’taruvchi aortaga ajratiladi. 6-aortal jabra
ravog’i o’pka poyasi bilan qo’shilgan bo’lib, o’pka arteriyalariga aylanadi. Chap tarafdan 6-
ravoq dorzal aorta bilan aloqasini saqlab qoladi. 1-2 aortal jabra ravoqlari atrofiga uchraydi.
Chap tarafdagi 4 aorta jabra ravogi qisman shu tarafdagi ventral aorta va qisman chap dorzal
aorta bilan birgalikda aorta ravog’ini hosil qiladi. O’ng tarafdagi 4-aortal jabra ravog’i o’ng
o’mrov osti arteriyasiga aylanadi. 3 aortal jabra ravog’i va dorzal aortaning shu ravoqlaridagi
yuqorigi qismi, har ikki tarafga ichki uyqu arteriyalarini hosil qiladi. O’ng venrtal aortaning 4
ravog’idan ostki qismi o’ng yelka kalla poyasiga aylanadi. Shu sohadagi o’ng vertal aorta qismi
aorta ravog’ini hosil qilishda qatnashadi. 3 va 4 ravoqlar orasidagi ventral aortaning bir qismi,
har ikkala tarafda umumiy uyqu arteriyasini tashkil etadi. 3 ravoqdan yuqorigi ventral aorta
qismi tashqi uyqu arteriyasini hosil qiladi. O’ng tarafdagi dorzal aortaning 3 ravoqdan pasti,
chap tarafga esa 3 va 4 ravoqlar orasidagi dorzal aorta qismi atrofida uchraydi. Yurak to’rt
kamerali a’zo bo’lib, ko’krak qafasining chaproq qismida joylashgan. Uning uchi pastga va
oldinga yo’nalgan bo’lib, yurakning asosi yuqorida va bir oz orqaroqda joylashadi. Yurak to’rt
kamerali bo’lib, 2 ta bo’lmacha, 2 ta qorinchadan iborat. Bo’lmachalar va qorinchalar orasida
klapanlar mavjud. O’ng tomonida uch tabaqali klapanlar, chap tomonda ikki tabaqali klapan
bo’ladi. O’ng bo’lmachaga yuqorigi va pastki kovak venalar ochiladi. Undan tashqari yurakning
xususiy venasi ham shu joyga ochiladi. O’ng qorinchadan qon o’pka poyasiga yunaladi. O’pka
poyasi teshigi soxasida, yurak ichki qavatining o’simtalaridan hosil bo’lgan klapanlar
joylashadi. Klapan qoni qorinchaga qaytishiga to’sqinlik qilib o’pkaga yunalishini ta’minlaydi.
Chap bo’lmachaga o’pka venasi quyiladi. Chap qorinchadan esa aorta qon tomiri boshlanadi. U
erda yarim oysimon aorta klapani joylashadi. Yurak devori 3 qavat mushakdan iborat: tashqi-
perikard, visseral- epikard, o’rta-miokard yurak qorincha va bo’lmachalar alohida-alohida
mushak guruxlaridan tuzilgan, shu sababli ular boshqa-boshqa qisqaradi. Qorinchaning tashqi
va ichki qavatida bo’ylama mushaklar, o’rta qavatida halqasimon mushak joylashgan.
Yurakning ichki yuzasini, ya’ni endokardni biriktiruvchi to’qima hosil qilgan. Chap
bo’lmachaning bo’shlig’iga 4 ta o’pka venasi ochiladi. Yurakning chap tomoni mushaklari qalin
bo’lib, biriktiruvchi to’qima bilan birikib turadi. Yurak kameralari orasidagi to’siqlar sohasida
biriktiruvchi to’qiimalar pishiq plastinkalarni hosil qiladi va ular mushaklar uchun o’ziga xos
17
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 2-SON, 2-QISM (YOʻITJ)
tayanch vazifasini bajaradi. Bo’lmacha va qorincha mushaklari fibroz to’qimali halqalar bilan
ajralib turadi. Miokard qavati bir necha guruh mushak to’qimalaridan hosil bo’ladi. Ular
yo’nalishiga ko’ra qorinchalarning o’zida 3 guruhga ajraladi: tashqi- qiyshiq, o’rta- halqasimon,
ichki- bo’ylama mushak tutamlari bo’ladi. Tashqi qavatga mushak guruhlari yurakning ichiga
girdobsimon burilib, ichki qavat mushaklariga davom etadi. Qorinchalar oraligidagi to’siqning
ko’p qismi mushakdan, kamroq qismi paylardan tashkil topgan parda qismini hosil qiladi.
Yurak bo’lmacha va qorinchalari alohida tuzilmalardan tashkil topgan bo’lishiga qaramay,
ularning o’tkazuvchi yo’li purkine tolalari yordamida birlashib turadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Kumar, Abbas, Fausto: Robbins and Cotran Pathologic Basis of Disease, 7th
{{subst:FULLPAGENAME}} 556
2. . Hamidov J.H., Oqilov A.T., Saidov T.M., Umumiybiologiyadan amaliy mashgʻulotlar,
T., 1970; Kovannatomiya grudi, M., 1978;
3. Ahmedov N.K., Atlas. Odam anatomiyasi [2 jildli], 2-j., 2005
4. . Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005-y.)